Научная статья на тему 'MAKTAB TA‟LIMIDA “ALPOMISH” DOSTONINI MUSTAQIL ISHLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR BERISH ORQALI O„RGATISH'

MAKTAB TA‟LIMIDA “ALPOMISH” DOSTONINI MUSTAQIL ISHLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR BERISH ORQALI O„RGATISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1770
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma‟naviyat / ta‟lim / xalq og„zaki ijodi / “Alpomish” dostoni / metod / interfaol metod / “Tushunchalar tahlili” / “Klaster” / “Bumerang” / “Limerik” / “Baliq skeleti” metodlari / spirituality / education / folklore / epic "Alpomish" / method / interactive method / "Concept analysis" / "Cluster" / "Boomerang" / "Limerick" / "Fish skeleton" methods.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilorom Zafar Qizi Islamova

Maqolada xalqimizning ma‟naviyati va madaniyati tarixida o‟ziga xos ahamiyat kasb etgan “Alpomish” dostonini maktab ta‟limida o„qitishning dolzarbligi, yosh avlodni ona vatanga, ajdodlar qadriyatiga sadoqat, milliy urf-odatlarimizga muhabbat ruhida tarbiyalash, adabiyot darslarini samarali tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, xususan, mustaqil ishlash uchun topshiriqlar yaratish masalasi o„z ifodasini topgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The urgency of teaching the epic "Alpomish" in school education, which has a special place in the history of spirituality and culture of our people, educating the younger generation in the spirit of devotion to the motherland, ancestral values, love for our national traditions, effective literature lessons. The use of modern pedagogical technologies in the organization, in particular, the creation of assignments for independent work

Текст научной работы на тему «MAKTAB TA‟LIMIDA “ALPOMISH” DOSTONINI MUSTAQIL ISHLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR BERISH ORQALI O„RGATISH»

MAKTAB TA'LIMIDA "ALPOMISH" DOSTONINI MUSTAQIL ISHLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR BERISH ORQALI O'RGATISH

Dilorom Zafar qizi Islamova

Samarqand davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada xalqimizning ma'naviyati va madaniyati tarixida o'ziga xos ahamiyat kasb etgan "Alpomish" dostonini maktab ta'limida o'qitishning dolzarbligi, yosh avlodni ona vatanga, ajdodlar qadriyatiga sadoqat, milliy urf-odatlarimizga muhabbat ruhida tarbiyalash, adabiyot darslarini samarali tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, xususan, mustaqil ishlash uchun topshiriqlar yaratish masalasi o„z ifodasini topgan.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, ta'lim, xalq og'zaki ijodi, "Alpomish" dostoni, metod, interfaol metod, "Tushunchalar tahlili", "Klaster", "Bumerang", "Limerik", "Baliq skeleti" metodlari.

ABSTRAСT

The urgency of teaching the epic "Alpomish" in school education, which has a special place in the history of spirituality and culture of our people, educating the younger generation in the spirit of devotion to the motherland, ancestral values, love for our national traditions, effective literature lessons. The use of modern pedagogical technologies in the organization, in particular, the creation of assignments for independent work.

Keywords: spirituality, education, folklore, epic "Alpomish", method, interactive method, "Concept analysis", "Cluster", "Boomerang", "Limerick", "Fish skeleton" methods.

KIRISH

Xalqning ma'naviyati, barkamol shaxsni tarbiyalash masalasi hamma zamonlarda ham dolzarb masala hisoblangan. "Yuksak ma' naviyat - yengilmas kuch" kitobida birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ma'naviyatning ma'no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o'rni, murakkab, serqirra tushunchaning nazariy va amaliy jihatlarini har tomonlama keng qamrovli fikr-xulosalar orqali tahlil etganlar. Umuman, I.A.Karimovning bu asaridagi fikr- mulohazalariga tayanib aytish mumkinki, bizgacha yetib

May, 2022

920

kelgan ma'naviy meros, madaniy boyliklar, ko'hna tarixiy yodgorliklar, muqaddas dinimiz, tarixdagi bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlar, kundalik hayotdagi oila va mahallaning roli, uning samarali ta'siri, keng qamrovli ta'lim-tarbiya tizimi, juda boy so'z san'ati va badiiy adabiyot, ma'naviy tarbiyaga javobgarlik hissi va mas' uliyat bilan yondashish, shuningdek, milliy urf-odatlarimiz, ajdodlarimizning tarixiy xotirasi "ma'naviyat" tushunchasini shakllantiradigan, uning ma'no-mazmunini boyitadigan asosiy mezonlar va omillar sanaladi. I.A.Karimov ma'naviyat tushunchasining inson hayotida tutgan o'rni haqida ham yaxlit va sermazmun yakuniy xulosa berdilar: "Ma'naviyat- insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir".

