Научная статья на тему 'MAKON-ZAMON VA OBRAZLARARO OʻXSHASH IKKI ROMAN'

MAKON-ZAMON VA OBRAZLARARO OʻXSHASH IKKI ROMAN Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarixiy janr / pentalogiya / Qoʻqon xonligi / tarixiy shaxslar / tarixiy mavzu / pozitsiya / mingboshi / toʻqima obraz / obrazlar xarakteri / Xudoyorxon davri / historical genre / Pentalogy / Kokand Khanate / historical figures / historical theme / position / mingbashi / textured image / character of images / era of the Godhead

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — D.U.Mamanova

Maqolada Saʼdixon Mavlavixon oʻgʻli Eshonjonovning “Tanazzul” pentologiyasi va Abdulla Qodiriyning “Oʻtgan kunlar” romani oʻrtasidagi zamon-makon, obrazlararo uygʻunlik, voqealar rivojidagi oʻxshash jihatlar koʻrib chiqilgan. Chunki bu ikki asar ham Qoʻqon xonligi tarixini aks ettirgan badiiy asarlardir. Abdulla Qodiriy romanida asosiy voqealar rivojida badiiy toʻqima obrazlar harakatlantirilgan boʻlsa-da oʻsha qahramonlar siyosatdan yiroq boʻlmagan obrazlardir. Yaʼni siyosiy-ijtimoiy vaziyatga befarq emas. Qoʻqon xoni Xudoyorxon zamoni uning hukmronligi atrofidagi voqea-hodisalar ichida yoritilgan. “Tanazzul” romani esa real tarixga asoslangan badiiy ijod namunasi boʻlib, asosiy obrazlar ham tarixiy shaxslar tarixiy haqiqatga aloqadordir. Demak, bu ikki romanlarda bir-biriga bogʻliqlik mavjud boʻlib ularning tarixiy obrazlar nuqtayi nazaridan va badiiy toʻqima jihatidan taqdiq qilish mumkin va shu holat oʻzaro qiyosiy tahlil qilingan. Shu jumladan, “Oʻtkan kunlar” dagi bosh obrazlardan toʻqima obraz hisoblangan Yusufbek hoji obrazi “Tanazzul” romanida ham keltirilgan. Shuningdek, “Tanazzul” da bu obraz vositasida uning kelini yaʼni Kumushga nisbatan ham ishora borligini uchratishimiz va boshqa koʻplab oʻrinlarda tadqiq qilishimizga dahldor nuqtalar yuzasidan tanqidiy tahlil etishimiz mumkin. Bu maqolada aynan shu jihatlarga asosiy urgʻu qaratilib, maqolaning xususiyati esa ikki asarning tarixiy haqiqat va badiiy toʻqima jihatidan mutanosibligini tadqiq etish boʻlgan. Yakunida ikki asar oʻzaro makon-zamon, obrazlari va voqealar rivoji bilan aloqadorligi tarixiy haqiqatiga monand ekanligini koʻrish mumkin. Hamda Saʼdixon Mavlavixon oʻgʻli asar yaratishdan oldin oʻzidan oldingi tarixiy va badiiy asarlar bilan puxta tanishgan holda yozilgan degan xulosaga kelingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TWO NOVELS THAT ILLUMINATE A PERIOD BETWEEN SPACE-TIME AND IMAGES

This article examines the time-space, inter-character harmony, and similarities in the development of events between Sa’dikhan Mavlavikhon's son Eshonjanov's pentology "Tanazzul" and Abdulla Qadiri's novel "Bygone Days". Because these two works are works of art that reflect the Kokhan Khanate. In Abdulla Qadiri's novel, the characters are not far from politics, even though the main events of the novel are animated by artistic characters. That is, he is not indifferent to the political and social situation. The time of Kokan Khan Khudoyar Khan is covered in the events surrounding his reign. The novel "Tanazzul" is an example of artistic creativity based on real history, and the main characters and historical figures are related to historical reality. So, these two novels are related to each other, and it can be confirmed from the point of view of historical images and from the point of view of artistic texture, and this situation has been comparatively analyzed. Among them, the image of Yusufbek Haji, who is one of the main characters in "Gone Days", is also mentioned in the novel "Tanazzul". Also in "Tanazzul" we can find that there is a reference to Kumush, his daughter-in-law through this image, and in many other places we can make a critical analysis about the points that we should research. In this article, the main emphasis is on these aspects, and the feature of the article is the research of the proportionality of the two works in terms of historical truth and artistic texture. In the end, it can be seen that the two works are similar to the historical reality of the relationship between space and time, their images and the development of events. It was also concluded that before writing the work, the son of Sa’dikhan Mavlavikhan had thoroughly familiarized himself with the historical and artistic works of his predecessors.

