Научная статья на тему 'MAKTABDA HASHAROTLAR SINFI MAVZUSINI O’QITISHDA MASALA VA MASHQLARDAN FOYDALANISH'

MAKTABDA HASHAROTLAR SINFI MAVZUSINI O’QITISHDA MASALA VA MASHQLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hasharotlar sinfi / aqliy faoliyat / nazariy bilim / viktorina tipidagi savollar / galereya tipidagi. / Insect class / mental activity / theoretical knowledge / quiz type questions / gallery type.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Haydarkulova G.A.

Ushbu maqolada hasharotlar sinfi mavzusini masala, mashq va topshiriqlardan foydalangan holda o’qitish haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING PROBLEMS AND EXERCISES IN TEACHING THE SUBJECT OF INSECTS CLASS AT SCHOOL

This article provides information on teaching the topic "Insects" through problems, exercises and assignments.

Текст научной работы на тему «MAKTABDA HASHAROTLAR SINFI MAVZUSINI O’QITISHDA MASALA VA MASHQLARDAN FOYDALANISH»

Haydarkulova G.A.

Termiz davlat pedagogika instituti magistranti

MAKTABDA HASHAROTLAR SINFI MAVZUSINI O'QITISHDA MASALA VA MASHQLARDAN FOYDALANISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada hasharotlar sinfi mavzusini masala, mashq va topshiriqlardan foydalangan holda o 'qitish haqida ma 'lumot berilgan.

Kalit so'zlar. Hasharotlar sinfi, aqliy faoliyat, nazariy bilim, viktorina tipidagi savollar, galereya tipidagi.

Haydarkulova G.A. graduate student Termiz State Pedagogical Institute

USING PROBLEMS AND EXERCISES IN TEACHING THE SUBJECT

OF INSECTS CLASS AT SCHOOL

Abstract. This article provides information on teaching the topic "Insects" through problems, exercises and assignments.

Keywords. Insect class, mental activity, theoretical knowledge, quiz type questions, gallery type.

Kirish. Umumiy o 'rta ta'lim maktablarining 5-sinf biologiya kursining "Umurtqasiz hayvonlar" mavzusi, amaliy mashg'ulotlardan esa "Suvarak va asalarilarning hayot siklini o'rganish" mavzusi, 6-sinfda "Tirik organizmlar klassifikatsiyasi", 7-sinfda esa "Umurtqasiz hayvonlarning xilma-xilligi" kabi mavzularni o'qish orqali hasharotlar sinfiga oid bilim va tushunchalari rivojlantiriladi. Mavzularni o'rganish davomida o'quvchilar masala va mashqlarni ishlash orqali esa nazariy olgan ma'lumotlarni yaxshiroq tushunishga va mustaxkamlashga erishishlari mumkin.

Masala, mashq va topshiriqlar ustida ishlash orqali o'quvchilar biologik tushunchalarga bog'liq holda o'rganilayotgan mavzu matnini to'liq o'zalshtirishga ega bo'ladilar. Masala va mashqlar o'quvchilaming ilmiy tushunchalarini tizimli bo'lishiga, tabiat muhofazasiga to'g'ri munosabatda bo'lishiga, ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligiga, sog'liqni saqlashga umumbiologik shu bilan birga zoologik bilimlamini qo'llashga o'rgatadi. O'quvchilarning aqliy faoliyatini, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda masala va mashqlar asosiy o'rin egallaydi. O'quvchilaming savollarga javob topishi va uni bayon etishi, tablitsalar tuzishi, ma'ruza, hisobot, ayrim hayvonlarga harakteristika berish, hashorotlarni aniqlash, ularning tashqi va ichki tuzilishini o'rganish, diagramma va sxemalar chizish, fanlararo bog'lanishga oid masalalar

yechish, darslik va qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlashi ilmiy dunyoqarashini kengaytirishiga asoslanadi.

Tadqiqot materiallari va metodologiyasi. Masala va mashqlar ishlash orqali ta'lim oluvchi qo'shimcha bilim, ko'nikma va malakalarga ham erishadi. Ta'lim jarayonida o'zlashtirmagan tushunchalarning mohiyatiga tushunib yetadi. Shu bois, masala va mashqlar ishlashni ta'lim olish jarayonining davomi, mustaxkamlovchi qismi deb ham aytish mumkin.

O'qituvchi yangi mavzuni tushuntirgach, mavzu yuzasidan o'quvchining o'zlashtirish ko'rsatkichlarini aniqlash uchun masala va mashqlardan foydalaniladi. Ta'limda yangi pedagogik texnologiya elementlarining jadal rivojlanishi masala va mashqlarni o'quv jarayonida keng qo'llash va samaradorlikka erishishni muhim omili sifatida nomoyon bo'lishiga sharoit yaratdi. Bu esa o'quvchilarning baholash maqsadida foydalanish imkonini yaratadigan noan'anaviy usullardan biri hisoblanadi. Malakali ravishda tuzilgan topshiriq haqqoniy-xolisona pedagogik o'lchov vositasi bo'lib, nazorat olib borayotgan shaxsga bog'liq bo'lmaydi.

Tadqiqot natijalari. Dars jarayonida foydalaniladigan masala va mashq turlari: Viktorina tipidagi savollar, galereya tipidagi masala va mashqlardan fpydalanish mumkin

Viktorina tipidagi savollar

Viktorina - bu o'quvchilar bir yoki bir nechta noyob mavzular bo'yicha savollarga samarali javob berishga intiladigan dam olish va o'yin shakli. Viktorinalar bilim, qobilyat yoki ko'nikmalardagi o'sishni o'lchash uchun mashg'ulotlarda va shunga o'xshash sohalarda tezkor baholash sifatida ishlatilishi mumkin. Ular, shuningdek, zavq olish uchun, ko'pincha o'yin ko'rgazmasi formatida ko'rsatilishi mumkin.

