Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORLARINING LIDERLIK FUNKSIYALARI MOHIYATI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORLARINING LIDERLIK FUNKSIYALARI MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
liderlik funksiyalari / tashkilotchi / lider turlari / liderlik roli / pozitsiya / ekspert / demokrat / avtoritar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Karimova Madinabonu Baxromjon Qizi

Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining liderlik funksiyalari jamoaning boshqa aʻzolariga toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir qiladi, umumiy guruh maqsadlarini yoʻnaltiradi, jamoa aʻzolarining birlashishi, undagi mikroiqlim, uning ichidagi va jamoalararo faoliyatni muvofiqlashtiradi. Mazkur tezisda liderlik funksiyalari turlari keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORLARINING LIDERLIK FUNKSIYALARI MOHIYATI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI DIREKTORLARINING LTDERLTK FUNKSIYALARI

MOHIYATI

Karimova Madinabonu Baxromjon qizi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini

oshirish instituti II bosqich doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11239488

Annotatsiya. Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlarining liderlik funksiyalari jamoaning boshqa a'zolariga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi, umumiy guruh maqsadlarini yo'naltiradi, jamoa a'zolarining birlashishi, undagi mikroiqlim, uning ichidagi va jamoalararo faoliyatni muvofiqlashtiradi. Mazkur tezisda liderlik funksiyalari turlari keltirilgan

Kalit so'zlar: liderlik funksiyalari, tashkilotchi, lider turlari, liderlik roli, pozitsiya, ekspert, demokrat, avtoritar.

Аннотация. Лидерские функции руководителя дошкольной образовательной организации оказывают непосредственное влияние на других членов коллектива, направляют общегрупповые цели, сплачивают членов коллектива, координируют его микроклимат, внутрикомандную и межкомандную деятельность. В данной диссертации представлены виды функций лидерства.

Ключевые слова: функции лидерства, организатор, типы лидеров, роль лидера, должность, эксперт, демократ, авторитарный.

Abstract. The leadership functions of the directors of the preschool educational organization have a direct impact on other members of the team, direct the general group goals, unite the members of the team, coordinate its microclimate, intra-team and inter-team activities. This thesis presents the types of leadership functions

Keywords: leadership functions, organizer, leader types, leadership role, position, expert, democrat, authoritarian.

Lider o'z jamoadoshlarining xususiyatlariga juda bog'liq, chunki, undan jamoa manfaatlarini, o'z tarafdorlarining nuqtayi nazarini, pozitsiyasini tushunishi va ifoda eta olishi olishi talab qilinadi. Uning ta'sirini jamoaning jipsligini saqlab qolish uchun qanday nuqtada murosaga kelish kerakligini belgilashida ko'rish mumkin. Kasbdoshlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, lider ularga ta'sir qilish yo'llarini belgilaydi. Quyidagi funksiyalar mazkur masalalarni hal qilishga yordam beradi:

• axborot-tahliliy;

• dasturlarni ishlab chiqish;

• qaror qabul qilish;

• qarorlar ijrosini tashkil etish.

Liderlikning guruhni faollashtirish, o'zining faoliyatini samarali tashkil etish va shaxsiy namuna bo'lish funksiyasi mavjud (L. I. Umanskiy, E. M. Zaitseva). Liderlik pozitsiyasining o'zi guruhning boshqa a'zolariga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi, umumiy guruh maqsadlarini yo'naltiradi: jamoa a'zolarining birlashishi, undagi mikroiqlim, uning ichidagi va jamoalararo faoliyatni muvofiqlashtiradi. O'z navbatida, jamoadagi ushbu o'ziga xos xususiyatlar liderlikning namoyon bo'lishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Jamoalarda liderlikning namunaviy etaloni ishlab

chiqildi, liderning guruh faoliyatining u yoki bu sohada erishgan natijasi va ta'siri bilan belgilanadigan mavqei ko'rib chiqildi.

V.P.Poznyakovning fikricha, liderning asosiy funksiyalari:

• liderning turli sohalardagi birgalikdagi faoliyatni tashkil etishi; guruh normalarini ishlab chiqish va himoya qilish;

• boshqa jamoalar bilan o'zaro munosabatlarda xodimlarining imijini yaratishi;

• jamoadagi xodimlar faoliyati natijalari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olish;

• jamoada qulay ijtimoiy-psixologik munosabatlarni o'rnatish va qo'llab-quvvatlash.

1990-yilda Fisher va Ellis liderlar jamoaning "hayotiy zarur vazifalarini" amalga

oshirishda ishtirok etishini ta'kidlaydilar.