Текст научной работы на тему «MAKON-ZAMON VA OBRAZLARARO OʻXSHASH IKKI ROMAN»

UDK 821.512.133

_MAKON-ZAMON VA OBRAZLARARO OXSIIASII IKKI ROMAN_

D.U.Mamanova*

Kalit so'zlar: tarixiy janr, pentalogiya, Qo'qon xonligi, tarixiy shaxslar, tarixiy mavzu, pozitsiya, mingboshi, to'qima obraz, obrazlar xarakteri, Xudoyorxon davri.

Vatan uning shonli va qonli tarixi necha ming yillami necha zamon-u xonlarni ko'rgan. Boy tarixiy meros bugunga qadar yetib kelib barchani lol qoldirmoqda. Vatanimizdagi qadim Samarqand, Buxoro, Marg'ilon, Xiva, Qo'qon va boshqa bir qancha shaharlar tarixiy taraqqiyot davrini bosib o'tgan va necha-necha ming yilliklarni qamrab olgan. Xususan, 2000-yildan oshgan Qo'qon shahri va uning o'tmishi hali hanuz tillarda shuningdek, kitoblarga muhrlanmoqda.

Yozuvchi tarixiy janrga murojaat etar ekan, tarixiylik prinspini buzmagan, undan boshqa bir qolib yaratmagan holda estetik ideali tarixiy haqiqatga monand bo'lsagina yetuk tarixiy asar yarata oladi. Xuddi shunday Qo'qon xonligi haqida Abdulla Qodiriy tarixiy real voqeylik bilan badiiy to'qima asosida "O'tkan kunlar", "Mehrobdan chayon" romanlarini yaratgan. "O'tkan kunlar" muqaddimasida "Yozmoqqa niyatlanganim ushbu - " O'tkan kunlar" yangi zamon ro'monchilig'i bilan tanishish yo'lida kichkina bir tajriba yana to'g'risi, bu havasdir. Ma'lumki, har bir ishning ham yangi - ibtidoiy davrda talay kamchiliklari bilan maydonga chiqishi, ahllarning yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomilga yuz tutishi tabiiy bir holdir..." [1. 5-b] deya aytib o'tar ekan, "Tanazzul" pentalogiyasi ham xuddi shu asosda dunyoga kelgan. Yozuvchi Sa'dixon Mavlavixon o'g'li ushbu romanini yozishda undan ilhomlangan buni birinchidan, roman epigrafida, ikkinchidan, romanda Qo'qon tarixini yoritishida, uchinchidan obrazlararo o'xshashliklarda va boshqa ko'plab o'rinlarda uchratishimiz mumkin. Bir davr haqida bugungi kunda yozilgan Sa'dixon Mavlavixon o'g'li Eshonjonovning "Tanazzul" romani va XX asr 1-yarmida yozilgan Abdulla Qodiriy asarlari o'rtasida zamon-makon, voqealari, obrazlari o'rtasida o'zaro bog'liqlikda yozilgani bir-biriga mutanosibdir.

"Tanazzul" romaniga Abdulla Qodiriyning "Moziyga qaytib ish qilish xayirlik deydilar..." gapi epigraf sifatida olinib yozilgani ilk bog'liqlik bo'lib, bu asar g'oyasini ham belgilovchi jihati hisoblanadi. Bu jumlalarni Qodiriy "O'tkan kunlar" da "... Shunga ko'ra mavzuni mazmuni moziydan yaqin o'tkan kunlardan, tariximizning eng kirlik qora kunlaridan belgiladim." [1. 5-b] deb yozadi. "Tanazzul" asari ham nomlanishi bilan yuqoridagi Qodiriy fikrlarini isbotlaydi. Ya'ni Xudoyorxon davri, xonlikdagi yemirilib borayotgan vaziyat, qipchoqlarning hokimiyat boshqaruvini o'z qo'liga olgani, aka-ukalar o'rtasida beklarning nayranglariga uchib taxt talashishlar, Rossiya tomonidan xonlikni bosib olishga bo'lgan harakatlari va natijada mustamlakaga aylantirgani hamma-hammasi Qo'qon xonligining parokandaligi, tanazzulga yuz tutishidir. Darhaqiqat, har qachon ham ortga qarab, puxta o'ylagan holda qilingan ishda hayr-baraka bo'ladi. Shunday ekan, tarix bizga har doim ko'zgu, eslatma, o'rnak vazifasini bajaradi. Shu sababdan ushbu asarlar yaratilgan desak xato bo'lmaydi.

