Научная статья на тему 'MAHMUD KOSHG ‘ARIYNING HAYOT VA IJOD YO‘LI'

MAHMUD KOSHG ‘ARIYNING HAYOT VA IJOD YO‘LI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
36
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
filologiya / tilshunoslar / folklorchilar / yaylov / vodiy / dara / yo ‘l / dovon / ko ‘l.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yangiboyev S.

Mahmud Koshg‘ariyning islomdan ilgarigi va ilk islom davri turkiy madaniyat obidalarini tadqiq etish, to‘plash va avlodlarga yetkazib berishdagi xizmatlari nihoyatda ulkandir. Uning tarix, etnografiya, geografiya xususidagi keng bilim doirasi, til va adabiyot sohasidagi qomusiy salohiyati, tadqiq qudrati bugungi kunda ham hayratlanarli darajadadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAHMUD KOSHG ‘ARIYNING HAYOT VA IJOD YO‘LI»

Yangiboyev S. Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika ta'limyo 'nalishi 2-bosqich talabasi

MAHMUD KOSHG 'ARIYNING HAYOT VA IJOD YO'LI

Annotatsiya. Mahmud Koshg'ariyning islomdan ilgarigi va ilk islom davri turkiy madaniyat obidalarini tadqiq etish, to'plash va avlodlarga yetkazib berishdagi xizmatlari nihoyatda ulkandir. Uning tarix, etnografiya, geografiya xususidagi keng bilim doirasi, til va adabiyot sohasidagi qomusiy salohiyati, tadqiq qudrati bugungi kunda ham hayratlanarli darajadadir.

Kalit so 'z: filologiya, tilshunoslar, folklorchilar, yaylov, vodiy, dara, yo 'l, dovon, ko 'l.

Yangiboyev S.

2nd level student of Pedagogical education

Pedagogical faculty Urganch State Pedagogical Institute

THE WAY OF LIFE AND CREATIVITY OF MAHMUD KOSHGARI

Abstract. Mahmud Koshgari's services in researching, collecting and passing down the pre-Islamic and early Islamic monuments of Turkish culture to generations are enormous. His extensive knowledge of history, ethnography, geography, encyclopedic potential in the field of language and literature, and his research power are amazing even today.

Key words: philology, linguists, folklorists, pasture, valley, gorge, road, pass, lake.

Kitobda jamlangan aniq-ravshan ma 'lumotlar VIII-XI asrlar ham turkiy adabiy til va badiiy adabiyotning, ham og 'zaki xalq ijodi va turli lahjalarning boy manbai sanaladi. "Devonu lug 'atit turk"ni o'sha davrlarda Markaziy Osiyo mintaqasida yashagan turkiy xalqlar hayoti haqidagi qomusiy asar deb atash mumkin. Mahmud Koshg 'ariy Markaziy Osiyoda ilk o'rta asr madaniyatining buyuk arboblaridan bo 'lib, tilshunoslik sohasida, xususan, turkiy tillarni o 'rganish sohasida mashhur bo'ldi va tarixda o'chmas iz qoldirdi. Mahmud Qoshg'ariy - XI asrning o'rta osiyolik filolog-olimi. 1072-1074 yillar arab tilida "Turk tili lahjalari"ni tuzgan. Mahmud Qoshg'ariyning arab filologiyasi ilmiy uslublarini qo'llab yozgan asari tilshunoslar, folklorchilar va adabiyotshunosla r uchun qadr-qimmatga ega. Bu - erta davr turk shevashunosligining yagona yodgorligidir. Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al Qoshg'ariy Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida tug'ilgan va qoraxoniy a'yonlarining oliy tabaqasidan kelib chiqqan. Uning otasi Bolasog'un shahrini boshqargan. Oliy

