Научная статья на тему 'MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY ASARLARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA MASALASI'

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY ASARLARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA MASALASI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
2308
126
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mahmudxo‘ja Behbudiy / jadidchilik / “Padarkush” dramasi ma’naviy-axloqiy tarbiya / Mahmudhoja Behbudi / modernism / "Padarkush" drama / spiritual and moral education

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Maxsudova, Onorxon Bekmurod Qizi

Ushbu maqolada Turkiston jadidchilik harakatining yorqin namoyondasi, ma’rifatparvar publisist, dramaturg Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya masalasi aks etganligi tilga olinadi. Behbudiy faoliyatining hozirgi yosh avlod uchun ibrat bo‘la oladigan jihatlari va “Padarkush” dramasidagi ma’naviy-axloqiy tushunchalarni bayon qilishining e’tiborga molik jihatlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРОБЛЕМА ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ МАХМУДХОДЖИ БЕХБУДИ

In this article, it is mentioned that the issue of spiritual and moral education is reflected in the works of Mahmudhoja Behbudi, a bright manifestation of Turkestan modernism movement. Aspects of Behbudi's work that can serve as an example for the current young generation and the remarkable aspects of his presentation of spiritual and moral concepts in the drama "Padarkush" are analyzed.

Текст научной работы на тему «MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY ASARLARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA MASALASI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

MAHMUDXO'JA BEHBUDIY ASARLARIDA MA'NAVIY-AXLOQIY

TARBIYA MASALASI

Maxsudova Onorxon Bekmurod qizi

FarDU magistratura bo'limi adabiyotshunoslik:o'zbek adabiyoti mutaxassisligi 1-bosqich magistranti

Ushbu maqolada Turkiston jadidchilik harakatining yorqin namoyondasi, ma'rifatparvar publisist, dramaturg Mahmudxoja Behbudiy asarlarida ma'naviy-axloqiy tarbiya masalasi aks etganligi tilga olinadi. Behbudiy faoliyatining hozirgi yosh avlod uchun ibrat bo'la oladigan jihatlari va "Padarkush" dramasidagi ma'naviy-axloqiy tushunchalarni bayon qilishining e'tiborga molik jihatlari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Mahmudxoja Behbudiy, jadidchilik, "Padarkush" dramasi ma 'naviy-axloqiy tarbiya

In this article, it is mentioned that the issue of spiritual and moral education is reflected in the works of Mahmudhoja Behbudi, a bright manifestation of Turkestan modernism movement. Aspects of Behbudi's work that can serve as an example for the current young generation and the remarkable aspects of his presentation of spiritual and moral concepts in the drama "Padarkush" are analyzed.

Key words: Mahmudhoja Behbudi, modernism, "Padarkush" drama, spiritual and moral education

Jamiyatning bir bo'g'ini bo'lmish oiladagi ma'naviy - axloqiy tarbiya haqida gapiradigan bo'lsak, bu bolalarga ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni o'rgatish va halollik, hurmat, mas'uliyat, hamdardlik kabi ijobiy xislatlarni yoshligidan sindirish jarayonidir. Globallashuv davrida milliy va ma'naviy qadriyatlarga - ommaviy madaniyatning tahdidi kuchayib bormoqda. Bu, avvalo, yosh avlodni bilim olish, vatan va yurt ravnaqi, rivojlanishi uchun hissa qo'shishi lozimligiga raxna solib, yoshlarning ongini turli yot tushunchalar bilan yog'irilgan illatlar bilan zaharlanishiga olib kelmoqda. Buning to'laqonli davosi hisoblangan milliy ma'naviy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo'lgan ma'naviy - axloqiy tarbiya ajdodlarimizning ibratli hayoti va asarlarida o'z aksini topgan. Darhaqiqat, "turli

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

mafkuraviy va ma'naviy tahdidlarga qarshi - bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor, havas qilsa arziydigan ulug ajdodlarimiz bor"1.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakatimiz dunyo tamadduni va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo'shgan ulug' allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongan. Ma'naviyatimizning ildizlari bo'lgan buyuk mutafakkurlarimiz hayoti, ijodini va ular ijodidagi hozirgi yoshlarimizning ma'naviy - axloqiy tarbiyasiga ta'sir etadigan qarashlarini keng ommaga targ'ib qilish ulkan ahamiyat kasb etadi.