Asarlarda tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar hatto to'qima obrazlararo o'xshashliklarni ko'rishimiz mumkin. Buni "Tanazzul" dagi Yusufbek hoji, Musulmonqul mingboshi, Normuhammad, O'tapboy qo'shbegi, Xudoyorxon, qipchoqlar qirg'ini voqealari va boshqa ko'plab

* Dilnoza Uktamovna Mamanova - Samarand davlat tibbiyot universiteti o'zbek tili fani o'qituvchisi.

«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists»

o'rinlarda uchratamiz. "O'tkan kunlar" dagi bosh to'qima obrazlardan biri Yusufbek hoji obrazi "Tanazzul"da ham xarakter, siyosatga munosabati jihatidan mutanosiblikda aks ettirilgan. Buni asarlardagi quyidagi voqealar orqali tahlil qilamiz. "O'tkan kunlar" da Yusufbek hoji Azizbek davri va qipchoqlar qirg'ini holatida "Azizbek bo'lsa javohir tojlar, oltin taxtlar, nozanin parivashlar, dong'dor mahramlar" haqidag'ina o'ylar edi.

- Hoji, - dedi Azizbek so'z ochib, - manim sizni o'rdag'a chaqirg'anim sababini, albatta, bilmagandirsiz?

Yusufbek hoji xayolidan ko'z ochdi:

- Taqsir... chaqirishingiz, albatta, fuqaroning tinchlig'i, raoyoning holati rohati, hukumatning barqaror turmog'i uchundir.

Hojining bu so'zi Azizbekni yashindek urdi. Uning ko'z o'nglari qorong'ulanib, haligi shirin xayollar tag'in qorong'iliqda yashirindi. ...Qarorim shundan iboratkim, ertadan boshlab yurtka o'ttiz ikki tanga soliq sochasiz.

...Hoji Azizbekning bu ablahona qaroriga qarshi qizishdi. Azizbek bu zolimona buyrug'iga qarshi qattiq so'zlar aytishka o'ylansa ham achchig'ini qanday kishiga aytishni o'ylab o'zini bir oz yig'di.

- Taqsir amringizga qarshi tushadirg'an joyim yo'q, - dedi, lekin shunisini bir oz o'ylamoq kerakki, yurt yetmish kun qamal kechirdi... Menga qolsa bu kunlarda o'ttiz ikki tanga emas, o'ttiz ikki qora pul solish ham og'irdir." [1. 84-b.] degan suhbat orqali siyosatda ustuvor kishilardan, xalqni o'ylab hokim rad eta olmaydigan maslahat beruvchi obraz sifatida tasvirlangan. Obraz xarakterining o'xshashligi va to'qima bo'lishiga qaramay, bir xil pozitsiyada berilganligi yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlaydi. Shunday ekan, asardan asarga ko'chgan voqelik, turli obrazlar yaratish ortida tarixiy mavzudagi asarning salmog'i-yu qiyinchiligi yotadi.

