Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR BILAN TURLI SAYOHATLAR O‘TKAZISHNING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR BILAN TURLI SAYOHATLAR O‘TKAZISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
459
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’im tashkiloti / turizm / ekskursiya / sayohat / turizm turlari / rolli o‘yinlar / ko‘rgazmali va amaliy metodlar / tabiat burchagi / tabiatshunoslik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Erjanova S.B.

mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida turizmning ahamiyati, qiziqarli va esda qolarli sayohatlarni tashkillashtirish yo‘llari, tarbiyachining sayohatga tayyorlanishi, sayohatlarni boshqarish, bolalarni sayohatga tayyorlash, sayohatdan keyingi ishlar va bolalarning sayohat uchun kiyimlari qanday va qay tartibda tayyorlanishi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR BILAN TURLI SAYOHATLAR O‘TKAZISHNING AHAMIYATI»

Erjanova S.B.

UrDU pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

Yusupov X.K.

Xalqaro Nordik universiteti "Ta'lim muassasalarini

boshqarish " yonalishi 1- kurs magistranti

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA BOLALAR BILAN TURLI SAYOHATLAR O'TKAZISHNING AHAMIYATI

Annotatsiya: mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida turizmning ahamiyati, qiziqarli va esda qolarli sayohatlarni tashkillashtirish yo'llari, tarbiyachining sayohatga tayyorlanishi, sayohatlarni boshqarish, bolalarni sayohatga tayyorlash, sayohatdan keyingi ishlar va bolalarning sayohat uchun kiyimlari qanday va qay tartibda tayyorlanishi yoritilgan.

Kalit so'z: maktabgacha ta'im tashkiloti, turizm, ekskursiya, sayohat, turizm turlari, rolli o'yinlar, ko'rgazmali va amaliy metodlar, tabiat burchagi, tabiatshunoslik.

Erzhanova S.B. teacher

Department of Preschool Education Methodology

Faculty of Pedagogy UrSU Yusupov Kh.K.

International Nordic University "Educational Institutions Management" 1st year graduate student

THE IMPORTANCE OF TRAVELING WITH CHILDREN IN PRESCHOOL EDUCATION ORGANIZATION

Abstract. this article describes the importance of tourism in preschool educational organizations, ways to organize interesting and memorable trips, teacher's preparation for a trip, managing trips, preparing children for a trip, work after the trip, and how and in what order children's clothes for the trip are prepared.

Key word: preschool nutrition organization, tourism, excursion, travel, types of tourism, role-playing games, demonstration and practical methods, nature corner, natural science.

Turizm - bu bolalar uchun jismoniy tarbiya shakllaridan biri bo'lib, u bolalar sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash uchun zaruriy komponent sanaladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida turizmni tashkil qilish oson, arzon, shu bilan birga tabiiy va amalga oshirilishi mumkin bo'lgan hamda tarbiyalanuvchilarning jismoniy imkoniyatlari bilan bog'liq bo'lgan sport turi sanaladi. Turizm inson xarakterining jamoaviylik, tartib-intizom, matonat kabi ajoyib fazilatlarini rivojlantiradi, bolalarda irodani mustahkamlaydi, mardlik, mustaqillik, o'zaro tushunishni rivojlantiradi. Shuningdek, turizm orqali maktabgacha yoshdagi bolada ekologik madaniyat ko'nikmalari shakllanadi, bu bolalarda tabiiy va ob-havo hodisalari haqidagi bilimlarini kengaytirishga yordam beradi. Bolaning jismoniy tayyorgarligining asosi sifatida muvofiqlashtirish qobiliyatlari va chidamlilik rivojlanadi. Bolalar turizmi tog'larga, qir-adirlarga sayr qilishni, muzeylarga, turli shahar va tashkilotlarga borishni va o'yin-kulgilarni o'z ichiga oladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bog'ga ekskursiyalar va sayrlarni bolalarning yosh xususiyatlari, sog'lig'i va individual ko'rsatkichlari hisobga olingan holda o'rta guruhdan boshlash mumkin. Tabiat qo'yniga chiqish yoki sayr qilishni rejalashtirayotganda (qir-adirlarga, parkga, ko'lga) vaqtni tashkil qilish haqida o'ylash kerak: ochiq havo, sport o'yinlari va mashqlari, attraksionlar, kam harakatchanlik o'yinlari, topishmoqlar. Har bir sayr bolalar tomonidan kutilmagan vaziyatlar, qiziqarli uchrashuvlar (o'rmon odami, gnom, tipratikan, tulki va boshqalar bilan) esda qolishi kerak. Ota-onalar ertak qahramonlari rollarini o'ynashlari mumkin. MTTlarida bolalar bilan sayohatlarni tashkil etish bo'yicha rolli o'yinlar tashkil etish mumkin.

