Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOT VA SAYRLAR JARAYONIDA HARAKATLI O’YINLARNI TASHKIL ETISH VA UNI O’TKAZISHTEXNOLOGIYALARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOT VA SAYRLAR JARAYONIDA HARAKATLI O’YINLARNI TASHKIL ETISH VA UNI O’TKAZISHTEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’yin turlari / metodika / va texnologiya / didaktik / ta’lim-tarbiya / jarayon / ta’limiy o‘yin / ijtimoiy hayot / psixologik holati.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rahmonqulova X.B

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg’ulot va faoliyatlar jarayonida o’yinlarni tashkil etish texnologiyalari haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOT VA SAYRLAR JARAYONIDA HARAKATLI O’YINLARNI TASHKIL ETISH VA UNI O’TKAZISHTEXNOLOGIYALARI»

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 19(56)

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA JISMONIY TARBIYA MASHG'ULOT VA SAYRLAR JARAYONIDA HARAKATLI O'YINLARNI TASHKIL ETISH VA UNI O'TKAZISHTEXNOLOGIYALARI

Rahmonqulova X.B

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Annotasiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg'ulot va faoliyatlar jarayonida o'yinlami tashkil etish texnologiyalari haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: o'yin turlari, metodika, va texnologiya, didaktik, ta'lim-tarbiya, jarayon, ta'limiy o'yin, ijtimoiy hayot, psixologik holati.

Аннотация: В данной статье описаны технологии организации игр во

время обучения и деятельности в дошкольных образовательных организациях

Ключевые слова: виды игр, методика и технология, дидактика, обучение, процесс, обучающая игра, социальная жизнь, психологическое состояние.

Abstract: This article describes the technologies of organizing games during training and activities in preschool educational organizations.

Key words: game types, methodology and technology, didactic, education, process, educational game, social life, psychological state.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'yinlar harakat qobiliyatlari va psixik jarayonlarni majmuali rivojlantirish vazifasining amalga oshirilishini maqsimal darajada ta'minlaydi, chunki ularning mazmuni harakat dasturlarini shakllantirish va almashtirishga yo'naltirilgan. Ma'lumki, insonning rivojlanish jarayonida egallab boradigan harakat tajribasi turli darajadagi harakat dasturlarining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida o'z ifodasini topadi. Shunday qilib, sensor va motor tarkibiy qismlar, ularning tizimidagi turli sathlari orasida o'zaro ta'sir yuzaga keladiki, bu yangi harakat dasturlarining paydo bo'lishi bilan kuzatiladi.

Pedagogik amaliyotida predmetlar bilan syujetli, harakatli va didaktik o'yinlar farqlanadi. Bolalar rivojlanishida o'yinlar juda katta ahamiyatga ega, o'yinlar kichik, o'rta va katta harakatchanlik darajasiga ega bo'lishi mumkin. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar tabiiy o'yinlar yordamida o'zlashtiradilar (qadamlab yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish tirmashish). O'yinlar bolalarni jismonan tarbiyalashning asosiy vositalaridan biri. Ularni ikki yoshdan boshlab qo'llash mumkin. Bu davrda bolalar yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish kabi hayot uchun zarur harakat ko'nikmalarini o'zlashtira boshlaydilar.

Katta maktabgacha yoshdagi bolalar kuch (qo'llarda tortilish), tezkorlik (qisqa masofaga yugurish, mokisimon yugurish) va boshqa sifatlar bobida musobaqalashar

258

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 19(56)

ekanlar, o'z harakat va imkoniyatlarini baholashga qodir bo'ladilar. Jismoniy rivojlanishdan o'yinlar bolalarda iroda, mardlik, qat'iyatlilik, chidamlilik, jur'at kabi xislatlarni tarbiyalashga yordam beradilar.

Bolalar o'zlarining ulkan ehtiyojlarini, odatda, o'yinlar vositasida qondirishga urinadilar. Ular uchun o'yin - birinchi navbatda, faoliyat, harakat. Harakatli o'yinlar chog'ida bolalarning harakatlari takomillashadi, tashabbuskorlik va mustaqillik, ishonch va qat'iyat kabi sifatlari rivojlanadi. Ular o'z harakatlarini muvofiqlashtirish, hatto ayrim qoidalarga rioya qilishni (dastlab, albatta, sodda shaklda) o'rganadilar.

