Научная статья на тему 'MAKTAB, OILA VA MAHALLALARINING HAMKORLIGI KONTSEPTSIYASINING AHAMIYATI VA MOHIYATI'

MAKTAB, OILA VA MAHALLALARINING HAMKORLIGI KONTSEPTSIYASINING AHAMIYATI VA MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1709
204
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
civil society / cooperation of the family / educational institution / infuence.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xudaybergenova Adolat

In our country, which has chosen the path of building a legal state and civil society, the cooperation of the family, neighborhood and educational institution and the national values that have a great influence on the education of the individual in it are gaining value and increasing in prestige every year

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTAB, OILA VA MAHALLALARINING HAMKORLIGI KONTSEPTSIYASINING AHAMIYATI VA MOHIYATI»

APRIL 27-28, 2023

MAKTAB, OILA VA MAHALLALARINING HAMKORLIGI KONTSEPTSIYASINING

AHAMIYATI VA MOHIYATI Xudaybergenova Adolat

Ajiniyoz nomidagi NDPI Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(boshlang'ich ta'lim) 2-kurs

magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7861626

Abstract. In our country, which has chosen the path of building a legal state and civil society, the cooperation of the family, neighborhood and educational institution and the national values that have a great influence on the education of the individual in it are gaining value and increasing in prestige every year.

Keywords: civil society, cooperation of the family, educational institution,infuence.

Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo'lini tanlagan mamlakatimizda oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligi va unda shaxs tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatuvchi milliy qadriyatlar yil sayin qadr topib, nufuzi oshib bormoqda. Buning asosiy sababi davlatimiz tomonidan ijtimoiy institutlarga har tomonlama e'tibor qaratilayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan mustaqillik bergan imkoniyat tufayli qo'lga kiritilgan milliy qadriyatlarning qayta tiklanayotganligidir. Shu ma'noda olib qaralganda, ijtimoiy institutlar va uning muammolari bo'yicha ilmiy asoslangan tadqiqotlarning yuzaga kelishi dolzarb ahamiyatga molik bo'lib qolaveradi.

Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa'yi harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993-yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligi" Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol g'oyalariga sadoqatli, ma'naviy barkamol, vatanparvar qilib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida dasturulamal bo'ldi.

"Oila, mahalla, ta'lim muassasasi hamkorligi" Kontseptsiyasining asosiy maqsadi yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda o'zbek xalqining boy milliy, madaniy, tarixiy an'analari, urf-odatlari va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etish, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta'minlash, ota-onalar, pedagoglar va mahalla faollarining umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish, respublika fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirishdan iboratdir.2

Kontseptsiyada jamiyat taraqqiyotining ma'naviy-axloqiy negizi bo'lgan milliy va umuman insoniy qadriyatlar, milliy va umuminsoniy tarbiyaning o'zaro aloqasi hamda muhim yo'nalishlari belgilab olingan. Chunonchi, mahalla, oila va ta'lim muassasasi hamkorligida milliy tarbiya yo'nalishda yoshlarning o'zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g'urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik kabi fazilatlarni o'zlashtira olishlari zarurligi ko'rsatilgan bo'lsa, umuminsoniy yo'nalishda hamkorlikdagi pedagogik faoliyatning huquq, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigienik va boshqa tarbiya sohalarini qamrab olishi muhim ekanligiga e'tibor qaratilgan.5

Oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligida quyidagi tamoyillar asosida yo'lga qo'yiladi:

1. Ta'lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayon ishtirokchilari

harakatlarining ish birligi.

APRIL 27-28, 2023

2. Tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg'unligi.

3. Hamkorlik jarayoni sub'ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas'uliyati.

4. Faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi.

5. Hamkorlikning ilmiy asoslanganligi.

O'zbekistonda sog'lom avlodni tarbiyalashda oila-mahalla-ta'lim muassasasi hamkorligini ta'minlash samaralarining garovidir. Bu borada hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan ustivor yo'nalishlar quyidagilardan iboratdir:

-oila, mahalla, ta'lim muassasalari hamkorligini ta'minlashning huquqiy bazasini takomillashtirish, hamkorlikning kuchayishiga qaratilgan uslubiy ta'minotni mustahkamlash; -oilada yoshlar va ota-onalarning ijtimoiy faolligini oshirish;

-o'quvchi yoshlarga ta'lim berish, ularni tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni qiziqishlari bo'yicha kasbga yo'naltirish;

-ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab- quvvatlash; -voyaga yetmagan o'smirlar va yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va nazoratsizlikning oldini olish bo'yicha profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish;

-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga keng jalb etish orqali sog'lom oilaga tayyorlash;

-barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni mazmunan takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish mexanizmini yaratish;

-sog'lom avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish.

