Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA IJTIMOIY PEDAGOGIK ISHLARNI TASHKIL ETISH'

MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA IJTIMOIY PEDAGOGIK ISHLARNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
46
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / ijtimoiy pedagogika / ijtimoiy moslashuv / pedagogik ish / ta’lim texnologiyalari / дошкольное образование / социальная педагогика / социальная адаптация / педагогическая работа / образовательные технологии.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.Umarova

maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolalarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun muhim poydevor hisoblanadi. Ushbu jarayonda ijtimoiy-pedagogik ishlarni to‘g‘ri tashkil etish bolalarning ijtimoiy moslashuvi va ta’limga tayyorgarligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida ijtimoiypedagogik ishlarni samarali tashkil etish masalalari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION OF SOCIAL PEDAGOGICAL WORK IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

дошкольные образовательные организации являются важным фундаментом личностного и социального развития детей. В этом процессе важную роль в обеспечении социальной адаптации и учебной готовности детей играет правильная организация социально-педагогической работы. В данной статье анализируются вопросы эффективной организации социально-педагогической работы в дошкольных образовательных учреждениях.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA IJTIMOIY PEDAGOGIK ISHLARNI TASHKIL ETISH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© M.Umarova1^_

Wqon davlat pedagogika instituti, Qo'qon, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolalarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun muhim poydevor hisoblanadi. Ushbu jarayonda ijtimoiy-pedagogik ishlarni to'g'ri tashkil etish bolalarning ijtimoiy moslashuvi va ta'limga tayyorgarligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim muassasalarida ijtimoiy -pedagogik ishlarni samarali tashkil etish masalalari tahlil qilinadi.

mAqSAD: maqolaning maqsadi - maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy-pedagogik ishlarni tashkil etishning nazariy va amaliy asoslarini o'rganish, samaradorlikni oshirishga qaratilgan metod va texnologiyalarni tavsiya qilish.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot davomida ijtimoiy pedagogika sohasidagi nazariy materiallar o'rganildi, maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi amaliy faoliyat kuzatildi. Tahliliy metod, so'rovnomalar va eksperiment orqali ijtimoiy-pedagogik ishlarning holati va samaradorligi baholandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy-pedagogik ishlarni to'g'ri tashkil etish bolalarning ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Oila va ta'lim tashkiloti hamkorligi, shaxsga yo'naltirilgan yondashuv hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bu jarayonni yanada samarali qiladi.

XULOSA: maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy-pedagogik ishlarni to'g'ri tashkil etish bolalarning ijtimoiy rivojlanishi va ta'limga tayyorlanishini ta'minlaydi. Zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish orqali bolalarning ta'lim jarayonidagi muvaffaqiyatlarini oshirish mumkin.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy moslashuv, pedagogik ish, ta'lim texnologiyalari

ОРГАНИЗАЦИЯ СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ РАБОТЫ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ_

© М. Умарова1И

1Кокандский государственный педагогический институт, Коканд, Узбекистан

Iqtibos uchun: Umarova M. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy pedagogik ishlarni tashkil etish. // Inter education & global study. 2024. №9(1). B.279-286.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)

Nmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: дошкольные образовательные организации являются важным фундаментом личностного и социального развития детей. В этом процессе важную роль в обеспечении социальной адаптации и учебной готовности детей играет правильная организация социально-педагогической работы. В данной статье анализируются вопросы эффективной организации социально-педагогической работы в дошкольных образовательных учреждениях.

ЦЕЛЬ: цель статьи - изучить теоретические и практические основы организации социально-педагогической работы в дошкольных образовательных организациях, рекомендовать методы и технологии, направленные на повышение эффективности.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в ходе исследования изучались теоретические материалы в области социальной педагогики, наблюдалась практическая деятельность в дошкольных образовательных организациях. Состояние и эффективность социально-педагогической работы оценивалось с помощью аналитического метода, анкетирования и эксперимента.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты исследования показали, что правильная организация социально-педагогической работы в дошкольных образовательных организациях имеет важное значение для развития социальных навыков детей. Сотрудничество семьи и образовательной организации, личностно-ориентированный подход и использование современных педагогических технологий делают этот процесс более эффективным.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: правильная организация социально-педагогической работы в дошкольных образовательных организациях обеспечивает социальное развитие и учебную подготовку детей. Повысить успешность детей в образовательном процессе можно путем широкого внедрения в практику современных подходов.

Ключевые слова: дошкольное образование, социальная педагогика, социальная адаптация, педагогическая работа, образовательные технологии.