Yaqin o'tmishga nazar tashlab jadidlardan nafs jilovini, yo'qchilig-u to'qchilik ustida fikrlashni, vatan va tuproq nima ekanligini o'rganish mumkin. Ma'lumki, XIX asr oxiri - XX asr boshida Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy, ma'rifiy harakat tarix sahnasiga ma'rifatparvar shaxslar - jadidlarni olib chiqdi. Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Abdulla Avloniy kabi qomusiy bilim egalari ana shular jumlasidandir. Ular o'z bilimlarini millat ravnaqi, jamiyat rivoji yo'lida sarflashga intildi, o'rni kelganda mablag'ini ham ayamadi. Adib, publitsist, pedagog, olim, din va jamoat arbobi Mahmudxo'ja Behbudiy Turkistondagi jadidchilik harakatining asoschilaridan va yetakchilaridan biri edi. U "ma'rifatning, maorif ishlarining faqatgina nazariyotchisi bo'lib qolmay, balki o'lka maorifi rivojida amaliy tomondan ham jonbozlik ko'rsatdi"2. Shuningdek, Behbudiy quyi va yuqori maktabning isloh qilinishini millatning isloh etilishiga qiyosladi va uni umummilliy g'oya deb bildi. Millatga "o'qumoq, o'qutmoq kerakdur. Bolalarga otalardan ilmi diniy va ilmi zamoniy meros qolsun", - deya murojaat qilib3, o'zi ilgari surgan milliy g'oyani barcha targ'ib qilishi zarurligini ta'kidladi. Behbudiyning umummilliy g'oyasi targ'iboti uchun milliy matbuot kerak edi. Jadidlar chiqara boshlagan gazeta-jurnallar rosmanasiga fikr almashish, ilg'or g'oya va fikrlarni targ'ib etish, bahslashish maydoniga aylangan, demokratik qadriyatlarni o'zida aks ettirgan, fikrlar qarama-qarshiligini ko'tara oladigan, ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi tanqidiy maqolalarni yoritadigan matbuot nashrlari edi. Masalan, Mahmudxo'ja Behbudiy muharrirlik qilgan "Oyina" jurnali ma'rifat va madaniyat tarqatish maqsadida millat va uning haq-huquqlariga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga, dunyodagi ahvolga oid turli-tuman maqolalarni chop etdi. Shuningdek, ayni yo'nalishlardagi bahslar uchun minbar vazifasini o'tadi. Behbudiy o'z zamonida millatning zabun ahvolini, Chor Rossiyasi yuritayotgan bosqinchilik siyosatini ko'rib o'zi va xalqining haqini talab

1 Ishoqxon Ibrat nomli jamoa xo'jaligi madaniyat ishlari bo'yicha rais muovini B.Nizomov bilan K.Vohidova tomonidan o'tkazilgan suhbat materiallari. 1994.

2 https://cyberleninka.ru/article/n/turkiston-jadidchilik-namoyondasi-mahmudxo-ja-behbudiy

3 Aliyev A. Mahmudxo'ja Behbudiy.-Toshkent:-Yozuvchi. 1994 yil

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

qilgan insonlardan edi. Maqolalaridan binning sarlavhasiga ham «Haq olinur, berilmas» deb qo'ygan.4

MUHOKAMA

Oilada axloqiy tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yilgandagina shaxsga xos quyidagi salbiy odatlar: odobsizlik, mamamlik, kibrlilik, ko'ngli qoralik, dangasalik, maxtanchoqlik, xasislik, sotqinlik, chaqimchilik, xasislik, vatanfurushlik, sabrsizlik, bilimsizlik, e'tiqodsizlik, adolatsizlik, yolg'onchilik, qahri qattiqlik, berahmlik, kattalarni hurmat qilmaslik, kichiklarga izzat ko'rsatmaslik, intizomsizlik kabi axloqiy sifatlarni shakllanishining oldi olinishiga erishiladi5.

Oila tarbiyasi bu yuqarida ta'kidlab o'tilganidek, ota onalar yoki shaxs kamoloti uchun mas'ul shaxslar tommonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarini har tomonlama yetuk, sog'lom, bilimli etib tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Shu o'rinda aytish joizki, haqiqiy oila bu axloq, xushmuomalalik, mehnatsevarlik asosida qurilgan bo'lishi insonlar o'rtasidagi munosabat va muloqotlarda o'ta muhim va shaxsning fe'l-atvori, yurish-turishida alohida kasb etadi. Agar ona o'z farzandini Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalasa, bu his-tuyg'u unga butun hayoti davomida hamroh bo'ladi.

