Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM-TARBIYA SIFATINI BOSHQARISHDA MONITORING TIZIMINING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TAʼLIM-TARBIYA SIFATINI BOSHQARISHDA MONITORING TIZIMINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha ta'lim / tarbiya / pedagog / dastur / sifat / nazorat / monitoring / takomillashtirish / muvofiqlashtirish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ataqo'Zieva Matlyubaxon Tillaboevna, Madalieva Dilbarxon Baxtiyorovna

Mazkur maqolada MTTlarida ta'lim sifatini nazorat qilish, ta'lim-tarbiya sifatini oshirishda monitoring tizimini qo'llashning ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM-TARBIYA SIFATINI BOSHQARISHDA MONITORING TIZIMINING AHAMIYATI»

MAKTABGACHA TA'LIM-TARBIYA SIFATINI BOSHQARISHDA MONITORING TIZIMINING AHAMIYATI

1Ataqo'zieva Matlyubaxon Tillaboevna, 2Madalieva Dilbarxon Baxtiyorovna

1,2Mingbuloq tumani 20-sonli DMMT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11274343 Annotatsiya. Mazkur maqolada MTTlarida ta'lim sifatini nazorat qilish, ta'lim-tarbiya sifatini oshirishda monitoring tizimini qo'llashning ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, tarbiya, pedagog, dastur, sifat, nazorat, monitoring, takomillashtirish, muvofiqlashtirish.

Аннотация. В данной статье представлена информация о важности использования системы мониторинга для контроля качества образования в ДОО и повышения качества образования.

Ключевые слова: дошкольное образование, воспитание, педагог, программа, качество, контроль, совершенствование, координация.

Abstract. This article provides information on the importance of using a monitoring system to monitor the quality of education in preschool educational institutions and improve the quality of education.

Keywords: preschool education, upbringing, teacher, program, quality, control, improvement, coordination.

So'nggi yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash va ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo'yicha qator me'yoriy-tashkiliy tadbirlar qabul qilindi. Qabul qilinayotgan chora-tadbirlar bolalarning har tomonlama intellektual, ma'naviy, estetik va jismoniy rivojlanishiga, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirishga qaratilgan.

Biroq, maktabgacha ta'lim sifatini baholash tizimida bir qator muammolar mavjud. Ta'lim sifatini nazorat qilish jarayonga maqsadli ta'sir ko'rsatishni, berilgan, dasturlashtiriladigan xususiyatlar, xarakteristikalarga ega bo'lgan natijaga erishish uchun uni korrektirovka qilishni ko'zda tutadi. Maktabgacha ta'lim sifatini baholash tizimining asosiy ustuvor yo'nalishi bola hayoti va faoliyatining barcha sohalarini rivojlantirishni ta'minlovchi muhim manba bo'lgan sifatli maktabgacha ta'limdan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.

Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari quyidagilardir: maktabgacha ta'lim sohasidagi me'yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish; maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;

bolalarni sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko'lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta'minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish;

maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

maktabgacha ta'lim tizimiga xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;

iste'molchining ehtiyojlari va talablariga, shuningdek, ta'lim tashkilotining ehtiyojlari va manfaatlariga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Shu maqsadda chet el tajribasini o'rganish, maktabgacha ta'lim sohasida ta'lim xizmatlari sifatini baholashda qo'l keladi. Bugungi kunda har bir mamlakatning madaniy an'analari va milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllangan maktabgacha ta'limning bir qator muvaffaqiyatli rivojlanayotgan modellari mavjud. Maktabgacha ta'lim qamrovi sezilarli darajada oshganiga qaramay, dunyoning aksariyat mamlakatlarida kichik yoshdagi bolalar uchun ta'lim olish imkoniyatlari juda notekis taqsimlangan, masalan, Avstraliya, Singapur, Finlyandiya, Buyuk Britaniyada maktabgacha ta'lim sifatini baholashning davlat tizimlari shular jumlasidandir. Sifatning ushbu yo'nalishlari bolalar bog'chasida xavfsizlik, ovqatlanish va gigiena talablariga rioya qilish masalalariga qaratilgan. Shuningdek, parvarish lahzalari o'z mohiyatiga ko'ra tarbiya va rivojlanish lahzalari bo'lib, ularni maktabgacha bolalik davrida ta'limdan chetlashtirish deyarli mumkin emas hamda go'daklik davrida (2 oydan bir yilgacha) va erta (bir yoshdan 3 yoshgacha) bolalikda esa tarbiyalash va ta'lim, amalda, ko'pincha bolaga parvarish qilish jarayonida amalga oshiriladi. Nazorat va parvarish qilish paytlarida kattalar va bolalar o'rtasidagi o'zaro munosabat jarayonlari, masalan, bolalarni poklik va badanni parvarish qilishga o'rgatish, ovqatlanish madaniyati va boshqalar sog'lom rivojlanish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, bolalarning ijtimoiylashuvi va ularni milliy madaniyat va qadriyatlar bilan uyg'unlashtirining ajralmas jihatlari bo'lib, ta'lim sifatining asosini tashkil etadi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti (MTT) ishining sifatini baholash tizimini joriy qilish uchun quyidagi tadbirlarni nazarda tutish maqsadga muvofiqdir.

1. MTT xizmatlarining sifatini baholash mezonlar va ko'rsatkichlarni ishlab chiqish.

2. MTT xizmatlari sifatini mustaqil baholashni o'tkazish tartibini ishlab chiqish.

3. xizmatlar sifatini monitoringi, mustaqil ekspertlar tomonidan tashkilot faoliyati ko'rsatkichlarini o'rganish, maktabgacha ta'lim tashkilotida iste'molchilarning xizmatlar sifati to'g'risida fikrlarini o'rganish maqsadida so'rovnoma o'tkazish.

4. rasmiy saytda maktabgacha ta'lim tashkiloti ishining sifati to'g'risida ma'lumotlarni joylashtirishning ahvoli va samaradorligini, shaxsning fuqarolik, maishiy va kasbiy omilkorligini shakllantirish va rivojlantirishda jamiyat (turli ijtimoiy guruhlar) ehtiyojlari va umidlarini belgilovchi ijtimoiy hodisalar majmui.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni. 2020 y.

2. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim-tarbiya to'g'risida"gi Qonuni 2019 y.

3. "Ilk qadam" Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" 802-son qarori. T.2020y.

5. Yermolayev, S.D. Bolalar bog'chasida monitoring: metodik qo'llanma. — SPb. : DETSTVO-PRESS, 2011.

6. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

7. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD)

Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021 8. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.