Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI DIREKTORINING KASBIY INNOVATSION FAOLIYATI'

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI DIREKTORINING KASBIY INNOVATSION FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maktabgacha ta’lim / innovatsion faoliyat / pedagog / islohot / maktabgacha ta’lim sifati / asosiy yo’nalishlar

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Kuchkarova Maxbuba Raxmatillayevna

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari kasbiy innovatsion faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari, qonuniyatlari, nazariy asoslari va uslubiy yo‘nalishlari borasida fikrlar yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI DIREKTORINING KASBIY INNOVATSION FAOLIYATI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI DIREKTORINING KASBIY INNOVATSION FAOLIYATI

Kuchkarova Maxbuba Raxmatillayevna

Toshkent viloyati, Bekobod shahar, 2-DMTT direktori https://doi. org/10.5281/zenodo. 11256222

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari kasbiy innovatsion faoliyatining o 'ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari, qonuniyatlari, nazariy asoslari va uslubiy yo'nalishlari borasida fikrlar yoritilgan.

Kalit so'z: Maktabgacha ta'lim, innovatsion faoliyat, pedagog, islohot, maktabgacha ta'lim sifati, asosiyyo'nalishlar.

Dunyoda yetakchi ilmiy tadqiqot va ta'lim muassasalarida maktabgacha ta'lim tashkiloti mutaxassislarini tayyorlash jarayonini innovatsion yondashuv asosida loyihalash, ularni muayyan kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini rivojlantirish, kasbiy yetuklikka erishish jarayonida pedagogik, psixologik qadriyatlarni tatbiq etish bo'yicha YUNESKO boshchiligida ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Bu esa, o'z navbatida global axborot oqimlarining jadallashuvi, fan-texnika rivojlanishi, maktabgacha ta'lim tashkiloti derektorlarining kasbiy layoqatini rivojlantirishga bo'lgan talablar ortganligi, ularni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni oldiga qo'yilayotgan vazifalarni xalqaro yondashuvlar asosida rivojlantirish mazmuni va texnologiyasini takomillashtirish ehtiyojini keltirib chiqardi.

Respublikamizda bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish va ushbu tashkilotlarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, pedagoglarning malaka darajasini yuksaltirish kabi muhim vazifalar hozirgi kunda maktabgacha ta'lim oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik-psixologik metodi va texnologiyalarini ishlab chiqish, bo'lajak maktabgacha ta'lim mutaxassislarida kasbiy innovatsion faoliyatni shakllantirish mazmuni, metodi va vositalarining samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida mutaxassislarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorgarlik jarayonlarni ko'rib chiqqan holda quyidagilarni ta'kidlash lozimki, "ta'limda innovatsiya" tushunchasini talqin qilganda, ko'proq yangi ishlanmalar, vositalar, usullar, tarbiya va ta'lim texnologiyalarni joriy etish tushuniladi.

Innovatsion faoliyat - bu pedagogik faoliyatning alohida turi sifatida ko'rsatiladi. Ayniqsa, tadqiqot muammosini asosiy tushunchasi maktabgacha innovatsion ta'lim tashkiloti atamasiga ta'rif keltiriladi. Maktabgacha innovatsion ta'lim tashkiloti - ta'lim muassasalaridan farqli bola hayotini tashkillashtirish modeli ishlab chiqiladi va tatbiq etiladi, pedagog shaxsini ijodiy xususiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan mehnatning o'zgacha tarkibi ustida izlanadi hamda uning faoliyatining yangi usullari va vositalari sinaladi. Zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotining hayoti pedagogika sohasidaga yangi yutuqlar, eksperemental faoliyatga tayanishi lozim. Bu ta'lim tashkilotining turidan qat'i nazar, pedagogik jamoaning faoliyati har doim ta'limning sifatiga qaratilganlik bilan tavsiflanadi.

Hozirgi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotining innovatsion faoliyatini mazmun -mohiyatini yoritishda uning tarkibiy komponentlari yuzasidan asosli ma'lumotlarni ilgari surish imkonini beradi. Jumladan, shaxs kamoloti bilan ishlash natijasida murabbiylik, bolalar va tarbiyachi portfoliosini ishlab chiqish, rivojlantiruvchi dasturlar, o'qitishning faol shakllari, axborot va muammoli texnologiyalar, ijodiy guruhlar, tanlov va konkurslarda ishtirok etish maktabgacha ta'lim tashkilotidagi innovatsion faoliyatning asosiy tarkibiy komponentlari hisoblanadi. Innovatsion faoliyatining samarali kechishi ular o'rtasidagi uyg'un munosabatning mavjudligi bilan belgilanadi. Mazkur jihat nafaqat maktabgacha ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo'nalishidagi muammolarni, balki pedagog-tarbiyachilarni innovatsion usullarni o'zlashtirishlarini ham ta'minlash imkoniyatini yaratadi.

