Научная статья на тему 'Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatining vazifalari'

Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatining vazifalari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
201
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
sahnalashtirish faoliyati / empatiya / ijodiy rivojlanish / xulq-atvor / fikrlash / nutq / muloqot / aktyorlik qobiliyati

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nilufar Isroildjanovna Ismailova

Sahnalashtirish faoliyati empatiyani rivojlantirishning eng muhim vositasi bolalarning birgalikdagi faoliyatini tashkil qilish, ijtimoiy voqelik, badiiy asar yoki ertaklarning ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari tajribasini faol o‘zlashtirishga imkon beradi. Natijada bola dunyoni aqli, qalbi bilan anglab, yaxshilik va yomonlikka munosabat bildiradi. Ko‘plab muammoli vaziyatlarni qahramon nomidan bilvosita hal qilish, qiyin muloqot va uyatchanlikni yengishga o‘rgatiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatining vazifalari»

Maktabgacha ta'lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatining

vazifalari

Nilufar Isroildjanovna Ismailova ilufarismoilova@gmail. com Namangan davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Sahnalashtirish faoliyati empatiyani rivojlantirishning eng muhim vositasi - bolalarning birgalikdagi faoliyatini tashkil qilish, ijtimoiy voqelik, badiiy asar yoki ertaklarning ijtimoiy xulq-atvor ko'nikmalari tajribasini faol o'zlashtirishga imkon beradi. Natijada bola dunyoni aqli, qalbi bilan anglab, yaxshilik va yomonlikka munosabat bildiradi. Ko'plab muammoli vaziyatlarni qahramon nomidan bilvosita hal qilish, qiyin muloqot va uyatchanlikni yengishga o'rgatiladi.

Kalit so'zlar: sahnalashtirish faoliyati, empatiya, ijodiy rivojlanish, xulq-atvor, fikrlash, nutq, muloqot, aktyorlik qobiliyati

Tasks of staging activities in the preschool educational

organization

Nilufar Isroiljanovna Ismailova nilufarismoilova@gmail. com Namangan State Pedagogical Institute

Abstract: Staged activity is the most important means of developing empathy -organizing children's joint activities, allowing them to actively master the experience of social reality, skills of social behavior of a work of art or a fairy tale. As a result, the child perceives the world with his mind, heart, and reacts to good and evil. Many problematic situations are taught to solve indirectly on behalf of the Hero, to overcome difficult communication and shyness.

Keywords: staging, empathy, creative development, behavior, thinking, speech, communication, acting skills

KIRISH

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim va tarbiya muammosi keng va tubdan hal etilayotgan, maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari oldida turgan vazifalar murakkablashib borayotgan bir paytda bolalarni erta yoshdan sahnalashtirish va teatr faoliyati bilan tanishtirish vazifasi juda muhim bo'lib qolmoqda.

Sahnalshtirish faoliyat va insonning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish zamonaviy ijtimoiy tuzilmaning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy yo'nalishlarining tarkibiy qismidir. "Ijodkorlik" so'zi ijtimoiy ma'noda o'tmish tajribasida uchramagan, individual va ijtimoiy ma'noda biror narsani izlash, tasvirlash ma'nosini bildiradi. Ijodiyfaoliyat - bu yangilikni tug'diruvchi faoliyat; shaxsiy "men" ni aks ettiruvchi yangi mahsulotni yaratishning erkin san'ati. Ijodkorlik nafaqat moddiy va ma'naviy madaniyatda yangi narsalarni yaratish, balki insonning o'zini, birinchi navbatda, ma'naviy sohada takomillashtirish.

Bolalarni o'rab turgan hamma narsa ko'p jihatdan ularning kayfiyatini belgilaydi, narsalarga, harakatlarga va hatto o'zlariga nisbatan u yoki bu munosabatni shakllantiradi. Bola ko'rish (vizual analizator), eshitish (eshitish analizatori) va harakatlar (motor analizator) yordamida atrofdagi dunyo bilan tanishadi. Bu shuni anglatadiki, bolani o'rab turgan hamma narsa bu hislarni rivojlantirishi va zarur psixologik qulaylikni ta'minlashi kerak.

