EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz
ARTICLE INFO
WAYS TO DEVELOP SCHOOL STUDENTS' SPEAKING SKILLS IN A FOREIGN LANGUAGE Turegaliyeva N.N.
Doctoral student, 1st year Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14326836
ABSTRACT
Received: 03rd December 2024 Accepted: 08th December 2024 Online: 09th December 2024
KEYWORDS Speaking skills, language learning, planning phase, practice phase, monitoring phase, communication purpose, retelling, subtitled films, short stories, dialects, lesson process, Longman game, Pictionary game, critical thinking, experience and effort, intention and motivation.
This article is dedicated to methods for developing school students' speaking skills in a foreign language. It emphasizes the importance and advantages of speaking in language learning, discussing how speaking skills differ from other language skills. A number of effective methods are proposed for improving students' speaking abilities. Additionally, the article provides detailed information about the three stages of the speaking process: planning, implementation, and monitoring.
MAKTAB O'QUVCHILARINING CHET TILIDA GAPIRISH KO'NIKMASINI
RIVOJLANTIRISH YO'LLARI
Turegaliyeva N.N.
Ajiniyoz nomidagi NDPI 1-bosqich doktoranti
Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14326836
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 03rd December 2024 Accepted: 08th December 2024 Online: 09th December 2024
KEYWORDS Gapirish ko'nikmasi, tilo'rganish, rejalashtirish fazasi, amaliyot fazasi, nazorat fazasi, muloqot maqsadi, retelling, subtitrlangan filmlar, short story, dialektlar, dars jarayoni, Longman o'yini, Pictionary o'yini, tanqidiy fikrlash, tajriba va mehnat, niyat va motivatsiya.
Mazkur maqola maktab o'quvchilarining chet tilida gapirish ko'nikmasini rivojlantirish usullariga bag'ishlangan. Unda gapirishning til o'rganishdagi ustunligi va ahamiyati ta'kidlanib, gapirish ko'nikmasi boshqa til ko'nikmalaridan ajralib turishi haqida fikr yuritiladi. O'quvchilarning gapirishni rivojlantirish uchun bir qator samarali usullari taklif qilinadi. Shuningdek, maqolada gapirish jarayoni uch bosqichdan iborat bo'lib, rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish fazalari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
é
ш
IF = 7.899
www.in-academy.uz
Gapirish ko'nikmasi til o'rganuvchilarning eng ko'p diqqat qaratadigan ko'nikma turi bo'lib, mazkur ko'nikmani shakllantirish biroz vaqt talab qiladi. Chunki, 1-2 so'z yodlab olib chet tilida ravon gapirib ketish mushkul. Buning uchun, albatta, mehnat va tajriba kerak bo'ladi. "Sen ingliz tilida gapira olasanmi?" yoki "Sen rus tilida gapira olasanmi?" degan savollarni ko'p eshitamiz. Lekin, hechkim "Sen chet tilida tinglay olasanmi yoki yoza olasanmi?" deb so'ramaydi. Bundan ko'rinib turibdi-ki, gapirish til o'rganuvchilar uchun barcha ko'nikmalardan ham ustun ekan. A.G. Solomatina ham: "Agar o'quvchi ingliz tilida erkin gapira olishga muvaffaq bo'lsa, demak u tilni o'rganishga erishgan bo'ladi." deb ta'kidlab o'tadi1. Shunday ekan, maktab o'quvchilarining gapirish ko'nikmasini qanday rivojlantirish mumkin? Quyida bir nechta usullarni keltirib o'tamiz:
- Faol tinglash orqali o'rganish
Gapirishni rivojlantirishning birinchi bosqichi - bu tinglashdir. Tabiiy aksent va talaffuzni o'rganish uchun chet tilidagi podkastlarni tinglash, subtitrlardan foydalanib, yangi so'z va iboralarni yodlash, nutqning intonatsiyasini va talaffuzini e'tibor bilan kuzatish samarali natija beradi.
- So'z boyligini oshirish
Yangi so'z va iboralarni o'rganish gapirishni qulaylashtiradi. Buning uchun har kuni bir nechta yangi so'zni yodlab, ularni gaplarda qo'llash, tematik lug'atlar tuzib, mavzular bo'yicha so'zlarni eslab qolish, amaliyot jarayonida bilmagan so'zlarni yozib borib, keyin ularni o'rganish samarali usullardan biri.