Для цитирования^ марова М. Oрганизация социально-педагогической работы в дошкольных образовательных организациях. // Inter education & global study.2024. №9(1). С. 279286.

ORGANIZATION OF SOCIAL PEDAGOGICAL WORK IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS_

© Muqaddasxon Umarova

1Kokand State Pedagogical Institute, Kokand,Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: preschool educational organizations are an important foundation for the personal and social development of children. In this process, the

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

correct organization of socio-pedagogical work plays an important role in ensuring the social adaptation of children and their readiness for education. This article analyzes the issues of effective organization of socio-pedagogical work in preschool educational institutions.

AIM: the purpose of the article is to study the theoretical and practical foundations of the organization of socio-pedagogical work in preschool educational institutions, to recommend methods and technologies aimed at increasing efficiency.

MATERIALS AND METHODS: during the study, theoretical materials in the field of social pedagogy were studied, practical activities in preschool educational organizations were observed. The state and effectiveness of socio-pedagogical work were assessed using the analytical method, questionnaires and experiments.

DISCUSSION AND RESULTS: the results of the study showed that the correct organization of socio-pedagogical work in preschool educational institutions is important in developing children's social skills. Cooperation between the family and the educational organization, a person-oriented approach and the use of modern pedagogical technologies make this process more effective.

CONCLUSION: Proper organization of socio-pedagogical work in preschool educational organizations ensures the social development of children and their preparation for education. The widespread implementation of modern approaches in practice can increase the success of children in the educational process.

Keywords: preschool education, social pedagogy, social adaptation, pedagogical work, educational technologies

Maktabgacha ta'lim — bolalar tarbiyasi va rivojlanishining asosiy bosqichi bo'lib, bu davrda bolalar dunyoqarashi, axloqiy qadriyatlari, ijtimoiy ko'nikmalari va shaxsiy xususiyatlari shakllanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy pedagogik ishlarni samarali tashkil etish bolalarning to'liq va muvozanatli rivojlanishiga, jamiyat bilan integratsiyasiga va kelajakda muvaffaqiyatli hayot kechirishlariga yordam beradi.

Ijtimoiy pedagogik ishlar maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirish, ularni jamiyatga moslashtirish, axloqiy, estetik, intellektual va emotsional rivojlanishlarini ta'minlashga qaratilgan. Bularning barchasi bolalarni o'zaro hurmat, empatiya va mas'uliyat hissi bilan o'stirish maqsadida amalga oshiriladi.

Bolalar orasida do'stlik, hamkorlik va yordamni rivojlantirish, bolalarga jamiyatdagi ijtimoiy me'yorlar, axloqiy qoidalarga oid tushunchalarni singdirish, bolalarning emotsional-intellektual rivojlanishiga yordam berish, ijtimoiy muhitda bolalarning sog'lom va muvaffaqiyatli integratsiyasini ta'minlash maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ijtomoiy -pedagogik ishning maqsadini tashkil qiladi.

For citation: Muqaddas Umarova (2024)' Organization of social pedagogical work in preschool educational organizations', Inter education & global study, (9(1)), pp. 279286. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

Bolalar bilan muloqotda ijtimoiy pedagogik qoidalarni qo'llash, ijtimoiy faoliyatlar va o'yinlar orqali bolalarga guruhda ishlashni, o'zaro muloqotda bo'lishni o'rgatish, bolalarda axloqiy qadriyatlar va mas'uliyat hissini shakllantirish, ijtimoiy yordam va empatiya ko'nikmalarini rivojlantirish esa maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ijtomoiy-pedagogik ishning vazifalariga kiradi.

Ijtimoiy pedagogik ishlarni tashkil etish usullarining bir qancha shakllari bor. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy pedagogik ishlarni samarali amalga oshirish uchun turli usullar va metodlarni qo'llash lozim. Ular orasida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

a) Ta'limiy o'yinlar va mashqlar

Bolalarga ijtimoiy ko'nikmalarni o'rgatishda ta'limiy o'yinlar va mashqlar muhim ahamiyatga ega. Masalan, bolalar o'rtasida guruhda ishlash, jamoa o'yinlarida birgalikda faoliyat yuritish va muammolarni hal qilish orqali bolalar ijtimoiy hamkorlikni o'rganadilar. O'yinlar orqali bolalar o'zaro muomala, yordam so'rash, yordam berish kabi qobiliyatlarni rivojlantiradilar.

