"FALSAFA VA INSONIYAT: O'TMISH, HOZIRGI (E)ISSN: 2181-1784 ZAMON, KELAJAK" ILMIY-NAZARIY ANJUMAN 4(26), Nov., 2024
ALFRAGANUS UNIVERSITY www.0riens.uz
MAHMUDXO'JA BEHBUDIYNING AXLOQIY QARASHLARIDA TA'LIM VA TARBIYA MASALALARI
https://doi.org/10.5281/zenodo.14545091
Nishonov Muhammad Bahodir o'g'li
Alfraganus universiteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi 2-bosqich magistratanti, muhammadnishonov1998@gmail .com Ilmiy rahbar: Pulatov Sherdor Nematjonovichi
Alfraganus universiteti, Ijtimoiy fanlar kafedra mudiri, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya: Mahmudxo'ja Behbudiy axloq - odob va ta'lim-tarbiya haqida fikr bildirar ekan, mustamlakachilik davrida bu ishda muvoffaqiyatlarga erishishning birdan bir yo 'li o 'Ikada o 'zaro ixtiloflarga barham berib, ahillik bilan ilm - fanni rivojlantirsh ekanini aytadi. Behbudiy ta 'lim - tarbiya ishini ijtimoiy hayot, jaxon miqyosida sodir bo 'layotgan voqealar bilan bog'liq xolda olib borishni talab etadi.
Kalit so'zlar: Turkistonda "usuli jadid" maktablar, axloq, tarbiya, teatr.
Abstract: Mahmudkhoj Behbudi, expressing his opinion on morality and education, says that the only way to achieve success in this work during the colonial period is to eliminate internal conflicts in the country and develop science in harmony. Behbudi demands that education be carried out in connection with social life and events taking place on a global scale.
Key words: "Modern " schools of Turkestan, morals, education, theatre.
Аннотация: Махмудходжа Бехбуди, комментируя вопросы этики и образования, говорит, что единственный способ добиться успеха в этой работе в колониальный период — это устранить взаимные различия в стране и гармонично развивать науку. Образование Бехбуди требует проведения обучения таким образом, чтобы оно было связано с общественной жизнью и мировыми событиями.
Ключевые слова: «Современные» школы Туркестанаб нравыб образование, театр.
Behbudiy "usuli jadid" maktabining zarurligi, uning qonun-qoidalari, maktabda o'tiladigan darslar, qanday imtihonlar olinishi, maktabning qay tarzda tuzilish, unga qanday asbob-uskunalar kerakligi, muallimlarning vazifalari, ularning
ta'minot masalalari va boshqa ko'p jihatlarini Gaspiralidan va uning asarlari hamda maqolalaridan o'rgandi. Shular asosida Turkistonda «usuli jadid» maktablarini tashkil etish uchun bor kuchini sarfladi. Nafaqat tashkil etish, u shu maktablarni kitoblar bilan ta'minlashda ham jonbozlik ko'rsatdi. U Samarqandning eski shahar qismida bepul kutubxona, qiroatxona, o'z hovlisida maktab ochdi. 1918 yilda Samarqandda «Musulmon ishchi va dehqon sho'rasi» tuzilganda Behbudiy maorif komissari etib tayinlanadi. Shunda u yangi maktablar tarmog'ini yanada kengaytiradi. O'quv rejalari tuzish, yangi darsliklar yaratish, o'qituvchilar tayyorlaydigan kurslar ochish kabi ishlarini rivojlantirib yuboradi. «Usuli jadid» maktablarida hamma o'qish huquqiga ega bo'lgan. Chor amaldorlari bu paytda Turkistondagi yangi usuldagi maktablarni biron ayb topib darhol bekittirib qo'yar edi. Chunki, podsho hukumati «begona xalq»ning qisman bo'lsa ham ilm-ma'rifatli bo'lishini, dunyoviy bilimlarni o'rganishini istamasdi. Yangi usul maktablarini faqat podsho hukumati emas, balki mahalliy ruhoniylar, eski maktabning domlalari ham yoqtirmas edilar. Ular yangi usul maktablari «islom diniga rahna soladi», «bu maktablarning muallimlari «kofir», deb tashviqot yuritar edilar. Bunday qarash va to'siqlarga qaramasdan Behbudiy va uning maslakdoshlari «usuli jadid» maktablarida Turkiston farzandlarini o'qitish ishlarini jadal suratda olib borardilar. Maxmudxo'ja Behbudiyning «usuli jadid» maktabidagi o'qitish ishlari quyidagi tartibda olib borilar edi: «Maktab ikki bosqichdan iborat bo'lib, birinchi bosqich - ibtidoiy qism, deb nomlangan. Buning tahsil muddati to'rt yil. Birinchi yilida: forscha va arabcha yozuv hamda o'qishni o'rganilgan. Su'ralar yod olingan. Hisob darsi o'rgatilgan. Umuman bir yil davomida yozmoq o'qimoqni to'liq o'rganganlar. Ikkinchi yilida: xaftiyak, imon va e'tiqoddan dars, fors, turkiy va arab tilida she'rlar, qasidalar o'qitilgan. Uchinchi yilida: Qur'oni Karim, islom ibodati, tajvid, Sa'diydan nasihatlar, fors va turkiy til puxta o'rgatilib, undan insholar yozdirilardi. Hisobdan turli taqsimot va ish yuritish kabi zaruriy jihatlar o'qitilgan. To'rtinchi yilida: esa Kalom-u Sharif, mufassal tajvid, forsiy va turkiy nazm va nasr, axloq darsi, turkiy va forsiy til, hisob tarix, jo'g'rofiya o'qitilgan. Bu to'rt sinfni tamomlagan bolalarni muallimlarning o'zi taqsimlagan. Xohlasa ikkinchi bosqichga qoldirar, ularning o'zlashtirishlariga qarab madrasaga yuborar, bolaning o'zi xohlasa Yevropa maktablariga yuborar yoki tirikchilik uchun ishlashga yo'llanma berardi. Maktabning ikkinchi bosqichi - rushadiya bo'lib, bunga to'rt sinf - ibtidoiy qismni tamomlaganlar o'tkazilar edi. Bu bosqichda o'qitiladigan dars va ilmlarning mundarijasi quyidagicha: birinchi yili arab tili, jo'g'rofiya, shafaqiya, fors tili, tarjima jumla muxtasar, tarixi anbiyo va islom tarixi, Sa'diyning «Guliston», turkiy tili o'qitilgan; ikkinchi yil - arab tili, shifoxiya, tarix, islom axloq, turk tili, hisob, fors yozuvi va hokazolar; uchinchi yil - arab tili, hisob, xat yozuvi, tarix turkiy til, rus tili ham o'qitilgan; to'rtinchi yil - arab tili, rus qozixona xatlari,
bo'listnoyxona xatlari, turk tili va adabiyoti, salomatlik, maktab va hayot, ishq va muhabbatsiz axloq va boshqa ko'pgina hayotiy darslar o'qitilgan. Behbudiy maktabida har yilning oxirida tantnali imtihonlar o'tkazilib turilardi. Imtihonlarga, albatta, ota-onalar va boshqa mehmonlar ham taklif qilinardi. Bu birinchidan: «usuli jadid» maktablarini ko'proq targ'ib qilish va uning o'qish tartiblarini ko'rsatish bo'lsa; ikkinchidan: maktabni hayotiyroq qilish, ya'ni oila va maktab birligini amalga oshirish edi. Sakkiz sinf, ya'ni ikki bosqichni tamomlagan shogird arabcha, forscha va turkchada bemalol so'zlab yozardi. Ruschani ham o'qib, bemalol gaplasha olardi. Turkistonning boshqarma mahkamalarining barchasida ishlashga qurbi yetardi. Bu shogird maktabda muallimlik ham qila olar, tijorat bilan ham shug'ullanar, hatto muharrirlik ham qo'lidan kelardi. «Usuli jadid» maktabini yo'lga qo'yish oson kechmadi. Behbudiy va Shakuriy buning uchun barcha musulmon taraqqiy etgan shaharlaridagi maktablarini o'rgandi. Bunday mustamlakachilik davrida Turkistonning istiqboli uchun o'z hovlisida ilm-ma'rifat o'chog'ini ochgani uchun Behbudiyning boshida necha-necha tayoqlar sindi. Shunga qaramasdan jafokash muallim «usuli jadid» maktabini qattiq turib himoya qildi. Uning maktabiga chor rus inspektorlari kelib taftish o'tkazishganida jo'g'rofiya, tarix va hisob kitoblarini otxonaning oxuri tagiga yashirib qo'ygan. Behbudiy butun vujudi bilan muallim edi. Uning o'zi ham yuqori sinf talabalariga jo'g'rofiya va tarixdan saboq berar. Misr, Turkiya, Qozon va boshqa joylardan olib kelgan turli yangi-yangi kitoblarini yuqori sinf o'quvchilariga