PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
MAKTABDAGI O'QUVCHILARNING RIVOJLANISHIGA PSIXOLOGIK
NAZAR
Omilov Xojiakbar1,Anvarov Ayoz2 1,2 Toshkent amaliy fanlar universiteti pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya yo'nalishi, 2-kurs 01-guruh talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.13383922 Annotatsiya: Bugungi kunda shidat bilan rivojlanayotgan bir davrda O'zbekistonda yoshlarga e'tibor va o'sib kelayotgan yosh avlodni ilimli , manan yetuk shaxs bo'lib tarbiyalanishida uzliksiz ta'limni shakillantirish jumladan umumta'lim maktablarida o'quvchilarni shaxsiy rivojlanishi, o'zini anglashi va muayyan bir sohada o'z ustida ishlash, jamiyatda mustaqil fikirga ega shaxs sifatida namoyon bo'lishi. Xalq ta'limi tizimida bag'rikenglik va insonparvarlik tamoyillari inobatga olingan holda tashkil etish nazarda tutilgan.
Kalit so'zlar: Maktab, ta'lim, o'quvchi, o'qtuvchi, jamoatchilik, konsepsiya, xalq, shaxs, rivojlanish, rag'batlantirish, jazolash, rivojlanish bag'rikenglik va insonparvarlik
1 KIRISH
Xalq ta'limining bugungi holati
Bugungi kunda O'zbekistonda 10130 ta umumta'lim maktablari mavjud bo'lib, ularning 2730 tasi shaharlarda, 7408 tasi esa qishloqlarda faoliyat ko'rsatmoqda. Bugungi kunda maktablarda 6246491 nafar o'quvchi tahsil olmoqda.
Xalq ta'limi tizimida bag'rikenglik va insonparvarlik tamoyillari inobatga olingan. Ma'lumki O'zbekiston ko'p millatli mamlakat sanaladi. Shuning uchun maktablarda ta' lim yettita tilda olib boriladi. Xususan, o'zbek tilida ta'lim beradigan maktablar bilan bir qatorda (8227 ta maktab) 245 ta qoraqalpoq tilida, 143 ta qozoq tilida 92 ta tojik tilida, 88 ta rus tilida, 23 ta Turkman tilida, shuningdek, 21 ta qirg'iz tilida ta'lim beradigan maktablar mavjud.
Maktablarda jami 502867 nafar o'qituvchi faoliyat ko'rsatib, shundan 343961 nafarini ayollar, qolgan 158726 nafarini erkaklar tashkil etadi.
Maktab o'qituvchilarining 26929 nafari oliy toifaga, 74703 nafari birinchi toifaga, 118478 nafari ikkinchi toifaga ega bo'lib, 282577 nafar o'qituvchilar tegishli toifalarga ega emas.
Ma'lumki, mamlakatimizdan iqtidorli bolalarni aniqlash, o'qitish va tarbiyalash, ularni yanada qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, ma'naviy boy va intellektual rivojlangan avlodni shakllantirish maqsadida 2019 yili xorijiy ta'lim tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan o'quv rejalari va dasturlariga muvofiq ta'lim jarayoni ingliz tilida olib boruvchi Prezident maktablarini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilingan, bu esa ta'lim sifatining ilg'or andozalari qo'llanilayotganidan dalolat bermoqda. Maktab ta'limi, ijodkorlikni qo'llab-quvvatlash, shuningdek, xorijiy tillarni chuqur o'rganish imkoniyatlarini yaratish
sohasida muhim voqealardan biri bu ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablarning tashkil etilishi bo'ldi.
So'nggi besh yil davomida xalq ta'limi tizimini takomillashtirishning huquqiy asoslari yaratildi. Xususan, "Ta'lim to'g'risida" Qonunning yangi tahriri qabul qilindi, O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Maktab ta'limini rivojlantirish sohasida bevosita 17 ta hujjat, jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 ta hujjati qabul qilindi.