b) Pedagogik suhbatlar va muloqotlar

Bolalar bilan muntazam pedagogik suhbatlar o'tkazish ularning ongida ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qoidalarning shakllanishiga yordam beradi. Pedagoglar bolalar bilan doimiy ravishda suhbatlashib, ularning savollariga javob berishlari, axloqiy masalalarda izohlar berishlari kerak. Bu jarayon bolalarga ijtimoiy va axloqiy qoidalarga muvofiq harakat qilishni o'rgatadi.

c) Rolli o'yinlar va dramatizatsiya

Rolli o'yinlar va dramatizatsiya bolalarga turli vaziyatlarni his qilish, boshqalarning his-tuyg'ularini tushunish va o'zlarini jamiyatdagi bir a'zo sifatida tasavvur qilish imkonini beradi. Bolalar o'zlarini turli ijtimoiy rollarda ko'rsatib, jamiyatdagi o'z o'rnini anglab yetadilar.

d) Ijtimoiy faoliyatlar

Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar uchun turli ijtimoiy faoliyatlar, masalan, jamoaviy bayramlar, ekskursiyalar, tabiatda sayrlar va boshqalar tashkil etilishi kerak. Bu faoliyatlar bolalarning bir-biri bilan aloqa qilishga, o'zaro yordamga, hurmatga va empatiyaga asoslangan ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantiradi.

Shuningdek, ijtimoiy pedagogik ishlar faqat maktabgacha ta'lim muassasasida emas, balki oila muhitida ham amalga oshirilishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik ijtimoiy pedagogik ishlarning samaradorligini oshiradi. Ota-onalar bolalarining ijtimoiy rivojlanishiga to'g'ri ta'sir ko'rsatish uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagogik xodimlari bilan yaqindan ishlashlari zarur.

Ota-onalar bilan hamkorlikning asosiy yo'nalishlari: Ota-onalarga bolalarining ijtimoiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlashda yordam berish. Pedagogik maslahatlar va tavsiyalarni taqdim etish. Ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar va me'yorlar haqida ota-onalar bilan muloqot qilish. Maktabgacha ta'lim muassasasida ijtimoiy pedagogik ishlarni tashkil

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

etishda pedagoglarning o'rni alohida. Pedagoglar bolalarning ijtimoiy rivojlanishida, axloqiy qoidalarni tushuntirishda va jamiyatga moslashtirishda asosiy rahbar hisoblanadi. Ular bolalar bilan ishlashda, shuningdek, ota-onalar bilan aloqada ham ijtimoiy pedagogik usullarni qo'llashlari zarur.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida ijtimoiy pedagogik ishlarni samarali tashkil etish uchun bir qator usul va metodlardan foydalanish o'rinli hisoblanadi. Bu usullar bolalarning ijtimoiy rivojlanishini ta'minlash, ijtimoiy ko'nikmalarni shakllantirish va axloqiy qadriyatlarni singdirishga qaratilgan. Quyida ijtimoiy pedagogik ishlarni tashkil etishning eng asosiy usullari batafsil keltirilgan.

1. Ta'limiy o'yinlar va mashqlar

Ta'limiy o'yinlar ijtimoiy pedagogik ishlarning samarali usullaridan biridir, chunki ular bolalarni jamiyatda to'g'ri o'zaro munosabatlar o'rnatishga, jamoaviy ishga, birgalikda maqsadga erishishga o'rgatadi. O'yinlar orqali bolalar o'zlarini boshqalarning o'rnida tasavvur qilishi, empatiya ko'nikmalarini rivojlantirishi, va hissiy jihatdan boy bo'lishlari mumkin.

Jamoaviy o'yinlar bolalarni bir guruhda ishlashga o'rgatadi, o'zaro hurmat va hamkorlikni rivojlantiradi. Masalan, "Birlikda quramiz" o'yinida bolalar birgalikda qandaydir shaklni qurishadi. Bu o'yin bolalar orasida hamjihatlik va jamoaviy ishni o'rgatadi.

Raqobatli o'yinlar ham ijtimoiy qobiliyatlarni rivojlantirishda foydalidir. Ular bolalarga muvaffaqiyatni va mag'lubiyatni qanday qabul qilishni o'rgatadi, shu bilan birga o'z-o'zini nazorat qilish va jamoada ishlashni ham rivojlantiradi.

