Научная статья на тему 'TASHKILOT BOSHQARUV TIZIMIDA RAHBARLIK SIFATLARINI OSHIRISH'

TASHKILOT BOSHQARUV TIZIMIDA RAHBARLIK SIFATLARINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
317
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BOSHQARUV / RAHBARLIK / LIDERLIK / LIDERLIK SIFATI

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Usmanova N.M.

Maqolada tashkilotlarda xodimlarni boshqarishda liderlik xususiyatlarining ahamiyati, rahbarning liderlik sifatlarini oshirish imkoniyatlari, liderlikni tadqiq qilish xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING LEADERSHIP QUALITIES IN THE ORGANIZATION MANAGEMENT SYSTEM

The article discusses the importance of leadership qualities in personnel management in organizations, opportunities to improve the leadership qualities of the leader, the characteristics of leadership research.

Текст научной работы на тему «TASHKILOT BOSHQARUV TIZIMIDA RAHBARLIK SIFATLARINI OSHIRISH»

Usmanova N.M.

"Menejment" kafedrasi assistenti

SamISI

TASHKILOT BOSHQARUV TIZIMIDA RAHBARLIK SIFATLARINI

OSHIRISH

Annotatsiya. Maqolada tashkilotlarda xodimlarni boshqarishda liderlik xususiyatlarining ahamiyati, rahbarning liderlik sifatlarini oshirish imkoniyatlari, liderlikni tadqiq qilish xususiyatlari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Boshqaruv, rahbarlik, liderlik, liderlik sifati.

Usmanova N.M. assistant

department of "Management"

SamIES

IMPROVING LEADERSHIP QUALITIES IN THE ORGANIZATION

MANAGEMENT SYSTEM

Annotation. The article discusses the importance of leadership qualities in personnel management in organizations, opportunities to improve the leadership qualities of the leader, the characteristics of leadership research.

Keywords: Management, leadership, leadership, leadership quality.

Z.Freyd izdoshlari (Frankfurt maktabi, Adorno, Fromm) hokimiyatga intiluvchi va avtoritor xususiyatlarni yoqlovchi alohida shaxslarning turini aniqlanadi. Bu turdagi shaxslar nosog'lom jamiyatlarda shakllanadi va ommaviy hadiksirash va asabiylik, tushkun holatlarga sabab bo'ladi. Bu turdagi liderlar rahbar darajasiga erishsa, o'z hukumronligini xodimlarga majburiy o'tkazish, ularning xuquqlarini buzishga harakat qiladi [1].

Insoning lider bo'lishga intilishiga nima majbur qiladi? Liderlarningvujudga kelish mexanizmi, xususiyatlari va yo'nalishlarining sub'ektiv jihatlariga Z. Freydning psixoanalitik nazariyasi aniqlik kiritadi. Uning nuqtai nazarigako'ra, liderlik asosida ongsiz ravishdagi hissiyotlarga berilish yotadi. Insonda rahbarlik va liderlik mavqeiga ega bo'lish o'zini noqulay sezish, ojizlik va uquvsizlik kabi holatlarni yengishga imkon beradi. Psixoanaliz nazariyasiga ko'ra liderga bo'ysunish ham o'ziga hos ta'riflanadi - liderni sub'ektiv ravishda qabul qilish va unga bo'ysunish insonda bolalikdan shakllanadi va rahbar tomonidan himoyalanish va obro'li shaxslarga yaqin bo'lishga ehtiyoj ko'rinishida ifodalanadi.

Bu turdagi liderlar qattiq nazorat ostida bo'lishi zarur. Liderlikning tasniflanishi turli - tumandir. Guruhda liderlar turlarini aniqlash qaysi mezonlarga ko'ra amalga oshiriladi?

Ustuvor funksiyalarga bog'liq ravishda liderlarning quyidagi turlarini ajratib ko'rsatiladi:

1. Tashkilotchi lider. Uning asosiy sifati, jamoa ehtiyojlarini o'zining shaxsiy vazifalari sifatida qabul qiladi va faol harakat qiladi. Bu lider kelajakka ishonch bilan qaraydi va barcha muammolarni yechish mumkin deb hisoblaydi, odamlarni ishontira oladi.

2. Lider-ijodkor. Bu liderlar yengiliklarga intiladi, xavfli va yechishi qiyin bo'lgan muammolarni yechishga kirishadi. Buyruq bermaydi, balki muxokama qilishga chaqiradi.

3. Lider -kurashchi. Irodali, o'z kuchiga ishongan shaxs. Xavf-xatar va noaniqliklargabirinchibo'lib qarshi boradi, uylab o'tirmay kurashga kirishadi. O'z nuqtai - nazaridan chetlashmaydi va yon bosmaydi. Biroq buliderlar o'z harakatlarini oldindan puxta uylab ko'rmaydi.

4. Lider diplomat. Bu liderlar vaziyatni juda yaxshi biladi, noozik jihatlarga ta'sir etib kimlarga qanday ta'sir etilishi biladi.

5. Lider- hamdard. Bu liderlarga xodimlarni og'ir paytlarda qullay olishgani uchun intilishadi. Ular xodimlarni xurmat qiladi, ularni ruhan qo'llab -quvvatlaydi.

