Научная статья на тему 'MAKTAB O‘QUVCHILARIGA RAQAMLI O‘RGANISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI'

MAKTAB O‘QUVCHILARIGA RAQAMLI O‘RGANISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

96
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamlashtirish / raqamli ta‘lim / zamonaviy o‗qituvchi / individual yondashuv / raqamli texnologiyalar / multimedia vositalari

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Zilola Normurodovna Haydarova

Ushbu maqolada raqamli ta‘limning zarurati, maktab o‘quvchilarida raqamli o‗rganish ko‗nikmalarini shakllantirish hamda raqamlashtirish jarayonida fan o‗qituvchilariga qo‗yiladigan talablar va pedagogik imkoniyatlar tahlili bo‘yicha fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTAB O‘QUVCHILARIGA RAQAMLI O‘RGANISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI»

jort^

gL

MAKTAB O'QUVCHILARIGA RAQAMLI O'RGANISH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK

IMKONIYATLARI

Zilola Normurodovna Haydarova

Chirchiq Davlat pedagogika universiteti katta o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada raqamli ta'limning zarurati, maktab o'quvchilarida raqamli o'rganish ko'nikmalarini shakllantirish hamda raqamlashtirish jarayonida fan o'qituvchilariga qo'yiladigan talablar va pedagogik imkoniyatlar tahlili bo'yicha fikr yuritilgan

Kalit so'zlar: Raqamlashtirish, raqamli ta'lim, zamonaviy o'qituvchi, individual yondashuv, raqamli texnologiyalar, multimedia vositalari

Ta'lim sohasi eng tez rivojlanayotgan, mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadigan, zamonaviy axborot texnologiyalari, hamda raqamli resurslarni talab qiladigan istiqbolli tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ta'lim sohasida innovatsion texnologiyalar hamda raqamlashtirilgan resurslardan keng foydalanib kelinmoqda. Bu esa ta'lim sifatini, o'qitish samaradorligini yanada oshirishning ustuvor yo'nalishlaridandir. Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning aqliy mehnati, faollik va ijodiy fikrlashidan iborat bo'lgan ko'pqirrali va murakkab jarayon hisoblanadi [1].

Dars samaradorligini oshirish ta'lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda yo'lga qo'yish va yangi pedagogik texnologiyalarni amalda qo'llash bilan uzviy bog'liq. Ta'lim muassasalarida innovatsion faoliyatni tashkil etishdan asosiy maqsad o'qituvchilar va ta'lim oluvchilar jamoasi hamkorligi izchilligini ta'minlash hamda uni aniq maqsadga yo'naltirilgan holda yo'lga qo'yishdan iboratdir. Bu ishda ham pedagogik, ham boshqaruv masalalari hal etiladi [2].

Shuni qayd etish lozimki, pedagogik innovatsiyalar ishtirokchilari innovatsiyalarning yuzaga kelish, namoyon bo'lish va boshqarish jarayoni qonuniyatlari haqida metodologik, psixologik, pedagogik, texnologik bilimlarni puxta egallashi lozim. Aks holda pedagogik innovatsiyalar samarali natija bermaydi. Ta'lim tizimida axborot va raqamli resurslardan foydalanish yuqori samaradorlikka ega bo'lishingizga yordam beradi. Bu, o'quvchilarga o'rganishni sifatliroq qilish va ularga qulayliklar

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

1008

jort^

gL

yaratish imkonini beradi. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin:

1. Ommaviy kutubxonalardan foydalanish

2. Video darslardan foydalanish

3. Internetdan foydalanish

4. Mobil ilovalardan foydalanish

5. E-booklardan foydalanish [3]

Globallashuv davri va texnika asri imkoniyatlaridan ijobiy maqsadlarda foydalanish, nafaqat vaqtning samarali o'tishini ta'minlaydi, balki o'quvchining hayotiy ko'nikmalarini oshiradi, umumiy bilish darajasini oshiradi, o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi. Zamonaviylik belgisi bo'lgan raqamli vosita va resurslar o'quvchi imkoniyatdarini oshirishga xizmat qilishi kerak. Raqamli resurs va vositalar o'quvchini fikrini buzuvchi, vaqtini o'g'irlovchi, dangasalik va boqmandilik, vayronkorlik kabi regressiv ko'nikmalarni shakllantirishga emas, aksincha quyidagi progressiv ko'nikmalarni shakllantirishi kerak:

