Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MUHANDISLARNING XORIJIY TILLARNI O‘RGANISH KOMPOTENSIYALARINI RIVOJLANRIRISH USULLARI'

BO‘LAJAK MUHANDISLARNING XORIJIY TILLARNI O‘RGANISH KOMPOTENSIYALARINI RIVOJLANRIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ko‘nikma / o'rganish usuli / o'rganish / mikro o'rganish / tasavvur qilish / tasdiqlovchi / individual topshiriq / ilmiy / texnik / isbotlash / yodlash / amaliyot / podkast / epizod / qiziqarli / muhim / faol tinglash / taxminan / tushuntirish / marosim / musobaqa / ta'sir qilish / oldindan ko'rish / suhbat. / skill / learning method / learning / micro learning / imagination / affirmation / individual assignment / scientific / technical / memorization / practice / podcast / episode / interesting / important / active listening / approximate / explanation / ritual / competition / exposure / preview / conversation.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ismatullayeva Durdona Amandjonovna

Yurtimizda , zamon talabiga mos, har tomonlama yetuk kadrlarni etishtirish, har bir oliy ta’lim muassasasining dolzarb masalalaridan biridir. Yurt ravnaqi shubhasiz yoshlarimiz qo‘lida, biroq o‘z sohasining yetuk mutaxassisi va har tomonlama yetuk kadrlarni yetishtirish o‘qituvchimurabbiylar oldiga ulkan vazifalar yuklaydi. Jumladan sifatli ta’lim va yuksak ma’naviyat yoshlar ongiga singdirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalardan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS OF DEVELOPING FOREIGN LANGUAGE LEARNING COMPETENCIES OF FUTURE ENGINEERS

In accordance with the demand of the time, in our country, one of the pressing issues of each higher educational institution is preparing specialists in all directions. The prosperity of the country is undoubtedly in the hands of our youth. However, it requires teachercoaches to work harder. In particular, quality education and high spirituality are one of the main tasks that should be instilled in the minds of young people.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MUHANDISLARNING XORIJIY TILLARNI O‘RGANISH KOMPOTENSIYALARINI RIVOJLANRIRISH USULLARI»

BO'LAJAK MUHANDISLARNING XORIJIY TILLARNI O'RGANISH KOMPOTENSIYALARINI RIVOJLANRIRISH USULLARI

Ismatullayeva Durdona Amandjonovna NamMQI, o'qituvchisi. tel:998770100585. e-mail:durdona67@mail.ru

Annotatsiya. Yurtimizda. zamon talabiga mos. har tomonlama yetuk kadrlarni etishtirish, har bir oliy ta'lim muassasasining dolzarb masalalaridan biridir. Yurt ravnaqi shubhasiz yoshlarimiz qo'lida, biroq o'z sohasining yetuk mutaxassisi va har tomonlama yetuk kadrlarni yetishtirish o'qituvchi- murabbiylar oldiga ulkan vazifalar yuklaydi. Jumladan sifatli ta'lim va yuksak ma'naviyat yoshlar ongiga singdirilishi lozim bo'lgan asosiy vazifalardan biridir.

Abstract. In accordance with the demand of the time. in our country. one of the pressing issues of each higher educational institution is preparing specialists in all directions. The prosperity of the country is undoubtedly in the hands of our youth. However. it requires teacher-coaches to work harder. In particular. quality education and high spirituality are one of the main tasks that should be instilled in the minds of young people.

Kalit so'zlar. ko'nikma, o'rganish usuli. o'rganish. mikro o'rganish. tasavvur qilish. tasdiqlovchi. individual topshiriq. ilmiy. texnik. isbotlash. yodlash. amaliyot. podkast. epizod. qiziqarli. muhim. faol tinglash. taxminan. tushuntirish. marosim. musobaqa. ta'sir qilish. oldindan ko'rish. suhbat.

Key words. skill. learning method. learning. micro learning. imagination. affirmation. individual assignment. scientific. technical. memorization. practice. podcast. episode.interesting. important. active listening. approximate. explanation. ritual. competition. exposure. preview. conversation.

