Научная статья на тему 'MAKTABDA TA’LIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA DIREKTORLARNING ROLI'

MAKTABDA TA’LIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA DIREKTORLARNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktab direktori / ta’lim tizimi / boshqaruv jarayonlari / tarbiyaviy ishlar / ta’lim imkoniyatlari / ota-onalar / o‘quvchilar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ruzmatova Nodira Ismoilovna

Ushbu maqolada bugungi kundagi innovatsion jarayonlarda maktab ta’limini yanada rivojlantirishda direktorlarning roli, vazifalari haqida fikr-mulohaza olib borildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABDA TA’LIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA DIREKTORLARNING ROLI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

MAKTABDA TA'LIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA DIREKTORLARNING ROLI

Ruzmatova Nodira Ismoilovna

Namangan viloyati Namangan shahar 31-sonli maktab direktori Viloyat direktorlik kengash

a'zosi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11073302

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kundagi innovatsion jarayonlarda maktab ta'liminiyanada rivojlantirishda direktorlarning roli, vazifalari haqidafikr-mulohaza olib borildi.

Kalit so'zlar: maktab direktori, ta'lim tizimi, boshqaruv jarayonlari, tarbiyaviy ishlar, ta'lim imkoniyatlari, ota-onalar, o'quvchilar.

Аннотация. В данной статье рассмотрены роль и обязанности директоров школ в дальнейшем развитии школьного образования в условиях современных инновационных процессов.

Ключевые слова: директор школы, система образования, процессы управления, воспитательная работа, образовательные возможности, родители, учащиеся.

Abstract. In this article, the role and duties of principals in the further development of school education in today's innovative processes were discussed.

Keywords: school director, educational system, management processes, educational work, educational opportunities, parents, students.

Maktabda tarbiyaviy ishlarni asosiy yo'lga qo'yuvchi, ta'lim ishtirokichilari bo'lgan o'quvchi va o'qituvchilarning yo'riqchisi, boshqaruvchi va tarbiyachisi bu — maktab direktorlaridir. Shu boisdan ham ularning zimmasiga darsni tashkil etuvchi o'qituvchi va murabbiylarga yuklatilgan vazifa hamda yuklamalardan-da mas'uliyatliroq, ko'proq vazifalar yuklatiladi. Shuningdek, bu vazifalarni bajarishda talablar ham jiddiy bo'ladi.

Maktab direktori ta'lim tizimida keng ko'lamli funksiyalar va majburiyatlarga ega bo'lganligi sababli ta'lim tizimida asosiy o'rinni egallaydi. Shundan kelib chiqib mazkur vazifa yuklatilgan shaxsdan nafaqat kasbiy bilim va ko'nikmalar, balki pedagogik va boshqaruv jarayonlarini chuqur anglash talab etiladi.

Direktorning asosiy vazifalaridan biri sifatida maktabning ta'lim siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishni ko'rsatish mumkin. Bunga misol qilib o'qitishning innovatsion usullarini integratsiyalash yoki ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi texnologiyalarni joriy etishni keltirish ham noo'rin bo'lmaydi.

Ma'lumki, maktab direktorning ish vazifalariga maktab xodimlarini boshqarish ham kiradi. Bu nafaqat o'qituvchilarni ishga qabul qilish va malakasini oshirish, balki ularning malakasini oshirish uchun sharoit yaratish, butun jamoaning samarali ishlashini ta'minlashdir. Ma'muriy boshqaruvning bir qismi sifatida direktor ta'lim sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, shu jumladan, moliyaviy oqimlarni nazorat qiladi va ta'lim muassasasining resurslarini boshqaradi.

Maktab direktorining ish joyi shunchaki ofis yoki kabinet emas, balki butun ta'lim muassasasi uchun boshqaruv markazidir. Bu yerda u ish vaqtining katta qismini maktab hayotining turli jabhalarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish bilan o'tkazadi. Hamda ta'lim muassasasi va uning asosiy ishtirokchilari bo'lgan o'quvchilar va o'qituvchilarga tegishli asosiy qarorlar qabul qiladi; o'qituvchilar, ota-onalar va mahalliy hokimiyat vakillari bilan muzokaralar olib boriladi. Qulay va samarali ishlash uchun mo' ljallangan direktorning ish joyi zarur texnika va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

materiallar bilan jihozlangani maktab rahbariyatining kundalik vazifalarini samarali bajarish imkonini yaratadi.