Umuman ta'lim sohasida mavjud yutuqlarga qaramasdan xalq ta'limida bir qator muammolar mavjud. Ayniqsa, hozirgi axborot asrida deyarli muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlarda maktablardagi ta'lim muammolari haqida xabarlar yoki materiallarni uchratish mumkin. Ular orasida vaqtinchalik tusga ega (masofaviy ta'limga o'tish, qonunchilikdagi o'zgarishlar) hamda tizimli (jamiyatda o'qituvchilarga munosabat, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar) muammolar mavjud. Misol uchun,
https://www.uzedu.uz/uz/tankidlarga-munosabat-2021 havolasi orqali O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimidagi tanqidlar va ularga xalq ta'limi vazirligining javoblari bilan tanishish mumkin. Vazirlik tomonidan quyilgan bunday qadam juda muhim, ammo amalga oshirilayotgan muloqat ta'lim sifatining pasayishiga olib keladigan sabab va sharoitlarni yo'q qilishga qaratilgan bo'lishi bundan ham muhimdir.
Ta'limdagi muammolar davlatning barqaror rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Shu munosabat bilan joriy yilning 28 yanvar kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda Davlatimiz rahbari darajasida maktab ta'limi sohasidagi muammolar va dolzarb masalalar qayd etildi, qator takliflar ilgari surildi. Albatta, bunday g'amxo'rlik maktab ta'limining ustuvorligidan dalolat beradi. Biroq, maktab ta'limi muammolari tizimli va mustaqil tarzda
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of
I Li I toe^centurv
TASHKENT, 6-8 MAY 2004
hal qilinishi kerak. Muammolar chetdan turib hal qilinadi, deb uylash xatodir, shuning uchun xalq ta'limi sohasidagi davlat siyosatida ishtirok etadigan barcha davlat organlaridan tashabbuskorlik talab etiladi. 2 TA'LIMNING ASOSIY MUAMMOLARI VA UNING SIFATI TUSHIB KETISHINING SABABLARI l.O'qituvchilar va jamoatchilik o'rtasidagi munosabatlardagi muammolar. Hech kimga sir emaski, yaqin vaqtgacha o'qituvchilar faoliyatida darslarni yuqori sifatda o'tkazishga va pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishga to'sqinlik qiladigan bir qator ob'ektiv muammolar mavjud bo'lgan. Paxta terimiga va boshqa tadbirlarga ommaviy jalb qilish, turli hisobotlarni tayyorlash bilan bog'liq byurokratik to'siqlar oxir-oqibat o'qituvchilarni ta'limga aloqasi bo'lmagan turli ikkinchi darajali vazifalarni bajaruvchi oddiy ijrochilarga aylantirdi. Rahbariyat tomonidan xalq ta'limi tizimida olib borilayotgan islohotlar tufayli bu muammolarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Biroq, hozirgacha erishilgan natijalardan ko'ngil to'lmaydi. Afsuski, ayrim amaldorlarning o'qituvchilarga nisbatan hurmatsizlik munosabati hamon davom etmoqda. Xususan, joriy yilning fevral oyida Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktablardan birining o'qituvchilari bilan bo'lgan voqea aks etgan video Internetning milliy segmenti foydalanuvchilari orasida juda salbiy taassurotlarga sabab bo'ldi. Videoda direktor va o'qituvchilar ta'lim sifati hamda bitiruvchilarni universitetlarga qabul qilish ko'rsatkichlari pastligi uchun ota-onalaridan uzr so'rashga majburlanganligi aks ettirilgan. O'qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini bunday kamsitish maktabda nosog'lom muhitni yaratadi. Oqibatda o'qituvchilar barcha muammolar va muvaffaqiyatsizliklar uchun malomat qilinadi, bu esa adolatdan emas. Bunday munosabat yoshlarning o'qituvchilik kasbiga bo'lgan qiziqishini oshirishi dargumon. Shuning uchun o'qituvchilarga nisbatan hurmatsizlik va qo'pollik "vaqt bombasi" kabi taraqqiyotni orqaga surib, uning oqibatlari davlatning kelajakdagi rivojlanishida aks etadi.