tabaqadan kelib chiqishi olimga o'z davrining yirik siyosiy va madaniy markazi bo'lmish Qashqarda ajoyib ta 'lim olish imkonini berdi. Bir qator turkiy tillar bilan birga, Mahmud Qoshg'ariy arab va fors tillarini ha m bilgan. Ehtimol, ta 'limni Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marv, Bog'dodda davom ettirgan, u yerlarda olim uzoq vaqt yashagan, kitobi uchun zaruriy ma 'lumotlar to'plagan. U vaqtlar saljuqlarga tegishli Bog'dodda bo'lgan vaqti Qoshg'ariyda kitobning g'oyasi paydo bo'ladi, unga ko'ra, turkiy xalqlar hayotining ko'p qirralari, fikrlashi, odatlari, jo'g'rofiy joylanishi va eng avvalo, tili ta 'riflanishi joiz bo 'lgan. Mahmud al Qoshg'ariyning mashhur kitobi "Devoni lug'at at-turk" turkiy ensiklopediya ko'rinishidadir. Unda umumiy tarixiy-madaniy, etnografik va tilshunoslik ma 'lumotlari to 'plangan va jamlangan. Al Qoshg 'ariyning "Devoni"- turkiy madaniyat yodgorligi bo 'lib, o'zida axloqiy qadriyatlar va tarbiya tartiblarini, avvalgi ajdodlardan barcha merosni o'zlashtirgan XI asrdagi turkiy xalqlarning o'ziga xos dunyoqarashini jamlagan. Kitobda qadimiy zoroastr-shomoniylik dunyoqarashlari bilan birga, yangi mafkura - islom va so'fiylik kabi tarmoqlari tasvirlangan. Mahmud al Qoshg'ariy mehnatining yagona nusxasi 1915-yil olim va kutubxonachi Ali Emir tomonidan Istambul bozorida ko'chirma nusxa ko'rinishida topilgan, hozirgi vaqtda Istambul Milliy kutubxonasida saqlanadi. Qo'lyozmani Muhammad ibn Abu-Bakr ibn Abu-l-Fath as-Saviy ko'chirgan. "Devonu lug 'at at turk"ning birinchi noshiri turk olimi Rifat Bilge bo'lib, u kitobni birinchi bo'lib turk tiliga tarjima qilgan. Mahmud Qoshg 'ariyning "Devonu lug 'at at turk" asari o 'zbek tiliga professor Solih Mutallibi tomonidan tarjima qilingan va 1960-1963-yillar Toshkentda nashr etilgan. Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'at at turk" asari noyob hisoblanib, odatiy lug'atga xos so'zlar bilan bir qatorda, ko'plab badiiy asarlar ham uchrab, folklorlikka oid qismlari asosiy timsolda gavdalanadi. Muallifning o'zi shunday yozadi: "Mazkur kitobni men alifbo tartibida joyladim, maqol, saj, matal, she 'r, rajaz va nasr parchalari bilan bezadim" "Turkiy shajaralar lug 'ati"da turkiy tilda so'zlashuvchilar folklorining asosiy janrlari keltirilgan - marosimiy va lirik qo 'shiqlar, qahramonlik dostoni, tarixiy rivoyat va afsonalar. Shu bilan birga, unda anatomiya, tibbiyot, veterinariya, astronomiya, jo'g'rofiya, etnografiya va boshqalar haqida ma'lumotlar mavjud. "Turkiy shajaralar lug 'ati" ikki qismdan iborat. Birinchi qismida Mahmud Qoshg'ariy kitobning maqsadini ochib bergan, turkiy tilga so 'zlashuvchi qabila va urug 'lar haqida ma 'lumotlar keltirgan. Asarning ikkinchi qismida turkiy til shajarasining lug'ati taqdim etilgan, hikmatli iboralar, og'zaki xalq ijodining namunalari keltirilgan. Quyida kitobidan keltirilgan parchalar orqali Qoshg'ariyning nuqtai nazari haqida tasavvur hosil qilish mumkin. "Kunlar vaqtni shoshirar, inson kuchini toliqtirar, dunyoni yerlardan ayirar... Uning odati shu-da, barchaning qismati shu yerda. Agar dunyo mo'ljalga olib, o'qni otsa, tog' cho'qqilari ajralib ketadi" "O'g'lim, senga yaxshilikka eltuvchi pand-nasihat merosimni qoldiraman. Yaxshi insonni uchratsang, unga ergash" "Tun-u, kun daydi kabi o'tib ketadi. Uning yo'lida kesishib qolsang, kuchdan ayirar". "Insonning mol-dunyosi - uning dushmanidir.