Kirish. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan texnika asrida, oliy ta'lim muassasalari talabalari oldiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Bo'lajak mutaxassislar nafaqat o'z kasbining mohir egasi. bir necha xorijiy tillarda erkin muloqot qila olish va texnika vositalaridan mustaqil foybalana olish ko'nikmasiga ega bo'lishi lozim. Chunki xorijga chiqish va o'z mahsulotlarini butun dunyoga targ'ib qila olish uchun chet tillarni o'rganish muhim. Shuning uchun ham. bugungi kunda jahonning minglab aholisi tushuna oladigan muloqot manbai bo'lgan ingliz tilini o'rganish zamon talabiga aylangan.

Zamonning talabi bo'lgan xorijiy tillarni o 'rganish xozirgi kunda muhim masalalardan biri xisoblanadi. Til o 'rganish nafaqat filologik yo 'nalishida taxsil oladigan talabalar uchun, balki texnik yo'nalishidagi talabalar uchun ham birdek muhim. Texnika olamida jahon miqyosidagi yangiliklarni o 'rganib borish uchun Ingliz tilini bilish albatta muhimdir. Har qanday tilni mukammal o'zlashtirish uchun to'rtta konikmani shakllantirish talab etiladi. Bular gapirish ko'nikmasi (speaking skills), tinglash ko'nikmasi (listening skills), yozish ko'nikmas (writing skills) va o'qish ko'nikmasi (reading skills). Ingliz tilini o'rganish uchun shu to'rtta ko'nikmani shakllantirish muhim hisoblanadi. Bo'lajak muhandislarning ingliz tili darslariad eng muhim hisoblangan aspektlardan biri bbu o'qish ko'nikmasini rivojlantira olish masalasidir, amaliy mashg'ulotlar davrida talabalar ko'proq mutahassislikka oid bo'lgan matn va jumlalarni o'qib tushunishiga to'g'ri keladi. Bu orqali talabalar o'zbek tilida yetarli bo'lmagan ma'lumotlarni jahon adabiyotlari, internet manbaalaridan topib o'qish ko'nikmasiga ega bo'lishadi. Biroq texnika asrida yashab kelayotgan yoshlar ingliz tilidagi yangi so'zlarni kitoblardan, lug'atlardan qidirib topishga erinishadi. Bunga o'zbek tilidagi zamonaviy terminologik lug'atlarning yetishmasligi ham sabab bo'la oladi.

Bugungi kun yoshlarining barchasida texnik qurilmalar mavjud. Osongina imternet

KYPHHHffl BA TAL^HM HHMHH ^YPHAHH, 2023, №5-6

144

tarmog'iga ulanib, istalgan mavzuni bir necha tillarda tarjimasini va hattoki, audio yozuvini toppish muammo emas. Shuning uchun ham talabalarda tinglab tushuna olish ko'nikmasini rivojlantirish muhim masalalardan biriga aylangan. Zero har qanday tildagi diolog monolog yoki matnlarni tinglab tushuna olish uchun ushbu ko'nikmani rivojlantirish talab etiladi Ingliz tilining istalgan qismini o'rganishda avvalambor talabalarga o'zlari qiziqqan yo'nalishda ta'lim berish muhim. Ayniqsa, aniq fanlarga qiziquvchi bo'lajak muhandislar, lingvistik ta'limni o'rganishda biroz qiyinchiliklarga duch kelishadi. Shuning uchun ham til o'rganish jarayoni, talabalar uchun zavqli va qiziqarli bo'lmog'i muhim.