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Davlatimizning "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablari asosida mustaqillik yillarida milliy ta'lim va tarbiyashunoslik ham shaklan, ham nazmunan yangilandi, ma'nan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadi ustuvor ahamiyat kasb etdi. Professor Q.Yo'ldoshev haqli ravishda ta'kidlaganidek, "Maktab adabiyoti ta'lim berish vositasi emas, balki tarbiyalash vositasidir. Aslida adabiyot tarixga daxldor biror dalilni sharillatib aytib bera oladigan, ammo ma'naviyatida ezgu fazilatlar bo'lmagan o'quvchilardan ko'ra, ayrim adabiy ma'lumotlar tizimini bilmasa ham, badiiy asarlarning qahramonlariga xos eng insoniy fazilatlarni o'z tabiatiga singdira bilgan, sirtdan qaraganda, nofaolday tuyuladigan o'quvchilar jamiyatimiz uchun ko'proq zarurdir... Badiiy adabiyot go'zal dunyo ichida go'zal ruhiy dunyo yaratishdir". Olimlarning fikricha, adabiyot o'qitishning vazifasi har bir xalqni o'zigagina xos ma' naviy qadriyatlar majmuida idrok etish mumkin ekanligini o'quvchilarga singdirish hamdir. Zero, o'z ma'naviyatini qanday qadriyatlarga tayanib shakllantirishni bilmagan shaxs xaritasiz noma'lum yurtga sayohat qilgan kishiga o'xshaydiki, ko'zlangan manzilini aniq tasavvur eta olmay, uzoq sargardon bo'lish xavfi bor. Professor S.Matchonov "Avlod- ajdodlarimiz asrlar mobaynida intilib kelgan ma'naviy - axloqiy barkamollik, avvalo, insonning o'z-o'zini anglashi bo'lib, ta'lim- tarbiya orqali amalga oshiriladi. O'z- o'zini anglash esa boshqalarni anglash demakki, dunyoni anglash,...uning sir-asrorlarini tushunishning ildizini kishilik jamiyatining ilk davrlaridan, xalq og'zaki ijodi namunalari ijrosidan izlamoq kerak"- deydi. Xalq og'zaki ijodi

namunalari bo'lgan dostonlar markazidagi insonparvarlik

May, 2022

g'oyalari insoniy baxt, erkinlik, ma'naviy-axloqiy barkamollik, vatanni sevish, inson zotini yuksaklikka ko'tarish, unga nisbatan hurmat-e'tiborli bo'lishga undaydi. Bu g'oyalar zamirida esa ajdodlarimizning o'z ona yeriga muhabbati, vatanparvarligi, bosqinchilarga nafrati, mardona kurashi, ayollarga hurmat va muhabbati qalqib turadi. Dostonlarda vatanparvarlik, haqgo'ylik, yurt tinchligi, birdamlik,sevgi-sadoqat, do'stlik g'oyalari o'z aksini topgan bo'lib, ularni tahlil qilish turli ta'lim metodlaridan foydalanishni taqazo etadi. Ta'lim tizimida yuz berayotgan o'zg arishlar pedagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni qo'ymoqdaki, bugun o'sib kelayotgan yosh avlodni ilm-u ma'rifatli qilishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, darslarni samarali tashkil etish bugungi kun talabiga aylanib ulgurgan. "Metod" yunoncha so'z bo'lib, "usul, yo'l- yo'riq" degan ma'nolarni anglatadi. Pedagogik adabiyotlarda "Metod- ta'lim jarayonida taqdim etilayotgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash, o'zlashtirish, o'rganish, bilish uchun xizmat qiladigan yo'l -yo'riqlar, usullar majmui " deb ta'riflanadi. Ta'lim metodlari- o'quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga yo'naltirilgan o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo'lsa, ularni shartli ravishda uch guruhga bo'lish mumkin : an'anaviy, noan'anaviy va zamonaviy. Har bir metod og'zaki, yozma va ko'rsatmali-amaliy usullarda olib boriladi. Hozirda ta'lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo'nalishlardan biri interfaol ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o'qituvchilari dars mashg'ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Multimedia vositalari, proyektor, interfaol sinf taxtalari (doskalar) va panellar, videokonferensiya aloqa tizimlari, ovozlash tizimlari avval mavjud bo'lgan muammolarning ko'pchiligini hal etishni osonlashtirmoqda. Interfaol atamasi lotincha "interakt" so'z birikmasidan olingan bo'lib, "inter" - o'zaro, birgalikda va "akt" - faoliyat ma'nolarini anglatadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Demak, interfaol metodlar ta'lim mazmunining to'liq o'zlashtirilishida o'quvchilarning o'zaro bir- birlari va o'qituvchilari bilan birgalikda faoliyat ko'rsatishlarini tashkil etishni ko'zda tutadi. Bu metodlar o'quvchilarning faolligi, erkin fikrlashi, mustaqil izlanishi, o'zlashtiriladigan ma'lumotlarga ijodiy yondashishiga tayanadi. . Mamlakatimiz qo'lga kiritgan mustaqilligini mustahkamlashda va rivojlantirishda o'quvchi - yoshlarni har tomonlama kamol toptirish, ularda milliy hamda umumbashariy