O'zaro hamkorlik ishlarini boshqarish uchun joylarda o'z tarkibiga mahallalar faollari, obro'li ota-onalardan, o'quv-tarbiya muassasalarining tajribali xodimlaridan, mahalla hududida joylashgan turli tashkilotlarning vakillaridan iborat muvofiqlashtiruvchi jamoatchilik kengashlari tuziladi. Jamoatchilik kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, uning tarkibida turli yo'nalishlarda faoliyat ko'rsatadigan kichik tashabbuskor guruhlar shakllantiriladi. Jamoatchilik kengashi muayyan muddatga mo'ljallangan ish dasturiga ega bo'ladi. Mazkur dastur mahalla Fuqarolar yig'inining yig'ilishida rasman tasdiqlanishi zarur. Dasturda ko'rsatilgan tadbirlar rejasi davra suhbatlari, muayyan mavzu yoki muammoga bag'ishlangan kengashlar, anjumanlar, mahalla aholisini birlashtiruvchi, ularni sog'lom turmush tarziga yetaklovchi ko'rik-tanlovlar, musobaqalar, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag'ishlangan anjuman yoki tantanalardan tashkil topishi mumkin.

Belgilangan tartibga ko'ra jamoatchilik kengashi o'z faoliyati to'g'risida mahalla ahliga har chorakda bir marotaba hisobot berib boradi. Zarurat bo'lganda o'quv-tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot, korxona va idoralarning ta'lim- tarbiya yuzasidan olib borilayotgan ishlari to'g'risida hisobotlarini tinglab, ularga amaliy vanazariy yordam ko'rsatadi.

Kengash mahalla hududida istiqomat qiluvchi, o'z farzandlari tarbiyasiga befarq ota-onalarga nisbatan davlat boshqaruv idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda turli ma'muriy choralarni qo'llash huquqiga ega. Uning tashabbusi bilan dolzarb mavzularda favqulodda mahalla yig'inlari, o'quv-tarbiya muassasalarining pedagogik kengashlari yoki boshqa zarur tadbirlar tashkil etilishi mumkin. Kengash mahalla hududida o'zbek milliy tarbiya an'analarini tiklash, turli madaniy tadbirlar o'tkazish, bolalar va kattalarning bo'sh

APRIL 27-28, 2023

vaqtlarini tashkil etish borasidagi faoliyatni, shuningdek, maktablar, o'yingohlar, madaniyat muassasalari, sport inshootlari, o'smirlar klublari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar ishini muvofiqlashtiradi.

O'z vakolatiga ko'ra Kengash mahalla hududida tashkil etilgan tadbirlar mazmuni va samaradorligini tahlil qiladi, ular yuzasidan uslubiy maslahatlar tayyorlab, bu haqida ommaviy axborot vositalarida xabarlar berib boradi. Kengash yosh avlodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila hamkorligi borasidagi masala va muammolarni mahalla hududidagi o'quv-tarbiya muassasalari, tashkilot va idoralari ishi rejalashtirilishi va amaliyot dasturlariga kiritilishida ular o'rtasida o'zaro hamjihatlikka erishishni ta'minlaydi.

Xulosa qilib aytganda davlat dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat va jamoat tashkilotlarining mustahkam hamkorligi, ta'lim muassasalari mutaxassislari, oilalar, mahalla faollari, umuman barcha fuqarolarning faol ishtirokini taqozo etadi. Bolalar — kelajagimiz ekan, ularni ham jismonan, ruhan, ham ma'nan sog'lom bo'lib kamolga yetkazish asosiy vazifamizdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.06.2012 yildagi "Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi 175 -sonli qarori О.Мусурмонова. "Оиламаънавияти - миллий ГУРУР"

2. Укув кулланма. Тошкент 1999.

3. О.Тураева. Оилавий хдёт этикаси ва психологияси. Тошкент - 1990.

4. Pedagogika. J. Xasanboyeva, X. To'raqulov, I. Alqarov, N. Usmonov «Noshir» Toshkent -2011.

5. Yo'ldoshev J. «Zamonaviy o'zbek oilalarida o'smir bolalar shaxsining shakllanishi" nomzodlik dissertatsiyasi, Toshkent. 2002

6. "Tarbiya ishlari metodikasi"R.Mavlonova,B.Normurodova,N.Rahmonqulova O'quv qo'llanma Toshkent 2010

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.