Jamiyat va o'qituvchilar o'rtasidagi munosabatlardagi keyingi muammo - bu ota-onalarning o'qituvchilarga nisbatan munosabati. Bugun ota-onalar barcha qiyinchiliklarda o'qituvchilarning o'zlarini ayblashga, noto'g'ri bo'lsa ham bolalarini himoya qilishga ko'proq moyilligi kuzatilmoqda. Misol uchun, o'tgan yilning fevral oyida ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi maktablarning birida uy vazifasini bajarmaganligi bois tanbeh bergani sabab o'qituvchini ustozidan gap eshitgan o'quvchining
buvisi turli haqoratli so'zlar bilan behurmat qilib, uning yuziga tarsaki tortgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunday holatlar o'qituvchilarga ishonchsizlik muhitini yuzaga keltirib, o'quvchilarning haddan tashqari "erkalab ketishiga" sabab bo'ladi. Ba'zan ijtimoiy tarmoqlarda o'quvchilarning nojo'ya harakatlarida o'qituvchilarni ayblash ham kuzatilmoqda. Masalan, o'tgan yilning fevral oyida Angren shahridagi 41-maktabda o'quvchining do'pposlanishi bilan bog'liq voqea tasvirlangan video tarqatilgan yedi. Mutasaddilar tomonidan voqea sinchiklab o'rganilganidan so'ng, o'qituvchining dars berishiga o'quvchining aynan o'zi to'sqinlik qilganligi va uni har tomonlama masxara qilganligi ma'lum bo'lgan.
Albatta, ba'zi o'qituvchilar tomonidan nojo'ya xatti-harakatlar sodir etilishi holatlari ham mavjud. Ruhiy muvozanatning yoki pedagogik mahoratning yetarli emasligi tufayli o'quvchilar sha'nini haqoratlash yoki kamsitish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Misol uchun, shu yilning fevral oyida Namanganda uyda daftarlarini unutgan birinchi sinf o'quvchilari doskaga chiqib, butun bir dars davomida oyoqda turishga majbur bo'ldilar. Bundan tashqari, o'qituvchi boshqa o'quvchilarni ularga nisbatan "uyat" so'zini baqirib aytishga majbur qilgan. Birinchi sinf o'quvchilari uchun bunday o'qitish usuli o'zini oqlaydi, deb atash qiyin va bu kutilgan samarani berishi dargumon. Pedagogika har doim tarbiyalanuvchilarning psixologik xususiyatlarini hisobga olishi kerak, aks holda o'qitish samaradorligi past bo'ladi.
Umuman olganda, Internetda o'qituvchi va o'quvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi materiallarning tarqatilishi axborot xavfsizligiga tahdiddir. Shu munosabat bilan jamiyatning axborot muhitida o'qituvchilarga nisbatan munosib hurmat va ehtirom madaniyatini shakllantirish choralarini ko'rish zarur. Bolalar bog'chasi va oiladan boshlab bolalarni ustozlarga hurmat ruhida tarbiyalash lozim.
2. Maktab o'qituvchisi kasbining obro'si unchalik yuqori emasligi. Afsuski, maktab o'qituvchisi talab yuqori bo'lgan kasblardan biri emas. Birinchidan, bu o'qituvchilarning ish haqi bilan bog'liq. Masalan, oliy toifali o'qituvchining tarif stavkasi miqdori 2.881.828 so'mni, toifasiz, ammo oliy ma'lumotli o'qituvchilarniki esa - 1.954.033 so'mni tashkil etadi, bu bozor iqtisodiyotida oliy ta'lim muassasalarini bitirganlar uchun juda kam hisoblanadi. Shuning uchun, ba'zida boshqa yuqori maoshli ish topa olmagan bitiruvchilar o'qituvchi bo'lishga qaror qiladilar.
