Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI RIVOJLANISH MARKAZLARIDAGI TA’LIMIY JARAYONLARDA MULTIMEDIA VOSITALARINI QO’LLASH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI RIVOJLANISH MARKAZLARIDAGI TA’LIMIY JARAYONLARDA MULTIMEDIA VOSITALARINI QO’LLASH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot texnologiyalari / multimedia / axborot tizimlari / muammo va kamchiliklar / imkoniyatlar / interfaollik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — M.M.Rizayeva

Multimediali taqdimoq-bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim rivojlanish markazlaridagi jarayonida multimedia vositalarini qo’llashning muammo va kamchiliklari hamda ularning samaradorligi haqida kerakli ma’lumot va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI RIVOJLANISH MARKAZLARIDAGI TA’LIMIY JARAYONLARDA MULTIMEDIA VOSITALARINI QO’LLASH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI RIVOJLANISH MARKAZLARIDAGI TA'LIMIY JARAYONLARDA MULTIMEDIA VOSITALARINI QO'LLASH

M.M.Rizayeva

Katta o'qituvchi, Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, Toshkent, O'zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.11205623

Annotatsiya. Multimediali taqdimoq-bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim rivojlanish markazlaridagi jarayonida multimedia vositalarini qo'llashning muammo va kamchiliklari hamda ularning samaradorligi haqida kerakli ma'lumot va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: axborot texnologiyalari, multimedia, axborot tizimlari, muammo va kamchiliklar, imkoniyatlar, interfaollik.

Abstract. Multimedia presentation-today is the only and most modern form of Information Presentation. This article provides the necessary information and recommendations on the problems and disadvantages of the use of multimedia tools in the process ofpreschool educational development centers and their effectiveness.

Keywords: information Technology, multimedia, Information Systems, problems and disadvantages, opportunities, interactivity.

O'zbekiston milliy ta'lim-tarbiya jarayonida multimedia vositalarini qo'llash tajribasi shakllanib bormoqda. Negaki bu ayni vaqtda zamon talabidir. Taraqqiy etib borayotgan information vositalar jamiyatimizda ijtimoiy rivojlanishining asosini belgilovchi an'anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligini ishga ijodiy yondashishi, intelektual faoliyati, mustaqil ravishda o'z bilim va ko'nikmalarini takomillashtirishi kabi omillar tashkil etadi. Katta hajmdagi ma'lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish bilan bog'liq axborot yaratish jarayoni inson faoliyatini turli sohalarida komyuter texnologiyalarini rivojlantirishlarini ko'zda tutadi.

Inson tafakkuri shu qadar taraqqiy etib bormoqdaki, bunda texnikalashtirish va komyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli sohalari, balki madaniyat va ta'lim sohalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta'lim jarayonini yangi bosqichga ko'tardi. Bu o'z o'rnida ta'lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko'rib chiqish uchun yangi bilim hamda ko'nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug'dirdi.

Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko'rsatuvchi mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter texnologiyalarini egallaganligi bilan ham belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi. Mazkur talabga javob berish uchun mutaxassislarni tayyorlash jarayonida, ya'ni ta'lim tashkilotlarida yetarli baza yaratilishi kerak. Hozirgi vaqtda ta'lim tashkilotarida yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslarini yaratish, ularni tasniflash, metodik ahamiyatini belgilash kabi dolzarb muammolar ustida ish olib borilmoqda. Yangi pedagogik texnologiyalar deganda, an'anaviy va noananaviy metodlar bilan bir qatorda ta'limni kompyuterlashtirish ham tushuniladi. Shu ma'noda tobora shakllanib borayotgan kompyuter-axborot madaniyati axborot madaniyati axborotni yetkazish va qabul qilishda yangi

munosabatlarni vujudga keltiradi, fikrlashning yangi turini hosil qiladi. Bunda inson informatsion koinot bilan o'zaro muloqotga kirishadi.

