Научная статья на тему 'MAKTAB O`QUVCHILARIGA MUSIQAVIY TARBIYA BERISHNING SHAKLLARI'

MAKTAB O`QUVCHILARIGA MUSIQAVIY TARBIYA BERISHNING SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
504
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
Tarbiya / san’at / musiqa / axloqiy-estetik tarbiya / maktab o’quvchilari.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — N.M. Azizov

Ushbu maqolada maktab o’quvchilariga musiqaviy tarbiya berish usullari va shaklllari o’rganilgan. Zero, axloqiy tarbiyaning keng miqyosda olib borilishi, musiqa san`atini mukammal o`rganish katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bu san`at eng qadimiy, bugungi kunda zamonaviy va xalqqa yaqin bo`lgan san`at turi sanaladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTAB O`QUVCHILARIGA MUSIQAVIY TARBIYA BERISHNING SHAKLLARI»

YneHHH XXI BeKa • 2022 • № 5-1 (86)

MAKTAB O QUVCHILARIGA MUSIQAVIY TARBIYA

BERISHNING SHAKLLARI

N.M. Azizov1

Ushbu maqolada maktab o'quvchilariga musiqaviy tarbiya berish usullari va shaklllari o'rganilgan. Zero, axloqiy tarbiyaning keng miqyosda olib borilishi, musiqa san'atini mukammal o'rganish katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bu san'at eng qadimiy, bugungi kunda zamonaviy va xalqqa yaqin bo'lgan san'at turi sanaladi.

Kalit so'zlar: Tarbiya, san'at, musiqa, axloqiy-estetik tarbiya, maktab o'quvchilari.

O'quvchi yoshlarni musiqa san'ati vositasida axloqiy- estetik tarbiyalash borasida darsda amalga oshirilayotgan ishlar sinf va maktabdan tashqari turli musiqaviy tadbir va mashg'ulotlar jarayonida davom ettiriladi. Bular musiqa va xor to'garaklari, "Kuylang yosh xonandalar " ko'rigi, musiqiy viktorinalar, taniqli bastakorlar, ijrochi va xonandalar bilan uchrashuv hamda kechalar, sinf rahbarlari bilan birgalikda jamoa bo'lib konsert va teatrlarga borish kabi tirli ishlarga amalga oshiriladi. Ushbu tadbirlarning samarasi maktab o'quvchilarining faoliyatiga ham bog'liq bo'lishi bilan bir qatorda mazkur fan o'qituvchilarining tashkilotchiligiga ham bog'liqdir.

Bugungi kunda musiqa o'qituvchilarining oldiga estetik tarbiya ishini yanada takomillashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni shakl va metodlarini izlab topish kabi dolbzarb vazifalar qo'yijmoqda. O'quvchilarni musiqa olamiga olib kirishda badiiy havaskorlik to'garaklari jamoalari muhim o'rin tutadi. Shu bois mazkur tarbiyaning uzluksizligini taminlash oliy o'quv yurtida, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktabdan tashqari tarbiya muassasalarida badiiy havaskorlik to'garaklarining shahobchalarini kengaytirish, bolalar va o'smirlar badiiy havaskorlik jamoalarini ko'plab tashkil qilish vazifasini hal etish talab qilinadi. Musiqa sohasida qobiliyatli, istedodli yoshlarni izlab topish, ular ijodini keng targ'ib etish borasida har yili Respublikamizda "O'zbekiston Vatanim manim ", "Nihol ", folklor jamoalari ko'rik tanlovlari muvaffaqiyatli o'tkazilib borilmoqda.

Bugungi kunda yoshlarni mumtoz musiqa merosi bilan yaqindan tanishtirish, havaskorlik to'garaklari, san'at saroylarida tashkil etilgan xalq cholg'u asboblari orkstrlari faoliyatini keng yoyish, musiqa san'ati rivojiga katta yordam beradi desak xato bo'lmaydi.