- o'z vaqtini o'zi nazorat qila oladigan;

- mustaqil o'rgana oladigan;

- bilishdan bilmasliklarini aniqlay oladigan;

- refleksiv munosabatni kirishish;

- kreativlik; -kommunikativlik; -tanqidiy mulohaza qilish;

-raqamli resurs va raqamli vositalardan to'g'ri foydalanish;

O' quvchilarda raqamli vositalardan foydalanish, raqamli resursalar yordamida o'rganish, ta'lim olish ko'nikmalarini shakllantirish zarurati tobora ortib bormoqda. Maktab o'quvchilarida raqamli vositalar va raqamli resurslar yordamida o'rganish, ta'lim olish ko'nikmalarini shakllantirishda quyidagilarga to'xtalib o'tmoqchimiz: Raqamli o'rganish dastlab raqamli texnologiya va raqamli vostilardan foydalanish va ishlata olishdan boshlanadi. Raqamli vositalar yordamida o'rganish, raqamli ta'lim olish imkoniyatlarini ta'minlanishi raqamli ta'lim dasturlariga kirish va ulanib beruvchi vositalarni o'rnatishni talab qiladi. Raqamli vositalar jumladan raqamli qurilmalarni faollashtirishda internet tarmog'iga ulanish wi-fi qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.

Wi-Fi qurilmasi raqamli vositalarni internet tarmog'iga ulashish uchun bir xil tarmoq protokolida ishlaydigan zamonaviy

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

1009

jort^

texnologiya bo'lib, bu qurilma kabl va boshqa simlarsiz ma'lumotlarni uzatish va qabul qilishni ta'minlaydi.

Wi-Fi qurilmalari, modem yoki router qurilmasini internetga ulanish hamda veb interfeys orqali sozlash orqali amalga oshiriladi. Ushbu sozlashlardan so'ng, raqamli vositalar - mobil telefonlar, kompyuterlar, smart tv, planshet va notebooklar Wi-Fi tarmog'iga ulanib, internetdan foydalanish imkoniyatini beradi Raqamli vositalar Wi-Fi tarmog'i orqali internetga ulanadi. Ushbu vositalar Wi-Fi tarmog'ini topib, mos keluvchi parol bilan ulanganidan so'ng internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Bundan tashqari, Wi-Fi tarmog'ining doimiy ravishda ishlashi uchun energiya talab etadi. Uyali Aloqa qilish imkonini beruvchi kompaniyalarni tegishli tariflari sotib olingach, ya'ni oylik to'lovlarni amalga oshirilishi Wi-fi tuzilmasining to'liq ishlash richagi hisoblanadi.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar bugungi kun o'quvchilari uchun ijtimoiy ko'nikma sifatida kundalik hayotda keng foydalanilmoqda.

Maktab o'quvchilarida raqamli o'rganish ko'nikmalarini shakllantirish va raqamli texnologiyalardan foydalanishda raqamli dasturlash vositalari va raqamli xizmatlar to'g'risida bilimlarga ega bo'lishi talab etiladi. Raqamli vositalar yordamida raqamli dasturlar va sotsial tarmoqlardan foydalanishda o'quvchilar sotsial menejment va sotsial marketing bilimlaridan xabardorligi raqamli o'rganish samaradorligini oshiradi.

Raqamli vositalar yordamida ma'lumotlarni qidirish, topish, to'plash va saqlash raqamli o'rganish bosqichlari hisoblanadi. Raqamli vositalar yordamida topilgan ma'lumotlarni tahlil qilish, qiyosiy tahliliy diagnostikalash ma'lumotlarni tahlil qiluvchi algoritmlar bilan ishlash zaruratini paydo qiladi. Bu algoritmlar ma'lumotlarni tahlil qilib, o'rgatish va tushuntirishga yordam beradi.