Til o'rganishdagi muhim aspektlar-tinglab tushunish, matnni o'qib tushunish, gapirish, va o 'sha tilda fikrlarini yozma bayon eta olishdir. Bu ko'nikmalar bir biri bilan chambarchas bog'liqdir, chunki bir matnni ham eshitib ham o'qib, tushungan mazmunini yozma va og'zaki bayon eta olish kerak bo'ladi. Audio matnllarni tinglash orqali o'rganish, til o'rganuvchilar uchun biroz osonroq, chunki tinglash insonning yozish va gapirish funksiyalarini bajarishdan ko'ra maroqliroq hisoblanadi. Fanda tinglash ko'nikmasini rivojlantirishning uchta asosiy tu ri mavjud:

• Mustaqil ta'lim: Mustaqil "o'zingiz" degan ma'noni anglatadi, shuning uchun bu ingliz tilini shaxsning o'zi mustaqil ravishda o'rganishini anglatadi. Bu asosan guruhlarda ta'lim olishni xushlamaydigan, individual o'rganuvchilar uchun mos keladi. Bu o'quv xonalarida boshqalar tomonidan chalg'ib qolishni, jamoa ichida o'ini noqulay his qilishni yoqtirmaydigan talabalar uchun juda qulay variant hisoblanadi. Bugungi kunda zamonaviy ta'limda "onlayn ta'lim" atamasi mustaqil ta'limga to'g'ri keladi.

• Jamoada o'rganish ; o'quv xonasida o'qituvchi bilan boshqa talabalar bo'ladi va muntazam ravishda jamoatchilik bo'ladi.. Agar til o'rganuvchi talaba boshqa talabalar bilan o'z fikr-mulohazalarini muhokama qilishni yaxshi ko'rsa, o'qituvchi bilan yolg'iz o'zini noqulay his qilsa, yoki o'ziga e'tibor qaratishda qiynalayotgan bo'lsa, jamoaviy ta'lim unga juda mos keladi.

Xorijiy tillarni o 'rganishda talabaqaysi yo'lni tanlasa ham, muhimi qulay va qiziqarli bo 'lishi kerak. Lingvistik kompotensiyalarni shakllantirishda tinglash qobiliyatlarini mashq qilishning turli usullarini sinab ko'rish va qaysi biri mos kelishiga e'tibor berish kerak. Uziga kerakli bo'lgan eng yaxshi o'rganish muhitinitanlab olib foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Ingliz tilini mustaqil o'rganishni afzal ko'radiganlar tinglab tushunish kompotensiyasini rivojlantirish uchun, quyidagi qoidalarga amal qilishi lozim;

• Mikro o'rganish; bir o'tirishda bir necha soat o 'rganish o'rniga kuniga 15-20 daqiqa o'rganish. Oddiy qilib aytganda, mikro o'rganish topshiriqlarni taxminan besh daqiqada bajarilishi mumkin bo'lgan juda kichik vazifalarga bo'lishdir. Talaba berilgan topshiriqlarni bajarishni o'ziga qulay tarzda taqsimlashi mumkin, mikro ta'limda har doim har bir topshiriq ko'pi bilan 15-20 daqiqa davom etishi lozim. Har kuni 15-20 daqiqa o'rganish bir kunda yuzlab yangi so'zlar va grammatika qoidalarini yodlashga urinishdan ko'ra yaxshiroq ekanligini isbotlovchi ko'plab ilmiy tadqiqotlar mavjud. Muntazam ravishda yangiliklarni tinglash, ozgina kitob yoki matn o'qish, podkast tinglash yoki ajoyib serial epizodini tomosha qilish uchun har kuni 15 yoki 20 daqiqa sarflash til o 'rganishda muvoffaqiyatga erishishingizga zamin yaratadi. Ingliz tilini o'rganishning kun tartibiga mikro ta'limni kiritishga harakat qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ayniqsa asosiy yo'nalishi va iqtisosligi boshqa bo'lgan bo'lajak muhandislar uchun bu juda mos keladi.

• Xorijiy tillarni o'rganish uchun internet tarmog'ida turli hil qo'llanmalar, audio-video mashqlar juda ko'p. Talabalar har kuni o'zlari qiziqqan sohadagi qiziqarli podkastlar va badiiy yoki xujjatli filmlarni topib tomosha qilish lozim. Bir hafta davomida har kuni o'sha epizodni tinglasa natija ko'rina boshlaydi. Ya'ni mashqlar o'z samarasini namoyon qiladi. Buni har hil kundalik yumushlari bilan bir qatorda bajarish mumkin; avtomobilda ketayotganda, turli hil uy

KYPHnHffl BA TAMHM HHMHH ^YPHÄHH, 2023, №5-6

145

yumushlarini bajarayotganda va h,k.