3 yoshli bolalar, odatda, juda ta'sirchan, emotsional holatda bo'ladilar: ular serharakat bo'ladilar, lekin bir turli harakatlardan tez charchaydilar, tanaffussiz uzoq vaqt yura (yugura) olmaydilar. Shuning uchun o'ta faol bolalarni nazorat qilib turish: qo'llarida osilishga, katta balandlikdan sakrashga ruxsat bermaslik, ularning e'tiborlarini birmuncha sust sur'atli o'yinlarga tortish kerak. Asta-sekin o'yinlarning mazmuni ham o'zgarib boradi. Bolalar dastlab kattalarning ko'rsatmalari bilan harakatlarni bajaradilar masalan, tovuq yoki qushchani tasvirlaydilar - «don cho'qiydilar», «uchadilar». Uch yoshda bolalar kattalarning harakatlariga taqlid qilishdan turli «tasviriy» yoki rollar bo'yicha bo'ladigan o'yinlarga o'tadilar: ular «xola - xola» o'ynaydilar, shifokor, sotuvchi, haydovchi, oshpaz va boshqalarni tasvirlaydilar. Bolalar o'zlariga tanish harakatlarnigina emas, ko'rganlarini faol ravishda takrorlaydilar.

O'yin uzoqroq davom etadi, uning syujeti xilma - xil va tushunarliroq bo'lib boradi. Keyinroq o'yin yanada murakkablashadi. Unda uchta rol paydo bo'ladi, masalan bir bola qo'yni, ikkinchisi - bo'rini, uchinchisi - cho'ponni tasvirlaydi.

Har xil o'yinchoqlar bilan o'tkaziladigan mustaqil o'yinlar juda foydali, bolalarni ikkita, uchtadan guruhlarga bo'lish mumkin. Bolaning harakatlari odatda o'yinchoq turlari bilan belgilanadi. Masalan, bayroqchalar, xalqalar bilan yugurish, mashinalarni yurgizish, koptoklarni dumalatish, otish, ilib olish kerak.

Bolalar bunday o'yinchoqlar bilan qiziqib shug'ullanadilar. Biror mustaqil o'yinlarda bolalar darhol faollik va tashabbuskorlikni namoyon eta olmaydilar, ularning xarakatlari bir turli va cheklangan. Lekin kattalarning topshirig'ini bajarish bilan bog'liq o'yinlarda bolalarning harakatlari aniq maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi, ular harakatlarni bir necha bor takrorlab, harakat ko'nikmalarini mustahkamlaydilar, chaqqonlik, epchillikni rivojlantiradilar.

Bolalar xatto o'zlari o'yin bilan mashg'ul bo'lgan vaqtlarida ham ularga rahbarlik qilib turish juda muhim. Ulardan ayrimlarining o'yinini murakkablashtirish, boshqalariga boshlagan ishini oxiriga etkazishini o'rgatish, uchinchisi agar jimgina o'ynayotgan bo'lsa, gaplashib turish maqsadga muvofiq.

Ko'pincha mustaqil o'yinlarda bolalar noto'g'ri va hatto xavfli harakatlarni ham bajaradilar. Kursi yoki xoda ustidan butun oyoq kaftiga tayangan holda deyarli to'g'ri

259

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 j 2181-3035 | № 19(5б)

oyoq bilan sakrab tushadilar, erdan butun oyoq kafti bilan itarilib yuguradilar. Bunday hollarda har xil yo'llaráan foydalaniladi: katta odam o'zi o'yinga kirishadi. Bolalarga ular taqlid qila oladigan biror tanish va yaqin obrazni eslatadi (mushuk qanday yumshoq sakrashini, qushchalar qanday shovqinsiz uchishlarini).

Bolalarga o^gatilishi kerak bo'lgan dastlabki o^in^ muayyan syujet va qoidalarga ega bo'lmaydi. Bola oddiy, qiziqarli topshiriqlarni bajaradi: kelib, o'yinchoqni qo'liga oladi, kattalar oldiga yugurib borib, ular qo'lida nima yashirilganligini ko'radi («Bayraqchani ol», «Mening yonimga yuguo>, «Bayraqchani top»).

O'yinlami o^gatishda muayyan izchillikka rioya qilish kerak. Masalan, «Meni tutib ol» o'yini, «Seni tutib olaman» o'yiniga qaraganda soddaroq. Birinchi xolatda bola o'zidan katta kishini tutib olishi lozim; ikkinchi o'yinda tutilish xavfi yuzaga keladi, shuning uchun bola ko'praq jismoniy kuch sarflashiga to'g'ri keladi. O^in^ tobora mazmunan boyroq va xilma- xilroq bo'lib borishi, yanada murakkabroq topshiriqlarni o'z ichiga olishi zarur. Agar bola dastlab o'yinchoqni olish uchun o'zi istagan sw'atda yugurgan bo'lsa, o'yin yaxshi o'zlashtirilib olinganidan so'ng yugurish su^atini kattalar belgilashi kerak.

Nutq o'yin mazmunining ijodiy rivojlantirilishiga, qoidalar va taktika bilan boyitilishiga, o'yinlaT tajribasining almashinishiga, yangi o'yinlaming yaratilishiga yordam beradi. Nutq o'yin jarayonida ishtirok etuvchilarning xatti-harakatlarini to'g'гi yo'naltirib, o'yinni o'гgatishga, o'yinga rahbarlik qilishga yordam beradi. Nutq kishiga mavhum fikrlash va umumlashmalar qilish imkonini beradi, o'z obrazlarini yaratishga, o'yinni ijodkorona yondashuv asosida boyitishga yordam beradi.