Maktabgacha ta'lim sohasidagi islohotlar mazkur jarayonni yangi sifat bosqichiga ko'tarish mexanizmlarini takomillashtirishni, ya'ni bu jarayonni an'anaviy uslublaridan voz kechib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos keladigan, demokratik tamoyillarga asoslangan ta'lim berish tajribasini egallashni taqozo etmoqda. Bu nafaqat pedagogik muammolar, balki maktabgacha ta'lim jarayoni subyektlari faoliyatini tashkil etish va ularni muvofiqlashtirish asosida ta'lim sifatini takomillashtirishning mexanizmlarini aniqlash, kompetensiyaviy yondashuv asosida muvofiqlashtirish va amaliyotga joriy etish vazifalarini ham qo'ymoqda. Bunda asosiy e'tibor maktabgacha ta'lim direktorlarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashning asosiy yo'nalishlari hozirgi kun jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohatlaridan kelib chiqqan holda yondashilgan va mazmuni tahliliy ravishda bayon qilingan. Ayniqsa, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida innovatsion kasbiy faoliyatni amalga oshirishdagi asosiy subyekt maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori shaxsi uchun zarur sifatlari ko'rsatib o'tilgan. Ular quyidagilardan iborat:

-o'z kasbining sir-asrorlarini yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi;

-o'z faoliyatida zamonaviy bilimlar va maktabgacha ta'limning me'yoriy-huquqiy asoslariga tayana olish ko'nikmasini egallashi;

-izlanuvchanlik;

-maktabgacha ta'lim sohasidagi yangiliklarni o'zlashtirishga intiluvchanlik;

-keng siyosiy dunyoqarashga ega bo'lishi,

-fidoyilik, mas'uliyatlilik, poklik, qat'iylik, jamoa manfaati yo'lida jonbozlik ko'rsatish, mehnatsevarlik, adolatlilik, o'ziga va o'zgalarga talabchanlik hamda tejamkorlik sifatlarini egallashi;

-o'z faoliyatida so'z bilan ish birligini ta'minlash tamoyillariga amal qilish ko'nikmalariga ega bo'lishlari ajratib ko'rsatilgan.

Shunga mos ravishda maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlarini kasbiy professiogrammasi ishlab chiqilib, uning kasbiy sifatlar, ruhiy-pedagogik tayyorgarlik, ma'naviy-axloqiy sifatlar, innovatsion hamda maxsus va metodik tayyorgarlik kabi tarkibiy komponentlari ko'rsatib o'tilishi maqsadga muvofiq. Yangi usullar yoki innovatsiyalar insonni har qanday faoliyatiga xosdir, shuning uchun, tabiiyki o'rganish, tahlil qilish va tatbiq etish predmetiga aylandi. Innovatsiyalar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi, ular ilmiy tadqiqot izlanishlar natijalari, alohida bolalar va butun maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi pedagogik jamoalarning ilg'or malakalari asosida shakllanadi. Bu jarayon shunchaki bo'la olmaydi, u boshqaruvga muhtojligi bilan ajratib turadi. Mazkur tushunchalardan turli yo'nalishlarda keng doirada foydalanib, uning asosiy jihati sifatida maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori innovatsion faoliyatining asosiy yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq. Shunga

monand ravishda maktabgacha ta'lim tashkiloti innovatsion faoliyatining asosiy yo'nalishlarini ajratib qo'rsatish muhim. Ta'kidlash joizki, maktabgacha ta'lim tashkilotida innovatsion faoliyat o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori shaxsida innovatsion ko'nikmalarni shakllantirish uchun avvalo sohaga doir yangiliklarni o'zlashtirishga nazariy, motivatsion tayyorgarlik hamda zamonaviy texnologiyalar va ma'lumotlar bazasini shakllantirish lozim. Shuning bilan birga yangi amaliy g'oyalar yoki tadqiqotlarning paradigmasi va ishlanmalarini yaratishga nisbatan kuchli intilish, malakali maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlarining bilim, ko'nima, tajribalarini ommalashtirish hamda mavjud metodik bazani yangiliklar bilan boyitishdan iborat.

Har qanday pedagogik yangilik makon va vaqtda taraqqiy etuvchi jarayon bo'lib, o'zida obyektiv qonuniyatlarga va tadqiqotlarning amaliy tajribalariga tayangan holda g'oya va texnologiyalarni jamlaydi. Ko'p holatlarda yangiliklar alohida pedagoglar anglangan yoki intuitiv ravishda progressiv tendensiyalarni qo'llab, vujudga kelayotgan to'siqlarni yengishga intilishadi. Biroq, yangilik taraqqiy etishi uchun, uning ilmiy ishlanmasi va asosilarini tatbiq etish uchun rasmiy qo'llab-quvvatlash zarurdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" gi O'RQ-595 son Qonuni. https://lex.uz/uz/docs/4646908

2. Mirziyoyev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - Toshkent: O'zbekison NMIU, 2017. - 104 b.

3. Turg'unov S.T., Axmadjonova N.M. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida boshqaruv faoliyati algoritmi. // Xalq ta'limi. - Toshkent, 2012. - №1. - B. 133-134

4. Valiyeva F.R. Ta'lim sifati monitoringi. O'quv-uslubiy majmuasi. Toshkent. 2022. 43 b.

5. Xamdamova M.T. Malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish // p.f.f.d. (PhD) ilmiy darajasini olish uchun diss...avtoreferati. -Toshkent: MTTDMQTMOI, 2021. 52 bet

6. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

7. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

8. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal " Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.