Mahmudxo'ja Behbudiy milliy g'oyasining yana bir targ'ibot quroli, bu -adabiyot edi. Jadidlar Navoiy, Fuzuliy, Sa'diy singari buyuk zotlar hayoti va ijodini chuqur bilishgani sababli adabiyotni xalqqa yaqinlashtirishga, uning tilida yozishga intildilar va bu ishni uddaladilar. Ular tomonida ko'plab asarlar yaratildi. Shulardan biri Behbudiyning 1911-yilda „Padarkush" dramasi hisoblanadi. Bu birinchi o'zbek dramasi edi. 3 parda 4 manzarali bu asar mazmunan sodda bo'lib, o'qimagan, johil va nodon bolaning o'z otasini o'ldirgani haqida edi. Behbudiy bu asar janrini „milliy fojia" deb atagan. Shu bilan birgalikda "Padarkush" dramasi orqali o'zbek teatriga tamal toshini qo'yildi. Bu asarda u ilmsizlik, jaholatning qanday fojealarga sabab bo'lishi mumkinligi haqida aytib o'tadi. Drama va undagi obrazlar: boy, ziyoli, domla, boyning o'g'li Toshmurod hamda uning do'stlari orqali adib oilada axloqiy tarbiyani naqadar katta ekanini ko'rsatib bergan. Ushbu dramaning dastlabki satrlaridanoq Toshmurodning tarbiyasiz ekanligi aniq sezilib turadi. Uning beadablarcha otasi va domla gaplashib o'tirgan xonaga besalom kirib kelishi, otasini mensimay gapirishi ilmsizlik og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligining yaqqol namunasidir. Toshmurodning bunday ahvolga tushib qolishida boyning hissasi katta. Uning ilmga befarqligi, ilm ahlini kamsitishi, albatta, bizda boy haqida yaxshi taassurot qoldirmaydi. Uning bu harakatlari esa oxir-oqibat nodon o'g'li uning

4 https://kun.uz/uz/04478142?q=%2F04478142

5 Hamroyeva, X. (2022). Oila tarbiyasi asoslari (yosh oilalar misolida). Scientific progress, 3(4), 582-586

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

o'limiga sabab bo'lishiga olib keldi. Asarda ilm olish zarurligi va uning foydalari domla hamda ziyoli obrazlari orqali yoritib berilgan.

Bilim va ko'nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg'ayrat yoshlar oilada axloqiy tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yilgandagina yuzaga chiqadi. Ma'naviy-axloqiy tarbiya o'z-o'zidan shakllanib qolmaydi, uni shakllantirish uchun ota-onalar farzandlari bilan shug'ullanishlari va o'zlari ham yaxshi xulq-atvorga ega bo'lishlari shuningdek, o'z atrof-muhitlariga befarq bo'lmasliklari lozimdir. Buning aksini biz "Padarkush" dramasi orqali ko'rishimiz Behbudiyning adib sifatida ma'naviy-axloqiy tarbiya masalasi o'sha davr kishisi nuqtayi nazaridan ko'ra olganini ifodalaydi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Aliyev A. Mahmudxo'ja Behbudiy.-Toshkent:-Yozuvchi. 1994 yil

2. Zaynobidin Abdurashidov. Jadidlar. Mahmudxo'ja Behbudiy. - T.: Yoshlar nashriyot uyi, 2022. - 156 b

3. Ishoqxon Ibrat nomli jamoa xo'jaligi madaniyat ishlari bo 'yicha rais muovini B.Nizomov bilan K.Vohidova tomonidan o'tkazilgan suhbat materiallari. 1994.

4. Hamroyeva, X. (2022). Oila tarbiyasi asoslari (yosh oilalar misolida). Scientific progress, 3(4), 582-586

5. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559.

6. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION.

Конференции, 1(2).

7. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11).

8. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции

9. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the AssociationInstitute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.

10. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature.

Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

11. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.

12. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

13. Jo'rayev, H., & Anvarova, D. (2022). Investitsiya, investitsion muhit, jozibadorlik, investorlar huquqi, Investitsiya kodeksi, investitsion ombdusman, moliyalashtirish manbalari, to 'g 'ridan-to 'g 'ri investitsiyalar, mahalliy investitsiya. RESEARCH AND EDUCATION, 1(2), 329-332.

14. Sayidolimov, J. B. O. G. L. (2023). AGIOGRAFIK OBRAZLARNING MAZMUN-MOHIYATIDAGI EVRILISHLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 1318-1322

15. Jo'rayev, H. A., & qizi Maxamadjonova, S. R. (2022). SHEKSPIR TRAGEDIYALARIDA AFORIZMLAR. INTERNATIONAL CONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING, 1(7), 452-454.

16. Dehqonova, Maxsuma, & Qosimov, Iqboljon (2022). OYBEK DOSTONLARIDA MAVZULAR XILMA-XILLIGI VA OBRAZLAR TASVIRI. International scientific journal of Biruni, 1 (2), 317-322.

17. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.