hamda eng yaxshi o'qiganlarga hamda muallimlarga tortiq qilardi. U ne qilsa ulug' Turkiston uchun va uning kelajagi bo'lgan yoshlar uchun qilardi. Behbudiy axloq va tarbiyaning asosi - maktab, barcha ilmning boshi va ibtidosi maktab. Saodatning, fozil insonning ma'naviy chashmasi - maktab degan aqidaga amal qilardi. Bu borada «Turkiston viloyatining gazetasi», «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat», «Osiyo», «Turon», «Xurriyat», «Oyna», «Samarqand», «Mehnatkashlar tovushi», «Ulug' Turkiston», «Najot», «Tirik so'z», «Tarjimon», «Vaqt», «Sho'ro» kabi matbuot sahifalarida yuzlab maqolalar bilan chiqishlar qildi. Ushbu maqolalar asosan tahsil va ta'limning taraqqiyotiga bag'ishlanardi. Masalan: «Tahsil oyi», «Ehtiyoji millat», «Samarqand usuli jadid maktabi xususida», «Majlis imtihon», «Tarix va jo'g'rofiya», «Samarqand kitobxon islomiya», «Samarqand kitobxona va matbaaxona», «Samarqand isloh rusum majlisi», «Buxoroda usuli jadida» kabi chiqishlarida yangi usul maktablari, uning ahamiyati o'qitish tizimlari, yangi maorif va madaniyatni rivojlantirish, dunyoviy fanlarning nafi, ma'rifatga rag'bat, komil insonning tarbiyasi haqidagi muhim ma'rifiy fikrlarni o'qish mumkin edi. Behbudiy ta'lim va tarbiya hamda uning muammolari to'g'risida boy publitsistik meros qoldirdi. Jumladan, «Imon va islom», «Ixtiyoji millat», «Buxoroda usuli jadida», «Hurriyat -ozodlik - erkinlik», «Tahsil oyi», «Ikki emas, to'rt til lozim», «Turkiston», «Millatni
kim isloh etar», «Yoshlarga murojaat», «Vatanparvarlik kerak», «Bizni kemiruvchi odatlar», «Buxoro xonligiga sayohat», «Ibtidoiy maktablarimizning tartibsizligi yoxud taraqqiyning yo'li», «Bizga isloh kerak», «Haq olinur, berilmas», «Samarqandda milliy ishlar haqinda» va boshqalar.
Toshkent jadidlarining rahbari Munavvar qori Abdurashidxonov ham xuddi shu yilning 27 fevralida "Kolizey" teatri binosida "Turon" truppasining rasmiy ochilishi munosabati bilan so'zlagan nutqida shunga yaqin fikr bildirib, shunday deydi:"..ba'zi kishilarimiz tiyotirg'a, ehtimolki, o'yinbozliq yohud masharabozluq ko'zlari ila boqurlar. Holbuki, tiyotirning asl ma'nosi ibratxona yoki ulug'lar maktabi degan so'zdur. Tiyotr sahnasi har tarafi oynaband qiling'on bir uyg'a o'xshaydurki, unga har kim kirsa, o'zining husn va qabihini, ayb va nuqsonini ko'rib ibrat olur. Va bu sahnada ko'ziga yomon ko'ringan past odatlardin va buzuq axloqlardin uzr qilmoqg'a harakat qilur" .
"Ibratxona" mazmunini ifodalovchi iboralarni biz Ovro'po ma'rifatparvarligida ham uchratamiz. Chunonchi, buyuk olmon mutafakkir- shoiri va dramaturgi Fridrix Shiller 1784 yili yozgan maqolalarining birini «Die schaubuhne als eine moralische anstalt betrashtet» - «Teatrning ibratxona sifatida olib qaralishi» deb ataydi. Bu jadidlarning jahon adabiyoti va san'ati tarixidan boxabarligidan, o'z davri madaniyati bilan hamqadamligidan dalolat beradi.
Xullas, teatr jadid ziyolilari uchun o'ziga hos, yangi va qulay minbar vazifasini o'tay boshladi. Ular sahnadan turib Turkiston ahlini jaholat va nodonlik qa'ridan chiqishga, yuksak axloqiylikka, ma'rifatga, zamonaviy sivilizasiyadan yiroq turmaslikka chaqirar edilar.
Mahmudxo'ja Behbudiy va boshqa jadidlar barcha maqsadlarini faqat ma'rifat vositasida amalga oshirishni ko'zlar edilar. Ular milliy mustaqillik uchun mustamlakachilikka, jaxolat, zulmat va qoloqlikka qarshi kurashda ilm - fanga suyanardilar. Shuning uchun ham butun faoliyatlarini maktab, maorif, diniy, tabiiy ilmlarni rivojlantirishga qaratganlar.