O'quvchilarda raqamli o'rganish ko'nikmalarini shakllantirish uchun ma'lumotlar bilan ishlash, olingan axborotlarni to'g'ridan to'g'ri o'zlashtirmasdan tanqidiy mulohaza yuritishga o'rgatish tobora dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Maktab o'qivchilarida raqamli resurs va vositalar yordamida o'rganish ko'nikmalarini shakllantirishda o'quvchilarning analitik fikrlashga o'rgatish sinf rahbari, fan o'qituvchisi, maktab jamoasidan daxldorlik hissi va ijtimoiy faollikni talab etadi. Raqamli o'rganishning asosiy qismi, muhim ma'lumotlarni aniqlash va olgan natijalardan foydalanib, mustahkamlashga imkon beruvchi analitik fikrlash bosqichlarini amalga oshirishni talab etadi.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

1010

g

g

Analitik fikrlash, muammolarni aniqlab chiqish va nostandart jarayonlarda qo'llay olishga yordam beradi.

Raqamli o'rganish jarayonida o'quvchilar o'z qiziqishlari yoki tanlangan mavzu, yo'nalish va sohaga doir o'rgangan bilimlarni solishtirish, avvalgi o'rganilgan ma'lumotlar bilan yangi ma'lumotlarni taqqoslash hamda olingan xulosalar asosida natijalarni jamoaga ya'ni dars jarayonida kichik va katta guruhlarda muhokama qilish, fan o'qituvchisiga loyiha ishi sifatida taqdim etish o'quvchining raqamli vosita va resurslar asosida o'rgangan bilimlarini tajribada qo'llash imkonini oshiradi. Raqamli o'rganish asosida shakllangan bilimlar va o'rgangan natijalarni amalga oshirib borish, katta va kichik jamoada fan o'qituvchilari ishtirokida muhokama qilish o'quvchilarning o'rganishga bo'lgan ishtiyoqini oshiradi. Raqamli vositalar va resurslar yordamida bilim olish va o'rganish jarayonida tanlangan raqamli o'rganish resurslari ta'lim oluvchiga olgan bilimni qisqa muddatlarda o'z bilimini tekshirish va baholash imkoniga ega bo'ladi.

Tadqiqot ishimiz davomida o'rganilgan ishlar yuzasidan raqamli resurslar va raqamli vositalarni bir biridan farqli tomonlarini tahlil etishga to'xtalib o'tmoqchimiz.

Raqamli ta'lim resursi - ta'lim berishda kompyuterni talab qiladigan mahsulotidir. Raqamli ta'lim resursidan foydalanish ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish uchun prinsipial jihatdan yangi imkoniyatlar yaratadi. Raqamli ta'lim resursi - bu o'qitishda vizualizatsiyaning tezkor vositasi, o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishda, maktab o'quvchilarining so'rovi va monitoringini tashkil etish va o'tkazishda, shuningdek uy vazifalarini kuzatish va baholashda, diagrammalar, jadvallar, grafiklar, belgilar bilan ishlashda yordamchi, matnlarni tahrirlash va o'quvchilarning ijodiy ishlari xatolarni tuzatishda operativ vosita hisoblanadi. Dasturlashtirilgan o'qitishning o'ziga xos xususiyati - bu o'quv jarayonini faollashtirishga yordam beradigan bosqichma-bosqich mustaqil faoliyat, shuningdek, o'qitishni individuallashtirish va differentsiallashtirish mumkin bo'lgan tezkor aloqaning mavjudligidir [4].