"Tanazzul" asarida esa Yusufbek hoji Xudoyorxonning Toshkentda hokimlik qilayotgan akasi Sarimsoqbekka otasi Sheralixon tilidan "O'g'lim, Yusufbek hoji dunyoning past-balandini, achchiq-chuchugini, qattiq-yumshog'ini ko'rib bilgan odam. Kengash bahslik bo'lganda Yusufbek hojining gaplariga e'tibor qiling," [2. 256-b] deb aytilgan gaplarda shuningdek, Qo'qonga yuboriladigan Toshkent atrofidagi bojlar beklarning gapi bilan o'sha yerda olib qolishni maslahat qilayotganda Yusufbek hoji tilidan "...Mobodo, bojni olishga qaror qilgan bo'lsalar, yarmini emas, xonlikka keladigan hamma bojni olib Farg'ona davlatini bo'ysundirsinlar. Toshkentni poytaxt qilsinlar. Salohiyatli bo'lib, Buxoro amirligi bilan Xiva xonligini ham kuch bilan qo'lga olib, tasarrufingizga oling. Oldingi buyuk Turkistonni barpo qiling. Bu ishda kamina joni dilim bilan yordamlashaman. Agar janoblar bojlarni Xo'qanddan bu yog'ini qayirib olishga farmon bersalar, xonlik ikkiga bo'linadi. Ikkala tomondan minglab musulmonlar qirilib ketishadi. ...Mashoyixlarimiz "ayrilganni ayiq yer bo'linganni bo'ri yer," - deb berkorga aytib o'tishmagan. Shunday ham bo'lingan Turkistonni yana bo'lmasinlar, hokim janoblari," [2. 257-b] degan gaplari keltirilib, obrazlararo tenglik borligini ko'rishimiz mumkin. Yana bir o'rinda "Agar siz nafsingizga qarasangiz ikki xalqni bir-biriga sovuq ko'rsatib, adovat tuxumini sochib kelguchi bir nechagina odam bor... Menga qolsa mamlakatni tinchitish uchun shular to'g'risida o'ylash kerak. Nainki, to'rtta muttahamni deb butun bir xalqqa hujum qilish!" [2.257-b] deya Toshkentda bo'layotgan beklarning qipchoqlar qirg'iniga yig'ilishlariga qarshilik ko'rsatadi. Ikki asarda ham Yusufbek hoji obrazi siyosat ichidagi inson, hammaga so'zini o'tkazadigan mulohazakor sifatida gavdalantirilgan. "O'tkan kunlar" da Toshkentdagi g'alayon voqealari ko'proq aks ettirilgan bo'lsa, "Tanazzul" da Qo'qondagi vaziyatga asosiy urg'u qaratilgan.

Qodiriy Toshkentda yashaganligi va asarni ham shu joyda yozgani sabab u yerdagi voqealar tarixini yaxshi biladi. Otabek obrazi orqali ham xalqni uyg'otishga, fikr mulohaza qilishga, ilm egallab mustaqil qadam qo'yishga dav'at etadi. Marg'ilonga kelganda ilk mehmondorchilik suhbatlaridan birida O'rus shaharlarida bo'lganini, u yerdagi ijtimoiy-siyosiy holat haqida "Men o'rusning idora ishlarini ko'rib o'z idoramizning xuddi bir o'yinchoq bo'lganini iqror etishga

«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists» 101

majbur bo'ldim... Bizning idoramiz bu kungi tartibsizligi bilan ketabersa, holimizning nima bo'lishiga aqlim yetmay qoldi." [1. 17-b] degan fikrlar keltiriladi.

"Tanazzul" romanida to'qima Saidbek va Qilich obrazlarida ham Otabek yo'lidan ketish kuzatiladi. Xudoyorxon ularni Rossiyaga o'qishga - ilm maqsadida yuboradi. Dastlab imperator farmoniga asosan, "Naplyuyev nomidagi kredit korpusi" da keyin Qozonda tahsil oladi. Olti yil mobaynida rus, ingliz, arab tilida ravon so'zlashni, harbiy soha - jang qilish taktikalarini o'rganib, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jihatdan yetuk bo'lib qaytishadi. Ayniqsa, buni Saidbek misolida romanda ochib berilgan. Xudoyorxon u bilan maslahatlashar, boshqa davlatlarda bo'layotgan ishlarni batafsil so'rab o'rganar edi. Bu obraz orqali yangiliklar olib kiritilgan: askarlarning kiyimlari bir xilda bo'lishi, saf bo'lgan holda yurish, jang qilish texnikasi, elchilik aloqalari va shu kabi xonlikda yo'q chet el nafasi kiritiladi:

" - Uch yuz-to'rt yuz nafar navkarlarni ularda rota deyishadi, ana shu navkarlar bir tekisda saf tortib podsho, vazirlar turgan maydondan gursillab o'tsa, parad deyiladi.

.. .Besh-o'nta ayg'oqchi faqat bizda, xon hazratlari, ularda minglab ayg'oqchilar bor. O'rislar mirshablardan ko'ra ayg'oqchilardan ko'proq qo'rqishadi.

.O'rislar g'arb tomonda o'ndan ortiq mamlakatni o'ziga tobe qilib olgan hatto bir-ikkisini podsholigini yo'q qilib, o'zini o'risidan bek tayinlab qo'ydi. Ularda viloyat bekligini "gubernator" deb atashadi. O'rislar o'ta bosqinchi xalq. Bizning mamlakatimizga ham ko'z tikyapdi shekilli" [3. 63-b] Bu orqali ikki asarda ham yozuvchining maqsadi orqada qolishni oldini olish, rivojlangan davlatlardan o'rnak olgan holda ish ko'rmay qilingan harakatlar mustamlaka bo'lishga olib kelishi mumkinligi aks ettirilgan.