• Ingliz tilidagi diologlarni tinglash;.bu asosan shu muhitda yashovchi til o'rganayotgan talabalar uchun mos keladi. Biroq agar bunday imkoniyat bo'lmasa ingliz tilini biladigan suhbatdoshlar toppish lozim bo'ladi. Bu tinglab tushunish kompotensiyasini samarali rivojlantiradi. Zero, ingliz tilini jonli ravishda eshitib o 'rganish til o'rganishning eng yaxshi usullaridan biridir. Bu lug'atdagi notanish so'zlarni leksik va grammatik to'g'ri qo'llay olish uchun juda ham samarali hisoblanadi. Inson qulog'i bilan eshitgan har qanday tovush miya fonida yozib boriladi, sodir bo'layotgan hamma narsani qayd qiladi

• Bir vaqtning o'zida o'qish va tinglash;.tinglash qobiliyatini rivojlantirishning yana bir yo'li bir vaqtning o'zida ikkita ma'lumot manbasidan foydalanishdir. Bu shunchaki tinglashni emas, balki bir vaqtning o'zida audio yozuvlarda talqin qilinayotgan manbaani o'qi sh kerakligini anglatadi. Bugungi kunda inglizcha subtitrlar bilan ingliz tilidagi videoni tomosha qilish juda ham rivojlanib ketgan. Audio materiallardan foydalanib til o 'rgaish ; ingliz tilini bir vaqtning o'zida ikkita manbadan o'rganishni ifodalaydi. Til o'rganuvchilar uchun aksariyat kitoblar audio kitoblarga aylantirilishidan oldin bosma yoki elektron kitob versiyalarida yaratiladi. Raqamli matn bilan birga (asosan) bepul audio kitoblarni taklif qiluvchi ko'plab internet saytlari ham mavjud. Bu usul bo'lajak muhandislar uchu ham juda ham foydali hisoblanadi, chunki bir vaqtning o'zida mutaxassislik fanlari va ingliz tilini o'rganish jarayoni shu usulda namoyon bo'ladi "Fluent U" subtitrli immersion dasturidan foydalanib, bu borada qo'shimcha yordam olish mumkin. Dasturda asl videolar mutaxassislar tomonidan tayyorlangan

• O'zini o'zi tinglash;.tinglash qobiliyatini yaxshilashning bu usuli avvalgisiga bog'liq. Buning uchu ko'zgu oldida turib yodlangan matnni o'zi gapirib, o'zi tinglashini ifodalaydi. Bu orqali talaba ham ingliz tilidagi tinglash qobiliyatini mashq qiladi ham gapirish ko'nikmasini rivojlantiradi. Bu usul tabiyatdan kamgap va uyatchang bo'lgan insonlar uchun moos keladi. O'zini tinglash - tinglash qobiliyatini rivojlantirishning ajoyib usuli. Dastlab, til o'rganuvchilar tinglash qobiliyatini mashq qilyapman deb o'ylashi mumkin, ammo keyinchalik gapirish ko'nikmasi ham rivojlanib borayotganligi yaqqol seziladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, chet tillarni o'qitishning juda ham ko'p usullari mavjud. Talaba yoki pedagog qaysi yo'lni tanlamasin til o'rganish jarayoni qiziqarli va maroqli bo'lishi lozim. Til o'rganuvchi va ta'lim beruvchi muallim faoliyati ketma-ket aniq maqsad bilan yo'nalgan yo'llar turkumidan iboratdir. Agar metod bilan yo'lni taqqoslasak, metod asosiy faoliyat bilan, ya'ni tanishtirish, mashq qilish, qo'llash, yo'l esa ish yoki harakat bilan yangi so'zni tarjimasiz ma'nosini ochish, gapni grammatik qoida asosida tuzish bilan bog'liqdir. Chet tillarni o'qitishda tamoyillar, metodlar, yo'llar, usullar xilma-xilligidan foydalanish juda zarurdir. Biroq mashg'ulot jarayonida bu metodlardan oqilona foydalanish pedagogning kasbiy mahoratiga bog'liq. Texnika yo'nalishida ta'lim beruvchi lingvistlar zimmasiga esa ikki karra ko'proq ma'suliyat yuklanadi, chunki bo'lajak muhandislarning kasbiy va mutaxassislik fanlarga qiziqishi balandroq bo'ladi. Shunga qaramasdan, yurtimizdagi texnika oliy ta'lim muassasalarida ham xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan talab juda ham ortib bormoqda. Prezidentimiz tashabbuslari bilan xorijiy tillarni o'rganishni takomillashtirish uchun ko'plab qarorlar ishlab chiqilmoqda. Bularning barchasi zamirida sifatli ta'limni tashkillashtirish, yosh mutaxassislarni jahon talabidagi yetuk kadrlar darajasiga olib chiqish yotadi. Zero, kelajagamiz bilimli yoshlar qo'lidadir.

