Научная статья на тему 'MAHSULOT SIFATNI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY USLUBLARI'

MAHSULOT SIFATNI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
136
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sifatni boshqarish uslublari / ma’muriy uslub / statistik uslub / muhandislik-texnologik uslub / texnologik uslub / iqtisodiy uslub / ijtimoiypsixologik uslub / ekspert uslub / Quality management methods / administrative method / statistical method / engineering and technological method / technological method / economic method / socio-psychological method / expert method.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Saidaxmedova D.S.

Ushbu maqolada mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy uslublari va ularning mohiyati yoritilgan. Shuningdek, sifatni boshqarish uslublaridan foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN METHODS OF PRODUCT QUALITY MANAGEMENT

This article describes modern methods of product quality management and their essence. Directions for using quality management methods are also indicated.

Текст научной работы на тему «MAHSULOT SIFATNI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY USLUBLARI»

Saidaxmedova D.S.

Jizpi dotsenti, p.f.n. Rabbimov I.

OMU Jizzax filiali 2 bosqich magistranti

MAHSULOT SIFATNI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY

USLUBLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy uslublari va ularning mohiyati yoritilgan. Shuningdek, sifatni boshqarish uslublaridan foydalanish yo'nalishlari ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so 'zlar. Sifatni boshqarish uslublari, ma 'muriy uslub, statistik uslub, muhandislik-texnologik uslub, texnologik uslub, iqtisodiy uslub, ijtimoiy-psixologik uslub, ekspert uslub.

Saidakhmedova D.S. associate professor JizPI Rabbimov I.

2nd stage graduate student

UMU Jizzakh branch

MODERN METHODS OF PRODUCT QUALITY MANAGEMENT

Annotation. This article describes modern methods of product quality management and their essence. Directions for using quality management methods are also indicated.

Keywords. Quality management methods, administrative method, statistical method, engineering and technological method, technological method, economic method, socio-psychological method, expert method.

Korxonada mahsulot sifatini boshqarish jarayonida ko'plab muammolar paydo bo'lishi mumkin. Bu o'z navbatida, faoliyatning barcha bosqichlarida nazoratni tizimli amalga oshirish, sifatni boshqarishning ilg'or uslublaridan foydalanish va eng muhimi, bu jarayonni malakali kadrlar bilan to'liq ta'minlanlashni talab etadi.

Sifatni boshqarish uslublari deganda, sifatni oshirish bo'yicha biror bir maqsadga erishishda boshqaruv ob'yektlari bilan birga boshqaruv jarayonlariga ham ta'sir ko'rsatish usullari va vositalari tushuniladi.

Boshqaruv amaliyotida, sifatni boshqarishning asosan quyidagi uslublaridan keng foydalaniladi: ma'muriy (tashkily) uslub, statistik uslub,

uhandislik-texnologik uslub, texnologik uslub, iqtisodiy uslub, ijtimoiy-psixologik uslub, ekspert uslub.

Mazkur uslublarning mohiyatini qisqacha ko'rib chiqamiz.

1. Sifatni boshqarishning ma'muriy (tashkiliy) uslubidan sifatni oshirishga qaratilgan ko'rsatmalar, qoidalar, buyruqlar va boshqa normativ hujjatlardan foydalangan holda, sifat darajasini talab qilinadigan ko'rsatkichlarda ta'minlash maqsadida qo'llaniladi. Sifatni boshqarishning ma'muriy uslubi quyidagi usullarni o'z ichiga oladi:

• tartibga solish (tashkiliy, funksional, rasmiy va tarkibiy yondashuv asosida);

• standartlashtirish (turli darajadagi maqom va standartlar asosida);

• me'yorlashtirish (sonli ko'rsatkichlar asosida, vaqtinchalik, nisbiy, raqamli qiymatlar bilan birga);

• ko'rsatma (tanishtirish, tushuntirish, maslahat, ogohlantirish asosida);

• ma'muriy ta'sir ko'rsatish (buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar, ko'rsatmalar berish, shuningdek, profilaktika va tezkor ta'sir choralarini qo'llash orqali nazorat qilish).