ADABIYOTLAR TAXLILI

Bolalar ijodiyoti maktabgacha pedagogika va bolalar psixologiyasining dolzarb muammolaridan biridir. Uni L.S.Vygotskiy, A.N.Leontiev, L.I.Venger, N.A.Vetlugina, B.M.Teploye, O.M.Dyachenko, A.I.Volkov va boshqalar atroflicha yoritishgan.

Sahnalashtirish faoliyati bilan shug'ullanish nafaqat bolalarni go'zallik dunyosiga olib keladi, balki rahm - shafqat va hamdardlik qobiliyatini uyg'otadi, fikrlash va kognitiv qiziqishni faollashtiradi, eng muhimi, uning ijodiy imkoniyatlarini ozod qiladi va bolaning jamoada psixologik moslashuviga yordam beradi.[1]

Sahnalashtirish faoliyati, deb yozadi Yu.A.Tsapkova, - bu uning ishtirokchilarida hissiyotlar (sezgilar), his-tuyg'ular, emotsiya, tafakkur, tasavvur, fantaziya, diqqat, xotira, iroda, shuningdek, ko'plab bilim va ko'nikmalarni (nutq, muloqot, tashkilotchilik, harakatchanlik va boshqalar) rivojlantirishga qaratilgan faoliyat. [2]

"Teatr - bu go'zal san'at. U insonni olijanob qiladi va tarbiyalaydi. Teatrni chin dildan sevgan kishi undan doimo donolik va mehr-muruvvatni olib ketadi" Sahnalashtirish va sahna harakatlarining yaqinligi birinchisida aktyorning o'yinidagi kabi elementlarning mavjudligi bilan belgilanadi. Shuningdek, bolalar o'yinlarining ijodiy boshlanishini chuqur o'rgangan K.S.Stanislavskiy sahnadagi aktyorning holatida va u yoki bu o'yinda rol o'ynaydigan bolada o'xshashliklarni topdi. Bunday o'xshashlik shundaki, ikkala holatda ham, birinchi navbatda, insonning his-tuyg'ulari va xissiyotlarini qamrab oladi [3]

M.N.Maxaneva sahnalashtirish faoliyatining ta'limiy imkoniyatlari kengligini yoritgan. Sahnalashtirilgan tomoshada ishtirok etib, bolalar tashqi dunyo va uning

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 517 [MJ^^^H

xilma-xilligi bilan obrazlar, ranglar, tovushlar orqali tanishadilar, mohirona qo'yilgan savollar ularni o'ylashga, tahlil qilishga, xulosalar chiqarishga va umumlashtirishga majbur qiladi. bolalar bog'chasida teatr faoliyati bo'yicha mashg'ulotlar mazmuniga e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Bularga quyidagilar kiradi:[4]

- qo'g'irchoq teatrlarini tomosha qilish va ular haqida suhbatlashish;

- dramatizatsiya o'yinlari;

- turli ertaklarni sahnalashtirishga tayyorlash va ijro etish;

- ijroning ifodaligini rivojlantirish uchun mashqlar;

- badiiy asarlar taxlili bo'yicha alohida mashqlar;

- bolalarning ijtimoiy va hissiy rivojlanishi uchun mashqlar.

TADQIQOT METODOLOGIYASI.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sahnalashtirish faoliyati bolalarning tasavvurini va ijodiy fikrlashini rag'batlantirishning noananaviy metod va usullarini takomillashtirish. Hikoyalar yaratish, badiiy asarlarni ijro etish jarayonida rolli dialogik va monologik nutqiy qobiliyatini rivojlantirish uchun shart -sharoitlar yaratish tavsiyalarini ishlab chiqish.

TAHLILLAR VA NATIJALAR;

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sahnalashtirish faoliyatining asosiy vazifalari;

1. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq bolalarni sahnalshtirish faoliyati uchun sharoit yaratish (teatrning har xil turlarini yaratish, dekoratsiyalar, shirmalar, teatr o'yinlarining kartotekalari va boshqalar).

2. Teatrning har xil turlari bilan izchil tanishtirish; Repertuari ertak va bolalar adabiyoti namunalari asosida yozilgan inssenirovkalardan, mumtoz dramaturgiyaning bolalar uchun mo'ljallangan namunalaridan, bolalarbop pyesalardan iborat. Dramatik (yosh tomoshabinlar teatri) va qo'g'irchoq teatri kabi turlari bor.