Yana bir o'rinda Otabek tilidan "Shamayda ekanman, qanotim bo'lsa vatanga uchsam, to'ppa-to'g'ri xon o'rdasiga tushsam-da, o'risning hukumat qonunlarini birma-bir arz qilsam, xon ham arzimni tinglasa-da, barcha elga yorlig' yozib o'risning idora tartibini dasturilamal etishka buyursa, men ham bir oy ichida o'z elimni o'risniki bilan bir qatorda ko'rsam" [1. 17-b] degan fikr keltiriladi. Buni yozuvchi Sa'dixon Mavlavixon o'g'li "Tanazzul" asarida davom ettirib barchasini Saidbek obrazi orqali ochib berishni uddalagan. Lekin bu obraz orqali yangi havo nafasini olib kirdi-yu, oxirigacha yetkazilmaydi. Tarixiy haqiqatga xoslik bunga zamin yaratmadi.

Ikki asardagi Xudoyorxon obraziga keladigan bo'lsak, Qodiriy romanida Xudoyorxon portret tasviri quyidagicha chizilgan ".to'rt oyoqli marmardan yasalg'an taxt ustida oltin kamarga taqilgan oltin sopli qilichini tizzasi ustiga ko'ndalang qo'yib, qizil duxobadan tikilgan po'stin kamzul ustidan adras to'n kiygan, boshig'a simobi shohi salla o'rag'an o'n sakkiz yoshlar chamaliq, cho'ziqqina yuzlik, bug'doy ranglik xon o'ltirar edi." [1. 115-b,] Musulmonqul mingboshi esa "O'ratepa chakmani ustidan qayish kamar bog'lab, soddag'ina qilich taqg'an, boshig'a oq barra popoq kiyib, basharasidagi burni yuzi bilan bir qatorda deyarli tekis yaratilg'an, o'rtacha soqol, qisiq ko'z, bug'doyrang, o'rta yoshliq bir qirg'iz,,," [1. 115-b,] shaklida tasvirlanadi. "Tanazzul" dagi portret tasviri ham shunga o'xshash bo'lib tasvirlar bir xilligini uchratish mumkin.

Yana bir tarixiy shaxs Normuhammad qo'shbegi obrazi asli qipchoq bo'lsa-da "Musulmonqulning tutgan siyosatini yurt manfaatiga xilof deb biladi." Ikki asarda ham Normuhammad qo'shbegi Xudoyorxonga qarshi Toshkentni mustaqil hukumat qilgandek bo'lib, Musulmonqul mingboshiga qarshi chiqadi. Xonga itoat etadigan qipchoqlarga teginmaydi, xonlikdan chiqib ketishini aytadi. "O'tkan kunlar" da Normuhammad davrida "...o'rinsizga kishi o'ldirishlar, vaqtsiz ham o'rinsiz soliq solishlar, behuda o'rda usrofotlari, bo'lmag'ur taqiqlar va ortiqcha diniy takallufotlar bir muncha ebka olindilar." [1. 206-b.] Negaki Azizbek qipchoq davrida bu o'ta og'ir ahvolga kelib qolgan edi. "Tanazzul" da Normuhammad qo'shbegi davrida Toshkent osoyishtalikda, xalq undan minnatdor ekani bayon etiladi. Qipchoq urug'idan bo'lsa ham Musulmonqul mingboshiga qarshi turib xonning eng yaqin kishisi sifatida tasvirlangan.

Musulmonquldan keyin kelgan O'tapboy mingboshi obrazi esa avval Marg'ilon hokimi bo'lib keyin xon tomoniga o'tadi va mingboshining o'rniga o'tiradi. "Tarixiy shaxs - 1862-yilda vafot

«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists» 102

etgan. Qipchoqlarning étalon urug'idan. Qurama (1847), Toshkent (1858), Marg'ilon (1860) hokimi bo'lgan. 1852-yil qipchoqlar qirg'inidan Xudoyorxon homiyligi natijasida omon qolgan edi." [4. 42-b.] deya tasvirlanib bu obraz ham ikki asarda uchraydi. "O'tkan kunlar" da Marg'ilondagi hokimligi tasviri bilan berilgan bo'lib, Otabekka qarshi Homid tomonidan ayblov qo'yilganda hokimning qo'liga tushadi. U tomonidan Yusufbek hojining Toshkentda Azizbekni hokimlikdan tushirib xonga qilgan yordami evaziga hamda Kumushning qaynotasi tomonidan yozilgan xatni keltirgandan so'ng otasi va eri - Otabek ozod qilinadi. Shu epizodik holat tasvirlarida tarixiy shaxs O'tapboy qo'shbegi obrazi kiritilgan. Mualliflar tarixiy shaxsni badiiy jihatdan tarix haqiqatlariga mos holda tasvirlaydi. Asarlar o'rtasidagi uyg'unlik zamon-makon va tarixiy shaxslar obrazini yaratishda yaqqol ko'zga tashlandi.

