Научная статья на тему 'MAKTAB O‘QUVCHILARIDA TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI'

MAKTAB O‘QUVCHILARIDA TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — L.M.Qaraxonova

Tadqiqot qaerdan boshlanadi? Tadqiqot o‘zi nima? Nega unga insoniyat qiziqadi? Yangilik nega insonni o‘ziga jalb etadi? Ajablanarlisi shundaki, inson yashar ekan, uni o‘rab turgan atrofdagi dunyoni tabiiy va muammolari yechimini kutayotgan borliq sifatida qabul qiladi. Shunday ekan, baribir savol tug‘iladi: "Nima uchun bu shunday va yoki boshqacha emas?", “Buni sababi nimada?” yoki “Uning ortida nima bor?” degan savollar insonni izlanishga, qidirishga, o‘qishga tadqiq etishga undaydi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTAB O‘QUVCHILARIDA TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI»

MAKTAB O'QUVCHILARIDA TADQIQOTCHILIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI L.M.Qaraxonova

O'zPFITI, "Tabiiy fanlarni o'qitish texnologiyalari" bo'limi mudiri, p.f.f.d.(PhD) katta

ilmiy xodim https://doi.org/10.5281/zenodo.10676444

Tadqiqot qaerdan boshlanadi? Tadqiqot o'zi nima? Nega unga insoniyat qiziqadi? Yangilik nega insonni o'ziga jalb etadi? Ajablanarlisi shundaki, inson yashar ekan, uni o'rab turgan atrofdagi dunyoni tabiiy va muammolari yechimini kutayotgan borliq sifatida qabul qiladi. Shunday ekan, baribir savol tug'iladi: "Nima uchun bu shunday va yoki boshqacha emas?", "Buni sababi nimada?" yoki "Uning ortida nima bor?" degan savollar insonni izlanishga, qidirishga, o'qishga tadqiq etishga undaydi desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz.

Tadqiq uchun izlanishlar boshlanar ekan o'z-o'zidan yangilik sari yo'lni ko'rish mumkin. Mana bu - izlanishning boshlanishi, o'rganishning boshlanishi... Bevosita nafaqat katta yoshli insonlarda balki bolaning izlanish va tadqiqiga bo'lgan ehtiyoji ham biologik jihatdan paydo bo'ladi. Yangi tajribalarga so'nmas tashnalik, qiziquvchanlik, doimiy kuzatish va tajriba o'tkazish istagi, dunyo haqida mustaqil ravishda yangi ma'lumotlarni izlash, topish - an'anaviy ravishda bolalar xatti-harakatlarining eng muhim xususiyatlari biri hisoblanadi.

Tadqiqot, qidiruv faoliyati bolaning tabiiy holati bo'lib, u dunyoni bilishga mo'ljallangan bo'lib, bola uni bilishni xohlaydi. Aynan shu ichki tadqiqotga intilish tegishli xulq-atvorni yillar davomida shakllantirib boradi va pirovardida bolaning aqliy rivojlanishining o'zini-o'zi rivojlantirish jarayoni sifatida ilk bolalik davridanoq shakllanib borishiga imkoniyat yaratadi.

Zamonaviy sharoitda o'qituvchining eng muhim vazifalaridan biri darsda va darsdan tashqari ta'lim shakllarida o'quvchini tadqiqotchilikka yo'naltirishga mo'ljallangan ta'limiy muhitni muhitni yarata olish va bunda bolaning izlanish xulq-atvorining xususiyatlarini namoyon etishga yo'naltirishdan iborat. Tadqiq qilish xulq-atvori bolaning dunyoni tushunishining eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Pedagogik psixologiya va pedagogikada - "tadqiqiy o'rganish" nomli maxsus atama mavjud bo'lib, uning mazmuni bu bolaning atrof-muhit va borliqni mustaqil ravishda o'rganishga bo'lgan tabiiy istagi, hohishi va bunga xizmat qiluvchi bilimlar majmuasini to'g'ri yo'naltira bilishga ta'limiy yondashuv desak mubolag'a qilmaymiz.

Ilmiy tadqiqotchilikka yo'naltirishning maqsadi:

1. O'quvchilarni o'rganishni rejalashtirilgan ilmiy faoliyatga jalb qilish; yozma natijalarni olishga o'rgatish, yoza bilish layoqatini qobiliyatini layoqatga aylantirish (ilmiy maqola yozish, ilmiy konferensiyada chiqishga o'rgatish va ma'ruza qilish ko'nikmalarini shakllantirish va h.k.).