Xorijiy mamlakatlarda va mamlakatimizda o'qituvchilar uchun tayinlangan maoshni quydagi jadvalda ko'rishimiz mumkin
№ Respublika nomi O'qtuvchilar ish haqi
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
1 O'zbekiston 1.954.033-2.881.828 so'm
2 Shveysariya6240$
3 Germaniya 5500$
4 Yaponiya 3900$
5 AQSh 3900$
Ish haqining pastligi o'qituvchilarni yangi daromad manbalarini izlashga undaydi. Ba'zida o'qituvchilar qo'shimcha ish qidirishlari kerak. Ayrim o'qituvchilar dars soatlari sonini ko'paytirishga harakat qilishadi, bu o'qitish sifatini pasaytiradi va bir vaqtning o'zida boshqa o'qituvchilarni ish vaqtidan mahrum qilishi mumkin. Kimdir 1,5 stavkada va boshqasi esa yarim stavkada ishlayotgan vaziyat vujudga kelishi mumkin.
Bugungi kunda maktablarda kadrlar yetishmasligi holatlari mavjud. Aholining o'sishini hisobga olgan holda, 270 ta maktabga ehtiyoj bor, bu ham o'qituvchi kadrlarning tayyorlashni talab qiladi. Shu maqsadda davlat maktablar uchun tegishli kadrlar - o'qituvchilar tayyorlash choralarini ko'rmoqda. 2021/2022 o'quv yilida faqat kunduzgi ta'lim shakliga pedagogik mutaxassisliklar bo'yicha 26115 nafar bakalavrlarni tayyorlash nazarda tutilgan bo'lib, bu kunduzgi ta'lim shakli uchun ajratilgan jami o'rinlarning 23 % ni tashkil etadi. Ushbu kvotalarning 40 % ga yaqini davlat granti asosidagi o'rinlardir. Shunga qaramay, maktab ta'lim jarayonini boshqarish tizimining ma'lumotlariga ko'ra (https://xt.uzedu.uz/) 2022 yil fevral oyi oxirida boshlang'ich sinf o'qituvchilari (248), rus tili (414) matematika (407), informatika va axborot texnologiyalari (400), ingliz tili (322), musiqa (270), fizika (263), geografiya (197), biologiya (195), iqtisodiy bilim asoslari (193), tarix (190), kimyo (188) kabi fanlar bo'yicha o'qituvchilarga ehtiyoj mavjud. Mazkur davrga kelib maktab o'qituvchilari lavozimi uchun barcha bo'sh ish o'rinlari soni 4393 tani tashkil etadi. Bu ko'rsatkich shuni ko'rsatadiki, bo'sh ish o'rinlarini faqat pedagogika yo'nalishlari bo'yicha oliy ta'lim muassasalariga kirish kvotalarini oshirish orqali to'ldirishning iloji yo'q. Shuning uchun bu tizim o'qishni tugatgandan so'ng maktablarda muayyan muddat (masalan, 5 yil) uzluksiz ishlash majburiyatini olish sharti bilan qayta ko'rib chiqilishi lozim. 3 KADRLAR YETISHMOVCHILIGI
Maktabgacha ta'lim muassasalarida yaxshi ish haqi to'lanmasa, bu kasbga qiziqish bo'lmaydi, albatta. Shu kunga qadar qanchadan-qancha tajribali, yaxshi kadrlar past ish haqi sabab bu kasbni tark etgan. Shu bois joriy yilning mart oyida Prezidentning pedagoglarning maoshini oshirishga doir qarori chiqqan.