2. Pedagogik suhbatlar va muloqotlar

Pedagogik suhbatlar bolalar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilishning asosiy usuli hisoblanadi. Suhbatlar orqali bolalar o'z fikrlarini erkin ifodalashga, boshqalarning fikrlarini eshitishga o'rganadilar. Pedagoglar bolalarga ijtimoiy normalar, axloqiy qadriyatlar va jamiyatdagi turli vaziyatlarni tushuntirish uchun suhbatlarni olib boradilar.

Axloqiy suhbatlar bolalar bilan o'zaro hurmat, adolat, yordam berish va boshqa axloqiy qoidalarni muhokama qilishga yordam beradi. Misol uchun, "Do'stga qanday yordam berish mumkin?" yoki "Siz qanday qilib adolatli bo'lasiz?" kabi savollar bolalarni axloqiy me'yorlar bilan tanishtiradi.

Emotsional suhbatlar bolalar o'z his-tuyg'ularini boshqarishni va boshqalarning hislarini tushunishni o'rganadilar. Bu jarayon bolalar orasida empatiya va hamdardlikni rivojlantiradi.

3. Rolli o'yinlar va dramatizatsiya

Rolli o'yinlar va dramatizatsiya bolalarga turli vaziyatlarda o'zini qanday tutishni, boshqalarning hissiyotlarini qanday tushunishni, ijtimoiy vazifalarni qanday bajarishni o'rgatadi. Bu usul orqali bolalar o'zlarini turli rollarda tasavvur qilib, jamiyatdagi o'z o'rnini va mas'uliyatini anglaydilar. Rolli o'yinlar bolalar uchun turli ijtimoiy rollarni o'ynash imkonini beradi. Masalan, bolalar o'rtasida "doktor" va "bemorga" ajratilgan rollarda o'ynash orqali sog'liqni saqlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni o'rganadilar.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

Dramatizatsiya orqali bolalar turli ijtimoiy vaziyatlarni (masalan, do'stlik, yordam so'rash yoki shaxsiy chegaralarni hurmat qilish) tasvirlashni o'rganadilar. Bu usul bolalarda ijtimoiy fikrlashni rivojlantiradi.

4. Ijtimoiy faoliyatlar

Ijtimoiy faoliyatlar bolalarning ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun muhimdir, chunki ular turli ijtimoiy vaziyatlarda bolalar bir-biriga yordam berish, jamoa bilan ishlash va o'zaro hamkorlik qilishni o'rganadilar. Ijtimoiy faoliyatlar bolalarga ko'nikmalarni va hayot tajribasini oshirish imkoniyatini beradi.

Jamoaviy bayramlar va ijtimoiy tadbirlar bolalarni guruhlarda ishlashga va jamiyatda o'z o'rnini topishga o'rgatadi. Masalan, bayram tadbirlari (yangi yil, xalqaro bolalar kuni) bolalarga hamjihatlik va do'stlikni rivojlantirishga yordam beradi.

Tabiatda sayrlar va ekskursiyalar bolalarga ijtimoiy muloqotda bo'lish imkoniyatini yaratadi. Ular tabiatni o'rganish, jamoada ishlash va ijtimoiy mas'uliyatni his qilishni o'rganadilar.

5. Pedagogik kuzatuv va tahlil

Pedagogik kuzatuv va tahlil ijtimoiy pedagogik ishlarni tashkil etishda muhim rol o'ynaydi. Pedagoglar bolalar bilan ishlashda ularning ijtimoiy munosabatlarini, o'zini tutish uslublarini, guruhdagi faoliyatlarini kuzatib, tahlil qilishlari kerak.

Kuzatuv bolalarning o'zaro munosabatlarini, guruhdagi harakatlarini, va ijtimoiy vazifalarni qanday bajarayotganini tahlil qilishga imkon beradi. Bu tahlilga asoslanib, pedagoglar individual yondashuvni ishlab chiqishi mumkin.

Tahlil va feedback bolalarga o'z xatti-harakatlarini tahlil qilish va yaxshilash imkoniyatini beradi. Bu jarayon bolalarda o'z-o'zini anglash va ijtimoiy ko'nikmalarni yaxshilashga yordam beradi.

6. San'at va ijodiy faoliyatlar

San'at va ijodiy faoliyatlar bolalar uchun o'z fikrlarini ifodalash va boshqa odamlarni tushunishning ajoyib usuli bo'lib, ular orqali bolalar o'zaro muloqot qilish, jamiyatdagi o'z o'rnini anglashni o'rganadilar. Ijodiy faoliyatlar bolalar bilan guruhda ishlashni, birgalikda yaratishni va ijtimoiy mas'uliyatni rivojlantiradi.