"Tanazzul" yozuvchisi tarix bilan bir qatorda Qo'qon xonligi haqidagi ilmiy, badiiy asarlarni o'rganganini, bunda Qodiriy asarlari asosiy ekannini ham ko'rishimiz mumkin. Ayniqsa, "Tanazzul" romanida diqqatimizni tortgan bir voqeani olaylik, Mallaxon Xudoyorxon tomonidan Toshkent hokimi etib tayinlangandan keyin beklar bilan yig'ilishda, beklar orasida " - Kattalarning ichida qo'shningiz ko'rinmaydi.

- Kimni aytyapsiz?

- Yusufbek hojinida.

- Ha-a... Hojibobomi? Kelinlari ko'z yorib, qazo qilgandan bu yog'iga o'rdaga qadam bosmay qo'ydilar" [2. 224-b.] degani "O'tkan kunlar" da Kumushga ishoradir u ham xuddi shu zaylda ko'zi yorishigandan keyin Zaynab tayyorlagan zahar qo'shilgan atalani yeb zaharlanib vafot etgan edi. Yozuvchi Qodiriy romanlaridan ilhomlangan badiiy to'qimadan to'qima xarakterni ham asarga kiritgani tahsinga sazovordir. Tarixni yaratishda yozuvchuning ilmiy, ijodiy salohiyati asarning haqqoniyligini, badiiyatini ta'minlab, tanqidchi, o'quvchi uchun ham manzur bo'ladi.

"O'tkan kunlar" so'ngida Otabek Kumush vafotidan keyin o'g'li Yodgorni olib Marg'ilonga ketadi va qaytib kelmaydi. Asar yakunida Yusufbek hoji Qanoatshodan bir maktub oladi. Qanoatsho Avliyo otadan yozar edi: "O'g'lingiz Otabek yana bir kishi bilan bizning qo'shunda edi. Olmaota ustidagi o'rus bilan to'qnashmamizda birinchi safimizni shu ikki yigit oldi va qahramanona urushib shahid bo'ldi. Men o'z qo'lim bilan ikkisini dafn etdim..." [1. 379-b.] degan xat tasviri uchraydi va pentalogiyada Qanoatsho obraziga havolada "Hozirgi Turkistonning Qorateginidan. Qo'qon xonlarining bir nechtasida amir lashkar lavozimida, shuningdek, Turkiston viloyatining hokimi bo'lgan. Ruslarga qarshi kurashganlardan. Buxoroga elchi bo'lib borganda amir Muzaffar tomonidan qatl etiladi." kabi fikr keltiriladi. Otabek o'z suyuklisidan ajralgandan keyin usta Alimdek holatga tushadi. Ikki taqdirdosh qo'shinga navkarlikka tushib jonini omonatga qo'yganligi anglashilar ekan, Qanoatsho va undan kelgan maktub buni yaqqol ko'rsatib beradi. Bu tarixiy shaxs obrazi pentologiyada ham keltirilgan bo'lib, ikkisida ham o'xshash bir-birini to'ldiruvchi fikrlarni uchratamiz. "Tanazzul" da esa "Qanoat otalig' - Qanoatshoh otaliq tojik. Qorateginning Samsoliq qishlog'ida olamga kelgan. Rus bosqinchilariga qarshi Uzug Ag'ach muhorabasida Qo'qon qo'shiniga boshliq bo'lgan va shu urushdan so'ngra g'oziy unvonini olgan. Amir Muzaffar farmoni bilan 1862-yili qatl etilgan." [4. 125-b.] degan ma'lumot uchraydi. Asarda esa uning xarakteri, nima sababdan qurol olib navkarlikka tayinlangani keltirilib o'tiladi. Uning amir Muzaffar tomonidan qatl etiilishi ham bejizga emas, negaki uning yakka-yu yolg'iz singlisi bor edi. Tog'da yashashardi suluvligi-yu go'zalligi uni amirga kanizak sifatida olib ketilishiga sabab bo'ladi. Qiz o'z nomusi uchun kurashadi, lekin uddalay olmaydi. Amirga qo'pollik, qarshilik qilgani uchun uni o'ldirtirib yuboradi. Bu voqealardan keyinchalik so'rab-surishtirib xabardor bo'lgan aka - Qanoatshohda amirga nisbatan dushman kayfiyati paydo bo'ladi. Qanoatshoning qatli ham shu tufayli sodir bo'ladi. Tarixiy shaxlarni o'z holicha badiiylik bilan bezatgan yozuvchining "Tanazzul" romani va "O'tkan kunlar" romanlari o'rtasida umumiy xulosalar chiqarar ekanmiz uni quyidagicha keltiramiz: birinchidan, yozuvchi bir mavzu va davr o'z ifodasini topgan badiiy asarlar bilan mukammal tanishgan, ayniqsa, Qodiriy "O'tkan kunlar" romani bilan mutanosibdir; ikkinchidan, romanlararo ham tarixiy ham