- Talaffuzni yaxshilash
To'g'ri talaffuz gapirishdagi asosiy jihatlardan biridir. Talaffuzni yaxshilash uchun audio matnlarni tinglab, ularni qayta o'qishga harakat qilish, onlayn talaffuz vositalaridan foydalanib, so'zlarni to'g'ri aytishni o'rganish, o'z nutqini yozib, uni asl talaffuz bilan solishtirish kerak bo'ladi.
- O'quvchilarga har xil chet tilidagi kino yoki multfilmlarni subtitrlar orqali qo'yib berish va tomosha qilib bo'lgach ulardan mazkur film haqida gapirib berishini talab qilish (retelling). Bu usul o'quvchilarning emin-erkin fikrlarini bayon qilishiga va ularning yangi so'zlarni o'rganishiga imkoniyat yaratadi;
- O'quvchilarga chet tilida yozilgan hikoyani (short story) o'qib kelishini oldindan uyga vazifa qilib berish va keyingi dars kuni do'ngalak stol atrofida o'tirib ulardan voqealar rivojini chet tilida gapirib berishini talab qilish;
- Sayyohlar ko'p boradigan joylarga ekskursiya tashkil qilib, o'quvchilarni sayyohlar bilan chet tilida gaplashishiga imkoniyat yaratish. Bunda o'quvchilar har xil aktsentlarni va chet tili dialektlarini o'rganishadi;
- O'z-o'zingiz bilan gaplashish
Chet tilida gapirish amaliyotini boshlashning eng oson yo'llaridan biri - bu o'z-o'zingiz bilan suhbatlashishdir. Kundalik hayotiy vaziyatlarni tasavvur qilib, ularga javoblarni ovoz chiqarib ayting. O'zingizni kameraga yozib, nutqingizni tahlil qiling. Oyna qarshisida turib, so'zlashuvni mashq qiling.
1 Соломатина Анна Геннадьевна «Методика развития умений говорения и аудирования учащихся посредством учебных подкастов (английский язык, базовый уровень) Москва 2011, 17-18 с
é
Ws,
- Xatolardan qo'rqmaslik
Chet tilida gapirayotganda xatolar qilish - bu tabiiy jarayon. O'zingizni tanqid qilishdan ko'ra, xatolaringizni tahlil qilib, ularni tuzatishga intiling. Har bir xato yangi narsani o'rganish imkoniyatidir.
- Tilni madaniyat bilan o'rganish
Chet tilida ravon gapirish uchun ushbu tilga xos madaniyatni o'rganing. Ularning oddiy iboralari va muomala qoidalarini bilish nutqingizni boyitadi va ishonch hosil qiladi.
- Doimiylik va motivatsiya
Gapirish ko'nikmasi vaqt va amaliyotni talab qiladi. Kundalik ravishda mashq qilishga vaqt ajrating. Motivatsiyani saqlab qolish uchun o'z yutuqlaringizni kuzatib boring va yangi maqsadlar qo'ying.
Gapirish fikrlash faoliyatining murakkab turi bo'lib, u eshitish, xotira, bashorat qilish va e'tiborni qamrab oladi. Gapirish nutqning hosil qilinishi bo'lib, u uch fazaga ega: rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat fazalari. Rejalashtirish fazasi niyat yoki gapirish motivatsiyasini, gapiruvchining shaxsiy his-tuyg'ulari va tajribalariga asoslanadi. A.A. Leontevning fikricha (1999), gapirish niyati motiv va boshqa omillarga bog'liq bo'lib, gapiruvchi fikr rejasini shakllantiradi. Niyat muloqot maqsadini belgilaydi, til vositalarini tanlab, ularni birlashtirib, o'z fikrini amalga oshirishga yordam beradi. Amaliyot fazasida fikrlar gapiruvchi tomonidan til vositalari yordamida ifodalanadi va grammatik jihatdan tuziladi. Uchinchi - nazorat fazasi esa baland ovozda aytilgan nutqda amalga oshiriladi. Gapiruvchi o'zini (yoki o'z nutqini) tinglab, suhbatdoshning og'zaki va noog'zaki javobini qabul qilib, nutqni nazorat qiladi. 2
Gapirish ko'nikmasini rivojlantiradigan o'yinlar tashkil qilish ham yaxshi natija beradi. Chunki, maktab o'quvchilari o'yinni yaxshi ko'rishadi. Quyida gapirish ko'nikmasini rivojlantiradigan o'yinlarni keltirib o'tamiz:
