Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA “JAJJI EKOLOG” DEVORIY KOʻRGAZMANI QOʻLLASH METODIKASI'

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA “JAJJI EKOLOG” DEVORIY KOʻRGAZMANI QOʻLLASH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
“Jajji ekolog” / devoriy koʻrgazma / maktabgacha taʼlim tashkiloti / bola / tabiat / ekologik taʼlim / qismlar / metodik tavsiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qutlimurotova Dilfuza Uktamovna

Maqolada “Jajji ekolog” devoriy koʻrgazmani maktabgacha taʼlim tashkilotida qoʻllash boʻyicha metodik tavsiyanoma berilgan. Unda turli yosh guruhlarida bolajonlarni tabiat bilan tanishtirish orqali ularning ekolog ong va madaniyatini koʻtarishning samarali vositasi ekanligi koʻrsatib oʻtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA “JAJJI EKOLOG” DEVORIY KOʻRGAZMANI QOʻLLASH METODIKASI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA "JAJJI EKOLOG" DEVORIY KO'RGAZMANI QO'LLASH

METODIKASI

Qutlimurotova Dilfuza Uktamovna

Xorazm viloyati Urganch tumani 19-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11229350

Annotatsiya. Maqolada "Jajji ekolog" devoriy ko'rgazmani maktabgacha ta'lim tashkilotida qo'llash bo'yicha metodik tavsiyanoma berilgan. Unda turli yosh guruhlarida bolajonlarni tabiat bilan tanishtirish orqali ularning ekolog ong va madaniyatini ko'tarishning samarali vositasi ekanligi ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: "Jajji ekolog", devoriy ko'rgazma, maktabgacha ta'lim tashkiloti, bola, tabiat, ekologik ta'lim, qismlar, metodik tavsiya.

Аннотация. В статье дана методическая рекомендация по использованию стенда «Юный эколог» в дошкольной образовательной организации. Обосновано эффективность методического стенда в повышении экологического сознания и культуры детей путем приобщения их к природе в разных возрастных группах.

Ключевые слова: «Юный эколог», стенд, дошкольная образовательная организация, дети, природа, экологическое образование, части, методические рекомендации.

Abstract. The article provides methodological recommendations for using the "Young Ecologist" stand in a preschool educational organization. The effectiveness of the methodological stand in increasing the environmental consciousness and culture of children by introducing them to nature in different age groups is substantiated.

Keywords: "Young ecologist", stand, preschool educational organization, children, nature, environmental education, parts, methodological recommendations.

Keyingi 5 yil ichida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahnamoligida MTT soni 5 barobarga ko'paydi, ya'ni 31 mingtadan, qamrov darajasi esa 70 foizdan oshib ketdi [5]. Endilikda butun e'tiborni sifatli ta'lim va tarbiyaga qaratishga to'g'ri kelmoqda. Maktabgacha ta'lim uchun 2018-yilda qabul qilingan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturidan farqli ravishda yangi nashrdagi o'quv dasturiga ilk bor tarbiyalanuvchilarni tabiat bilan tanishtirish mobaynida ularga ekologik ta'lim-tarbiya berishga doir mavzular kiritildi. Mazkur maqolada biz MTT tayyorlov gurhi misolida MTTDMQTMOI padagoglari tomonidan yaratilgagan "Jajji ekolog" devoriy ko'rgazmani [1] amalaga qo'llash orqali bolajonlarning ekologik ong va madaniyatini yuzaga keltirish metodikasi yoritib berdik.

"Tabiat bilan tanishtirish"dan farqli ravishda "Ekologik ta'lim va tarbiya" tarbiyalanuvchilarga ekotizimlarda organizmlar o'zaro va ularning atrof tabiiy muhiti o'rtasida yuzaga kelayotgan munosabat qoida va qonuniyatlariga qartilgandir. Ushbu munosabatlarga bolajonlarni o'rab turgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish, buzilganlarini esa qayta tiklashga doir bilim, ko'nikma va malakalar kiradi.