Guruhdagi umumiy liderlik quyidagi tashkil etuvchilardan iborat bo'ladi (liderlikka xos rollar):

a) ishbilarmonlikka asoslangan liderlik. Ishlab chiqarish muammolarini hal etishiga qaratilgan rasmiy guruhlar uchun xosdir. U yuqori malaka, tajribaga ega bo'lib, tashkiliy masalalarni yechishda unga teng keladigani yo'q "guruh qo'llari";

b) hissiyotlarga asoslargan liderlik. Insoniy hayrixohlik, liderning shaxslararo munosabat ishtirokchisi sifatidagi jalb etaolish qobiliyati tufayli norasmiy ijtimoiy guruhlarda yuzaga keladi "guruh yuragi;"

c) axborotga asoslangan liderlikdaliderga uning yuqori bilim, kerakli axborotga ega ekanligi uchun murajjat qilishadi. U hamma narsani biladi, tushuntirib bera oladi va kerakli axborotni topishga yordam beradi- "guruh aqli"

Yuqoridagi uch komponentning hammasini o'zida mujassamlashtirgan lider eng yaxshi lider bo'la oladi, lekin universal liderlar kamdan-kam uchraydi [2].

Ijro etadigan roliga ko'ra L.I.Umanskiy 6 turdagi liderlarni ajartib ko'rsatadi:

1) Tashkilotchi (guruhni birlashtirish funksiyasi);

2) Tashabbuskor (g'oyalarni ilgari surish va yangi muammolarni yechish);

3) Guruh kayfiyatiga ta'sir etuvchi (guruh kayfiyatining shakllanishida yetakchilik qiladi);

4) Etalon (namuna, ideal, "yulduz");

5) Usta (ma'lum faoliyat turining mohir mutaxassisi);

6) Bilimdon (keng bilimlari bilan ajralib turadi).

Bundan tashqari personalni boshqarishda liderlar guruhda ularni qabul qilishlariga ko'ra tasniflanadi:

1) "Bizlardan biri" -guruh a'zolari ichida ajralib turmaydi, "tenglar ichida birinchi" sifatida qabul qilinadi;

2) "Bizlardan eng yaxshi"-guruh a'zolari ichidan ko'plab sifatlari (ishbilarmonlik, ahloqiy, muloqot va boshqa) bilan ajarilib turadi va taqlid qilish uchun namuna hisoblanadi;

3) "yaxshi odam" eng yaxshi ahloqiy sifatlarga ega shaxs sifatida qadrlanadi: tarbiyali, insonparvar, yordam berishga tayyor, e'tiborli.

4) "xizmatchi"-o'zining tarafdorlari qiziqlarini ifodalovchi rolidachiqishga harakat qiladi, ularning fikri bilan hisoblanshadi va ular nomidan harakat qiladi.

Yuqoridagi liderni qabul qilish ko'rinshlari guruhning harbir a'zosi tomonidan turlicha ifodalanishi mumkin. Jumladan bir xodim liderni "bizlardan biri" sifatida qabul qilishi, boshqalar "xizmatchi" sifatida qarashlari mumkin.

Liderlikning tabiiy yoki sun'iyligi, tug'ma xususiyatlarga asoslangan yoki tarbiyalangan liderlik masalasi bahs-munozarali hisoblanadi. Bu masala liderlikni boshqarish sifatida qaraladi va besh jihatni o'z ichiga oladi:

1) Liderlarni aniqlash;

2) Ularning rivojlanishi;

3) Guruh manfaatlarini hisobga olish;

4) Norasmiy liderlik;

5) Destruktiv liderlikni bartaraf etish.

Lider qobiliyatlarini aniqlash usullari - test o'tkazish, biografiyasini o'rganish, mehnat stajini tahlil qilish, quyi bug'in menejerlaridan yuqori bug'in rahbarligi uchun nomzodlarni saralash va ularni o'qitish hisoblanadi. Bu usullar Germaniya, AQSh, Fransiyada keng qo'llaniladi.

Liderlik yuqori rahbariyat bilan bog'liq bo'lib, tashkilotda birinchi lider -rahbar ekan, quyidagi savollar tug'iladi: Zamonaviy rahbar liderlik haqida nimalarni bilishi kerak; hozirgi zamonda lider-rahbarga qandaytalablar quyiladi va liderbo'lib yetishish uchun nimalarqilish lozim.

Yuqorida ko'rib chiqilgan nazariy holatlar rahbar faoliyatida liderlik sifatlarining ahamiyatini ko'rsatsada, O'zbekiston korxonalari amaliyotida liderlik salohiyatini oshirishga yetarli e'tibor berilmaydi. Bu holat quyidagi muammolar bilan belgilanadi:

- Korxonalarda menejment bo'yicha yetarli bilimga ega mutaxassislarning yetishmasligi;

- Liderlik sifatlarini rivojlantirishga ikkinchi darjali masala sifatida qarash;

- rahbarning liderlik qobiliyati va salohiyatini belgilab beruvchi mukammal uslubiyatning ishlab chiqilmaganligi;

- korxonalar boshqaruv tizimlarining barcha darajalaridagi menejerlarning liderlik ko'nikmalarini oshirishga e'tiborning pastligi;

- korxonalarda boshqaruv bo'yicha, hususan liderlik salohiyatini oshirish bo'yicha malaka oshirish tadbirlari uchun mablag'larning ajratilmasligi.

Mazkur muammolarning hal etilishi mamlakatimiz korxona va tashkilotlarida rahbar xodimlarning liderlik salohiyatining oshirishiga yordam beradi deb hisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Формичев И.А, Исследование систем управления. Учебник. -М.: Издательско-торговая корпорация "Дашков и К", 2013 -348 с.

2. Нуримбетов Р.И., Ахмедов С.И. Ишлаб чикариш менежменти: Укув кулланма. Т.: Таллин. 2008

3. Yo'ldoshev N.K. Kadirxodjayeva N.R.- Ishlab chiqarish texnologiyalari T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2014

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.