Bu funksiyalarga - liderning boshqa jamoa a'zolariga qaraganda yuqori darajadagi faollik, jamoa tartib-qoidalarida ishtirok etish, ularga ta'sir o'tkazish, muayyan vaziyatlarda vazifalarni hal qilish va bajarish, jamoa a'zolari o'rtasida ijobiy munosabatlarni saqlash kiradi. Shu ravishda qolgan a'zolar liderni qabul qiladilar va o'z ixtiyori bilan ko'ngilli ravishda liderga bo'ysunadilar. Shunday qilib, liderning tashkilotchilik vazifalari quyidagilardan iborat:

• ish jarayonini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, ya'ni vaziyat va harakatlarni tizimli tahlil qilish, ish natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar, rag'batlantirish, jamoada o'zaro hamkorlik va hamjihatlik samaradorligi, keyingi strategiyani prognozlash va tuzatish;

• qo'shimcha sa'y-harakatlarni rag'batlantirish va ilhomlantirish, qo'yilgan maqsadlarning umumiy ma'nosini anglashga yordam berish va natijaga erishishga undash.

Jamoadagi umumiy liderlik uch tarkibiy qismda bo'ladi: hissiy, mehnat va axborot. Hissiy lider ("guruhning yuragi") - bu boshqalarga hamdard bo'lishi, ruhiy holati bilan hisoblashishi mumkin bo'lgan odam. Mehnatkash lider ("guruhning qo'llari") yaxshi ishlaydi, ish jarayonini tashkil qilishi, zarur mehnat hamkorligini o'rnatishi va natijada faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlashi mumkin; axborot lideriga ("guruhning miyasi") savollar bilan hamma murojaat qiladi, chunki u bilimdon, aniq tushuntira oladi va kerakli ma'lumotlarni topishda yordam bera oladi. Eng yaxshi lider - bu uchta komponentni birlashtirgan universal lider, lekin bunday ko'p qirrali lider kamdan-kam uchraydi. Shuningdek, ko'pincha ikkita komponent birgalikda kelishi ham mumkin - hissiy va mehnatkash lider, axborot va mehnatkash lider.

Lider funktsiyalarining o'ziga xosligi jamoadagi rol va pozitsiyalarning xususiyatlari bilan belgilanadi. Mavjud vazifalariga qarab, liderlarning quyidagi turlari ajratiladi:

Lider administrator (ma'mur) sifatida. Lider uchun eng aniq rol bu - jamoa faoliyatini samarali muvofiqlashtish. Lider mehnat faoliyatining asosiy yo'nalishlarini o'zi ishlab chiqishi yoki yuqoridan berilgan buyruqlarni bajarishidan qat'i nazar, majburiyatlarni har doim bajarilishini nazorat qilish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, ma'muriy funktsiyaning mohiyati shundaki, lider vazifalarni mustaqil bajarmaydi, balki jamoaning boshqa a'zolariga bajartiradi.

Lider tashkilotchi sifatida. Ushbu liderning asosiy farqi shundaki, u jamoaning ehtiyojlarini o'zinikidek qabul qiladi va faol harakat qiladi. U optimist va ko'p muammolarni hal qilish mumkinligiga ishonadi. Jamoadagilar uning bemaqsad ish taklif qilmasligini bilib, unga ergashadilar. U ishontirishni biladi, rag'batlantirishga moyil va agar u o'z noroziligini bildirishi kerak bo'lsa, u buni boshqa birovning qadr-qimmatiga tegmasdan bajaradi, buning natijasida odamlar yaxshiroq ishlashga harakat qilishadi. Aynan shunday shaxslar har qanday norasmiy guruhda bo'ladi.

Lider rejalashtiruvchi sifatida. Lider ko'pincha jamoaning maqsadlariga erishish usullari va vositalarini ishlab chiqish uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. Bu funksiyaga darhol qadamlarni belgilash va faoliyat uchun uzoq muddatli rejalarni ishlab chiqish kiradi. Ko'pincha lider harakatlar rejasining yagona muallifi hisoblanadi; faqat u keyingi amalga oshiriladigan jarayonlarni biladi, jamoaning boshqa a'zolari esa rejaning faqat alohida qismlari haqida xabardor bo'ladi.

Lider siyosatchi sifatida. Liderning eng muhim vazifalaridan biri bu jamoa uchun maqsad va asosiy xatti-harakatlarni belgilashdir. Asosan, guruh maqsadlari va ularga erishish usullari uchta holatga bog'liq:

1. Rahbariyatdan olingan buyruq va ko'rsatmalarni jamoaga yetkazish. Bunda lider bilan quyi bo'g'in vositachisi sifatida ko'rsatmalarni ishlab chiqishda maslahatlashiladi, ovozi inobatga olinadi.

2. Quyida, ya'ni jamoaning o'zi qabul qiladigan qarorlar, maqsadlarni rahbariyatga yetkazadi va o'zi ham ushbu jarayonga ijrochi sifatida mas'ul bo'ladi.

