Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM-TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNING SHAXS SIFATIDA RIVOJLANISHIDA TA’LIM VA TARBIYANING O’RNI.'

MAKTABGACHA TA’LIM-TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNING SHAXS SIFATIDA RIVOJLANISHIDA TA’LIM VA TARBIYANING O’RNI. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
181
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Shaxs / shaxsning shakillanishi / shaxsning rivojlanishi / tarbiya / aqliy tarbiya / axloqiy tarbiya / estetik tarbiya / ekologik tarbiya / jismoniy tarbiya / mehnat tarbiyasi / iqtisodiy tarbiya / huquqiy tarbiya / sensor tarbiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xonimova Lobar Xolmamat Qizi, Berkinova Komila Berkin Qizi

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim-tarbiya yoshidagi bolalar rivojlanishida ta’lim va tarbiya jarayonlarining o’rni, maktabgacha ta’lim tarbiya yoshidagi bolalarning shaxs sifatida shakillanishi va rivojlanishi haqida keltirib o’tiladi. Shaxs rivojlanishida unga ta’sir etuvchi omillar; irsiyat, muhit va ta’lim-tarbiyadir. Ta’lim-tarbiya orqali yosh avlodni jamiyatga foydasi tegadigan shaxs qilib tayyorlashda maktabgacha ta’lim-tarbiyaning o’rni kattadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM-TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNING SHAXS SIFATIDA RIVOJLANISHIDA TA’LIM VA TARBIYANING O’RNI.»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

MAKTABGACHA TA'LIM-TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNING SHAXS SIFATIDA RIVOJLANISHIDA TA'LIM VA TARBIYANING O'RNI.

1Xonimova Lobar Xolmamat qizi, 2Berkinova Komila Berkin qizi

1,2Nizmomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti 2

bosqich talabasi.

Tel; +998 94 211 2114 lobarxonimova@gmail.com, +998 93 489 2303 komilaberkinova@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10035832

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim-tarbiya yoshidagi bolalar rivojlanishida ta'lim va tarbiya jarayonlarining o'rni, maktabgacha ta'lim tarbiya yoshidagi bolalarning shaxs sifatida shakillanishi va rivojlanishi haqida keltirib o'tiladi. Shaxs rivojlanishida unga ta'sir etuvchi omillar; irsiyat, muhit va ta'lim-tarbiyadir. Ta'lim-tarbiya orqali yosh avlodni jamiyatga foydasi tegadigan shaxs qilib tayyorlashda maktabgacha ta'lim-tarbiyaning o'rni kattadir.

Kalit so'zlar: Shaxs,shaxsning shakillanishi, shaxsning rivojlanishi, tarbiya, aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, estetik tarbiya, ekologik tarbiya, jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi, iqtisodiy tarbiya, huquqiy tarbiya, sensor tarbiya.

Abstract. In three articles, the role of education and upbringing processes in children of preschool education-education age, personalformation and development of children ofpreschool education age are developed. Use affecting the person; heredity, environment and education. Preschool education has a great role in making the young generation a useful person for the society through education.

Keywords: Personality, personality formation, personality development, education, mental education, moral education, aesthetic education, environmental education, physical education, labor education, economic education, legal education, sensory education.

KIRISH. Maktabgacha ta'im-tarbiya yoshidagi bolalarning shaxs sifatida rivojlanishida ta'lim va tarbiyaning o'rni haqida so'z yuritishdan avval shaxs so'zining o'ziga ta'rif bersak. Shaxs tushunchasiga ta'rif professor-olimlar tomonidan adabiyotlarda keng yoritib berilgan. Shaxs tushunchasi uchun yagona qolipga solingan ta'rif mavjud emas, chunki, shaxs termini keng ma'noga ega.

Shaxs bu - jamiyatda yashab jamiyatga foyda keltira oluvchi ijtimoiy munosabatlarga kirisha oladigan, ongga ega bo'lgan jonzotdir. Demak, shaxs jamiyatga foydasi tegadigan, o'z o'rniga ega, boshqalarga o'rna bo'la oladigan, mustaqil qaror qabul qila oluvchi, shaxsiy fikriga va dunyoqarashiga ega ongli jonzotdir.

Shaxs - muayyan jamiyatning a'zosidir,shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga munosabatlariga vazyat ham ta'sir etadi. Shaxsning kamolga yetishida nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya muhum rol o'ynaydi. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asoslanib kamol topadi. Har bir inson shaxs sifatida turlicha namoyon bo'ladi. U o'zining harakteri qiziqish qobilyati aqliy rivojlanganlik darajasi ehtiyoji va mehnat qobilyatiga munosabati bilan farqlanadi.

ASOSIY QISM. Shaxs sifatida rivojlanishda aniq bitta yosh chegarasi mavjud emas. Olti yoshli bola ham shaxs bo'la olishi mumkin, agar unga to'g'ri ta'lim tarbiya berilgan bo'lsa va

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

sog'lom muhitda voyaga yetsa. Ammo, yigirma yoshga to;lib ham to'laqonli shaxs sifatida shakillanmaslik mumkin. Demak, biz maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga to'g'ri tarbiya berish orqali ularni to'g'ri shakillantirish orqali shaxs qilib voyaga yetkaza olamiz.

