Научная статья на тему 'MAKTABGACHA EKOLOGIK TAʼLIMNI TASHKIL ETISHNING XORIJIY TAJRIBASI'

MAKTABGACHA EKOLOGIK TAʼLIMNI TASHKIL ETISHNING XORIJIY TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha taʼlim / xorijiy tajriba / ekologiya / taʼlim / tarbiya / ekologik ong va madaniyat / tashkil etish / taklif.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nigmatova Gulnora Nurxanbetovna, Ashurova Zamira Djakbarovna

Maqolada maktabgacha taʼlim tizimida ekologik taʼlim-tarbiyani tashkil etishning xalqaro tajribasi “ekologik toza” va rivojlangan davlatlar misolida yoritilgan. Unda, xalqaro tajribadan kelib chiqqan tarzda, Oʻzbekistonning MTTda tarbiyalanuvchilarning ekologik ong va madaniyatini shakllantirish chora-tadbirlari boʻyicha takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA EKOLOGIK TAʼLIMNI TASHKIL ETISHNING XORIJIY TAJRIBASI»

MAKTABGACHA EKOLOGIK TA'LIMNI TASHKIL ETISHNING XORIJIY TAJRIBASI

1Nigmatova Gulnora Nurxanbetovna, 2Ashurova Zamira Djakbarovna

1MTTDMQTMOI Maktabgacha ta'lim menejmenti kafedrasi dotsenti v.b. 2Andijon viloyati Xonobod shahar 2-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11273781

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tizimida ekologik ta'lim-tarbiyani tashkil etishning xalqaro tajribasi "ekologik toza" va rivojlangan davlatlar misolida yoritilgan. Unda, xalqaro tajribadan kelib chiqqan tarzda, O'zbekistonningMTTda tarbiyalanuvchilarning ekologik ong va madaniyatini shakllantirish chora-tadbirlari bo 'yicha takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, xorijiy tajriba, ekologiya, ta'lim, tarbiya, ekologik ong va madaniyat, tashkil etish, taklif.

Аннотация. В статье, на примере «экологически чистых» и развитых странах, освешена зарубежный опыт экологического образования и воспитания в дошкольном образовании. В ней, на основе зарубежного опыта, предложены меры формирования экологического сознания и культуры воспитанников ДОО Узбекистана.

Ключевые слова: дошкольное образование, зарубежный опыт, экология, образование, воспитание, экологическое сознание и культура, организовать, рекомендации.

Abstract. The article, using the example of "environmentally friendly" and developed countries, highlights foreign experience in environmental education and upbringing in preschool education. In it, on the basis offoreign experience, measures are proposed for the formation of environmental consciousness and culture of pupils of preschool educational institutions in Uzbekistan.

Keywords: preschool education, foreign experience, ecology, education, upbringing, environmental awareness and culture, organize, recommendations.

O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 farmonining 1-ilova 42-maqsadiga "2026-yilga qadar o'quv dasturlari va darsliklarni ilg'or xorijiy tajriba asosida to'la qayta ko'rib chiqib, amalda joriy etish", 2-ilova 39-maqsadida esa "Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish", masalasi kiritilgan. Mazkur Farmonning ijrosini ta'minlash uchun biz o'z tadqiqot oldimizga "Ekologik toza" va rivojlangan davlatlarning maktabgacha ta'lim tashkilotlari(MTT)dagi tajribalarni tahlil qilish va tegishli takliflarni berishni maqsad qilib qo'ydik.

Ekologik muammolar, ya'ni iqlim o'zgarishini kamaytirish, chiqindilarni oqilona boshqarish, biologik xilma-xillikni saqlab qolish kabi masalalar yechimini topishdagi "kalit" -aholining ekologik ong va madaniyati darjasiga bevosita bog'langan ekan [3]. Aholining ekologik ong va madaniyatini ko'tarishning eng samarali vositalaridan biri ekologik ta'lim-tarbiyani maktabgacha ta'lim yoshdagi bolajonlardan boshlash kerak ekan [1].

Adabiyotlar tahlili maktabgacha ta'lim tizimida ekologik ta'limning quyidagi jahon tajribasini namuna tariqasida tavsiya etmoqda. Masalan: "Ekologik toza" davlatlar reytingida eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan Finlyandiyaning MTTda ekologik ta'lim tizimli ravishda tashkil etilgan ekan. Ularda 5 yoshgacha bo'lgan bolajonlarni MTTda o'zida, undan katta yoshdagilarni

esa mahalliy miqyosda maxsus takshil etilgan "Tabiat markazlari"da har oyning ikki kunida tashrif buyurish orqali olib borilar ekan. MTTDMQTI Maktabgacha ta'lim menejmenti kafedrasi professori A.N.Nigmatov ekologik tarbiyani "beshik"dan, ta'limni esa 3 yoshdan boshlashni taklif qilmoqda. Buning uchun olim onalar uchun "Ekologik alla"ni yaratdi va uni intelektual mulk sifatida rasmiylashtirdi [2]. O'zbekistonda ekologik ta'lim-tarbiyani, Finlyandiya davlati tajribasidan kelib chiqqan tarzda, har bir tuman, shaharcha yoki shaharda juda bo'lmaganda bittadan "Jajji ekolog" nomli ixtisoslashtirilgan MTTni tashkil etish orqali olib borishni taklif qilmoqda. Unda katta va tayyorlov guruh tarbilanuvchilarni "Ona tabiatga sayohat" ro'kinida, malaka oshirish hamda qayta tiklashga kelgan tinglovchilarni "Ekotizimlarga sayohat" ro'kinidagi ekologik ta'lim-tarbiyaning amaliy ko'nikmalarini berishni ma'qul deb bilmoqda