Mazkur ansambllarda nafaqat milliy qadriyatimiz, ananalarimizning qolaversa, qardosh xalqlar san'ati va madaniyatini targ'ib qilish vazifalarini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunda yoshlarning vatanparvarlik va baynalminallik tuyg'ularini shakllantirgan va o'stirgan bo'lamiz. Jamoa bilan ishlash jarayonida yoshlar o'z-o'zini boshqarish, o'zgalar mehnatini qadrlash, bir-birlariga yordam qo'lini cho'zish kabi yaxshi jihatlarini o'rganadilar. Ular rahbar yordamida kuylarning bastakorlari haqida, o'sha kuyning yozilishi, uslubi haqida ma'lumot oladilar. Bundan tashqari o'z ijrolari bilan tinglovchiga estetik zavq beradilar.

Musiqiy talimotda o'zbek xalq qo'shiqlari, o'zbek bastakorlari, jahon va qardosh xalqlarning mahalliy musiqiy uslublariga oid folklor qo'shiqlari, maqom aytish yo'llaridan namunalar ijro etish orqali o'quychilarda ijrochilik mahorati shakllana boradi.

Musiqiy savodxonlik o'quvchilar bilimlarini nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhum ahamiyatga ega. Dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida qanday faoliyat (tinglash, ijro etish, musiqiy harakatlar) tashkil etilmasin, muayyan mavzudagi musiqiy asar o'rganiladi va o'quvchilarda ularning o'ziga xos xususiyatlari, ya'ni: janri, shakli, tuzilishi, ijro uslubi borasida yangi tushunchalar hosil bo'ladi. Musiqiy savodxonlik faqatgina nota yozuvlarini o'rganishdan iborat bo'lmaydi, balki o'quvchilarning umumiy bilim, tushunchalar majmuasi ijro ananalari va uslubi xalq va bastakorlik musiqasi ularning farqlari, milliy musiqaning o'ziga xos xususiyatlari, klassik musiqalar nota savodini tashkil etadi.

Musiqa tinglash yakka ovoz va jo'rinovozlikni ajrata bilish, ansambl va orkstr ijrosini farqlay olish, sozlar va sozlar tempni ajrata bilish musiqiy did va idrokni rivojlantirishni taminlaydi. O'zbek, qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan

1 Azizov Nuriddin Malikovich - Qarshi Davlat Universiteti Pedagogika Instituti "San'atshunoslik" kafedrasi, musiqa fani o'qituvchisi.

namunalar tinglash asosida o'quvchilarda estetik did va madaniyati takomillashib boradi.

Musiqa tinglash faoliyati quyidagi metodlardan amalga oshirildi:

1) muayyan davlat organi (mahalliy o'zini o'zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning krnun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yo bu sohadagi bilimlar, tajriba.

Bolalar cholg'u asboblarida jo'r bo'lish. Bu faoliyat turi eng qiziqarli mashg'ulotdir, chunki bolalar cholg'u asboblari jonli, tovushli o'yinchoqlar sifatida har bir o'quvchini qiziqtiradi. Musiqa darslarida qo'llaniladigan bolalar cholg'u asboblari ikki turda bo'linadi, kuychan va kuychan bo'lmagan (shovqinli) cholg'u asboblari.

1.Kuychann cholg'u asboblariga metalafon va kselafonlar kiradi.

2. Kuychan bo'lmagan cholg'u asboblariga doiracha, oddiy cho'p qo'shiqlar, kichik shaqildoqlar, barabanchalar, uchburchak va rumbalar kiradi.

Boshlangich sinflarda ritmik harakatlarni bajarish, o'quvchilarni jismoniy rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Dars jarayonida bajarilgan har bir musiqiy xarakat turi, musiqali o'yinlar o'quvchilarni xotirasini mustahkamlaydi, nutqini o'stiradi, jismoniy sog'lom bo'lishiga ko'maklashadi va ularni ruhlantirib, musiqa darsiga qiziqishini oshiradi.