Maktabgacha ta'limni modernizatsiya qilish davrida maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagoglariga ta'lim xizmatlari tarmog'ini, jumladan, kundalik faoliyatlarning boshqa turlarini, dasturdan tashqari, kengaytirish va chuqurlashtirishga ruxsat beriladi. Ushbu yangi turlardan biri MTTda turizm bo'lishi mumkin, bu bolaning jismoniy, intellektual, axloqiy rivojlanishiga hissa qo'shadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida (piyoda, chang'ida, chanada, skuterlarda, velosipedda, ekskursiya avtobuslarida) tabiiy muhitda piyoda sayohatlarni tashkil etish, maktabgacha yoshdagi bolaning tanasiga xos bo'lgan faoliyatni amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish kerak. Sayohat bolalarni tabiat bilan tanishtiruvchi faoliyatlardan biridir. U tabiat bilan tanishtirish metodlarining ko'rgazmali metodiga kiradi. Sayohat vaqtida bola tabiat hodisalarining mavsumiy o'zgarishlarini tabiiy sharoitda kuzatishi, tabiatning insonning hayot va talablariga muvofiq o'zgarayotganini hamda atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to'g'risida bilimlar to'plashga imkon beradi. Sayohat faoliyatlarining afzalligi yana shundaki, unda bolalar o'simlik va hayvonlarni ular yashaydigan muhitda ko'rish, hamda tabiatda mavjud bo'lgan o'zaro aloqalar haqida dastlabki dunyoqarash, tasavvurlarini, olamni materialistik tushunishni shakllantirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Tarbiyachining sayohatga tayyorlanishi. Tarbiyachi sayohatni rejalashtirar ekan, sayohat mavzusi hamda maqsadini aniq belgilaydi, sayohat o'rnini, unga boriladigan qulay (bolalarni charchatmaydigan, ular diqqatini asosiy maqsaddan chalg'itmaydigan) yo'lni belgilaydi. Sayohat o'rnini tanlashda bolalarning jismoniy imkoniyatlarini (piyoda yuriladigan sayohatlar kichkintoylar uchun faqat yaqin masofalargagina uyushtirilishi mumkin), shuningdek mavsumni, yo'lning xususiyatlarini, ob-havo holatini hisobga olish zarur. Sayohat uyushtiriladigan joy tarbiyachiga qanchalik tanish bo'lmasin, u bir-ikki kun oldin o'sha joyni ko'rib chiqishi lozim. Bo'lajak sayohat joyida bo'lgan tarbiyachi marshrutni aniqlaydi, kerakli obyektlarni topib, bolalar kuzatishlarni mustaqil olib borishlari hamda dam olishlari mumkin bo'lgan joyni belgilaydi. Sayohatlarni tashkil etishda obyekt tanlash katta ahamiyatga ega.

Sayohatlarni boshqarish. Sayohatni o'tkazishdan oldin tarbiyachi uni o'tkazish usullarini atroflicha o'ylab ko'radi va sayohat qiziqarli o'tishi uchun oldindan she'r, topishmoq, maqollarni tanlab ulardan foydalanadi. Tarbiyachi bu jarayonni birinchi marotaba o'tkazayotgan bo'lsa, dastlab bolalarda hosil bo'lgan qiziqishlarini qondirish hamda kuzatilayotgan narsa haqida birinchi taassurot hosil qilish uchun ularni kamida 1—2 daqiqa tomosha qildirib turadi. Bolalar kuzatishni boshqarish jarayonida tarbiyachi xilma-xil usullardan — bolalarning yoshlariga mos savol va topshiriqlar, narsani ushlab ko'rish, qiyoslash, o'yin harakatlaridan foydalanadi.