qadriyatlarni shakllantirish bugungi kunning dolzarb

May, 2022

muammosiga aylanib bormoqda. Mehr- muruvvat, adolat, to'g'rilik, vijdon, or-nomus, iroda, tadbirkorlik, matonat kabi ko'plab insoniy xislat va fazilatlar majmui bo'lgan komil inson g'oyasi asosini xalqimizning azaliy ezgu orzulari tashkil qi ladi. Ana shu ezgu ozularning ro'yobini xalq og'zaki ijodining gultoji bo'lgan "Alpomish" dostonida misolida ko'rishimiz mumkin. "Alpomish" dostonidagi umuminsoniyatga, milliy qadriyatlarga to'la badiiyatni o'sib kelayotgan yosh avlodga singdirish lozim. Bu kishini barkamol shaxs bo'lib tarbiyalanishida muhim sanaladi. Shunga ko'ra, umumiy o'rta ta'lim "Adabiyot"saboqlari dasturida "Alpomish" dostonini o'rgatishga alohida e'tibor berilgan.

O'rta maktablarning to'qqizinchi sinflarida dastlab o'rganiladigan birinchi badiiy asar "Alpomish" dostonidir. Dostonni o'rgatish uchun dasturda besh soat dars ajratilgan.

1."Alpomish" dostoni

2." Alpomish" dostonidan o'qish

3. Doston matni ustida ishlash

4. Doston timsollari tahlili

5. Nazariy ma'lumot. Xalq dostonlari va ularning turlari

Qo'shimcha sifatida dars yakunida " Dostondan olgan taassurotim" mavzusida insho va uning tahliliga ikki soat dars ajratilgan. O'qituvchi belgilangan dars soatlarida doston va uning shakllari haqida ma'lumot berishi, darslikdagi parcha bilan o'quvchilarni to'la tanishtirishi, mazkur parchani atroflicha tahlil qilishi hamda dasturda nazarda tutilganiga ko'ra asardagi badiiy obrazlar haqida o'quvchilarda muayyan tushuncha shakllantirishi kerak bo'ladi. Darsning birinchi soatida "Alpomish" dostonini sharhlab o'rganish lozim. Chunki doston mazmunini, baxshichilik san'atini yoritib berishda katta yordam beradi."Alpomish" dostoni bir oila taqdiri misolida butun bir millat birlashuvi o'z ifodasini topgan qahramonlik namunasi bo'lib, qirqdan ortiq nusxalari olimlar tomonidan yozib olingan. Shulardan voqealarining qiziqarliligi, ifodaning ta'sirchanligi, tasvirning izchilligi o'ziga xos badihago'ylik va hofiza qadratiga ega bo'lgan Fozil Yo'ldosh o'g'li aytgan doston nusxasi o'zbek baxshichilik san'atini yanada rivojlantirgan. Baxshi so'zi ustod, ma'rifatchi degan ma'nolarni anglatib, xalq qo'shiqlari va dostonlarini yoddan kuylovchi shoirlarga nisbatan qo'llanadi. Fozil Yo'ldosh o'g'li 1872-yilda hozirgi Jizzax viloyatining Baxmal tumaniga qarashli Loyqa qishlog'ida tug'ilgan. Baxshichilik san'ati sirlarini davrining taniqli baxshisi Yo'ldosh shoirdan o'rgangan. "Alpomish" dostoni shoir ijodining gultojiga

aylangan. Doston "Burungi o'tgan zamonda o'n olti urug'