2. O'quvchilarga zamonaviy axborotlashgan muhitda faoliyatga kirishish qobiliyatini o'rgatish (Ommaviy axborot vositalarida ta'limiy maqsadlardagi ilmiy tadqiqotlarni kuzatib borishga, yangiliklar, tadqiqotlar bilan bog'liq manbalarni o'rganishga yo'naltirish).

3. O'quvchilarning zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish imkoniyatlarini riojlantirishga yo'naltirish.

4. O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, loyihalash va tadqiqotchilik qobiliyatlarini shakllantirish, to'plangan bilimlarini ijtimoiy mavqeini oshirish asnosida ulardagi tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish.

5. O'quvchining mustaqil tadqiqotga yo'nalganlik faoliyati jarayonida kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun adekvat fikrlash turlarini rivojlantirish.

6. Muammoni hal qilishda kompleks yondashuvni rivojlantirishga ko'maklashish.

Tadqiqotchilikka yo'naltirilgan ta'limining asosiy maqsadi o'quvchining insoniyat madaniyatining har qanday sohasida mustaqil, ijodiy o'zlashtirish va yangi faoliyat usullarini qayta qurish qobiliyatini shakllantirish va ulardagi tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishdir.

Tadqiqotchilik yo'nalganlik faoliyatining vazifalari:

1. O'quvchilarni tadqiqotchilik ko'nikmasining nazariy asoslari bilan tanishtirish.

2. O'quvchilarni turli axborot manbalari bilan ishlashga o'rgatish.

3. O'quvchilarni shaxsiy kompyuterlardan amaliy tadqiqotlarni tadqiq qilishda foydalanish imkoniyatlari bilan tanishtirish.

4. Omma oldida nutq so'zlash, o'z tadqiqot ishini tinglovchilar(sinfdoshlari, ota-onalar, maktab jamoasi) oldida himoya qilish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish.

5. O'quvchilar uchun turli xil ijodiy, ilmiy, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tadqiqotlarni tavsiya qilish va uni amalga oshirish faoliyatini bosqichma-bosqich tashkil etish.

O'quvchilarning ilmiy-tadqiqotchilikka yo'naltirish ta'limning eng muhim maqsadlaridan biri - bolalarni mustaqil fikrlashga, turli fan sohalaridagi bilimlarni egallashga, muammolarni to'g'ri qo'yish va hal qila olishga o'rgatish uchun xizmat qiladi(l-jadval).

1-Jadval. O'quvchilarning asosiy tadqiqotchilik kompetensiyasi

O'quvchilarning tadqiqotchilik kompetentligi Bilim 1 Asosiy ilmiy ma'lumotlar (terminologiya, qonuniyatlar)

2 Tadqiqotning asosiy terminlari (tadqiqot ob'ekti, predmeti, maqsad, vazifalar, dolzarbligi, metodlar, ilmiy ishning amaliy ahamiyati va boshqalar)

3 Zamonaviy ilmiy sohada tadqiqotning asosiy yo'nalishlari (umumiy o'rta ta'lim darajasida)

4 Tadqiqotchilik faoliyatining bosqichlari

5 Taqdim etilgan tadqiqot natijalari turlari

6 Tadqiqot ishining baholash mezonlari

7 Yosh tadqiqotchining etikasi(o'quvchi)

Tadqiqotchilik qobiliyatlari, ko'nikma va malakalar 8 Muammolarni belgilab olish

9 Tadqiqot ishining ob'ekt va predmetini aniqlash

0 Tadqiqot mavzunisini shakllantirish

1 Tadqiqot maqsadi va vazifalarini shakllantirish

2 Tadqiqot ishini rejasini shakllantirish va oldindan bashorat qilish

3 Tadqiqotni tashkil etish rejasini tuzish

4 Tadqiqot uchun tanlangan mavzu doirasida axborotlar manbasi bilan ishlash

5 g'oyalar o'ylab topish, muammolarni hal qilish usullari va loyiha variantlarini yaratish.

