Научная статья на тему 'OZIQ-OVQAT KORXONALARIDA MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH'

OZIQ-OVQAT KORXONALARIDA MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
67
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oziq-ovqat sanoati / sanoat inqilobi / sifat menejmenti / oziq-ovqat mahsulotlari / sifatni takomillashtirish / sifat standarti.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shashina N., Baytanov O’ M.

Maqola oziq-ovqat korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish amaliyotini takomillashtirishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishga bag’ishlangan. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy muhitining qisqacha tavsifi uning kerakli parametrlarini aniqlash uchun berilgan. Muallif tomonidan muhokama qilingan oziq-ovqat sanoati korxonalarida mahsulot sifatini takomillashtirish orqali narxsiz raqobatda yutib chiqish imkoniyatlari ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OZIQ-OVQAT KORXONALARIDA MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH»

Shashina N. professori

Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti

Baytanov O'. M.

Jizzax Politexnika instituti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi assistenti

OZIQ-OVQAT KORXONALARIDA MAHSULOT SIFATINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya. Maqola oziq-ovqat korxonalarida mahsulot sifatini boshqarish amaliyotini takomillashtirishning o 'ziga xos xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy muhitining qisqacha tavsifi uning kerakli parametrlarini aniqlash uchun berilgan. Muallif tomonidan muhokama qilingan oziq-ovqat sanoati korxonalarida mahsulot sifatini takomillashtirish orqali narxsiz raqobatda yutib chiqish imkoniyatlari ko 'rib chiqilgan.

Kalit so 'zlar: Oziq-ovqat sanoati, sanoat inqilobi, sifat menejmenti, oziq-ovqat mahsulotlari, sifatni takomillashtirish, sifat standarti.

Shashina N. professor

Saint Petersburg State Electrotechnical University

Baitanov O'. M. assistant

department Economics and management Jizzakh Polytechnic Institute

IMPROVING PRODUCT QUALITY MANAGEMENT IN FOOD

ENTERPRISES

Annotation: the article is devoted to the study of the peculiarities of improving the practice of Product Quality Management in food enterprises. A brief description of the socio-economic environment of the activities of food production enterprises is given to determine its necessary parameters. In the enterprises of the food industry discussed by the author, the possibilities of winning in non-price competition by improving the quality of products are considered.

Keywords: Food Industry, Industrial Revolution, Quality Management, Food Products, Quality Improvement, quality standard.

«Sifatni boshqarish amaliyoti» iborasini mahsulot sifatiga oid qo'llaganda, mahsulot sifatini doimiy nazorat qilish, uni belgilovchi shartlar va omillarga maqsadga muvofiq ta'sir etish yo'llari bilan mahsulot sifatini loyihalashtirish, ishlab chiqarish va foydalanishda uning zarur darajada o'rnatilishini, ta'minlanishini tushunish zarurdir.

Korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish operatsiyalari injener-texnik, tashkiliy-texnologik, nazorat, transport, ombor va boshqa jarayonlarning o'zaro bog'liqligi majmuasini tashkil etuvchi tartib doirasida olib boriladi. Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iboratdir: mahsulot sifati darajasini belgilash, mahsulot sifatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar hamda ishlab chiqarish jarayoni holati to'g'risidagi axborotlarni yig'ish va ularni o'rganish; mahsulot sifatini boshqarish to'g'risida qaror qabul qilish va ob'ektga ta'sir ko'rsatishga tayyorlanish, boshqaruv buyruqlarini berish; boshqarish natijasida mahsulot sifatining o'zgarishi haqidagi axborotlarni yig'ish va tizimli tahlil qilish.

Sifatni ta'minlash yo'lidagi birinchi qadam bo'lib, maqsadlarni aniqlash hisoblanadi. Bu strategik qadam o'z ichiga ehtiyojlarni aniqlash va bu ehtiyojlarni qondirishga mo'ljallangan mahsulot parametrlarini ishlab chiqishni oladi.

Korxonalarda sifat uchun javobgarlik odatda sifat nazorati bo'limi deb ataluvchi alohida bo'limga yuklatilgan bo'lib, bu yondoshish qisman nazoratning mustaqilligi prinsipiga asoslanadi, ya'ni sifatni baholash vakolatlari ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan bo'linmada mujassamlashgan. Hozirgi kunda ilg'or tajribalar bu masalaga yangicha yondoshishni majbur etmoqda. Masalan, Yaponiyada sifatni ta'minlash bo'yicha javobgarlikning ko'p qismi an'anaviy holda ishlab chiqarishdagi ishchilarga yuklatilgan. Sifatni ta'minlash masalalari bo'yicha tayyorgarlikni yaponlar ishlab chiqarishdagi ishchilarni professional tayyorlash dasturlariga kiritganlar va ishchilarga o'z ishi sifatini nazorat qilishni yuklaganlar.

Sifat nazorati ishida uni ta'minlashning umumiy rejasi ishlab chiqilgandan keyingi qadam bo'lib sifatni o'lchashni tashkil etish hisoblanadi. Sifat albatta o'chanishi mumkin bo'lishi kerak.