Ta'lim muammolarining yana bir jihati darsliklar saviyasi bilan aloqador. Deylik, boshlang'ich sinf "O'qish kitobi" darsliklarida, asosan, yil fasllari tarannum etilgan matnlar beriladi. Umuman olganda,
"O'qish kitobi" darsliklari yil fasllari bilan bog'liq konsepsiya asosida yoziladi. Mutlaqo eskicha yondashuv! Biz XXI asrda yashayapmiz. Bugun axborot texnologiyalari zamoni. O'quvchiga Stiv Jobs, Bill Gyots, Oleg Durov, Mark Sukurberg haqidagi badiiy matnlarni yetkazish davri. O'quvchi shunday taraqqiyot sari intilmoqda. O'qituvchi va darslik mualliflari esa hayotdan orqada. Agar darsliklarni yozish konsepsiyasi mutlaqo o'zgartirilmas ekan, bizning orzularimiz taraqqiyot odimlariga yutqazadi! Men faqat boshlang'ich sinf "O'qish kitobi" haqida eslatdim. Holbuki boshqa darsliklarda ham ahvol haminqadar. Shunday xulosa uchun darslik yozishga mehnat va vaqt sarflagan mualliflardan uzr so'rayman! Xulosalarim ularga og'ir botadi. Biroq shunday istihola ichra qachongacha o'zimizni, farzandlarimizni aldaymiz?! 4 XULOSA
Jamiyatimizda shaxs yaxshi rivojlanishi uchun yaxshi shart-sharoyitlar mavjud amo o'zining ustida ishlashni erta boshlavchi insonlar kam xozirgi zamoning eng boy lider insonlar kam va ular hayotlari davomida uzoq va katta qiyinchiliklar ko'rib o'zlarini yo'nalishlarini topib o'z ustida ishlashni boshlashgan va yaxshi natijalarga erishib kelishgan
Xozirda ta'lim tizimimzda shaxsning ma'lum bir yo'nalishga boshlovchi o'z ustida ishlashni boshlashga undovchi dars soatlari mavjud emas.
Xamda o'quvchilarning psixolog kasbiga nisbatan yaxshi tushinchalari mavjud emas.
Maktab o'quvchilari psixologning shunchaki keraksiz tastlari mavjud deb xisoblashadi, va ular psixologni shunchaki nima va qanday ishlarni olib borishini tushunishmaydi.
Malakali psixologlar maktabda yo'qligining asosiy sababi psixologning oylik maoshi kamligi va moddiy momolar mavjudligi sabab bo'la oladi.
Bunga sabab esa psixologning o'zining dars soatlari va malakali psixologlar kamligi sabab bo'ladi.
Xozirda yoshlarning internet tarmoqlariga ruju qo'yishi keraksiz video ro'liklar ko'rishi no to'g'ri diniy xamda dunyoviy tushunchalarni olishlariga sabab bo'lmoqda.
Tan olish kerakki xozirgi zamon tez rivojlanmoqda xamda shaxs tez shakillanmoqda lekin o'zini ustida ishlab to'g'ri yo'nalish olgan bolalar juda kam.
Ta'lim tizimimizda illim fani juda yaxshi o'rgatishadi lekin ma'lum bir yo'nalishga boshlavchi yaxshi mativatsiya oluvchi o'zini ustida tez ishlashni boshlashga majbur qiluvchi dars soatlari mavjud emas.
Takliflarimiz:
Maktabning dars tizimiga SHAXSIY RIVOJLANISH fanini kirgazishni taklif etamiz!
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
Bu fani psixolog kasbidan boshqa kasb egasi yaxshiroq o'ta oladi deya olmaymiz chunki psixolog shaxsni qayerga va qanday boshlashni biladi.
Psixologlarxam o'zining shaxsiy kasbiga oyid fan o'tadi va uning dars soatlari ko'payib uning oylik maoshixam ko'payadi.
SHaxsiy rivojlanish darsining ichiga nimalar kiradi
1. Shaxsiy rivojlanish darsining asosiy tamoyilidan biri bu shaxsning qiziqishlarini xamda uning qobilliyatlarini to'g'ri o'rganib chiqib shaxsni anashu narsalarga yo'naltirishdan iborat.
2. Kitobga mexir qo'yish... Ko'pgina yoshlar xozirda kitobni shunchaki keraksiz eskilik sarqiti deb hisoblaydi xamda kitob o'qib xechkim olib bo'lib ketmagan deb xisoblashadi. Barkim shuning uchunxam xozirgi yoshlarning ko'pchiligining qo'larida kitob emas telefonlardir.
Fotix Duman ,,MEN" nomli kitobida shunday yozgan xar bir insoning o'zi yaxshi ko'rgan kitobi bo'lganidek, xar bir kitobning xam o'z egasi bor deb aytib o'tib ketgan bundan kelib chiqib aytsak bo'ladiki yoshlarga shunchaki biz ularga qiziqishlari xamda qobiliyatlariga qarab to'g'ri kitob berishimiz va uni qanday o'qiyotganini kuzatib nazorat qilib turishimiz lozim.