Ta'lim sohasida raqamli ta'lim resursidan foydalanish o'qituvchilarga o'qitishninng metodini, tashkiliy shaklini va mazmunini sifatli o'zgartirish imkonini beradi. Pedagogik faoliyat vositalari takomillashtirilmoqda, o'qitish sifati va samaradorligi ortib bormoqda. Raqamli ta'lim resursi an'anaviy o'qitish vositalariga nisbatan juda ko'p afzalliklarga ega. Raqamli ta'lim resurslarining maqsadi axborot jamiyatida o'quvchilarning intellektual

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

^^^^oryetishsa^adSlÎigÎ

imkoniyatlarini mustahkamlash, shuningdek, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida ta'lim sifatini oshirishdan iborat

Raqamli resurslarga turli platformalar, ijtimoiy tarmoqlardagi ta'limga oid bloklar, mobil ilovalar, elektron darsliklar, internet saytlari, videolar, audio kitoblar va boshqa elektron formatdagi ta'lim materiallari kiradi. Raqamli resurslardan foydalanish o'quvchilarga iste'mol qilgan materialni istalgan vaqtda o'zlashtirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, raqamli resurslar o'quvchilar uchun tayyorlangan misollar, mashg'ulotlar va test savollarni ham o'z ichiga oladi.

Raqamli vositalarga kompyuterlar, smartfonlar, planshetlar, netbook va notebooklar hamda boshqa elektron qurilmalar misol boladi. Raqamli vositalarning asosiy vazifasi raqamlar bilan ishlashdan kelib chiqadi. O'quvchi raqamli vositalardan foydalanib, kitob o'qish, darslarni tinglash, video darslarni ko'rishi, topshiriqlarni bajarish jarayonida foydalanishi va raqamli resurslarga kirish uchun foydalanadi. Raqamli vositalar orqali o'quvchilar ta'lim muassasalarida dars berayotgan fan o'qituvchilar bilan e-mail yoki chat orqali bog'lanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu usul orqali o'quvchilar fanga oid yangiliklar haqidagi savollarga javob olishlari, qo'shimcha ma'lumot so'rashlari va fikr bildirishlari mumkin. Pandemiya davsirda o'quvchilar mavzu doirasida bajargan topshririqlarini ham telegram ijtimoiy tarmog'idan yuborishib fanlardan o'zlashtirgani yoki o'zlashtirmaganliklari haqida ustozlar bilan chatlashib-xabar almashishgan.

Raqamli vositalar ta'lim sohasida yangiliklarga va qo'shimcha bilimlarga ega bo'lish hamda xabarlashishni osonlashtiradi va o'quvchilarning fanga oid muhim ma'lumotlarga tezroq erishishini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Nasirova Sh.N., Makhmudova M.A., Abdullaeva D.A. Efficiency of computer technology in teaching foreign languages ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal Impact Factor: SJIF 2020 = 7.13, p 1443-1450

2. Ананьев И.И. Использование информационной системы для модульной организации образовательного процесса / И.И.Ана-ньев, П.И.Ананьев, А.В.Бобров // Измерение, контроль, информа-тизация. Барнаул, 2007. С. 161— 163.

3.Е.Л. Вартанова. Индустрия российских медиа: цифровое будущее: академическая. Монография / М.: Медиа Мир, 2017. 160 с.

4. Haydarova Z.N. Ta'lim sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish zarurat. O'zbekiston milliy universiteti xabarlari, 2023, [1/10/1] issn 2181-7324 . - B. 225-227.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

1012

g

я

5. G'.R.Yodgorov, Ta'limga raqamli texnologiyalarni joriy etish tizimni rivojlantirish imkoniyatlari. Raqamli texnologiyalarning yangi O'zbekiston rivojiga ta'siri, Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 2023-y, 100-102 b.

6. F.Sh.Ilmurodova.Requirements of the modern teacher. "PEDAGOG" международный исследоват. 24 April26, 2022.р-63-6711.

7. Ильмуродова Ф. The foundation of the era of awakening in Central Asia: alchemy, succession, and historicism //Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. - 2022. - Т. 1. - №. 3. - С.

8. .Shokirovna I. F. Trends in the Formation and Development of Professional Competences of a Future History Teacher //World of Science: Journal on Modern Research Methodologies. - 2023. - 1. 2. - №. 3. - С. 27-31.

9. Shokirovna I. F. Zamonaviy oqituvchi davr talabi //PEDAGOGS jurnali. - 2022. -Т. 8. - №. 3. - С. 68-72.

213-216.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.