Научная статья на тему 'MAKTAB DASTURLARIDA MUHAMMAD YUSUFNING HAYOTI VA IJODINI RAQAMLASHTIRILGAN HOLDA O`QITISH METODIKASI'

MAKTAB DASTURLARIDA MUHAMMAD YUSUFNING HAYOTI VA IJODINI RAQAMLASHTIRILGAN HOLDA O`QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
raqamli texnologiya / zamonaviy ta`lim / sonlar falsafasi / “Omad va daromad” metodi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.S.Zoyirova

Maqolada “Muhammad Yusufning hayoti va ijodi” mavzusi doirasida o‘qituvchi va o‘quvchilarning maktab tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish orqali turli metodlarni qo‘llash masalasi yuqori pedogogik ta`lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar tajribasi orqali tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTAB DASTURLARIDA MUHAMMAD YUSUFNING HAYOTI VA IJODINI RAQAMLASHTIRILGAN HOLDA O`QITISH METODIKASI»

MAKTAB DASTURLARIDA MUHAMMAD YUSUFNING HAYOTI VA IJODINI RAQAMLASHTIRILGAN HOLDA OQITISH METODIKASI

M.S.Zoyirova

Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani 275 - maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi,

magistr

https://doi.org/10.5281/zenodo.10804824

Annotatsiya. Maqolada "Muhammad Yusufning hayoti va ijodi" mavzusi doirasida o'qituvchi va o'quvchilarning maktab tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish orqali turli metodlarni qo'llash masalasi yuqori pedogogik ta lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar tajribasi orqali tahlil qilinadi.

Kalit so^zlar: raqamli texnologiya, zamonaviy ta'lim, sonlar falsafasi, "Omad va daromad" metodi.

Аннотация. В данной статье рассматривается вопрос о формировании у учителей и учащихся с помощью различных методов умения пользоваться цифровыми технологиями в школьной системе в рамках темы "Жизнь и творчество Мухаммада Юсуфа".

Ключевые слова: цифровые технологии, современное образование, философия чисел, метод «Удача и прибыль».

Abstract. This article examines the issue of the formation of the ability of teachers and students to use digital technologies in the school system using various methods within the framework of the theme "The life and work of Muhammad Yusuf'.

Key words: digital technologies, modern education, philosophy of numbers, "Luck and Profit" method.

Maktabda o'qitish metodikasi o'zgarmasa, ta'lim sifati ham, mazmuni ham, muhit

ham o'zgarmaydi.

Sh. Mirziyoyev

Talim tizimini raqamlashtirish zamonaviy ilm-fan rivojiga ta'sir qiladi.Xususan ,kompyuter texnologiyasi rivoji va ulardan amaliyotga keng foydalanishga yo'l ochib berildi.Maktab dasturlarida ham ilmiy-tadqiqot ishlarini tajriba-sinov tariqasida otkazishda jarayon va hodisalarni modellashtirishda rivojlanish yaqqol sezilmoqda.Zamonaviy ilm-fanga xususiy sohalar bilan birgalikda ,davlat tasarrufidagi maktablar orasigayaxshi manodagi raqobat paydo bolmoqda.

Ozbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi kop jihatdan jahon intelektual salohiyatiga tolaqonli javob beraoladigan mutaxassislar bugun maktablarda oz faoliyatini boshlagan.Maqsad esa bitta-talim sifatini sezilarli darajada oshirish.

Maktab oquvchilari orasida xorijlik xalqaro ustozlarga qiziqish anchagina.Oquvchi ozi bilmagan, ko'rmagan narsasiga koproq qiziqqanidek, xalqaro ustozlarning kiyinishi,o'zini tutishini kuzatib boradi.Ammo bu borada bitta muammo bor,ya ni ular faqat ingliz tili fanidan dars otadilar. BBugungi kun talabidan kelib chiqib, adabiyot va ona tili fanlarini ham orada bita dars sifatida o'quvchiga otib berish kerak.Oquvchi bir darsning ozida ham ingliz tilida , ham ozbek tilida malumotlarni oladi.Asosiysi,o'quvchini darsga jalb qila bilish va uning bilimini zamon talabiga mos ravishda rivojlantirish.Ushbu noan'anaviy darslarda turli gadjetlardan foydalanishga ruxsat berish.Bu jarayon albatta o'quvchiga internetdan to'g'ri va foydali tarzda foydalanib,vaqtini unumli otkazish ko'nikmasini shakllantiradi.Masalan,adabiyot darsliklarida

berilgan "Muhammad Yusufning hayoti va ijodi" mavzusi berilgan.Ona tili fani ustozi ozbek tilida malumotlarni yetkazadi,xorijiy ustoz ingliz tilida yetkazadi.Ma'lumotlar o'quvchilar tomonidan taqqoslanadi va qiziqarli muhokamaga sabab bo ladi. Darsning ikkinchi qismida esa,electron doskada turli shoirning hayot yo'li tasvirlangan videolar yoritib boriladi,o'quvchilar mobil telefonlarida shu asosida berilgan testlarni bajarib,osha vaqtning ozida electron formatda topshiradilar.