3. Liderning o'zi ham boshqaruvchi sifatida jamoaga ma'lum bir chegaralangan ya'ni vakolati doirasida ko'rsatmalar beradi.

Ushbu holatlardan qat'i nazar, guruh maqsadlari va ularga erishish usullarini aniqlash liderning muhim vazifasidir.

Lider ekspert sifatida. Lider ko'pincha ishonchli ma'lumot manbai yoki malakali mutaxassis sifatida murojaat qilinadigan shaxsdir. Katta jamoalarda tashkilot rahbarlari turli mutaxassislar va maslahatchilar xizmatlariga ehtiyoj sezadi. Ushbu ikkinchi darajali mutaxassislarning yordamiga tayanish rahbarning qobiliyatini pasaytirmaydi, aksincha samaradorlikka yetaklaydi.

Lider tashqi muhitda jamoa vakili sifatida. Lider guruhning rasmiy yuzi bo'lib, tashqi muhitda jamoa nomidan gapiradi. Shuning uchun jamoa a'zolari ular nomidan kim va qanday vakillik qilishiga befarq bo'lmaydi. Sababi jamoa haqida beriladigan va jamoaga olib kiriladigan ma'lumotlarni qanday yetkazish shu liderga ("darvoza qo'riqchisi") bog'liq bo'ladi.

Lider - jamoadagi munosabatlarni tartibga soluvchi sifatida. Jamoada shaxsiy va mehnat munosabatlarini tartibga solish turli tarzdagi aloqa shakllarida bo'lishi mumkin. Ba'zi jamoalarda barcha ma'lumotlar lider orqali o'tadi; ba'zi jamolarda rahbarga yaqin odamlar bor; jamoaning shunday turi ham borki, ularda bir kishi hamma uchun javob beradi.

Lider - ragbatlantiruvchi va jazolovchi / hakam va tinchlikparvar sifatida. Jamoa nuqtayi nazaridan, liderning guruh a'zolari faoliyatini nazorat qilish jarayonida qo'llaydigan rag'bat va jazolar tizimi alohida ahamiyatga ega. Jamoa a'zolari o'rtasidagi nizoli vaziyatlarda lider bir vaqtning o'zida hakam va yupatuvchi vazifasini bajarishi kerak, ya'ni kimnidir rag'batlantirishi va kimnidir jazolashi kerak. Ushbu funktsiya bilan bog'liq holda, lider jamoada guruhbozlikka yo'l qo'ymasligi kerak.

Lider - namuna sifatida. Jamoalarning ayrim turlarida lider tashkilotning qolgan a'zolariga o'zini munosib tutishi uchun namuna bo'lib xizmat qilishi kerak, ya'ni ularga qanday bo'lish va nimani qanday bajarish kerakligi borasida etalon bo'lib xizmat qiladi.

Lider - jamoa ramzi sifatida. Yuqori darajadagi hamjihatlikka ega bo'lgan jamoalar nafaqat ichki, balki tashqi jihatdan ham boshqa shaxslardan farqlanishga intiladi. Bunday jamoalarning a'zolari kiyinish va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turish uchun turli xil ish usullari va ish formalari joriy etishadi. Bunday jamoalarning "yadrosi" bo'lgan liderlar

mazkur faollik va o'ziga xoslikni saqlab qolishga intiladi va tashkilotning ijobiy imijini yaratish masalasiga ijodiy yondashadilar.

Lider - kurashchi sifatida. Bunday lider kuchli irodali, o'z qobiliyatiga ishonadi. U xavfli yoki mavhum holatlarga birinchi bo'lib duch keladi va hech ikkilanmasdan kurashga kirishadi. U o'z pozitsiyasida mustahkam turadi va osonlikcha yon bermaydi. Biroq, bunday liderda ba'zan o'zining barcha harakatlarining oqibatlarini o'ylab ko'rish va hamma narsani oldindan ko'rish uchun yetarli vaqt bo'lmaydi. Shu sababli, ba'zan "Botirning quyushqondan chiqish" holatlari kuzatiladi.

Lider - dunyoqarashni kengaytiruvchi sifatida. Lider ko'p hollarda jamoaning dunyoqarashini va qadriyatlar-u me'yorlarini tashkillashtirish manbai bo'lib xizmat qiladi. Umuman olganda, u jamoaning mafkurasini aks ettiradi. Tashkilot miqyosida olib qaraganda liderning shaxsiy dunyoqarashi ko'pincha rahbariyatning fikrlashiga ko'proq mos keladi. Ushbu tafakurni u quyidagi xodimlarga faol yuqtiruvchi sanaladi. Bu, ayniqsa, rahbariyatdan keladigan ma'lumotlarni jamoadoshlariga yetkazish vaziyatiga to'g'ri keladi.

