Научная статья на тему 'EKSPERIMENTAL TAJRIBALAR YORDAMIDA OʻQUVCHILARDA TADQIQOTCHILIK, AMALIY VA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH'

EKSPERIMENTAL TAJRIBALAR YORDAMIDA OʻQUVCHILARDA TADQIQOTCHILIK, AMALIY VA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
622
236
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eksperimental masalalar / koʻnikma / malaka / kompetensiyalar / tajriba.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Iskandarov Aybek Yuldashevich, Kuchkarov Mexriddin Asamovich, Shernazarov Iskandar Ergashovich

Ushbu maqolada o‘quvchilarda eksperimental tajribalar orqali amaliy, tadqiqotchilik va tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirish bo‘yicha topshiriqlar yoritilgan. Shu bilan birga kimyo fanidan eksperimental masalalarning oʻrni va ulardan foydalanishning afzalliklari hamda kimyo darslarida qoʻllash uchun ba’zi eksperimental masalalar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKSPERIMENTAL TAJRIBALAR YORDAMIDA OʻQUVCHILARDA TADQIQOTCHILIK, AMALIY VA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

EKSPERIMENTAL TAJRIBALAR YORDAMIDA O'QUVCHILARDA TADQIQOTCHILIK, AMALIY VA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIGINI

SHAKLLANTIRISH

Iskandarov Aybek Yuldashevich

Nizomiy nomidagi Toshkent davlatpedagogika universiteti "Kimyo va uni o'qitish metodikasi" kafedrasi dotsenti e-mail: oybekiskandarov@mail.ru Kuchkarov Mexriddin Asamovich

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Kimyo va uni o'qitish metodikasi" kafedrasi o 'qituvchisi Shernazarov Iskandar Ergashovich

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Kimyo va uni o'qitish metodikasi" kafedrasi v.b.dotsent, PhD e-mail: shernazarov_iskandar855@mail.ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'quvchilarda eksperimental tajribalar orqali amaliy, tadqiqotchilik va tabiiy-ilmiy savodxonligini shakllantirish bo'yicha topshiriqlar yoritilgan. Shu bilan birga kimyo fanidan eksperimental masalalarning o'rni va ulardan foydalanishning afzalliklari hamdakimyo darslarida qo'llash uchun ba'zi eksperimentalmasalalar keltirilgan. Kalit so'zlar: eksperimental masalalar, ko'nikma, malaka, kompetensiyalar, tajriba.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7561991

Kirish. Umumta'lim maktablarida reaktivlarni o'zaro almashtirish va mahalliy ta'minot asosida uzluksiz ta'lim tizimida kimyo kursining eksperimental qismini kuchaytirish ta'lim va tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshiradi. Kimyoviy eksperiment ko'pchilikka ma'lum bo'lgan ikki guruhga bo'linadi: ko'rgazmali (demonstratsion) va o'quvchilar mustaqil bajaradigan eksperimentlar. O'quvchilar tomonidan bajariladigan eksperimentlar maqsad va tashkil qilinish usuliga qarab laboratoriya tajribalari, amaliy mashg'ulotlar va uy tajribalariga bo'linadi. Ko'rgazmali tajribalarga qo'yilgan talablar ichida asbob va qurilmalarning oddiyligi, eksperiment madaniyati va estetikasiga alohida e'tibor beriladi. Kimyoviy asbob va jihozlar yetishmagan sharoitda xo'jalik jihozlari, tibbiy hamda maishiy xizmatda ishlatiladigan asbob va idishlardan mohirona foydalanib mazmunan zamon talablariga javob beradigan eksperimentlarni tashkil etish mumkin [1]. Kimyodan laboratoriya ishlarini tashkil qilishda qiyinchilik tug'diradigan, ba'zan kerakli natijani olishga xalaqit beradigan yetishmovchiliklarning ko'pchiligini ozgina zukkolik bilan bartaraf etish mumkin. Shu bilan birga ancha qimmat turadigan reaktiv va jihozlar o'rniga maishiy xizmat, tibbiyotda ishlatiladigan moddalar va bir marta ishlatiladigan jihozlardan foydalanib, tejamkorlikka ham erishish mumkin yoki tajribalarni axborot texnologiyalar dasturi orqali animatsion jarayonlar orqali tushuntirish mumkin [2; 74-b].

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O'zbekiston Respublikasining Prizedentining 2020 yil 21 avgustdagi "Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4805-son qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi.