May, 2022

Qo'ng'irat elida Dobonbiy degan o'tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o'g'il fareand paydo bo'ldi. Alpinbiydan tag'in ikki o'g'il paydo bo'ldi: kattakonining otini Boybo'ri qo'ydi, kichkinasining otini Boysari qo'ydi. Boybo'гi bilan Boysaгi- ikkovi katta bo'ldi. Boysaгi boy edi, Boybo'ri esa shoy edi, bul ikkovi fareandsiz bo'ldi " degan an'anaviy qo'ng'iгot uгug'larining faгzandsizligi tasviri bilan boshlanadi. Boybo'гi bilan Boysarining chupгonto'yda biг chapanitop boyvachchasidan eshitgan: "Ey, Boybo'гi bilan Boysaгi! Bu to'y o'g'illining o'g'lidan qaytadi, qizlining qizidan qaytadi, sening nimangdan qaytadi?! O'zing o'lsang, molingga har merosxo'r chiqadi, og'ziga odam kiгib ketadi " degan so'zlaгi oгali el oldida izza bo'lishi, qahramonlarning farzand tilab Shohimardon pir ravzasida qirq kun toat-ibodat qilganliklarini musulmon xalqiga xos bo'lgan ishonch, e'tiqod, iymon va ibodat qiluvchi, topinuvchi aziz-avliyolari, ulug' qadamjolari misolida ko'гsatib o'tish, ta'biï joiz bo'lsa, otashyuгak shok Abdulla Oгipovning bu haqda hazin tuyg'ula^a to'la biг she'гini keltirish joiz bo'ladi:

Dunyodan roziman, dema hech qachon, Desang ham so'ylagil sahraga, toqqa. Chunki seni tinglab, kimdiï o'sha on, Nega razisan, deb tutgay so'гoqqa.

Bu ixlosning mukofoti sifatida aka-uka fareand deb atalmish ne'matga ega bo'ladilar DaTs davomida faгzandlaгga ism qo'yish, beshikkerti maгosimlaгining bugungi kundagi ahamiyati, aka-uka o'rtasidagi ziddiyatlami yuzaga keltiгuvchi sabab^ haqida atгoflicha mulohaza yuгitiladi. O'qituvchi mavzuni mustahkamlash uchun "Klasteг" metodida foydalansa maqsadga muvofiq bo'ladi. "K^stef' so'zi "g'uncha", "bog'lam" ma'nosini anglatadi. Eng ko'p qo'llaniladigan inteгfaol metodlaráan biгi sifatida haг biг o'quvchini o'z fikrini ifoda etishga o^gatadi. O'quvchilaг "Alpomish" dostonida aks etgan davr va dostondagi bosh qahramonlar shajaгasini aks ettiгish oгqali mavzu yuzasidan bilim, ko'nikma va malakala^a ega bo'lishadi.

"Alpomish" dostonida aks etgan davr

May, 2022

Dostondagi bosh qahramonlar shajarasi va kattalar ko'magida o'zingiz mansub bo'lgan ajdodlaringiz shajarasini tuzishga harakat qiling.

O'quvchilarni mustaqil o'z ustida izlanishlari uchun "Boshqotirma" beriladi "BOSHQOTIRMA"ni yeching. «Alpomish» dostonidagi bosh qahramonlaridan biri. Hakimbekning singlisi. Hakimbekning bobosi. Surxayl kampirning kichik o'g'li. Surxayl kampirning o'g'illaridan biri. Zakotni rad etgan qahramon.

May, 2022'

925

Aka-ukalarning farzand tilab borgan joyi. Hakimbekning oti. Voqealar bo'lib o'tgan joy nomi. Surxayl kampirning katta o'g'li.

XULOSA

Darsning samaradorligi, o'qituvchining bilimi va ijodkorlik qobiliyatini, darsni tashkil etishdagi pedagogik mahoratini belgilovchi omil bo'lib xizmat qiladi.

O'quvchining badiiy adabiyot olamiga mehrini hamda ulardan ta'sirlanish hissini uyg'otadi.

REFERENCES

1. Karimov I.A."Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch".- Toshkent, "Ma'naviyat", 2008.

2. Yo'ldoshev Q.Adabiyot o'qitishning ilmiy-nazariy asoslari.T.O'qituvchi,1996.

3.Yo'ldoshev Q, Qodirov V,Yo'ldoshbekov J. Adabiyot darsligi,Toshkent "0'zbekiston"2019.

4. Urinboyeva D.Xalq og'zaki ijodi asarlarini o'qitishning ilmiy-metodik asoslari.-Samarqand VXTXQTMOHM,2017.

May, 2022'

926

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.