Maktabgacha ta'lim agentligi huzuridagi MTTDMQTMOI Maktabgacha ta'lim menejmenti pedagoglari tomonidan yaratilgan "Jajji ekolog" devoriy ko'rgazmani MTTda qo'llash metodikasini ishlab chiqish tadqiqot maqsadi qilib olingan. "Jajji ekolog" devoriy ko'rgazma 4 qismdan iborat:

S 1-qismda "Ekologiya"ga doir tushunchalar oddiy va sodda ko'rinishda ifoda etilgan (1-jadval);

S 2-qismda "Ekologiya"ning asosiy funksional vazifalari fotosuratlar orqali tasvirlangan;

S 3-qismda bolalarga 18 turdagi ko'rgazmali lominatsiya qilingan rasmlar

1-jadval

Ekologiyaga doir atama va iboralar tushunchasi

T/r Atama va iboralar Tushuncha

Ekologiya Tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklashga qaratilgan fan ^ ta'lim ^ amaliyot

Tabiatni muhofaza qilish "Ona tabiat"ni asrashga qaratilgan harakat

Tabiatdan oqilona foydalanish Aql bilan, ya'ni ilm orqali tabiatdan foydalanishga qaratilgan harakat

Tabiatni qayta tiklash Buzilgan tabiatni yaxshilashga qaratilgan harakat

Ekologik ong "Ona tabiat" bizning hayotimizda naqadar kerakligini anglash

Ekologik madaniyat Ekologik ongni amalda qo'llay olishlik darajasi

10x15 sm formatda berilgan.

S 4-qismda "Balli jajji ekolog!" deb nomlangan kartochkalarni to'g'ri aniqlagan tarbiyalanuvchining fotosuratlariga mo'ljallangan 12 ta karmashka joylashtirilgan.

S "Senda imkon bor" deb nomlangan 9 ta karmashkaga ekologik topshiriqlarni bajara olmagan bolalar joylashtiriladi.

Loyiha ta'lim berishning "Aqliy xujum", "Og'zaki", "Illyustratsiya" (tasviriy ifodalarni qo'llash), "Dyemonstratsiya" (namoyish etish usuli), metodlardan foydalangan tarzda amalga joriy etish tavsiya etiladi [3]. Uning ta'limiy ahamiyati - bolalarda ekologik vaziyatlarni to'g'ri tanlashga doir bilim hamda ko'nikmalarga ega qiladi. Uning tarbiyaviy - balalarni yuksak ma'naviyatli shaxs qilib tarbiyalashda o'z xizmatini o'taydi.

"Jajji ekolog" devoriy ko'rgazmasini MTTdagi rivojlantirish markazlarining barchasida ko'rgazmali didiktik vosita sifatida qo'llash mumkin. Metodlarni tanlashda bolalarning yosh xususiyati, psixologiyasi, fizologiyasi, bilimlari, dastur talablari, o'z o'lkasi tabiati va pedagogik tamoyillari qo'llaniladi.

"Jajji ekolog" devorimy ko'rgazmaning 1-qismini o'quv jarayonida qo'llashda quyidagi pedagogik metodlardan foydalanish mumkin: ekologik kuzatish - bolada tabiatga bo'lgan layoqatini yuzaga keltiradi. Ularni tabiatni maqsadga muvofiq holda o'zlashtirish va undagi eng holatlarni ajrata olishga o'rgatadi. Mazkur metod MTTdagi yosh guruhlarining ekologik ta'limda mahalliy tabiat tabiiy sharoitdan va unda kechayotgan jarayonlarni o'zining sezgilari orqali qabul qilib olishga qaratiladi. Kuzatish murakkab bilish faoliyati bo'lib, unda idrok, tafakkur, nutq ishtirok etadi va barqaror diqqat talab etiladi [3].