Rasm chizish, musiqa, qo'shiq va raqs orqali bolalar o'z fikrlarini va his-tuyg'ularini boshqalarga etkazadilar. Bu ijodiy faoliyatlar bolalarning o'zaro tushunish va hamkorlik qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Teatr va drama mashg'ulotlari bolalarni o'z his-tuyg'ularini boshqarish va boshqalarning fikrlarini tushunishga o'rgatadi. Maktabgacha ta'lim davri, bolalarning ijtimoiy, axloqiy va emotsional rivojlanishining muhim bosqichidir. Bu davrda bolalarning shaxsiyati shakllanadi, ijtimoiy ko'nikmalari, axloqiy qadriyatlari, o'zaro munosabatlar va jamiyatda o'z o'rnini topish qobiliyatlari rivojlanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy pedagogik ishlarni samarali tashkil etish maqsadga qaratilgan, bolalarning o'zini ijtimoiy muhitda erkin va to'liq ifoda etishiga yordam beradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy pedagogik ishlarning asosiy maqsadi — bolalarning ijtimoiy rivojlanishiga yordam berish, ularni jamiyatda o'z o'rnini topishga

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tayyorlash va axloqiy, emotsional, intelektual ko'nikmalarini rivojlantirishdir. Bu jarayonni amalga oshirish uchun quyidagi asosiy maqsadlar mavjud:

Bolalarning ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirish: Maktabgacha ta'limda bolalar guruhlarda ishlashni, o'zaro muloqot qilishni, boshqalarga yordam berishni, jamoa ichida ishlashni o'rganadilar. Ijtimoiy pedagogik ishlar orqali bu ko'nikmalarni mustahkamlashga erishiladi. Bolalarning axloqiy va estetik qadrlarini shakllantirish: Maktabgacha ta'limda ijtimoiy pedagogik ishlar bolalarda axloqiy, estetik va madaniy qadriyatlarni singdirish, jamiyatga moslashtirishni ta'minlaydi.

Bolalar orasida do'stlik, hurmat va empatiyani rivojlantirish: Pedagogik ishlar bolalar o'rtasida ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash, o'zaro hurmat va hamdardlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Bolalarning shaxsiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash: Pedagoglar bolalarning shaxsiy xususiyatlari, ehtiyojlari va qiziqishlariga mos keladigan ijtimoiy pedagogik faoliyatlarni tashkil etish orqali ularning shaxsiy rivojlanishiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagogik ishlarning vazifalari bolalarning ijtimoiy muhitga moslashishini, ularning jamiyatda o'z o'rnini topishiga yordam beradi. Bu vazifalar maktabgacha ta'limning umumiy maqsadlariga erishish uchun pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy me'yorlar va axloqiy qadriyatlarni o'rgatish: Bolalarga jamiyatda muhim bo'lgan ijtimoiy me'yorlar, axloqiy qadriyatlar va odob-axloq qoidalarini o'rgatish. Bu bolalarga boshqalar bilan munosabatlarda to'g'ri xulq-atvorni ko'rsatishga yordam beradi. Masalan, bolalarga "do'stga yordam berish", "navbatda turish", "halollik" kabi tushunchalar orqali ijtimoiy qadriyatlar singdiriladi.

O'zaro munosabatlarda ijtimoiy ko'nikmalarni shakllantirish: Bolalarga bir-biri bilan o'zaro muloqot qilish, jamoa bo'lib ishlash, mas'uliyatni o'z zimmasiga olish va o'z fikrini erkin ifoda etish kabi ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirish.

Bolalar orasida guruhdagi ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish: Maktabgacha ta'limda bolalarga guruhda ishlash, boshqa bolalar bilan hamkorlikda maqsadga erishish, bir-biriga yordam berish va jamoaviy mas'uliyatni o'z zimmasiga olish kabi ko'nikmalarni o'rgatish. Emotsional intellektni rivojlantirish: Bolalar o'z his-tuyg'ularini tushunishni, boshqalarning hislarini anglashni, o'zini qanday tutishni va muammolarni qanday hal qilishni o'rganadilar. Bu vazifa bolalarning emotsional qobiliyatlarini rivojlantirishni ta'minlaydi. Ijtimoiy xavfsizlik va konfliktlarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirish: Ijtimoiy pedagogik ishlar bolalarga jamiyatdagi o'z o'rnini topish, turli ijtimoiy vaziyatlarda to'g'ri qarorlar qabul qilish va kelib chiqishi mumkin bo'lgan ijtimoiy ziddiyatlarni hal qilishni o'rgatadi. Bolalarga o'z fikrini ifodalash va eshitishni o'rgatish: Ijtimoiy pedagogik ishlar orqali bolalar o'z fikrlarini boshqalarga tushunarli va hurmat bilan etkazish, bir-birini tinglash va konstruktiv munosabatlar o'rnatishni o'rganadilar. Do'stlik va hamkorlikni rivojlantirish: Ijtimoiy pedagogik ishlar bolalarga hamkorlik qilish, birgalikda faoliyat yuritish va bir-biriga yordam berishning ahamiyatini tushuntiradi, do'stlikni va ijtimoiy bog'lanishni rivojlantiradi. Maktabgacha ta'limdagi ijtimoiy pedagogik ishlar bolalarning