6 hodisa va jarayonlarning paydo bo'lish sabablarini taklif qilish

7 tahlil qilish, solishtirish, umumlashtirish va xulosalar chiqarish

8 Tadqiqot boshida belgilangan maqsad va vazifalar bilan erishilgan natijalarni solishtirish

Tajriba (bajara olish imkoniyatlar, xulq-atvor stereotiplari) 9 turli ilmiy manbalari va axborot resurslari bilan ishlash

0 muayyan tadqiqotni amalga oshirish usullarini tanlash

1 Oddiy asbob uskunalar bilan ishlash

2 sotsiologik so'rov, so'rovnomalar, suhbatlar va boshqalarni tashkil etish, jamoada yakka tartibda ishlash

3 tadqiqot natijalarini qayd etish va qayta ishlash

24 tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish va ularni himoyaga taqdim etish (tadqiqot ishi, ma'ruza, tezislar, nashr ishlari, taqdimot va boshqalar), tadqiqot ishini taqdim etish

5 Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini (amaliy natija) izlab topish

Ko'pgina tadqiqot ish arini kuzatish va tahlil qilishda, negadir tadqiqotchilikka yo'naltirish

va kompetentlik ko'p hollarda oliy ta'lim muassasalari talabalari yoki kasbiy kompetentlilikka yo'naltrilgan turli soha vakillarida tadqiq etilgan. Negadir umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilarni tadqiqotchilikka yo'naltirish ko'nikmalari shakllantirish asosida tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish masalalariga kam e'tibor qaratilgan. Bizningcha, tadqiqot ishlarini tashkil etish va uni faoliyatga aylantirish maktab o'quvchilari uchun murakkablik qiladi degan fikrlarning mavjudligidir. Lekin MDX davlatlari olib borilgan ko'plab tadiqotlarda o'quvchilarning tadqiqotchilikka yo'naltirish va ulardagi tadqiqotchilik ko'nikmalarini riqojlantirish bo'yicha bir necha tadqiqot ishlarini kiritish mumkin.

Biologiya darslarida o'quvchilarni tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish bo'yicha o'qituvchining mahoratini inobatga olib, ancha ilgaridan faoliyatga yo'naltirish maqsadga muvofiq. Chunki bilamizki, umuiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinflaridan boshlab "Tabiiy fanlar"dan loyiha ishlari taqdim etib kelinadi. Loyihalash usulining o'ziyoq o'quvchilarning tadqiqotchilikka tayyorlaydi deb hisoblash o'rinli masala hisoblanadi.

Boshlang'ich sinflarda "Tabiiy fanlar" o'quv predmetining mazmunidagi har bir bobida lyoki 2 tadan amaliy ish berilgan. Amaliy ishlarni o'quvchilar dastlab sinfda o'qituvchi ko'magida bajarishadi. Keyinchalik uy sharoitida kattalar ko'magida bajarishga yo'naltiriladi. Bunday faoliyat 1-sinfdan boshlanadi, 4-sinfgacha davom ettirib kelinadi. 5-sinfdan boshlab o'quvchilarga biologiyaga kirish fani o'qitiladi boshlaydi. Hozirgi kunda Milliy dastur asosida e'tibor qaratadigan bo'lsak, katta avlod o'qib o'rgangan botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi yoki umumiy biologiya fanlari milliy dastur asosida ancha mukammal va yangi yondashuv asosida shakllantirilgan. Unga ko'ra ayni predmetlar zamirida tayanch kompetensiyalar va fanga oid kompetensiyalarni o'zlashtirish asosida fanning yangi mazmuni o'rganiladi. Har bir mavzuda bevosita o'quvchini mustaqish faoliyatga yo'naltirish, tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish masalalari tashkil etadi. Shunda ekan, endilikda umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarini ham tadqiqotchilikka yo'naltirish asosida ularda tadqiqotchilik kompetenligini rivojlantirib borish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

REFERENCES

1. ^арахонова Л.М. Узлуксиз таълимда медиаресурс ва медиавоситалардан фойдаланиш // Узлуксиз таълим // -Тошкент. 2015. № 4. -Б. 59-63.

2. ^арахонова Л.М. Медиаинформационная грамотность и медиаобразование в непрерывном образование // Узлуксиз таълим // -Тошкент. 2017. № 5. -Б. 52-58.

3. Khujanazarov U.E. Factors Affecting The Status Of Mountain And Mountain Pastures Of Kashkadarya Basin. Natural Volatiles & Essential Oils, 2021; 8(4): 12006-12017.

4. Khujanazarov U.E. Foothill flora of the Kashkadarya basin. Bulletin of Khorezm Ma'mun Academy, 2021. - No.7. - Pp. 93-98.

5. L.M.Karaxanova. Formation of research competence in teaching biology at a comprehensive school// Yeurasian Journal of Learning and Academic Teaching// ISSN (E): 2795-739X. Journal Impact Factor: 8.115. Volume 20| May 2023. -R.154-158.

6. L.M.Karaxanova. Use of modern technologies used to implement 3-d modeling from biology as a factor for development of students' research competences// International scientific and technical conference "Digital technologies: problems and solutions of practical Implementation in the industry" APRIL 27-28, 2023. -R. 1109-1111.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.