Tirik mavjudod borki avval o'sib ma'lum bir shaklga kirib so'ngra shu yo'nalishda rivojlanadi.

Shaxs shakillanishi- kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy- tarixiy tajribani o'zlashtirish, ta'lim - tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatda yuzaga keladi. Inson avval shakillanadi so'ngra rivojlanadi.

Shaxsning rivojlanishi - kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo'lib u barcha tug'ma va egallangan miqdor va sifat o'zgarishlarini o'z ichiga oladi. Bolalar ruhiy rivojlanishida psixologik sifat va belgilarning shakillanishi emotsional, irodaviy va bilish jarayonida muhum o'zgarishlar sodir bo'ladi. Matabgacha ta'lim tarbiya yoshidagi bolalarning ijtimoiy rivojlanishi, ijtimoiy hayotga uning xulqida tevarak atrofga bo'lgan munosabatida namoyon bo'ladi.

Maktabgacha ta'lim tarbiya yoshidagi bolalarning shaxs sifatida shakillanishida tarbiyaning o'rni muhum. Bolalar makatbgacha ta'lim tarbiya tashkilotida ijtimoiylashuv, jamoa bilan ishlash ko'nikmalarini o'rganadi shu bilan bir qatorda shaxs sifatida ham shakillanib boradi. Makatbgacha ta'kim tarbiya tashkilotlarida bolalarga ta'lim bilan bir qatorda tarbiya ham beriladi.

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi. Maktabgacha ta'lim tarbiya tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga jismoniy tarbiya, mehnat tarbiyasi, aqliy tarbiya, ekologik tarbiya, iqtisodiy tarbiya, axloqiy tarbiya, sensor tarbiya, huquqiy tarbiya, estetik tarbiya shakillantirib boriladi. Ushbu tarbiya turlarining barchasi yosh avlodning shaxs sifatida shakillanishida muhum ahamiyat kasb etadi. Jismoniy tariya bolalarnin sog'lom rivojlanishi, kuch quvvatga to'lishida yordam bersa, aqliy tarbiya intellektual qobilyatlarini namoyon etishda, bilim salohiyatga to'lishida yordam beradi. Mehnat tarbiyasi halol mehnat, kasb hunar o'rganish, o'zgalarning mehnatini qadrlash, har bir yutuqqa o'z mehnati bilan erishish kerakligini o'rgatadi. Ekologik tarbiya tabiatga nisbatan ehtiyotkor munosbatda bo'lishni, tabiat boyliklarini tejab ishlatishni o'rgatadi. Axloqiy tarbiya jamiyat hayotidagi ,,yozilmagan qonun qoida me'yorlari'' dan chetga chiqmaslik, go'zal xulq egasi bo'lishni o'rgatadi. Iqtisodiy tarbiya oilaviy budjet, iqtisodiy masalalar, mablag'ni o'ylab ishlatish munosabatlarini o'rgatadi. Sensor tarbiya sezgi a'zolarini rivojlantirishni o'rgatadi. Huquqiy tarbiya bolalrga qonunchilikda belgilangan huquq va erkinliklarini ,boshqalarning huquqlarini poymol qilmslik, qonun qoidalarni buzmaslikni o'rgatadi. Estetik tarbiya go'zallik, nafosat, san'atga mehr tuyg'ularini shakillantiradi. Umuman olganda maktabgacha ta'lim tarbiya tashkilotlarida o'rgatiladigan tarbiya turlarining barchasi yosh avlodning shaxs sifatida rivojlanishida poydevor vazifasini o'taydi.

XULOSA. Shaxs deganda har bir insonning ko'z oldida gavdalanadigan ideali mavjud. Shaxs hamma bo'la oladi ammo, hamma ham shaxs bo'la olmaydi. Maktabgacha ta'lim tarbiya yoshidagi bolalarning shaxs sifatida tarbiyalanishi bevosita tarbiya jarayoni bilan bog'liq. Tarbiya inoniyat hayotining ajralmas qismiga aylanib bo'lgan. Bola hayoti mobaynida o'rganadigan bilimining yetmush foiz qismini uch yoshgaqadar o'zlashtiradi. Bola misoli oq qog'oz yoshligida

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2G23-yil

unga nima yozsangiz ulg'aygach shuni o'qiysiz. Bolani shaxs qilib voyaga yetkazishda to'g'ri tarbiya bera olish muhum ahamyatga ega.

REFERENCES

1. F.Qodirova. Sh.Toshpo'latova. N.Kayumova. M.A'zamova. ,, Maktabgacha pedagogika'' ,,Tafakkur'' T.2019

2. Sh. Sodiqova ,, Maktabgacha pedagogika'' darslik. ,, Fan va texnologiya'' T.2012

3. R.A. Mavlonova. N. H. Vohidova. „Ijtimoiy pedagogika'' ,,Istiqlol'' T.2009

4. R.Mavlonova. N. Vohidova. N. Rahmonqulova. „Pedagogika nazariyasi va tarixi'' ,, Fan va texnologiya'' T.2010

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.