Bizga malumki, oquvchilarning bugungi kunda mobil telefonlarga bolgan qiziqishi juda baland. Agar biz ularni ushbu gadjetlardan foydalanishni maqsadli yo'lga qo'ymasak, balog'at yoshidagi o'quvchilar oz qiziqishlaridagi energiyani turli o'yinlar o'ynashga, foydali bolmagan ko'ngilochar videolarni ko'rishga sarflaydi. Demak bizning vazifamiz ularni davr o'zgarishi va zamon talabi bilan yuzaga kelgan qiziqishlarini yaxshi va foydali tomonga yo'naltirishdan iborat. Bunda eng qulay usul bu aynan telefonlarda Quiz testlardan foydalanish metodi hisoblanadi. Odatda, qogoz variantdagi testlarni ishlaganda o'quvchi, albatta, oz natijasi kutadi. Natija esa oqituvchi tekshurgunga qadar kamida bir kundan ortiq vaqt otadi. Bu vaqt oraligida esa bolada bo'lgan energiya so'nadi. Oquvchidagi dars jarayonida hosil bo'lgan energiyani Quiz testlar orqali yoki motivatsiya beradi, yoki oz ustida yana ishlash kerak, degan tushunchani hosil qiladi. Quiz testlarida javobi to'g'ri chiqqanda korinadigan harakatli "смайлик" lar esa o'quvchining kayfiyatini sezilarli darajada kotaradi. Bunda tashqari bu metod orqali sinfda soglom raqobatni keltirib chiqaradi. Chunki, oquvchi boshqa sinfdoshlarinig ham natijasi bilan qiziqadi. Shu bilan birgalikda test ishlash konikmasi hosil qilinadi. Quyida Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bilan bog'liq bo'lgan testlardan namunalar tashlaymiz.

Istiqlol yillarida erishgan ijodiy yutuqlari uchun Muhammad Yusufga 1998 - yil qanday unvon berilgan?

A) "Ozbekiston xalq shoiri"

B) "Ozbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi"

C) "Ozbekiston qahramoni"

Ikkinchi metod "Ham omad, ham daromad" deb nomlanadi.Bu metod guruh bolib ishlashda qo llaniladi. Bunda murakkablik darajasi turlicha bo lgan savollar raqamlanadi. Raqamlar yozilgan kubikdan foydalaniladi. Oquvchi kubikni tashlab, ozining raqamini topadi. Deylik, to'rt raqami tushdi. Tort raqamli savolni oladi agar to'g'ri javob bersa, o'sha raqamdagi sovg'ani oladi. Shu bilan birgalikda sinfda belgilangan joydan go liblik marrasiga qadar to'rt qadam yuradi. Navbat ikkinchi guruh azosiga yetganda u ham shu amallarni bajaradi. Birinchi bolib maraga yetib kelgan o'quvchi g'olib sanaladi. Yetib kelmagan o'quvchi oz - ozidan nol balga tenglashtiriladi.

Uchinchi metod. "Sonlar falsafasi" deb nomlanadi. Bu metodda o quvchilar birinchi navbatda oz mohiyat raqamlarini topib olishlari talab etiladi. Mohiyat raqamini bilgan inson ozgina bolsaham oz hayotini yengillashtirishi va hayotida uchraydigan salbiy hodisalar tasirini kamaytirishi mumkin. Mohiyat raqamini hisoblash uchun tug'ilgan kun, oy va yilning raqamlarini ketma - ket qo'shish kerak. So'ngra yuqorida ko'rastilgan misollardagidek ikki xonali sonlarni bir xonali songacha qisqartirish kerak. Keling biz buni Muhammad Yusufning tavallud kuni, oyi bilan yilini hisoblab, shoirning mohiyat raqamini topishga harakat qilamiz.

1954 - yil 26 - aprel. 2 + 6 + 4+1 + 9 + 5 + 4 = 31 3 + 1 = 4 Demak, shoirning mohiyat raqami to'rtga teng.

Oqituvchi birdan ongacha bolgan raqamlarning mohiyati haqida oquvchilarga malumot berib o'tganidan keyin, guruhdagi har bir o'quvchi Muhammad Yusufning hayoti va ijodi bilan

bog'liq bo'lgan barcha raqamlarning mohiyat ildizini topishga harakat qiladi va Muhammad Yusufning real hayotidagi mag'lubiyatlar va muvaffaqiyatlar bilan solishtiradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, raqamlashtirilgan metodlarni maktab yoshidan boshlab shakllantirib borish bo'yicha ta'limda islohotlar olib borildi. Ayniqsa, tayanch kommunikativ kompetensiyani tayanch kompetensiyalari qatoriga kiritish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarida natijaviyligi ilmiy asoslandi. O'zbekistonda 2012—2016-yil mobaynida tajriba-sinov ishlari olib borildi va nihoyat 2017-yilda amaliyotga joriy etildi. Barcha umumta'lim fanlari davlat talablariga kiritildi. Unda, kommunikativ kompetensiya - ijtimoiy munosabatlarda eng avvalo, ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o'zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatini rivojlantirish nazarda tutilgan. Maktab dasturlarida yangicha turdagi raqamlashtirilgan metodlardan foydalanish - bu o'quvchi tafakkurini oshirishda asosiy omil hisoblanar ekan, biz izlanishdan aslo toxtamasligimiz lozim!! !

REFERENCES

1. Ozbekiston Respublikasi 2020 - yil 23 - sentabrdagi "Talim to,g,risida"gi ORQ - 637 - son Qonuni.

2. O zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2022 - yil 28 - yanvardagi "2022 - 2026 - yillarga mojallamgam Ozbekistonning taraqqiyot strategiyasi to,g,risida"gi Farmonida

3. Djurayev R.X.Talimda texnologik yondashuv.Uzluksiz ta,lim.IMJ.-T.,2007,№1.

4. Karimov B.X ,Qalandarov A.D. Sonlar falsafasi."Buxoro" nashriyoti,2010.

5. Muhammad Yusuf. Saylanma "Sharq" Toshkent. 2005

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.