«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists» 103

to'qima obrazlar jihatidan uyg'unlik mavjud; uchinchidan, makon-zamon, voqealar, harbiy jihatlar ikkisida ham bir-biriga bog'liqlikda; to'rtinchidan, Qodiriy romanining mantiqiy davomi bo'lib, yozuvchi undan ilhomlangan va o'z asari uchun materillarni puxta o'rgangan holda "Tanazzul" romaniga qo'l urgan. O'zining ijodiy rejasini amalga oshirib uning uddasidan chiqqan.

Tarix - hamma narsalarni o'z qariga olar ekan, unda ba'zan oddiy detallardan tortib katta-katta narsalar, shaxslar, voqealar tasvirlanadi. Tarix yaxshi nom bilan qolgan va qilingan ishlarni yaxshi ko'radi. Shuningdek, uning aksini ham o'z ichiga olishga majburdir. Xuddi shunday, xonliklar tarixi uning voqealari ham shaxslari ham badiiy adabiyotda biz uchun muhim o'rnak olarli va vatanparvarlik hissini uyg'otish uchun yetarli asosdir. Qodiriy merosi va undan bahramand bo'lish biz uchun muhim. Ayniqsa, undan ta'sirlanib, ilhomlanib "Tanazzul" dek asar yaratish ham tahsinga sazovordir.

Adabiyotlar:

1. Abdulla Qodiriy O'tkan kunlar - T; Navro'z. 2019.5-17-84-115-206-374-b.

2. Sa'dixon Mavlavixon o'g'li. Tanazzul. 1-kitob. - Toshkent: O'qituvchi 2019. 224-257-b.

3. Sa'dixon Mavlavixon o'g'li. Tanazzul. 2-kitob. - Toshkent: O'qituvchi 2020. 63-b.

4. Sa'dixon Mavlavixon o'g'li. Tanazzul. 3-kitob. - Toshkent: O'qituvchi 2019. 42-125-b.

MAKON-ZAMON VA OBRAZLARAROBIR DAVR YORITILGANIKKIROMAN

Maqolada Sa'dixon Mavlavixon o'g 'li Eshonjonovning "Tanazzul" pentologiyasi va Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" romani o'rtasidagi zamon-makon, obrazlararo uyg'unlik, voqealar rivojidagi o'xshash jihatlar ko'rib chiqilgan. Chunki bu ikki asar ham Qo'qon xonligi tarixini aks ettirgan badiiy asarlardir. Abdulla Qodiriy romanida asosiy voqealar rivojida badiiy to'qima obrazlar harakatlantirilgan bo'lsa-da o'sha qahramonlar siyosatdanyiroq bo'lmagan obrazlardir. Ya'ni siyosiy-ijtimoiy vaziyatga befarq emas. Qo 'qon xoni Xudoyorxon zamoni uning hukmronligi atrofidagi voqea-hodisalar ichida yoritilgan.