Devoriy ko'rgazmani qo'llashda "Aqliy xujum" metodidan foydalangan holda ekologik tusdagi savollar bilan bolalarga murojaat qilinadi. Ular birin ketinlik bilan o'zlarining javoblarini aytishadi. Pedagog barcha javoblarni eshitib bo'lgach, ulardan aniq va to'g'ri javoblarni tanlab oladi. Mazkur metodni qo'llashdagi asosiy qoidalar: bildirilgan fikrlar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi; ular hatto to'g'ri bo'lmasa ham inobatga olinadi; unda barcha tarbiyalanuvchilarning qatnashishi ta'minlanadi.

Ko'rgazmaning ikkinchi qismi, ya'ni tabiatni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish va buzilganlarini qayta tiklash yuzasidan bolalarga ma'lumotlar beriladi. Ma'lumotlarni berishda "Og'zaki", "Illyustratsiya" (tasviriy ifodalarni qo'llash), "Dyemonstratsiya" (namoyish etish usuli) kabi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir [2]. "Tasviriy ifodalarni qo'llash" metodi orqali tarbiyalanuvchilarga ekologik bilim, ko'nikma va malaka turli simvollar yordamida yetkaziladi.

"Jajji ekolog" stendining keyindi 3-qismida bolalar rasmli materiallardan foydalangan tarzda ularni "Bu mumkin" yoki "Bu mumkin emas" karmashkalariga joylashtirib chiqadilar. Rasmlarni to'g'ri qo'ygan tarbiyalanuvchilarni "Balli jajji ekolog" va aksincha to'g'ri qo'ymaganlarini "Senda imkon bor" kabi guruhlarga ajratiladi. Bundan asosiy maqsad - yuqorida bolalarga ekologiya borasida berilgan tushunchalarni qanchalik amalda qo'llay olishlarini bilib olishdan iborat.

"Senda imkon bor" guruhidagi bolalarga tabiat qo'yniga ularni olib chiqilgan tarzda tegishli ekologik tushunchalar beriladi va amallar ko'rsatiladi. Masalan: MTTdagi yer maydonchasi ular uchun o'yin, sayr, mashg'ulot o'tkazish mumkin bo'lgan joy. Yer maydonchasida olib boriladigan ekologik ta'lim-tarbiya ishlari bolalarning sezgi organlarini rivojlanishiga, tabiatdagi o'zgarishlarni ko'rib, kuzatib, tahlil qilib borish imkoniyatini beradi [4]. Bu kuzatishlar uzoq va qisqa muddatli bo'lishi mumkin. Kuzatishlar natijasida tarbiyalanuvchilar tabiatni muhofaza qilish, uning resurslaridan aql biln foydalanish va buzilganlarini qayta tiklashga doir harakatlarni farqlay hamda solishtira oladigan bo'ladilar. Bu esa, o'z navbatida, o'zlashtirmagan bolalarni "Balli jajji ekolog" guruhiga o'tkazish imkoniyatini kengaytiradi.

Xulosa. MTTda "Jajji ekolog" devoriy ko'rgazmani ularni tabiat bilan tanishtirishda didiktik vosita sifatida qo'llash tarbiyalanuvchilarni ekologik ong hamda madaniyatining ilk kurtaklarini paydo qilishda yuqori samara bera oladigan metodik yo'llaridan biridir.

REFERENCES

1. Нигматов А.Н. Мактабгача экологик таълим ва тарбия. - Тошкент; "Навруз", 2020. 160 б.

2. Ёлдошев Х,.С., Авазов Ш.М. Экология ва табиатни мух,офаза ;илиш асослари-Тошкент: «Мех,нат», 2003. 18-26-b.

3. Х,асанбоева О., Жабборова X,., Нодирова З. Табиат билан таништириш методикаси. -Тошкент: "Чулпон", 2006. 69-b.

4. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi. O'bekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun davlat o'quv dasturi /Takomillashtirilgan ikkinchi nashr.- Тoshkent, 2022. 100 b.

5. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

7. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

8. www. mdo.uz. Y3ÔeKHCTOH Pecnyô^HKacH MaKTaôrana Tat.nHM Ba3Hp.nHrH camu

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.