Multimedia ("ko'p muhitlik" degan ma'noni bildiradi) - zamonaviy axborotlar texnologiyasi bo'lib kompleks tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning turli ko'rinishlarimatn, jadval, grafika, nutq, animatsiya , multiplikatsiya) , video tasvir , musiqa yordamida axborotni yig'ish , saqlash , qayta ishlash va uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia ''inson kompyuter'' interaktiv (dialogig) muloqotning yangi, takomillashgan pog'onasi bo'lib, unda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Multimedia vositalaridan xordiq chiqarish, ta'lim olish va reklama kabi sohalarda foydalaniladi. Multimedia vositalari asosida maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarga ta'lim berish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Ta'lim jarayonida multimedia vositalarini qo'llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan juda katta ahamiyatga ega. Unda beriladigan material chuqurroq o'zlashtiriladi, vaqtni tejash imkoniyatiga erishiladi, olingan ma'lumot kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi , maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarning passiv tiglovchi sifatida ishtirok etishi qisqarib , izlanuvchanlik va bilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan multimedia dasturlari tatbiq etiladi , ta'lim jarayoniga badiiylik kiritiladi. Boshqacha qilib aytganda, multimedia ta'limning emotsional-estetik ta'sirlanish , maqsadga intilish , tadqiqotchilik kabi motivlarni faollashtiradi. Ma'lumki, ta'lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat to'rtdan bir qismini , ko'rgan materialining esa uchdan bir qisminigina eslab qoladi; ham ko'rib , ham eshitsa axborotning ellik foizini yodda saqlaydi. Interaktiv multimedia texnologiyalarida foydalanganda esa bu ko'rsatkich 75% tashkil etadi

Multimedia vositalari asosida o'qitish jarayonini tashkil etish metodikasi an'anaviy o'qitish usulidan tubdan faqrlanib, u maktabgacha yoshdagi bola uchun:

- O'quv materialini obrazlar ko'rinishida taqdim etish;

- O'qish va o'zlashtirish jarayonini tanlash, tartiblash va teskasi aloqa bog'lash;

- O'quv materialini o'zlashtirish jarayonida o'z-o'zini nazorat qilib borish va tuzatish;

- O'rganilayotgan mavzularni namoyish etish va ularning o'zaro aloqadorligini kuzatish;

- Rivojlanish markazlarida o'tiladigan va o'zlashtiriladigan mavzularini animatsiya, grafika, multiplikatsiya ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish;

- Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanish markazlarida jarayondagi faolliklarini shakllantirish uchun ko'nikmlalar hosil qilish;

Multimedia vositalari orqali o'qitish o'quv materialining mazmuniy komponentlarini keng ko'lamda tizimga keltirishga ko'maklashadi, Tarbiyachi pedagoglarga jarayonni yoritishda to'liq yoki qisqartirilgan variantlarini erkin tanlash va o'tish imkonini beradi. Ta'lim vositalarining yangi shakli nafaqat muloqot, axborotlarni o'zatish uchun yangi imkoniyatlarning vujudga kelishiga, balki an'anaviy ta'lim va ma'lum ommaviy axborot vositalari bilan taqqoslaganda zamonaviy madaniyatda o'zgacha o'rin olgan yangi muammolarning, yechimlarning, yangi kesishish nuqtalarining vujudga kelishi uchun ham imkoniyatlar yaratadi.

Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko'ptarmoqli, predmetga yo'naltirilgan multimediali o'quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng ma'lumotlar bazasi, ta'lim yo'nalishi bo'yicha bilimlar bazasi, jarayon va hodisalarning media vositalarni yaratish imkoniyati bo'lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi.

Maktabgacha ta'limda multimedia vositalaridan foydalanishning umumiy bo'lgan birmuncha salbiy taraflari ham mavjud. Ular jumlasiga diqqatning bo'linishi, materiallarni

yaratishdagi murakkabliklar, vaqtning ko'proq talab etilishi, dasturiy ta'minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar, axborotlarni kompyuter ekranidan o'qish jarayonidagi qiyinchiliklar va ko'pgina pedagoglarning axborot texnologiyalaridan foydalana olish malakalarining yetarli darajada emasligi.

Hozirgi kunda har bir педагогнинг ish faoliyatida doimiy ravishda multimediadan foydalanish ehtiyoji mavjud. Multimedia vositalari zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarining ajralmas qismi bo'lib , hayotimizning bir bo'lagiga aylangan. Multimedia texnologiyalaridan o'quv jarayonida foydalanish ta'lim sifatini hamda мактабгача ёшдаги tarbiyalanuvchilarning bilim, ko'nikma va kompetensiyaga ega bo'lishi, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, maktab ta'limiga kompleks tayyorlash hamda "MEN" konsepsiyasini shakllanishini kafolatlaydi.

REFERENCES

1. R.X.Alimov, O'.T.Xayitmatov, A.F.Xakimov, G.T.Yulchieva, O.X.Azamatov, U.A.Otajanov. Axborot tizimlari. Toshkent 2013.

2. Xodiev.B.Yu, va boshqalar. ''Informatika'' Oliy o'quv yurtlari uchun dasrlik. Toshkent. TDIU, 2010

3. G'ulomov C.C, Alimov R.X, va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Sharq. Toshkent 2000

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.