2. Sifatni boshqarishning statistik uslubidan sifat ko'rsatkichlarini aniqlash, tahlil qilish va izohlash zarur bo'lganda foydalaniladi. Mazkur uslub boshqaruv amaliyotida sifatni boshqarishning boshqa usullari bilan o'zaro bog'liqlikda ishlaydi va uning asosini quyidagi statistik ko'rsatkichlar tashkil etadi:

• sifatni baholashning statistik ko'rsatkichlari.

• statistik tahlil.

• statistik qabul qilish nazorati.

• sifatni baholashning statistik ko'rsatkichlari

3. Sifatni boshqarishning muhandislik-texnologik uslubi daganda, ishlab chiqarish jarayonlariga, jumladan, texnologiyalarni tanlashga bevosita ta'sir qiluvchi usullar tushuniladi. Mazkur uslubdan foydalanilanish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati bilan o'zaro bog'liq bo'lgan texnologik jarayonlarni bir necha turlarga bo'lib olishni talab etiladi. Zamonaviy fan va texnologiya yutuqlari tufayli sifatni boshqarishning muhandislik va texnologik uslublari texnologik jarayonlarni quyidagi turlarga ajratadi:

• Avtomatlashtirilgan;

• Yarim avtomatlashtirilgan;

• Mexanizatsiyalashgan;

• Qo'l mehnati.

4. Sifatni boshqarishning texnologik uslubida nazorat sxemasini o'z ichiga olgan grafik ob'yektlardan foydalaniladi. Bu grafiklarda tartibga solish zonalarini ko'rsatadigan ixtisoslashtirilgan chiziqlar mavjud bo'lib, shu bilan u oddiy grafiklardan farq qiladi. Nazorat jadvallari texnologik jarayonni tartibga solish bilan birgalikda mahsulot sifatini nazorat qilishda ham qo'llaniladi. Odatda,

ma'lum vaqt oralig'ida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayoni ustidan statistik nazorat ko'rsatkichlarini aniqlash sharoitida nazorat jadvalidan foydalanish o'rinli bo'ladi, bu esa keyinchalik turli vaqt oralig'ida texnologik jarayonlarning holati, uning egiluvchanlik darajasini qayd etishda to'g'ri xulosalar chiqarishga yordam beradi.

5. Sifatni boshqarishning iqtisodiy uslubida rahbariyat va xodimlar uchun shunday ish sharoiti yaratish ko'zda tutiladiki, unda mahsulot sifati eng kam deganda bir xil darajada saqlanib qolishi kerak yoki albatta oshishi kerak bo'ladi. Ya'ni, bu jarayon faoliyatni moliyalashtirish, xodimlarni rag'batlantirish tizimini ishlab chiqish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.

Sifatni boshqarishning iqtisodiy uslubi quyidagi usullarni o'z ichiga oladi:

• sifat menejmenti sohasida faoliyatni moliyalashtirish usuli (ishlab chiqilgan innovatsiyalarni, yangi va modernizatsiya qilingan mahsulot turlarini kreditlash j arayonlari);

• bo'limda sifatni boshqarish bo'yicha iqtisodiy hisob-kitoblar usuli;

• iste'molchilarning talablariga javob beradigan tovarlar va xizmatlarni taqdim etish bilan birga ishlab chiqarish jarayonlarini iqtisodiy rag'batlantirish usuli;

• zamonaviy va yangi turdagi mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, shuningdek, xalqaro sifat menejmenti tizimi standartlari talablarni ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan biznesni rejalashtirish usuli;

• mahsulot va xizmatlarning sifat darajasi ko'rsatkichlari asosida narx belgilash usuli;

• mahsulot, texnologiya va asbob-uskunalarni yaratish va modernizatsiya qilish bilan birga sifat ko'rsatkichlari bo'yicha iqtisodiy rag'batlantirish fondini, shu jumladan sifat ko'rsatkichlari uchun mukofot va rag'batlantirish fondlarini yaratish usullari;

• ishlab chiqarish tizimining har bir xodimida uchraydigan mehnat sifati ko'rsatkichlarini umumiy boshqaruv tizimi bilan birgalikda hisobga oladigan mehnatga haq to'lash va moddiy rag'batlantirish tizimini qo'llash usuli.