3. Bolalar lug'atini boyitish va faollashtirish, bolalarni asosiy teatr atamalari bilan tanishtirish. 1. Teatr. 2. Dramaturg. 3. Rejissyor. 4. Orkestr. 5. Dirijyor. 6.Kompozitor.7.Aktyor. 8.Qo'g'irchoq teatri...

4. Bolalarda kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish: kattalar va bolalar bilan muloqot qilish qobiliyati, og'zaki muloqot qoidalariga tayanib, ertakni ijro etish jarayonida rolli dialoglarni qurish qobiliyatini rag'batlantirish.

5. Bolalarda teatr va ijodiy qobiliyatlarni, teatr madaniyati ko'nikmalarini shakllantirish. Intonatsiya,imo-ishoralar, mimika, pantomimika, diksiya, temp, ovoz kuchi.

6. Qo'g'irchoq teatri qahramonlarini qo'shimcha materiallardan yasash mumkinligini o'rgatish: karton, pastki qismida barmoqlar uchun ikkita teshik ochish;gugurt qutilari; tennis koptoklari; plastic qoshiqlar; bir marta ishlatiladigan

idishlar: laganlar, stakanlar, qoshiqlar; paypoq, qo'lqop; plastik butilkalar; tabiiy material va boshqalar.

Sahnalshtirish faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish kerak. Buning uchun pedagoglar bolalarni yoshligidan badiiy so'zni diqqat bilan tinglashga, unga hissiyot bilan munosabat bildirishga, bolalar qofiyalari, qo'shiqlari, she'rlariga, shu jumladan rag'batlantiruvchi dialogga murojaat qilishga o'rgatib boriladi;

- bolalarning sahnalshtirish faoliyatiga qiziqishini rivojlantirish, qo'g'irchoq teatri qahramonlari bolalar bilan muloqotga kirishadigan va sahna ko'rinishlarini namoyish etadigan vaziyatlarni yaratish;

- sahnalashtirish uchun kerakli sahnani jihozlash haqida g'amxo'rlik qilish: teatr o'yinchoqlarini sotib olish, o'z qo'llari bilan turli o'yinchoqlarni yasash, kostyumlar, dekoratsiya, atributlar yasash;

- sahnalashtirish uchun adabiy asarlarni tanlashga jiddiy e'tibor berish: bolalar uchun tushunarli, axloqiy g'oya, rivojlanib boruvchi voqealar, turli rang-barang qahramonlar, ijobiy xususiyatlarga ega belgilar juda muhim.

Bolalarni sahnalashtirish faoliyatiga o'rgatish bo'yicha ishlar to'rt yo'nalishda faol olib borish kerak:

Pedagoglar bilan ishlashning asosiy yo'nalishlari va shakllari:

• Suhbatlar

• Maslahatlashuvlar

• Ochiq mashg'gulotlar, seminar treninglar

• Ishbilarmonlik o'yinlari

• Davra suhbatlari

Bolalar bilan ishlashning asosiy yo'nalishlari va shakllari:

• Qo'g'irchoq teatrlarini tomosha qilish va ular haqida suhbatlashish.

• Dramatizatsiya o'yinlari, musiqiy o'yinlar.

• Bolalarning ijtimoiy va hissiy rivojlanishi uchun mashqlar.

• Diksiya mashqlari (artikulyatsiya gimnastikasi)^ O'yinlar - transformatsiyalar (pantomimalar).

• Qo'llarning mayda motorika ko'nikmalarini rivojlantirish uchun barmoq o' yinli treninglar.

• Nutq intonatsiyasining ifodaliligini rivojlantirish vazifalari. (diksiya, ritm, ohang, temp)

• Turli ertak va hikoyalarni sahnalashtirish.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar bilan ishlashning turli shakllarini tashkil qilish uchun rivojlantirish muhitini tashkil etish va doimiy o'zgaruvchanlik muhitini yaratish, ya'ni;

• San'at markazlari, syujetli-rolli o'yinlar va dramalashtirish markazi;

• ta'limiy va rivojlantiruvchi o'yinlar;

• rolli o'yinlar uchun atributlar;

• bolalar badiiy adabiyoti;

• she'rlar, ertaklar, hikoyalar, topishmoqlar, sanamalar, matallar, maqollar kartotekasi;

• bayram tadbirlari tsenariylari

• ko'ngil ochish daqiqalari.