ADABIYOTLAR

1. Mirziyoev Sh. Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha beshta muhim tashabbus. Elektron manba: https://www.gazeta.uz./oz/2019/04/03/5-tashabbus.

2. Qahharov.A.A. Talabalar fazoviy tasavvurini oshirishning optimal usuli. Xalqaro ilmiy amaliy konferensiya. Toshkent 2013 yil

KYPHHHffl BA TAL^HM HHMHH ^YPHAHH, 2023, №5-6

146

3. Qahharov. A. A. Xidirov. S. Ispolzovaniye SAPR AutoCAD v praktike prepodovaniya graficheskix disciplin. Grafika XXI veka. Tezisi dokladov XIV Vseukrainskoy Studencheskoy nauchno-texnicheskoy konferensii- Sevastopl.2011.145-147s.

4. Ortikov, N. B., & Amandzhanovna, I. D. (2022). Modern Teaching Methodology Of English Science. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 1839-1846.

5. Amandjanovna, I. D. (2022). Ingliz Tili Fanini O 'Qitishda Zamonaviy Usui Va Vositalarni Qo'llash Metodikasi. Ijtimoiy Fanlarda Innovasiya Onlayn Ilmiy Jurnali, 2(6), 1115.

6. Amandjanovna, I. D. (2022). Ingliz Tili Fanini O 'Qitishda Talabalar Bilimi Rivojlantirish Va Nazorat Qilishning Zamonaviy Mexanizmlari. Ijtimoiy Fanlarda Innovasiya Onlayn Ilmiy Jurnali, 2(6), 19-23.

7. Lingvistik ta 'limni tashkil etilishida zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish (texnika yo 'nalishi otmlari misolida): lingvistik ta 'limni tashkil etilishida zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish (texnika yo 'nalishi otmlari misolida) di Amandjonovna - "Qurilish va ta'lim" ilmiy jurnali, 2023

8. Amandjonovna, D. I. (2023). Pedagogical aspects of professional speaking competence improvement of students. quality of teacher education under modern challenges, 1(1), 514-521.

9. Amandjonovna, D. I. (2023). Pedagogical aspects of professional speaking competence improvement of students. quality of teacher education under modern challenges, 1(1), 514-521.

10. Fatima, N., Durdona, I., & Mashkhura, J. (2019). Theoretical foundations of the translation of scientific literature from Russian into English. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 9(4), 112-116.

11. Azamov, S. (2022). The emergence of english and uzbek terms used in the field of textiles and light industry and their characteristics. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 3598-3602.

12. Muxayyo, R. (2023). Developing students'writing skills in teaching english. Gospodarka i Innowacje., 32, 192-195.

13. Nabijanovna, R. M. (2022). Pedagogical and communicative skills.

KYPHHHffl BA TAL^HM HHMHH ^YPHAHH, 2023, №5-6

147

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.