Muammoni o'rnanilganlik daradasi. Respublikamizda o'quvchilarni eksprimental kompetentligini rivojlantirishda bir qancha olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan. O'quvchilarda eksprimental kompetentligini amalga oshirishda laboratoriya jarayonlari va darslarni axborot texnologiyalar yordamida tashkil etish, darslarda elektron ta'lim resurslardan hamda fanlar integratsiyasidan foydalanish bo'yicha A.A.Abduqodirov, U.SH.Begimqulov,

H.Omonov, SH.Mirkomilov, E.U.Eshchanov, F.A.Alimova, L.T.Zaylobov, N.A.Anvarova,

I.E.Shernazarov, SH.Shomuratova, R.Berdiqulov va boshq. tadqiqot ishlarida o'z aksini topgan [3; 256-b].

MDH mamlakatlarida bo'lajak kimyo o'qituvchilarini tayyorlashning o'ziga xos xususiyatlariga oid izlanishlar V.L. Blinova, K.B. Oralbayeva, N.L. Buylova O.S. Zaysev, N.YE. Kuznetsova, V.A. Slastenin, V.P. Lebedeva, G.A. Pichugina tomonidan olib borilgan. Ta'lim sifatini yaxshilash, axborot va pedagogik texnologiyalar asosida o'quvchilarning kimyo fanidan o'zlashtirgan bilimlarini baholash, fanni o'rganishda kompyuter texnologiyalarining afzalligi hamda zamonaviy o'qitishning samarali usullarini birlashtirib o'qitish, eksprimental tajribalarni axborot texnologiyalar yordamida takomillashtirishni joriy qilish masalalari YE.O.Yemelyanova, YE.Y.Zashivalova, A.A.Siromyatnikov, V.N.Lixachev, A.A.Podgornova, A.S.Artemeva, O.YE.Gorbunova, N.S.Mixaylova kabi olimlarning ishlarida tadqiq qilingan.

Adabiyotlarni o'rganish natijasida aniqlangan va o'rganilmagan muammolar qo'yidagilardan iborat:

eksperimental tajribalarni bajarishda axborot texnologiyalardan foydalanishda fanlar integratsiyasidan foydalanish;

eksperimental tajribalar yordamida o'quvchilarni masalalar yechish metodikasini ishlab chiqilmaganligi;

eksperimental tajribalar yordamida o'quvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllanmaganligi;

umumiy o'rta ta'lim maktablarida laboratoriya tajribalarni bajarish yordamida o'quvchilarda amaliy kompetensiyasini shakllanmaganligi;

eksperimental tajribalar yordamida o'quvchilarda tabiiy ilmiy savodxonlikni o'rganilmaganligi aniqlandi [4].

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida eksperimental tajribalarni bajarish orqali o'quvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish;

tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirishda ekspiremental tajribalarni axborot texnologiyalardan foydalanish metodikasini shakllantirish;

eksperimental tajribalarni o'rgatish orqali o'quvsilarda amaliy va tabiiy ilmiy savodxonligini shakllantirish metodikasini o'rganishdan iborat.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Tadqiqotning material va usullari quyidagilardan iborat.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida eksperimental tajribalami axborot texnologiyalar yordamida bajarish.

Darsda o'qituvchi tomonidan tayyorlangan yo'riqnomalar, tavsiya va topshiriqli varaqalar ishlatilishi mumkin. Eksperimental tajribalar matni axborot texnologiyalar yordamida (slayd, animatsiya yoki avdiovizual tarzida) ifodalangan manbalardan ham foydalanish mumkin. Odatda, ularda ishning maqsadi mujassamlanadi hamda tarkibiga ishni bajarish rejasi va topshiriqlar kiritiladi. Bunday varaqalar o'quvchilarda qo'yilgan masala mustaqil yechish, kimyoviy tajribalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish malakalarini rivojlantiradi. Mazkur topshiriq varaqalari bilan ishlash jarayonida o'quvchilarning ilmiy-tadqiqotchiligi, faolligi ortib boradi [5; 404-b].

Eksperimental tajribalarni samaradorligini oshirish maqsadida o'quvchilarni kichik guruhlarga bo'lish, har biriga alohida vazifalar berish, olingan natijalarning himoyasini tashkil qilish mumkin. Hamkorlikda amalga oshirilgan ish esa o'quvchilarning faolligini o'stiradi, darsda olingan bilimlarni yanada mustahkamlaydi [6; 136-13 7-b].