Masalan: 1-Savol: Ovqat hazm qilish murakkab jarayon bo'lib, unda oziq-ovqat hayvonlarning oshqozon-ichak traktida kimyoviy va mexanik ravishda qayta ishlanadi, shuningdek hujayralar tomonidan hazm qilinadi va so'riladi. Ammo oziqasi ichakdan tashqari hazm bo'ladigan hayvonlar ham bor, ular ichaklari bor, lekin ular o'ljaning keyingi so'rilishini ta'minlaydi. Bunday hazm qilish usuli o'rgimchaklarga xosdir.

Yana qaysi organizmlarning oziqasi ichakdan tashqarida hazm bo'la boshlaydi? U nima bilan bog'lanishi mumkin?

1-rasm. O'rgimchak ovi

To'g'ri javob:

• Tashqi yoki ichakdan tashqari hazm bo'ladigan hayvonlar so'lak yoki ichak bezlaridan turli fermentlar o'ljaning tanasiga (yirtqich hayvon), yumshoq to'qimalariga (parazit) yoki o'lik organik moddalar hisoblangan - o'lik qoldig'i, axlat va boshqalarga yuboriladi (saprotrof), shundan so'ng ular hosil bo'lgan suyuqlik massasini o'zlashtiradi va hazm jarayoni boshlanadi.

Galereya tipidagi masala va mashqlar.

Fikrlash va xotira xususiyatlarini tahlil qilib, o'qitishni shunday tashkil etish kerakki, o'quvchilar yangi materialni yaxshiroq eslab qolish uchun o'quvchilarda ilgari olingan bilimlarni takrorlash qobiliyatini shakllantirish kerak. O'rganilayotgan predmetlga va ob'ektga o'quvchi turli burchaklardan qarash qarashi va tahlil etishi butun ob'ekti yoki hodisasini yanada mustahkamroq eslab qolish imkonini beradi. Buning uchun esa o'rganilayotgan ma'lumotlarni rasm, galereya ko'rinishida ustida ishlashni talab qiladi.

"Galereya" usuli kichik guruhlarda birdaniga bir nechta masalani muxokama qilish imkonini beradi. Bunda guruhning har bir a'zosi berilgan hasharotlar sinfi vakillari yuzasidan masalalar muhokamasida ishtirok etishi va o'z ulushini qo'shishi mumkin. Bunda o'quvchilarga quyidagicha savollar bilan murojaat qilish mumkin:

Masalan:

3-Savol: Ushbu rasmdagi hashoratlarning oziqasini aniqlang

1-2-3-4-rasmlar

5-rasm 6-rasm

Javob: 1-2 rasm. Karam kapalagi, ular xartumi yordamida gul nektarini so'radi. 3-rasm Karam kapalagi qurti, ular karam, sholg'om, turp. achambiti kabi karamdoshlar oilasiga mansub o'simliklarning bargini kemirib oziqlanadi.

5-rasm. Yashil bronza qo'ng'izi qurti. Qurtlar chirib, uvalanib ketgan yog'och qoldiqlari bilan oziqlanadi.

6-rasm. Suluv ninachi. Yirtqich hayot kechiradi. Voyaga yetgan ninachilar. Ular zararkunanda va qon so'ruvchi hasharotlarni qirib, foyda keltiradi.

XULOSA

Nazariy berilgan bilim o'quvchilarga tushunarli bo'lishi, ularda kreativlikni oshirishi uchun qolaversa amaliy ko'nikmalarni hosil qilish uchun masala va mashlardan foydalanish zarur. Bu o'quvchini faol harakatga undaydi va mavzuning mazmuniga, qolaversa, kitobdagi rasmlarni diqqat bilan kuzatishga o'rgatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. G.A. Shaxmurova, I.T. Azimov, U.E. Raxmatov. Biologiyadan masalalar va mashqlar yechish / (o'quv qo'llanma): - Toshkent, "Sano-standart" nashriyoti, 2017-yil. - 260 bet.

2. Baxriddinovna R. U., Musurmonovich F. S. Distance Learning System in Educational System Instead, and Significance //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2023. - Т. 21. - С. 11-13.

3. Togaymuradovna R. S. The Role of Immersive Technologies in Improving Professional-Methodical Training of Biology Teachers //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2024. - Т. 28. - С. 1-3.

4. Raxmatova S. The significance of russian language proficiency in the professional sphere of the energy sector //Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 18. - С. 180-182.

5. Elmurodovich R. N., Noridinovich Y. Z. Biology and Importance of Glycoside Medicinal Plants //European journal of business startups and open society. - 2022. - Т. 2. - №. 4. - С. 71-73.

6. Рахматова С. Биология фан укитувчиларнинг инновацион фаолиятга методик тайёргарлигини таъминлашнинг айрим масалалари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 11. - С. 648-654.

7. Salima R. Research issues in providing methodical training of biology teachers //International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences. - 2021. - Т. 1. - №. 3. - С. 102-105.

8. Elmurodovich R. N., Noridinovich Y. Z. Biology and Importance of Glycoside Medicinal Plants //European journal of business startups and open society. - 2022. - T. 2. - №. 4. - C. 71-73.

9. Musurmonovich F. S., Baxriddinovna R. U. Oqsil taqchilligini ta'minlashda soya o 'simligining o 'mi //Nazariy va amaliy fanlardagi ustuvor islohotlar va zamonaviy ta'limning innovatsion yo'nalishlari. - 2024. - T. 1. - №. 4. - C. 254258.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.