O'yin faoliyati psixik jarayonlarda ixtiyoriylikning shakllanishiga ta'sn ko'гsatadi. Masalan, o'yini tufayli bolalarda ixtiyoriy diqqat hamda ixtiyoriy xotira rivojlana boshlaydi. O'yin sharoitida bolalar laboratoriya tajribalariga qaraganda yaxshiroq fikran jamlanib, ko'pгoq narsani eslab qoladilar. Ongli maqsad (diqqatni jamlash, eslab qolish va yodga olish) aynan o^into chog'ida bola harakatlarida tez va oson namoyon bo'ladi.

O'yin sharoitlari boladan o'yin vaziyatiga kiritilgan predmetlarda fikrni jamlash, o'ynalayotgan harakat va syujet mazmuniga chuqur kirishni talab qiladi. Agar bola o'yin vaziyati undan nimani talab qilayotganiga diqqatini qaratmasa, o'yin shartlarini eslab qola olmasa, u tengdoshlari tomonidan chetlashtirilib qo'yiladi. Muloqotga, hissiy rag'batga bo'lgan ehtiyoj bolani maqsadli ravishda fikrlarini jamlash va eslab qolishga majbur qiladi. O'yin vaziyati va u bilan bog'liq harakatlar maktabgacha yoshdagi bolaning aqliy rivojlanishiga muntazam ravishda ta'sn ko'reatadi. O'yinda bola narsaning (predmetning) o'rinbosari bilan munosabatga kirishadi - u o'rinbosa^a yangi o'yinbop nom beradi va u bilan shu nomga muvofiq faoliyat olib

260

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 j 2181-3035 | № 19(5б)

beradi. O'rinbosar predmet tafakkur uchun tayanch bo'lib qoladi. O'rinbosar predmetlar bilan faoliyatini amalga oshirish asosida bola haqiqiy mavjud narsa to'g'risida fikr yuritishni o'rganadi. Asta - sekin predmetlar bilan o'yin faoliyatlari qisqarib, bola predmetlar haqida fikrlab, ular bilan aql nuqtai nazaridan faoliyat olib borishga o'rganadi.

Shunday qilib, o'yin bolaning tasavvurlarga tayanib fikrlashni o'zlashtirishiga ko'maklashadi. Ayni vaqtda syujetli-xarakatli o'yinlarda bolaning o'yin va ayniqsa, real (haqiqiy) o'zaro munosabatlari tajribasi tafakkurning alohida xususiyati asosini tashkil etib, u tufayli boshqa kishilarning nuqtai nazari o'rganiladi, ularning keyingi xatti - harakatlarini oldindan qo'ra bilish va shunga qarab o'z xatti - harakatlarini shakllantirish imkoniyati paydo bo'ladi.

Harakatli o'yinlar tasavvurning rivojlanishida belgilovchi ahamiyatga ega. O'yin faoliyatida bola bir xil predmetlarni boshqalari bilan almashtirishni, o'ziga har turli rollarni olishni o'rganadi. Bularning barchasi tasavvurning rivojlanishiga yordam beradi.

Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning o'yinlarida o'rinbosar predmetlar ham, ko'pgina boshqa o'yin harakatlari ham shart emas. Bolalar predmetlar va ular bilan bog'liq faoliyatlarni tenglashtirib, o'z tasavvurlarida yangi vaziyatlarni yuzaga keltira boshlaydilar. O'yin ichki tomondan amalga oshirilishi mumkin.

Bola shaxsining rivojlanishiga o'yinning ko'rsatadigan ta'siri shundan iboratki, u orqali bola kattalarning yurish - turishi, o'zaro munosabati bilan tanishadi, bular uning o'z xatti-harakatlari uchun namuna bo'lib xizmat qiladi; bola o'yinda muloqot olib borishning asosiy ko'nikmalarini, tengdoshlari bilan munosabat o'rnatish uchun zarur sifatlarni o'zlashtiradi. Bolani butunlay qamrab olgan o'yin uni zimmasidagi rolga muvofiq qoidalarga bo'ysunishga majburlaydi, his-tuyg'ularning rivojlanishi hamda xatti-harakatlarni iroda orqali boshqarish qobiliyatining takomillashishiga ko'mak beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.L.Mirjalolova va boshq. "Mashg'ulotlarni o'tkazish texnologiyalari" moduli bo'yicha o'quv -uslubiy majmua. T.: 2017

2. R. Ishmuhamedov O'quv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo'llash uslubiyati. T.: RBIMM, 2008. б8 b. б. R.Ishmuhamedov va boshq. Ta'limda innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). - T.: Iste'dod, 2008.

3. R.J.Ishmuhamedov va boshq. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari o'qituvchilari, tarbiyachilari, guruh rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar). T.: Iste'dod, 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.