Eksperimental tajribalarda yangi materialni kuzatish, tabiiy obektlardan keng foydalanish uslubini tadbiq etish ko'zda tutiladi. Bunday darslar real bilimlarni to'plash, amaliy, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida o'tkaziladi.

Bilimlarni shakllantirishda o'quvchilarda turli asboblar (evdiometr, kimyoviy reaksiyalarda issiqlik effektini aniqlash, suvni sintez qilish, kimyoviy reaksiya tezligini aniqlash va boshqalar) va kimyoviy jihozlar bilan ishlash malaka va ko'nikmalarning hosil bo'lishi katta ahamiyatga ega [7; 71-72-b].

Kimyo darslarida o'quvchilar bajarayotgan amaliy laboratoriya tajribalari ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Mustaqil bajariladigan tajribalar o'quvchilarning bilim-malakalarni ongli o'zgarishlarga, fikrlash faoliyati va kimyo faniga bo'lgan qiziqishlarni rivojlantirishga, mehnat malakalarini tarbiyalashga, kuzatuvchanlik qobilyatini, borliqni to'g'ri idrok etishni shakllantirishga o'z ta'sirini ko'rsatadi [8; 72-b].

Eksperimental tajribalarni tashkil qilishda qo'yidagi rejadan foydalanish mumkin: o'tilgan materiallarni takrorlash;

eksperimental tajribalar ishi maqsadi va vazifasini tushuntirish; o'quv jihozlar bilan ishlash qoidalarini eslash; ish tartibini tushuntirish;

belgilangan eksperimental tajribani amalga oshirish; eksperimental tajribalarni qayd qilish; eksperimental tajribalarni natijalarini himoya qilish; eksperimental tajriba ishini yakunlash; eksperimental tajribalar bo'yicha savol-javob o'tkazish; eksperimental tajribalar bajargan o'quvchilarni baholash;

Eksperimental tajribalar orqali o'quvchilarni amaliy va tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish bilan birga ilmiy savodxonligini eksperimental masalalar yechish usullari orqali ham rivojlantirish mumkin [8; 1578-1579-b].

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Masalan. Eksperimental masala muammoli vaziyatning modeli bo'lib, hisoblashlarga asoslangan masalalardan farqi, faqat fikrlashga doir bilimlardan tashqari, kimyoviy qonuniyatlarga asoslangan amaliy faoliyatga oid bilim va ko'nikmalar ham talab etiladi [9; 1570-1572-b].

Eksperimental masalalar yechish uchun, o'quvchilar nazariy bilimlarni o'zlashtirishlaridan tashqari, eksperiment jarayonlari, shart sharoiti, belgilari, qurilma, reaktivlari haqida ham yetarlicha ma'lumotlarga ega bo'lishlari lozim. Bu jarayonda o'quvchilar kimyoga oid bilimlarni kengaytirishni, chuqurlashtirishni davom ettirish bilan birga tajribalar bajarishga oid maxsus ko'nikmalarni ham shakllantirib boradi. Eksperimental masalalar yechishning eng muhim tomonlaridan biri, o'quvchilarning mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam berib, tartibli, e'tiborli, ehtiyotkor, kuzatuvchan bo'lish, o'ziga ishonch, maqsadga intiluvchanlik kabi xususiyatlarni shakllantiradi [10; 471-473-b].

1. Quyidagi qurilmalardan qaysi birida moddaning saqlanish qonunini isbotlab bo'lmaydi?

/

S04

I I

A)

B)

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

CaCO.i

C)

D)

2. Raqamlangan probirkalarda NaOH, BaCh, H2SO4, CuSO4, K2CO3 eritmalari berilgan. Lekin qaysi probirkada qaysi eritma joylashganligi noma'lum. Qo'shimcha reagentlardan foydalanmasdan turib, quyidagi ma'lumotlar asosida probirkalardagi eritmalarni aniqlang [11; 91-92-b].

1)

1 Ii

3)

I

5 L

I

Tr

I

2)

5

Cho'kma va gaz

tn'k cho'kin;!

1 ■

j '

I

f

4)

Gaz

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

I-

i 1 H I

Oq cho'kma

5)

3. Raqamlangan probirkalarda K2CO3, NaOH, FeCta, HCl eritmalari berilgan. Lekin qaysi probirkada qaysi eritma joylashganligi noma'lum. Qo'shimcha reagentlardan foydalanmasdan turib, quyidagi ma'lumotlar asosida probirkalardagi eritmalarni aniqlang [12].