• "Teatr" mini-muzeyi,

• Ochiq mashg'ulotlar

Syujetli-rolli o'yinlar va dramalashtirish markazi guruhlarda tashkil etilgan. Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda teatr muhiti yaratilgan. Ular barmoq teatri, stol teatri, soya teatri, marionetka teatri, qo'g'irchoq-qo'lqop teatri, liboslar teatri va boshqalar bilan rejissyorlik o'yinlari uchun maxsus joylar mavjud.

XULOSALAR

Shunday qilib, sahnalashtirish faoliyati bolalarda o'ziga bo'lgan ishonchni rivojlantirishga va har bir bola u yoki bu qahramon rolida o'zini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo'lganda, ijtimoiy xulq-atvor ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Buning uchun pedagog turli xil texnikalardan foydalanishi kerak:

- bolalarning o'z xohishiga ko'ra rol tanlashi;

- asosiy rollarga nafaqat jasur, balki qo'rqoq va uyatchan bolalarni tayinlash;

- rollarni taqsimlash (bolalar pedagogning qo'lidan qahramonlar sxematik tasvirlangan har qanday kartani olishadi);

- barcha bolalar tomonidan rollarni o'z navbatida o'ynash

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Зимина, И. Театр и театрализованные игры // Дошкольное воспитание. -2005. - № 1.

2. Цапкова, Ю. А. Развитие речи детей младшего дошкольного возраста в процессе театрализованной деятельности // Педагогическое мастерство: материалы междунар. науч. конф. (г. Москва, апрель 2012 г.). - М., 2012.

3. Станиславский К.С. Собр. соч. в 8-ми тт. - М.: Искусство, 1954-1961.

4. М.Д. Маханева. Театрализованные занятия в детском саду.2017https://nsportal.ru/vuz/pedagogicheskie-nauki/library/2017/03/19/

5. Куцакова, Л. В., Мерзлякова, С. И. Воспитание ребенка-дошкольника в мире прекрасного. - М.: Владос, 2004. - С. 53.

6. N.Ismailova Development of Skills in Working with Books of Preschool Children as a Social Need International Journal on Integrated Education https://j ournals.researchparks. org/index.php/IJIE

7. Ismailova, N. I. (2022). Development of art and creative abilities of preschool children through books. World Bulletin of Social Sciences, 9, 172-175.

8. Isroildjanovna, I. N. (2019). Psychological and Pedagogical Problems of Modern Preschool Education. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

9. Ismoilova, N. MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN rssN 26949970.

10. Kamalova, A. (2024). Yoshlar o'rtasida deviant xulq-atvor profilaktikasi. Science and Education, 5(2), 513-519.

11. кизи Ахмедова, Д. С., & кизи Камолова, А. О. (2022). УСМИРЛАРДА МЕЪЁРДАН ХУЛ^ИЙ ОГИШ ХОЛАТЛАРИНИ КОРРЕКЦИЯЛАШ ЖАРАЁНЛАРИДА ХУ^У^ИЙ САВОДХОНЛИКНИНГ АХАМИЯТИ. Евразийский журнал академических исследований, 2(3), 413-416.

12. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o 'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.

13. Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.

14. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.

15. Ориббоева, Д. Д., & Мирзаахмедова, Д. М. (2024). Болаларда ижтимоий куникмаларни ривожлантиришнинг ахдмияти. Science and Education, 5(2), 595599.

16. Oribboyeva, D. D., & qizi G'aniyeva, S. B. (2024). Assertiv xulq shakllanishining o'ziga xosligi. Science and Education, 5(2), 590-594.

17. Орифбоева, Д. Д. (2017). ОПТИМИЗАЦИЯ УЧЕБНО-ПОЗНАВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА В СРЕДНЕЙ ШКОЛЕ. Форум молодых ученых, (6 (10)), 1320-1323.

18. Maxliyoxon, O., & Shaxrizoda, M. (2024). SAHNALASHTIRISH FAOLIYATI ORQALI BOLALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH. Analysis of International Sciences, 2(1), 41-46.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.