6. Sifatni boshqarishning ijtimoiy psixologik ulubi sifat bo'yicha maqsadga erishishda mehnat jamoasida yuzaga keladigan ijtimoiy-psixologik jarayonlarni boshqarish usullarini tanlashga ta'sir qiluvchi omillardan foydalanishga asoslangan. Bularga quyidagilar kiradi:

• ish faoliyati va sifatni yaxshilash bo'yicha har bir xodimning, shuningdek, butun jamoa va bo'limlarning o'z-o'zini nazorat qilish, tashabbuskorlik, mas'uliyatni oshirish usullari.

• sifatni boshqarishda jamoada yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etish va ularni oldini olish, xodimlarni tanlash va jamoadagi psixologik muhitni yaxshilash vositalarini optimallashtirish usullari.

• sifat ko'rsatkichlarini yaxshilash sharoitida mehnat jarayoni ishtirokchilarining psixologik ko'rsatkichlarini hisobga olish usullari.

• sifatni boshqarishda ish jarayoniga xodimlarni jalb qilish vositalari.

7. Sifatni boshqarishning ekspert uslubidan odatda, ko'p sonli boshqaruv muammolarini hal qilishda foydalaniladi. Ekspert usuli dastlab, texnik va ilmiy sohalarda prognozlash bilan bog'liq vaziyatlarni hal qilish uchun ishlatilgan, keyinchalik ular boshqa sohalarda, shu jumladan sifat menejmenti sohasida ham qo'llanila boshlandi. Ekspert usuli sifat menejmenti muammolarini hal qilish yoki qarorlar qabul qilish yoki boshqa ilmiy, boshqaruv va texnik sohalarda qo'llanilishidan qa'tiy nazar, asosiy maqsadi ko'rib chiqilayotgan masalalar bo'yicha ekspertlar tomonidan taqdim etiladigan fikr yoki mulohazalarning o'rtacha natijalarini aniqlashga qaratiladi.

Sifat menejmentida qaror qabul qilish bo'yicha eng keng tarqalgan ekspert usullari sifatida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

• Reyting usuli (darajali usul).

• Ball usuli (to'g'ridan-to'g'ri baholash usuli).

• Solishtirish usuli.

Xulosa qilib aytganda, korxonada sifatni boshqarishning qaysi uslubidan foydalanishdan qat'iy nazar, ularning asosiy vazifasi quyidagilarga qaratiladi:

- sifatni oshirish bo'yicha maqsadlarni to'g'ri belgilash;

- maqsadga erishishda resurslardan oqilona foydalanish;

- mehnat jarayonida odamlar o'rtasida ijobiy munosabatlarni o'rnatish va saqlash;

- doimiy takomillashtirishni ta'minlash.

Sifatni boshqarishning yuqorida keltirilgan uslublarining mohiyatidan kelib chiqqan holda, ularning aksariyati tashkilot xodimlariga bevosita ta'sir qilish uchun mo'ljallangan degan xulosaga kelish mumkin. Bu o'z navbatida, sifat menejmenti tizimida inson omiliga alohida o'rin egallashini yana bir bor tasdiqlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Saidahmedova, D. S., & Valixanova, M. (2023). Qurilish korxonalarida sifat menejmenti tizimini joriy qilish-davr talabi. Экономика и социум, (5-2 (108)), 330-334.

2. Saidahmedova, D. Management Analysis and Innovation Management Model. Published in International Journal of Trend in Scientific Research and Development (ijtsrd), ISSN, 2456-6470.

3. Saidbaxromovna, S. D., & Muhabbat, X. (2022). Raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatini boshqarishga ta'sir etuvchi omillar. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 124-128.

4. Saidaxmedova D.S. "Menejmentga kirish" (praktikum). Darslik. "JizPI tipografiyasi" nashriyoti, 2023 yil. - 300 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.