Cüo'kma va gaz r;a7

3) & 4)

O'quvchilar notanish vaziyatlarga, hayotiy muammolarga duch kelganlarida ularni hal etishda kompetensiyalardan foydalanadi. Nazariy ma'lumotlarni o'rganib, tushunib va ularni tushuntirib berish orqali bilimga aylantiradi [13; 152-b]. Mazkur mavzularga doir eksperimental masalalar yechish, ya'ni bilimlarni tanish vaziyatlarga qo'llash orqali ko'nikmalar shakllantiriladi. Mantiqiy, ijodiy faoliyatga asoslangan eksperimental masalalar yechish orqali, yangi, notanish vaziyatlarda, bilim va ko'nikmalardan foydalanib muammolarga yechim topishga intilish orqali malakalar shakllanadi [14]. Amaliy faoliyat, kundalik hayotiy jarayonlarga bog'liq eksperimental masalalarni yechish va topshiriqlarni

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

amalga oshirish, bilim, ko'nikma va malakalarni hayotiy muammolarni bartaraf etish, amaliyotga tadbiq etishga o'quvchilarni amaliy, tadqiqotchilik kompetensiyalari va o'rgatadi, ya'ni kompetensiyalarni shakllanishiga olib keladi [15; 1109-1112-b].

Natijalar bo'limi: eksperimental tajribalar orqali o'quvchilarni amaliy, tadqiqotchilik kompetensiyalari hamda tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirish uchun umumiy o'rta ta'lim maktablariga o'tkazildi [16].

O'tkazilgan tajriba sinovlari ishlari Yangiyo'l tamani va Sergeli tumani Yangi hayot tumanida o'tkazildi.

Yangiyo'l tumani X.Tursunqulov jamoa xo'jaligi Eshonobod q.f.y. Nur ko'chasi 3-uy 32-maktabning 7-8 sinf o'quvchilarida o'tkazildi. 7-sinf o'quvchilar soni 32 nafar, 8-sinf o'quvchilari 34 nafari tadqiqot ishlarida ishtirok etdi. O'quvchilar 2 guruhga bo'lindi 7-sinf o'quvchilari 16 nafardan, 8-sinf o'quvchilari 2 guruhga bo'linib 17 nafardan ajratildi. Tajriba guruhi va sinov guruhlariga ajratilgan o'quvchilarni bilim saviyasi tenglashtirib olindi va ularni sinov guruhlariga ananaviy tarzda, tajriba guruhida esa eksperimental tajribalar orqali o'tkazildi. Olingan natijalar qo'yidagicha bo'ldi.

Sinf O'quvchilar A'lo Yaxshi Qoniqarli Qoniqarsiz Sifat

soni baho baho ko'rsatkichi

Tajriba guruhlari

7-sinf 16 8 6 2 0 87,5%

8-sinf 17 9 7 1 0 94,1%

Sinov guruhlari

7-sinf 16 4 7 4 1 68,75%

8-sinf 17 5 6 5 2 82,94%

7-sinflarda 87,5% - 68,75% = 18,75%, 8-sinflarda 94,1% - 82,94% = 11,16% oshganligi aniqlandi.

Sergeli tumani yangi hayot tumani 330-maktabda ham eksperimental tajribalar orqali tajriba sinov ishlari o'tkazildi. Tajriba sinov ishlarida qatnashgan o'quvchilar natijalari qo'yidagi jadvalda aks ettirildi.

Sinf O'quvchilar A'lo Yaxshi Qoniqarli Qoniqarsiz Sifat

soni baho baho ko'rsatkichi

Tajriba guruhlari

7-sinf 34 12 18 4 0 88,2%

8-sinf 32 14 15 3 0 90,625%

Sinov guruhlari

7-sinf 34 8 16 9 1 70,6%

8-sinf 32 9 14 7 2 71,875%

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

7-sinflarda 88,2% - 70,6% = 17,6%, 8-sinflarda 90,625% - 71,875% = 18,75% oshganligi aniqlandi.

Olingan natijalarga ko'ra 7-sinflarda o'rtacha 18% ga, 8-sinflarda 15% ga oshganligi aniqlandi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, umumiy o'rta ta'lim maktablarida dasrlarda ko'proq ma'ruza emas balki ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar o'yg'un tarzda o'tkazilishi kerakligi aniqlandi.