3. Yaxshi ustoz bo'lib o'quvchining qiziqishlariga xoxishlariga ishonchiga kirib unga yaxshi yo'nalish bera olish, unga xar xil mativatsiyon gaplar metodlardan foydalanib dars o'ta ola bilish lozim.
Agarda o'quvchilar ustozdan yaxshi energiya olsa ustoz o'quvchilarga yaxshi misol bo'lib bera olsa o'quvchilar ustozga qarab ustozning o'ta yotgan darslariga va bergan topshiriqlariga masuliyat bilan yondasha boshlashadi.
4. Kun tartib tuzish xamda anashu kun tartibiga roya qilishlarini kuzatish, o'quvchilarga kun tartibini ustoz emas o'zlari tuzishlari lozim ustoz esa anashu kun tartibini to'g'ri tuzishlariga yordam berib anashu kun tartibiga roya qilib vaxtlarini to'g'ri o'tkazishlarini nazorat qilish lozim.
Shaxs to'g'ri yaxshi va tez rivojlanishlariga eng ko'p kerakli bo'luvchi omil bu kun tartibidir, kun tartibining ichiga albatta o'zi uchun qiyin bo'lgan amo xayotiga kerakli topshiriqlar bo'lishi lozim, vaxtlarini to'g'ri sar xisob qila ola bilish lozim, xamda anashu kun tartibiga roya qilishmasa o'zi uchun jazo turlarini kirg'izishlari lozim.
5. Kundalik rejalar daftari tutish xamda anashu kundalikga yangi maqsadlarni yozib borish va maqsadlar tomon xarakat qilishga nima ishlar qila yotganini va kun davomida nima xato, kamchilik qilayotganlarini kundalik daftarga yozib borishlari lozim.
6. Kamchiliklar ustida ishlashni boshlash bunda o'quvchilarning kamchiliklarni yo'qotishga kun tartibi va kundalik daftarlarini to'g'ri nazorat qila ola bilishimiz lozim.
7. O'quvchilarni rag'batlantirish o'quvchilarni to'g'ri rag'batlantirishni o'quvchilarning o'ziga topshirish lozim ular o'zlari nimani xoxlasa anashu narsalar bilan rag'batlantirib turish lozim yoki o'zlarini o'zlari rag'batlantirishlariga o'rgatish lozim.
8. Jazolashni xam o'quvchilarni o'zlari tanlashlari lozim, kun tartiblariga roya qilishmasa o'zi tanlagan jazo turlarini qilishlarini nazorat qilish kerak.
9. Mativatsiyon kino yoki musiqalar eshitish xar darsda o'quvchilarga yaxshi musiqani eshitish va kinolarni ko'rishlarini nazorat qilishlari lozim xamda anashu kino va musiqalarni ustida o'quvchilar bilan taxlil suxbatlar olib borish lozim..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1] Алешина Ю.Е. Индивидуальное и семейное психологическое консультирование. — Изд. 2-е. — М.: Независимая фирма "Класс", 1999. - 208 с.
[2] Алешина Ю.Е., Борисов И.Ю. Полоролевая дифференциация как комплексный показатель отношений супругов. Вестник МГУ. Сер. 14. Психология. - 1989. - № 2.- С. 44-53.
[3] Андреева Т.В. Психология семьи / Т.В. Андреева. - СПб.: Речь, 2007. - 384 с.
[4] Антонов А.И. Социология семьи: Учебник. -Москва: ИНФРА-М, 2009. - 640 с.
[5] https://aniq.uz/uz/yangiliklar/maktab-talimi-tizimi-muammolar-va-istiqbollar
[6] https://lex.uz/docs/-6008663
[7] https://kun.uz/news/2018/08/29/maktabgaca-talim-muammolar-va-ularning-
ecimlari?q=%2Fuz%2Fnews%2F2018%2F08%2F29%2Fmakt abgaca-talim-muammolar-va-ularning-ecimlari
[8] https://yuz.uz/uz/news/talimdagi-muammolar-zanjirini-qanday-uzish-mumkin