"Tanazzul" romani esa real tarixga asoslangan badiiy ijod namunasi bo'lib, asosiy obrazlar ham tarixiy shaxslar tarixiy haqiqatga aloqadordir. Demak, bu ikki romanlarda bir-biriga bog'liqlik mavjud bo'lib ularning tarixiy obrazlar nuqtayi nazaridan va badiiy to'qima jihatidan taqdiq qilish mumkin va shu holat o'zaro qiyosiy tahlil qilingan. Shu jumladan, "O'tkan kunlar" dagi bosh obrazlardan - to'qima obraz hisoblangan Yusufbek hoji obrazi "Tanazzul" romanida ham keltirilgan. Shuningdek, "Tanazzul" da bu obraz vositasida uning keliniya'ni Kumushga nisbatan ham ishora borligini uchratishimiz va boshqa ko'plab o'rinlarda tadqiq qilishimizga dahldor nuqtalar yuzasidan tanqidiy tahlil etishimiz mumkin. Bu maqolada aynan shu jihatlarga asosiy urg'u qaratilib, maqolaning xususiyati esa ikki asarning tarixiy haqiqat va badiiy to'qima jihatidan mutanosibligini tadqiq etish bo'lgan.

Yakunida ikki asar o'zaro makon-zamon, obrazlari va voqealar rivoji bilan aloqadorligi tarixiy haqiqatiga monand ekanligini ko'rish mumkin. Hamda Sa'dixon Mavlavixon o'g'li asar yaratishdan oldin o'zidan oldingi tarixiy va badiiy asarlar bilan puxta tanishgan holda yozilgan degan xulosaga kelingan.

ДВА РОМАНА ОСВЕЩАЮЩИЕ ОДИН ПЕРИОД МЕЖДУ ПРОСТРАНСТВОМ,

ОБРАЗАМ И ВРЕМЕНЕМ

В данной статье рассматриваются время-пространство, межперсонажная гармония и сходство в развитии событий пентологи сына Садихана Мавлавихона Эшонджанова «Таназзул» и романа Абдуллы Кадири «Минувшие дни». Потому что эти две работы являются произведениями искусства, отражающими Коханское ханство. В романе

«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists» 104

Абдуллы Кадири герои не далеки от политики, хотя основные события романа оживляются художественными персонажами. То есть ему небезразлична политическая и социальная ситуация. Время Кокан-хана Худоярхана освещено событиями, окружающими его правление.

Роман «Таназзул» представляет собой образец художественного творчества, основанного на реальной истории, а главные герои и исторические личности связаны с исторической действительностью. Итак, эти два романа связаны друг с другом, и это можно подтвердить и с точки зрения исторических образов, и с точки зрения художественной фактуры, и эта ситуация была сравнительно проанализирована. Среди них в романе «Таназзул» упоминается и образ Юсуфбека-хаджи, который является одним из главных героев «Минувшие дни». Кроме того, в «Таназзуле» мы можем найти Кумуш, его невестку через этот образ, и во многих других местах мы можем сделать критический анализ вопросов, которые нам следует исследовать. В данной статье в основном говорится именно об этих аспектах, а особенностью статьи является исследование соразмерности двух произведений с точки зрения исторической правды и художественной фактуры.

В конечном итоге видно, что обе работы схожи в исторической реальности взаимоотношениями пространства и времени, их образами и развитием событий. Был также сделан вывод, что перед написанием произведения сын Саъдыхана Мавлавихан тщательно ознакомился с историко-художественными произведениями своих предшественников.

TWO NOVELS THAT ILLUMINATE A PERIOD BETWEEN SPACE-TIME AND IMAGES

This article examines the time-space, inter-character harmony, and similarities in the development of events between Sa'dikhan Mavlavikhon's son Eshonjanov's pentology "Tanazzul" and Abdulla Qadiri's novel "Bygone Days". Because these two works are works of art that reflect the Kokhan Khanate. In Abdulla Qadiri's novel, the characters are not far from politics, even though the main events of the novel are animated by artistic characters. That is, he is not indifferent to the political and social situation. The time of Kokan Khan Khudoyar Khan is covered in the events surrounding his reign.

The novel "Tanazzul" is an example of artistic creativity based on real history, and the main characters and historical figures are related to historical reality. So, these two novels are related to each other, and it can be confirmed from the point of view of historical images and from the point of view of artistic texture, and this situation has been comparatively analyzed. Among them, the image of Yusufbek Haji, who is one of the main characters in "Gone Days", is also mentioned in the novel "Tanazzul". Also in "Tanazzul" we can find that there is a reference to Kumush, his daughter-in-law through this image, and in many other places we can make a critical analysis about the points that we should research. In this article, the main emphasis is on these aspects, and the feature of the article is the research of the proportionality of the two works in terms of historical truth and artistic texture.

In the end, it can be seen that the two works are similar to the historical reality of the relationship between space and time, their images and the development of events. It was also concluded that before writing the work, the son of Sa'dikhan Mavlavikhan had thoroughly familiarized himself with the historical and artistic works of his predecessors.

«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists»

105

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.