Tavsiya sifatida barcha umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarida kimyo fanlaridagi darslarni amaliyot va ma'ruzalarni bir darsni o'zida tashkillashtirish kerakligi aytib o'tildi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida eksperimental tajribalarni bajarish orqali o'quvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirishda ekspiremental tajribalarni axborot texnologiyalardan foydalanish metodikasini shakllantirilgan;

eksperimental tajribalarni o'rgatish orqali o'quvsilarda amaliy va tabiiy ilmiy savodxonligini shakllantirish metodikasini o'rganishdan iborat ekanligi tadqiqot davomida aniqlandi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida eksperimental tajribalarni axborot texnologiyalar yordamida bajarish natijasi samarali ekanligi isbotlandi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra tadqiqotchilar o'z oldilariga qo'yilgan natijalarga erishildi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Iskandarov, A. Y., & Makkamov, N. (2021). CHEMICAL PROBLEM SOLVING AS A METHOD OF INCREASING STUDENTS'COGNITIVE ACTIVITIES.

2. Iskandarov, A. Y. (2022). TO COMBINATE THE CHEMICAL TASKS ON THE BASIS OF SYSTEMATIC ANALYSIS. European International Journal of Multidisciplinar Research and Management Studies, 2(04), 73-77.

3. Iskandarov, A. Y., & Makkamov, N. Solution of Chemistry Problems as a Way to Increase the Cognitive Activity of Students. European Scholar Journal, 2(3), 255-256.

4. Zainidinov, H. N., Bakhramov, S. A., & Kuchkarov, M. A. (2018). Methods for Modeling of Thermal Fields by Bicubic Splines. Automatics & Software Enginery, (1), 23.

5. Асамович, К. М. (2022). ОРГАНИЗАЦИЯ ЛАБОРАТОРНЫХ РАБОТ В ВИДЕ ДИДАКТИЧЕСКОЙ ИГРЫ. Европейский международный журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 2 (12), 403406.

6. Асамович, К. М., и Каримовна, Х. Т. (2022). ВОЗМОЖНОСТИ ШИРОКОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПРАКТИЧЕСКИХ МЕТОДОВ В ХИМИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ. Конференция, 136-139.

7. Ergashovich, S. I. (2022). Preparation Of Future Chemical Chemistry Teachers for Preparation for International Research. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 15, 71-76.

8. Shernazarov, I., & Xodjabayeva, N. (2022). THE IMPORTANCE OF MODERN TECHNOLOGIES IN THE USE OF MATERIALS FROM INTERNATIONAL EVALUATION STUDIES. Science and Innovation, 1(8), 1578-1582.

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

9. Bektosheva, S., & Shernazarov, I. (2022). O 'QUVCHILARDA FUNKSIONAL SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH. Science and innovation, 1(B8), 1570-1577.

10. Ergashovich, S. I. (2022). THE USE OF INTERNATIONAL ASSESSMENT RESEARCH COMPETENCIES IN THE FORMATION OF THE LITERACY OF FUTURE CHEMISTRY TEACHERS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(12), 471-477.

11. Исмаилов, С. А. (2023). ОРГАНИЗАЦИЯ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫХ ОПЫТОВ СОВРЕМЕННЫМИ МЕТОДАМИ ПРЕПОДАВАНИЯ ХИМИИ. Journal of new century innovations, 20(4), 91-93.

12. Исмоилов, С. А. ПРОЕКТИРОВАНИЕ ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧИТЕЛЯ ХИМИИ. Zbior artykulow naukowych recenzowanych., 145.

13. Azamjonovich, I. S. (2022, May). IMPROVING THE METHODS OF PROBLEMS SOLVING RELATED TO SOLUTIONS IN 11TH GRADES. In E Conference Zone (pp. 152153).

14. Berdikulov, R. S. (2017). DEDUCTION OF CHEMICAL THOUGHT. European Research, (5), 62-68.

15. Berdiqulov, R. (2022). DEDUCTIVE ANALYSIS TEACHING CHEMISTRY LOGICAL QUALITATIVE FOUNDATION. Science and Innovation, 1(8), 1109-1114.

16. Berdikulov, R. S. (2020). Developmental factor of chemical thinking of future chemistry teachers. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences,

2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.