Tashkilot faoliyatining yakuniy muvaffaqiyati funksional sifat va konstruksiya sifatiga qaramasdan, ishlab chiqarishni boshqaruvchilar ko'proq sifatni texnik shartlarga mosligini ta'minlashga e'tibor qiladilar. Yakuniy mahsulotni tayyorlashda faqatgina bir korxona ishchi-xodimlari emas, balki xom-ashyo, materiallar va butlovchi qismlar yetkazib beruvchi hamkor korxonalar jamoalari ham qatnashadilar. Bunday sharoitlarda mahsulotning yuqori sifatini barcha omillarni kompleks hisobga olish va qo'yilgan masalaga sistemali yondoshish asosida ta'minlash mumkin. Ushbu talablarga Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi javob beradi. Kompleks tizim mahsulotni loyihalashtirish,tayyorlash,ishlabchiqarishva foydalanishdazarur sifatdarajasini ta'minlash va ushlab turish uchunamalga

oshiriladigan chora-tadbirlar, usullar hamda vositalarni o'z ichiga tashkiliy jihatdan qamrab oladi.

Mahsulot sifatini boshqarish tizimi deganda boshqarish idoralari va boshqariluvchi ob'ektlarning mahsulot sifatini boshqarishda moddiy - texnika va axborot vositalari yordamida o'zaro bog'lanishning majmui tushuniladi. Shuning uchun bu tizim o'zaro bog'langan mahsulot sifatini boshqarishni ta'minlaydigan tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarning yig'indisi sifatida ko'zda tutilgan bo'lmoqligi lozim. Boshqarishning asosiy maqsadi esa mahsulot sifatini kerakli darajaga erishilishini ta'minlash hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqarish tizimi o'z tarkibiga inson jamoalarini, texnikaviy qurilmalarni, moddiy vositalarni va kuchli axborot oqimini oladi. Mahsulot sifatini boshqarish o'zida quyidagi boshqarish davrining umumlashgan elementlarini mujassamlashtiradi:

■ Oldindan aytib berish va rejalashtirish;

■ Ishlarni tashkil qilish;

■ O'zaro muvofíqlashtirish va tartibga solish;

■ Faol harakatga keltirish va rag'batlantirish;

■ Nazorat, hisob - kitob va tahlil qilish.

Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimining tarkibiy qismi bo'lib, berilgan darajali sifatga ega mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan ilmiy-texnik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlarni yagona majmuaga birlashtiradi. Tizimning tashkiliy-texnik asosi bo'lib standartlashtirish xizmat qiladi.

Sifatni ta'minlashda standartlashtirish katta ahamiyatga ega bo'lib, u quyidagi prinsiplarga ega: optimallik; dinamiklik; progressivlik; komplekslilik; majburiylik. Bu prinsiplarga ega bo'lgan barcha standartlar korxona va tashkilotlar uchun qonun kuchiga ega. Standartlarga amal qilmaslik qonun bo'yicha javobgarlikka sabab bo'ladi. Standartlar amal qilish ko'lami, darajasi va xossasiga ko'ra quyidagicha tasniflanadi:

GOSTlar - davlat standartlari;

OSTlar - tarmoq standartlari;

STPlar - korxona standartlari;

TUlar - texnik shartlar;

DUlar - shartnomaviy shartlar.

Yuqoridagilar bizning respublikamizda o'rnatilgan standartlar tizimidir. Xalqaro talablar umumjahon ISO 9000 sifat standartlari tizimida mujassamlashgan. Standartlarni ishlab chiqish to'rt bosqichda amalga oshiriladi: 1. Standartlarni ishlab chiqishda texnikaviy talablarni ishlab chiqish va uni muhokamadan o'tkazish;

2. Standart loyihasini (birinchi nusxasi) ishlab tayyorlab taqrizga yuborish; 3. Olingan taqrizlarni ishlab chiqish, oxirgi nusxasini tayyorlash va tasdiq uchun yuborish;

4. Standartlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish va tasdiqlash. Standartlashtirish metrologiya va sertifikatsiyalash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Davlat markazi ro'yxatidan o'tkazilib, uning texnik shartlari belgilab qo'yiladi.

Texnik shartlar shartli belgisining 3-4 qismlari standart ishlab chiqaruvchi korxona qaysi tarmoq va uning qaysi bo'limiga qarashini ko'rsatadi. OST shartli belgisining 3- qismi standartni tasdiqlagan tarmoq nomini bildiradi. Xom-ashyolar sifati, tayyor mahsulotlarga bo'lgan iste'molchilar talablarining o'sishi, ularni sinash uslublari o'zgarishlarini e'tiborga olgan holda standartlar vaqti-vaqti bilan qayta ko'rilib, o'zgartirilib boriladi.

Sifatni boshqarish o'z ichiga mahsulotni attestatsiyadan o'tkazish, ishlovchilarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish, mahsulotlar sifatini nazorat qilishni tashkil etish va nazorat usullarini oladi. Sifatni attestatsiya qilish mahsulotlarning texnik darajasi va sifatini oshirishga, texnologiyani takomillashtirishga, yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish va mahsulotni yangilashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Baytanov, O. (2023). O'zbekistonda oziq-ovqat sanoati rivojlanishining hozirgi holati. barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 3(3), 446-449.

2. Kodirov, S. (2021). Issues of business cooperation in the national economy of Uzbekistan. Экономика и социум, (7), 79-88.

3. Kurpayanidi, K., Abdullaev, A., & Muhsinova, SH. (2021). Analysis of the macroeconomic policy of the Republic of Uzbekistan. Obshchestvo i innovacii, 2(6/S), 248-252.

4. Mirzaqul o'g, B. O. R. (2023). Hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag'batantirish usullari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.