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE9(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9(1)

Scientific theoretical and methodical journal

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ijtimoiy, emotsional va axloqiy rivojlanishini ta'minlashda katta ahamiyatga ega. Ushbu jarayonni samarali tashkil etish uchun pedagoglar va ota-onalar o'rtasidagi hamkorlik, ta'limiy o'yinlar va muloqot, rolli o'yinlar kabi usullarni qo'llash zarur. Ijtimoiy pedagogik ishlarning muvaffaqiyatli tashkil etilishi bolalar uchun sog'lom va muvozanatli rivojlanish imkoniyatlarini yaratadi, ularni kelajakda jamiyatda o'z o'rnini topish uchun tayyorlaydi.

Ijtimoiy pedagogik ishlarni tashkil etishning samarali usullari bolalarga jamiyatdagi me'yorlar, qoidalar, va axloqiy qadriyatlarni singdirish, shuningdek, o'zaro munosabatlarni o'rnatish va guruhda ishlashni o'rgatishga qaratilgan. Ta'limiy o'yinlar, pedagogik suhbatlar, rolli o'yinlar, san'at faoliyatlari va boshqa usullar orqali bolalar o'zlarining ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantiradilar, shu bilan birga o'zaro hurmat, empatiya va mas'uliyatni o'rganadilar.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy pedagogik ishlarni tashkil etishning maqsadi bolalarning ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirish, ularni axloqiy va estetik qadriyatlar bilan tanishtirish, shaxsiy rivojlanishlariga yordam berishdan iborat. Ushbu maqsadlarga erishish uchun ijtimoiy pedagogik ishlarning bir qator vazifalari amalga oshiriladi, ularning asosiylari bolalar orasida o'zaro hurmat, do'stlik, hamkorlik va emotsional rivojlanishni shakllantirishdir. Ijtimoiy pedagogik ishlar bolalarni ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli moslashishga tayyorlaydi va ularga kelajakda jamiyatda faol va mas'uliyatli fuqarolar bo'lish imkoniyatini yaratadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Azizxo'jayеva X.N. "Pеdagogik tеxnologiya va pеdagogik maxorat" T. 2003.

2. Yusupova P. "Maktabgacha pеdagogika". T. 1995 y.

3. F.I. Xaydarov, N.I. Xalilova "umumiy psixologiya"-darslik.:Toshkent-2009.144-b.

4. N. Egamberdiyeva "ijtimoiy pedagogika "-darslik. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi nashri yoti.: Tos hkent-2009.119-125-betlar.

5. Aynura baxtiyorova bazarbayevna "ta'lim muasassalaridagi ijtimoiy pedagogik faoliyat" (maqola) "science and education" ilmiy jurnali. May 2021-yil, volume-2, issue 5.

6. Vasilkova Yu.V. Ijtimoiy pedagogika bo'yicha ma'ruzalar (mater. Ota tarbiyasi). - Ed. 2-chi. - M.: "Poligrafresursiya" GF nashriyoti, 1998 y.

7. Vulfov B.Z. Xalq ta'limi tizimidagi ijtimoiy o'qituvchi. // Pedagogika, 1992 y., 5/6

MU ALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Umarova Muqaddasxon, dotsent, (PhD), [Умарова Мукаддасхан, доцент, (PhD)], [Muqaddasxon Umarova, associate professor, (Ph.D.)]; manzil:O'zbekiston, 150700, O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Shahar: Qo'qon, Turon ko'chasi, 23, [аддре^Узбекистан, 150700, Узбекистан, Ферганская область, Город: Кокан, улица Турон, 23 ], [address: Uzbekistan, 150700, Uzbekistan, Fergana region, City: Kokand, Turon street, 23].

©intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE9(1)

iccl (A

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.