Bundan tashqari maktabning ichki qismini tashkil etish, o'quvchilar va xodimlarning xavfsizligini ta'minlash, favqulodda vaziyatlar rejasini ishlab chiqish ham direktorning zimmasidadir. U maktab nafaqat ta'lim maskani, balki uning barcha a'zolari uchun xavfsiz, qo'llab-quvvatlovchi muhit bo'lishini ta'minlashi kerak. Bu masala ham maktab direktorining nazardan chetda qolmasligi va albatta, ta'minotiga e'tiborini talab etadi.

Muvaffaqiyatli maktab boshqaruviga misol sifatida direktorning har bir o'quvchining har tomonlama rivojlanishiga yordam beradigan muhitni yaratish qobiliyatini keltirish mumkin. Buning uchun esa ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishga e'tibor qaratish ham muhim jihat sanaladi. Aynan shu sabab bilan ota-onalar anjumanlarini tashkil etish, maktab miqyosida tadbirlar o'tkazish, ota-onalar bilan ochiq muloqotni yo'lga qo'yish ishning muhim jihatlaridandir.

Umuman olganda, maktab direktorining roli ma'muriy ishlarning tor doirasi bilan cheklanmaydi. Bu ta'lim jarayonini takomillashtirish, maktabni tashkilot sifatida rivojlantirish va har bir o'quvchining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun sharoit yaratishga doimiy intilish hamdir. Jumladan, maktab ta'limida ta'limni tashkil etishda sosiy vazifani bajaruvchi soha mutaxassislarini — o'qituvchi-pedagoglarni, murabbiylarni tanlash, ularning ijobiy muhitda ishlash sharoitini ta'minlash ham hisoblanadi.

Bugungi kunning zamonaviylashuvi ta'lim tizimida bir qancha o'zgarish va talablarning joriy qilinishiga asos bo'lib xizmat qilmoqda. Ana shunday yangiliklardan biri sifatida O'zbekiston Respublikasi hududida maktablarni boshqarishda direktorlarni tanlash hamda direktor lavozimiga nomzodlarni menejerlik o'quv kurslarida o'qitish, buning asosida maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilinishi yo'lga qo'yilishi kutilmoqda. Bu jarayonda sertifikatga ega direktorlar 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi.

2023-yil 25-dekabr kuni Hukumatning 681-sonli qarori bilan Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o'quv kurslarida o'qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-yanvardan Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o'rgatish milliy-tadqiqot institutida maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o'quv kurslarida o'qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilinadi.

Nizomga muvofiq, maktablarda faoliyat yuritayotgan direktorlar har 5 yilda bir marotaba menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi. Bunda sertifikatga ega direktorlar uni olgandan 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi.

Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalarga xulosa sifatida aytish mumkinki, sanalganlarning barchasi maktab ta'lim tizimini tashkil etishda asosiy vazifalarni bajaruvchi shaxslarga, ya'ni direktorlarga o'z ustida ishlash talabini ham kuchaytiriadi. Bu bilan maktab direktorlari nafaqat direktorlik lavozimini saqlab qolishga, balki respublikada mavjud ta'lim imkoniyatlaridan keng foydalanishga, o'zining boshqaruvchilik qobiliyatini yanada takomillashtirishga, qo'l ostidagi xodimlar bilan muloqot qilish madaniyati ustida ishlashga, o'quvchi va ota-onalar bilan hamda o'qituvchilar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishda zamonaviy ta'lim tizimi imkoniyatlari haqidagi ma'lumotlarni to'g'ri va to'liq yetkazish uchun boshqaruvchining nutq madaniyatini yanada chuqur o'rganishga undaladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.12.2023 yildagi 681-son

2. Improving system of the school management: Improving School Leadership//Bulletin of the international organizations: education, science, new economy. - 2008. - No. 2. - C. 57-63.

3. Storchak N. V. Modern international researches of leadership in school education//the Academic bulletin of Institute of pedagogical education of adults of RJSC Chelovek I obrazovaniye, 2012 3 (32)

4. https://www.gazeta.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.