Rossiya Federatsiyasirimg aksariyat MTTda ekologik taqvim kunlariga bag'ishlangan "utrenniklar"ni olib borish yo'lga qo'yilgan ekan. Yangi tahrirdagi O'zbekistonning "Ilk qadam" davlat o'quv dasturiga xalqaro miqyosda nishonlanadigan 22-aprel "Xalqaro Yer kuni"ni MTTda nishonlash mavzusi kiritilgan. Lekin yil davomida 60 tadan ziyod ekologik taqvim kunlari mavjud [4]. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 31-may 2023-yildagi "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-171-sonli qarorining 9-ilovasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi masalalariga bag'ishlangan muhim sanalar bo'yicha o'tkazilgan tadbirlarning Kalendar rejasiga [5] muvofiq ravishda MTTda juda bo'lmaganda har oyning bir kunida ekologik taqvim kunlariga bag'ishlangan ertalabki davra suhbati yoki tagishli mavzusidagi tadbirlarni olib borish maqsadga muvofiqdir.

AQSHda bolajonlarning atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona va mas'uliyat bilan munosabatda bo'lishlarini shakllantirish jarayonida keng omma va nodavlat jamoat tashkilotlari faol ishtirok etadi. O'zbekistonda ham yuzdan ortiq ekologik yo'nalishdagi nodavlat nitijorat tashkilotlari mavjud. Ular milliy va xalqaro grant loyihalarini aynan MTTda ekologik ta'lim-tarbiyasiga yo'naltirishi mumkin.

Ekologik toza davlatlarning doimo eng yuqori reytingida turuvchi Norvegiyada bolalar bog'chasidagi pedagoglar maxsus ekologik tayyorgarlikka ega bo'lishlari lozim ekan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi "Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 312-sonli qaroriga monand ravishda Ijro hokimiyatining "MTTda pedagoglarini ekologik ong va madaniyatini ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risada" maxsus qarorini chiqarish orqali ularda maxsus ekologik sertifikat bo'lganlarini MTTda ishga qabul qilish tajribasi kiritish mumkin.

Avstriya davlati maktabgacha ta'lim pedagoglari uchun qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha kurslari uchun doimiy seminarlar ishlab turibdi. Maktabgacha ta'lim agentligi huzuridagi MTTDMQTMO institutida ham MTT direktor va pedagoglari uchun ham tegishli yo'nalishdagi doimiy ekologik seminarlarni tashkil etish orqali ularning ekologik ong va madaniyatini shakllantirish zamon talabidir.

Daniyada ekologik ta'lim va tarbiya o'quv kurslari barcha pedagogik kasbiy ta'lim tizimiga joriy etilgan hamda maktabgacha ta'lim yo'nalishidagi pedagoglarni tayyorlashda majburiy talab hisoblanadi. Shuning uchun ham 2024-2025 o'quv yilidan boshlab OTMning maktabgacha ta'lim yo'nalishidagi barcha pedagogik yo'nalishdagi o'quv rejasiga "Tabiat bilan tanishtirish" bilan bir qatorda "MTTda ekologik ta'lim-tarbiya menejmenti" o'quv modulini kiritish maqsadga muvofiq.

Shvetsiyada atrof-muhitni muhofaza qilish jamiyati va ta'lim bo'yicha milliy agentlik hamkorligida umumdavlat axborot tizimi yaratilgan. Ular har ish kunlari MTTga mahalliy ekologik

vaziyat bo'yicha ma'lumotlarni maxsus platforma orqali berib boradi. Unga binoan MTT tarbiyalanuvchilarini tabiat bilan tanishtirish bo'yicha olib boriladigan ochiq havodagi amaliy o'quv jarayoni rejalashtiriladi. Bu tajribani qo'llash uchun O'zbekistonda ham Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o'zgarishi vazirligi ko'magida Maktabgacha ta'lim agentligi platformasiga qo'shimcha ma'lumotlar bazasiga kiritish lozim.

Kun chiqish davlati Yaponiyada yuksak ekologik madaniyatli shaxsni tayyorlash atrof-muhit sohasidagi maktabgacha ta'lim dasturlarida aks etgan. Bu 2024-yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ishlab chiqilayotgan "Aholining ekologik ong va madaniyatini yuksaltirish davlat dasturi"ga mos tushadi. Faqatgina bunda maktabgacha ta'limning o'ziga xos tomonlarini inobatga olgan tarzda uni maxsus bob yoki bo'linma sifatida aks ettirish kerak bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, "Ekologik toza" va "Yashil iqtisodiyot"ga tomon intilayotgan rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan tarzda mahalliy imkoniyatlarni inobatga olgan holda milliy maktabgacha ta'lim tizimida ekologik ta'lim-tarbiyani qo'llash kelajak avlodlarni ekologik ong va madaniyatini shakllantirishda muhim o'rin tutadi.

REFERENCES

1. Земля - наш общий дом / Парициальная программа для ДОО по экологическому воспитанию и образованию // Международный опыт по экологическому воспитанию и образованию детей дошкольного возраста. Грошева И.В. и др. - Ташкент,2022. 80 с..

2. Нигматов А. Мактабгача экологик таълим ва тарбия. Укув кулланма.- Тошкент: "Навруз", 2020. 71-103-б.

3. Реймерс Н.Ф..Надежды на выживание человечества. Концептуальная экология.-Москва: ИЦ "Россия молодая"- Экология, 1992. - 256 с.

4. Электронная экологическая библиотека. Экологический календарь. https://ecology.aonb.ru/ekologicheskii-kalendar.html.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 31-май 2023-yildagi 'Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"ra PQ-171-sonli qarorining 9-ilovas^ https://lex.uz/docs/-6479134.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.