Xullas, musiqa madaniyati darslarida qo'llanilayotgan zamonaviy pedagogic texnalogiya asosuda ta'lim samaradorligini oshirish metodlari o'quv dasturlari mazmunidan va davlat ta'lim standartlariga amal qilgan holda ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

An'anaviy qo'shiqchilik sinflarida o'qituvchining vazifasi faqatgina o'qitishgina bo'lib qolmay, balki Talabani ongli ravushda hamda ishonchli tarzda asarlarni ijro qilishga o'rgatib borishdir.

An'anaviy qo'shiqchilik san'ati qalb bilan tinglanadigan, qalb bilan tushuniladigan jozibali san'tdir. Shu bois musiqa o'qituvchisi o'z darsining maqsadi, vazifalari va talablarini talabalar ongiga yaxshi singdira olishi maqsadga muvofiq. Shundagina talabaning o'zi tanlagan mutaxasisligiga qiziqishi ortadi, ovoz, uni asrash haqidagi tushunchalari teranlashadi.

An'anaviy qo'shiqchilik tarixi bilan qiziqqan olim D.Mullaqandov xonanda xofizlar ovozlarini ilmiy jihatdan tadqiq etib, xonandalar ovozlar talqinining 3 xususiyati borligini isbotlagan:

"Ishkami"

" Binnigi " ( dumog'da aytiladigan ashula turi ), " guligi " ( tamoqda ijro etiladigan ovoz turi ), " ishkami " ( asosan ashula aytish paytida qoringa nafas olib aytadigan ashulachilar toifasi ).

Talabalarga ovozlarini tasavvur etish uchun misollar keltiramiz. Masalan: " Binnigi " uslubida qo'shiq kuylagan mashhur xorazmlik xofuzlar Matyusuz Xarratov va Madraxim Yoqubovlar." Guligi " uslubida qo'shiq kuylagan xofuzlrga Jo'raxon Sultonovni misol qilish mumkinligi bayon etilgan. Buxorolik mashhur xofuz Domla Xalim Ibodov, Andijonlik usta san'tkorlar Abdulla Fayziyev va Berkinboy Fayziyevlar " Ishkami " uslubida qo'shiq kuylashganligi misol tariqasida keltirib o'tilgan. An'anaviy uslubda qo'shiq aytuvchi xofuzlarimizning ijro uslublarini tahlil qilib, bunga ko'plab misollar keltirishimiz mumkin.

Xulosa o'rnida shuni makidlash lozimki, an'anaviy qo'shiqchilik sinflarida ta'lim texnologilarining mukammal bilishiga ko'maklashadi.

Adabiyotlar:

1. "Barkamol avlodni tarbiyalashda musiqa ta'limi oldiga qo'yilgan talablar" Qarshi-2011

2. A.Bahriyev "Musiqa elementar nazariyasi" Toshkent-2010

3. Bu gulshan sahnida. "Yangi asr avlodi". Toshkent 2006 yil.

4. Умурова, Г. (2021). Шеъриятда эстетик идеал ва эстетик идрок масаласи. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (79)), 913.

5. Умурова, Г. (2020). ЛИРИКАДА БАДИИЙ ОЛАМ ТАЛ^ИНИ. Academic research in educational sciences, (4), 578-583.

6. Hotamovna, U. G., & Abdusalamovna, K. M. (2020). New Voices in the 20th Century Uzbek Poetry. International Journal of Management, 11(9).

© N.M. Azizov, 2022.

MUSICAL EDUCATION FOR SCHOOLCHILDREN FORMS OF GIVING

N.M. Azizov

Annotation. This article explores the methods and forms of music education for schoolchildren. After all, the large-scale moral education, the perfect study of the art of music is of great educational importance. This art is the most ancient, modern and popular art today.

Key words: Education, art, music, moral and aesthetic education, schoolchildren.

© N.M. Azizov, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.