"Longman". O'quvchilar 3 guruhga bo'linishadi va har bir guruhdan 1 o'quvchi o'rindig'i bilan doskaning oldiga kelib o'tiradi (o'quvchilarga qaragan holda). O'qituvchi doskaga chet tilidagi istalgan so'zni yozadi, masalan, apple. Boshqa o'quvchilar o'z jamoa a'zosiga (doskaning yonidagi o'quvchiga) mazkur so'zni chet tilida topishmoq shaklida gapirib tushuntirib berishlari kerak bo'ladi. Masalan, olmani shunday tasvirlash mumkin: it's a fruit. It is green, yellow and red. It is delicious. It is not so expensive. Agar doskaning oldidagi o'quvchi javobni to'g'ri topsa shu guruhga o'qituvchi 10 ball beradi. Keyingi savollarning har bir to'g'ri javoblariga 9,8,7 ball shu tariqa 10dan lgacha ball berilib boradi. O'yin yakunida g'olib guruh aniqlanadi. Bu o'yin hattoki uyatchan, gapirmaydigan o'quvchilarni ham gapirtirishga undaydi va yangi so'zlarni o'rganishga sharoit yaratadi.
"Pictionary". Bu o'yinda o'qituvchi har xil rasmlarni doskaga yopishtirib qo'yadi. O'quvchilar ketma-ketlikda shu rasmdagi holatni chet tilida tasvirlab berishlari kerak bo'ladi. Bu usul orqali nafaqat o'quvchilarning gapirish ko'nikmasi rivojlanadi, balki ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatini ham rivojlantirishga erishiladi.
Mazkur maqolada maktab o'quvchilarining chet tilida gapirish ko'nikmasini rivojlantirishning ahamiyati va samarali usullari batafsil ko'rib chiqildi. Gapirish til
2 J.Jalolov "Chet tili o'qitish metodikasi" Chet tillar oliy o'quv yurtlari ( fakultetlari) talabalari uchun darslik "O'qituvchi" Toshkent 2012, 235-252-b
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz
o'rganishning muhim jihati bo'lib, nafaqat til vositalarini o'zlashtirish, balki o'quvchilarning ijodkorligi, mustaqil fikrlashi va muloqot qobiliyatlarini shakllantirishga ham xizmat qiladi. Ushbu ko'nikmani rivojlantirishda zamonaviy metodikalar, o'yin texnologiyalari va interaktiv yondashuvlardan foydalanish o'quvchilarni jarayonga qiziqtirishda muhim rol o'ynaydi. "Longman" va "Pictionary" kabi o'yinlar, retelling, hikoyalarni muhokama qilish, real hayotiy muloqotlarni tashkil etish kabi usullar o'quvchilarning bilimlarini amalda sinab ko'rishiga imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga, dars jarayonida faqat chet tilida muloqot qilish talabini qo'yish tilga oid so'z boyligini oshirish va ularning tahliliy fikrlashini rivojlantirishda muhim vosita bo'lishi ta'kidlandi. Xulosa qilib aytganda, chet tilida gapirish ko'nikmasini rivojlantirish nafaqat o'quvchilarning akademik yutuqlari, balki ularning kelajakdagi muloqot va professional hayotidagi muvaffaqiyati uchun ham zarurdir. Shu sababli o'qituvchilar bu borada yangicha yondashuvlarni sinab ko'rishlari va o'quvchilarning motivatsiyasini oshiruvchi usullardan foydalanishlari tavsiya etiladi.
References:
1. J.Jalolov "Chet tili o'qitish metodikasi" Chet tillar oliy o'quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik "O'qituvchi" Toshkent 2012, 235-252-b
2. Соломатина Анна Геннадьевна «Методика развития умений говорения и аудирования учащихся посредством учебных подкастов (английский язык, базовый уровень) Москва 2011, 17-18 с
3. А.Д.Мамарин «Мультимедийные ресурсы как средство развития иноязычных аудитивных навыков у учащихся на старшем этапе обучения» Екатеринбург 2016
4. С.В.Говорун «Развитие навыков и умений аудирования у студентов-востоковедов, изучающих английский язык» Санкт-Петербург, 2015.