Behbudiy faqat diniy maktablarnigina emas, rus-tuzem maktablaridagi ahvolni ham tanqid qiladi. "Russkiy-tuzemniy makktablarda o'qiganlar ziyoli tugul, hayoli hisoblaymaydurlar. Ular faqat chalasavod kishilardur Ziyoli qatoriga kirmoq uchun boshqa oliy had (daraja) taxsil lozimdur. Ruscha taxsil qilg'on ilm va fununni va Vatan ham dinlariga aytib bermoqg'a kifoya qiladurg'on, milliy din va qalam sohibi bo'lmoq kerakdur. Vale madaniyatni sosializasiya ilmidan ... boshqasini bilmaydurg'on... ziyolilardan bizga u ko'zlagan manfat aslo tegmaydur...".
Mahmudxo'ja Behbudiy axloq - odob va ta'lim-tarbiya haqida fikr bildirar ekan, mustamlakachilik davrida bu ishda muvoffaqiyatlarga erishishning birdan bir yo'li o'lkada o'zaro ixtiloflarga barham berib, ahillik bilan ilm - fanni rivojlantirsh
ekanini aytadi. Kattalar va muallimlarga murojaat qilib, ularni yoshlarni bilimli qilishga, mehnatga jalb etishga da'vat etadi. "Yoshlar, - deydi u, - istaydurlarki, millatga va xalq ommasiga xizmat etsalar ... Oldimizda ish ko'p. Boshqa xalqlar har daqiqa taraqqiy etmoqdadurlar. Takror arz qilurmizki, yosh va kattalar bir bo'lib ishlamoq kerak... Agar biz ta'lim - tarbiya ishlarini shu ruhda olib bormasak turonliklarga na xurriyat qolur, na muxtoriyat berilur..." Behbudiy ta'lim - tarbiya ishini ijtimoiy hayot, jaxon miqyosida sodir bo'layotgan voqealar bilan bog'liq xolda olib borishni talab etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. Mahmudxo'ja Behbudiy. Tarix va jug'rofiya. // Oyina. 1914. 27-son. -502-505-b.
2. Mahmudxo'ja Behbudiy. Ehtiyoji millat // Sovet O'zbekistoni. 1990.
18.09.
3. Zunnunov A. Xayrullaev M. Pedagogika tarixi. -T., 2002
4. "Sharq yulduzi" jurnali, 1992 yil, 3-son
5. Behbudiy M. Tanlangan asarlar. -T.:Ma'naviyat, 1999.- B. 228.
6. Po'Latov, S. N. M. (2020). Hindistonda pedagogic ta'limining rivojlanish bosqichlari. Scienceand Education, 1(Special Issue 1), 21-26.
7. Polatov, S. N. (2020). XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA HINDISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY VAZIYAT. Academic Research In Educational Sciences, (4), 468-474.
8. Po'Latov, S. N. M. (2021). MAHATMA GANDI FALSAFIY QARASHLARIDA "MUTLOQ G 'OYA" TUSHUNCHASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1134-1143.
9. Po'Latov, S. N. M. (2020). Rabindranat tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan hissasi. Scienceand Education, 1(Special Issue 1), 136-143.
10. Пулатов, Ш. Н. (2022). МАХДТМА ГАНДИ ФАЛСАФИЙ КОНЦЕПЦИЯСИДА "САТЯГРА^А" ТУШУНЧАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 890-896.
11. Pulatov, S. N. M. (2022). AHIMSA TUSHUNCHASINING FALSAFIY MOHIYATI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 162-166.
12. Po'Latov, S. N. M. (2022). MAHATMA GANDINING INSON TABIATI HAQIDAGI QARASHLARI. Academic research in educational sciences, 3(3), 10-19.
13. Pulatov Sh.N. The Concept of "Truth" in the Philosophical Views of Mahatma Gandhi// Akshara Multidisciplinary Research Journal Peer-Reviewed &
Refereed International Research Journal, India // E-ISSN: 2582-5429 Vol.02 Issue V, 2021. -P. 12-18.
14. Пулатов, Ш. (2019). Философская концепция Махатмы Ганди. Востоковедения, 3(3), 214-224. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/oriental-studies/article/view/15683
15. Po'latovSh.N. Jaynizm diniy-falsafiy ta'limoti. 16-son Sharqshunsolar anjumani. Toshkent davlat sharqshunsolik universiteti, 2020 307-312.
16. Po'latovSh.N. Mahatma Gandi diniy qarashlarining tahlili. НамДУ илмий ахборотномаси. 2021 y. 8-son. 205-212 b.
17. Пулатов, Ш. Н. (2023). ХИНД ФАЛСАФАСИДАГИ ИНСОН МАСАЛАСИНИНГ МАХАТМА ГАНДИ ^АРАШЛАРИГА ТАСИРИ. International scientific journal of Biruni, 2(3), 96-103.