Tabiatshunoslik sayohati. Tabiatshunoslik sayohati kirish suhbati, kollektiv bo'lib kuzatish, bolalarning individual mustaqil kuzatishlari, tabiatga oid materiallarni to'plash, bolalarning dam olish vaqtida to'plagan materiallar bilan o'ynashi va yakuniy qismlarni o'z ichiga oladi. Bolalarni sayohat o'tkaziladigan joyga olib kelgandan so'ng tarbiyachi qisqa suhbatda sayohatning maqsadi va vazifalarini eslatadi. Shundan so'ng ular tabiatdagi narsa va hodisalarni kuzatishga o'tadilar.

Sayohatning asosiy qismi — jamoaviy kuzatishdir. Bunda faoliyatning asosiy qismi hal qilinadi. Tarbiyachi bolalarga narsa va hodisalarning xarakterli xususiyatlarini anglab olishlariga yordam beradi. Bunga turli usullar (savol va topshiriqlar, she'rlar, tadqiqotchilik harakatlari, o'yin usullari)ni qo'llash orqali erishiladi.Tarbiyachi kuzatishlarni o'z hikoyasi hamda tushuntirishlari bilan to'ldiradi. Kuzatishda asosiy e'tibor jism va hodisalarni yaxshilab ko'rishga, ularni qiyoslashga, tabiat hodisalari o'rtasidagi aloqalarni aniqlashga yordam beradigan savol va topshiriqlarga qaratiladi.

Sayohatdan keyingi ish. Sayohatda olingan bilimlar faoliyatlarda, o'yinlarda, tabiat burchagida o'tkaziladigan kuzatishlarda kengaytiriladi va mustahkamlanadi. Sayohat yakunida to'plangan materiallarni tabiat burchagiga joylashtirish (masalan, o'simliklarni vazalarga, gul tuvaklarga solish, jonivorlarni akvarium, terrarium, sadaklarga joylashtirish), o'simlik va hayvonlarni kuzatuv ostiga olish zarur.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etiladigan turizm bolalarning tabiatga

nisbatan ehtiyotkorlik, tejamkorlik bilan ish ko'rishi va zarur bo'lganda, unga amaliy yordam ko'rsatishga tayyor turib, boshqalarni ham shunga undaydigan darajada bilim, malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishi bilan xarakterlanadi.Buning uchun tarbiyachi yuksak darajadagi umumiy ekologik madaniyat va kasb-mahoratni egallagan bo'lishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'zlashtirgan, tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilishga salbiy ta'sir etmaydigan bolalarni tarbiyalashi zarur. Tabiat bolalarning tevarak-atrofga kuzatuvchanligini oshiradi, voqea-hodisalarining sodir bo'lish sabablarini aniqlashga qiziqishlarini kuchaytiradi. Natijada bolalarning idroki, tasavvuri, qobiliyati, topqirligi, mustaqilligi rivoj topadi. Ayniqsa, bolalarga borliqdagi narsa- hodisalarning yaxlit ko'rinishida qismlardan, qism ko'rinishida esa yaxlitlikdan tarkib topishini idrok etishlariga, olam bir butunligini anglab yetishlariga, hayot go'zalliklaridan ma'naviy zavq olishlariga va shu go'zallikni qadrlashlariga o'rgatishda muhim o'rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mirzayev Murotjon Ahmadjonovich, Aliyeva Mahbuba To'ychiyevna. "Turizm asoslari". T., "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti" 2011yil.

2. Sharipova D., Toirova M., Muxamedova S. "Agar bolam sog'lom bo'lsin desangiz" Toshkent "Ilm Ziyo" -2006 yil

3. To'xtaev A., Xamidov A. «Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish». T., «O'qituvchi»1994yil.

4. Usmonxo'jaev T., Toirova M., Sagdiev X., SHaripov T.. "Kichkintoylarga 200 ta harakatli o'yinlar". Toshkent-2003 yil

5. Usmonxo'jaev T.S., Toirova M.T. "Bolalar bog'chasida sayrlarni o'tkazish". T.: Cho'lpon. 2008yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.