Lider - diplomat sifatida. Agar lider o'z qobiliyatlarini yomonlik yo'lida ishlatadigan bo'lsa, unda uni fitna uyushtirish bo'yicha ustasi farang deyish mumkin. Chunki, u vaziyat va uning barcha tafsilotlarini mukammal biladi, turli xil g'iybat va fitnalardan xabardor, shuning uchun kimga va qanday ta'sir qilish mumkinligini yaxshi biladi. Hamfikrlar bilan maxfiy uchrashish va gaplashishni afzal ko'radi. Jamoa e'tiborini yashirin rejalardan chalg'itish uchun hamma biladigan narsalarni boshqalar bilan ochiq gaplashadi. Bunday diplomatiya usulini jamoaga tom ma'noda yetakchilik qila olmaydiganlargina qo'llaydi.

Lider - shaxsiy javobgarlikdan qutqaruvchi omil sifatida. Ko'pincha lider jamoa a'zolarini shaxsiy qarorlar qabul qilish yoki ulardan qochish borasidagi harakatlar uchun javobgarlikdan ozod qilishda muhim rol o'ynaydi. Liderlar "hamma shikoyatlaringizni menga ayting", "mening nomimdan harakat qiling", "men buyurganimni ayting" deya jamoa a'zolarini o'z himoyasiga oladi. Hamkasblarining sadoqati evaziga lider jamoa uchun qaror qabul qilishda qiyinchiliklarni o'z zimmasiga oladi. Bundan tashqari, hamkasblar o'z erkinliklarini bunday liderga bajonidil topshirishadi (E. Fromm bu hodisani "erkinlikdan qochish" deb atagan).

Lider - tasalli beruvchi sifatida. Jamoadagilar unga intiladi, chunki u qiyin paytlarda qo'llab-quvvatlashga tayyor. Hamkasblarini hurmat qiladi va ularga mehr bilan munosabatda bo'ladi. Muloyim, foydali, hamdardlik bildira oladi.

Lider - "ota" sifatida. Liderning ko'p funksiyalari jamoa a'zolariga "ota" rolini eslatadi. Haqiqiy lider - bu jamoa a'zolarining barcha ijobiy his-tuyg'ulariga sababchi, ideal sadoqat tuyg'ulari manbasidir. Agar lider ba'zi hollarda jamoadoshlarining ideallariga mos kelmasa, ular uni o'zlariga "moslashtirib" olishlari mumkin. "Otalik" roli asosan liderning har qanday sharoitda kuchli ekanligini anglatadi.

Lider - yaratuvchi sifatida. Bunday lider jamoani yangi narsalarni yarata olish, hal qilib bo'lmaydigan va hatto xavfli vaziyatlardagi muammolarni o'z zimmasiga olish qobiliyati bilan o'ziga rom etadi. U buyruq bermaydi, faqat muhokama uchun mavzu taklif qiladi. Vazifalarni odamlarni qiziqtiradigan va o'ziga jalb qiladigan tarzda qo'ya oladi.

Liderlarning sanab o'tilgan funksiyalari har xil jamoalarda turlicha namoyon bo'lishi mumkin. Demokrat jamoalarda "avtoritar"larga qaraganda butunlay boshqacha funksiyalar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu avtoritar jamoaga qaraganda demokrat jamoaga rahbarlik qilish osonroq degani emas, biroq bu funksiyalar ikki xil jamoada ikki xil ta'sirga ega bo'ladi. Shuning uchun liderning yuqorida keltirib o'tilgan rollari orasida asosiy va ikkinchi darajali rollarni ajratish

qiyin; ularning qaysi biri samarador ekanligi ichki va tashqi omillarga, jamoaning faoliyatiga

bevosita bog'liq.

REFERENCES

1. Аксененко Ю.Н. Социология и психология управления. Учебное пособие. - Москва: Олма-Пресс, 2001. - С. 3, 15, 19, 24.

2. Байхэм, Уильям, С., Смит, Одри, Б., Пизи, Мэтью, Дж. Воспитай своего лидера. Как находить, развивать и удерживать талантливых руководителей. Пер. с англ. - М.: Вильямс, 2002 г.

3. Выготский Л.С. Педагогическая психология М.: «Педагогика», 1991.

4. Г. В. Вержибок, В. И. Шупляк. Лидерство в социальном и образовательном пространстве. Учебно-методическое пособие. Минск РИВШ. 2012.

5. F.R. Valiyeva, Sh.Kurbonov Continuity in the education system // Wschodnioeuropejskie // East european science journal 12(52)2019 45-52. 2020

6. Kalmuratov T.N. Evaluation of the Effectiveness of Management of the Activities of NonState Pre-School Educational Organizations on the Basis of Public-Private Partnership. http://ijmmu.com editor@ijmmu.com ISSN 2364-5369 Volume 9, Issue 9 September, 2022 Pages: 336-340. 4-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.