Boylik to 'plab, suv oqimi to'xtashini o'yla, go 'yo xarsanglar pastga dumalab tushayotgani kabi. Barcha erlar buyumlarni deb adashdi. Boylikni ko'rib, ular, go'yo burgut o 'ljaga yopishgani kabi otiladilar. Ular mulkini yashirib, uni ishlatmay, xasisliklaridan yig 'lashar, oltinlarni to 'plashar. Mulklari sabab, Xudoni yodga olishmas, o'g'illarini, qarindoshlarini ular bo'g'arlar" "Yaxshilik qilishga shoshil, maqsadingga erishgach, g'ururlanma".Mahmud Qoshg 'ariyning "Devoni" (Lug 'ati) - fonetik va morfologik hodisalar va dialektik shakllarning xususiyati haqida tasavvur beruvchi erta davr turkiy dialektikasining yagona yodgorligidir. "Lug'at" shuningdek, turkiy tilda so'zlashuvchi O'rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Povolojya, Orol bo'yi qabila va xalqlarining og'zaki-she'riy ijodi haqidagi matlarni ham o'z ichiga olgan. Mahmud Qoshg'ariyning arab filologiyasining ilmiy uslublaridan foydalangan holda yozilgan mehnati bugun ham tilshunoslar, folklorchilar va adabiyotshunoslar orasida, shubhasiz, qadr-qimmatga egadir. Mahmudning otasini ismi Husayn, bobosiniki Muhammad bo'lib, kelib chiqishi va tiliga ko'ra Koshg'ariy nisbatini olgan. U yashab ijod etgan davrda Movarounnahrda Somoniylar o'rnini Qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy til mintaqada keng urf bo'la boshlagan edi. Hatto Abbosiylar xalifaligi markazlarida, azaldan arab va boshqa somoniy xalqlar yashab kelgan o 'lkalarda turkiy elatlar namoyandalari ko 'payib, turkiy tilga e 'tibor oshgan edi. Mahmud Koshg 'ariy ham o'zining uzoq yillar davomida yaratgan "Devonu lug'atit turk" kitobini 1075 yilda tugallagan. Asarning asosiy matni o 'sha davrda keng mintaqa musulmon Sharqida, butun Yaqin va O'rta Sharkda din, fan tiliga aylangan arab tilida yozilgan bo'lib, turkiy tilning boyligini, mazmundor va rang-barangligini tushuntirish uchun yozilgan. Mahmud Koshg'ariy Balasog'unda tug'ilib, shu yerda yigitlik chog'larini kechirgan bo'lsa ham, uzoq yillar Qoshg'ardan boshlab butun Movarounnahr, Xorazm, Farg 'ona, Buxoro, hozirgi Shimoliy Afg 'onistonga qadar cho 'zilgan turkiy o 'lkalarni, turkmanlar, o 'g 'uzlar, chigillar, yag'molar, qirg'izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini kezib chiqdi, turli sheva va lahja xususiyatlarini o 'rgandi, ularni adabiy til bilan chog 'ishtirdi, o 'z ishi uchun nihoyatda boy material to 'pladi. Lug 'at tuzishda arab tilshunoslari yaratgan an 'anadan unumli foydalangan holda, ishga ijodiy yondashdi, turkiy til qonuniyatlarini birinchi navbatda inobatga olib kitobiga tartib berdi. Koshg 'ariy asari, o 'zi ta 'kidlashicha, "... oldin hech kim tuzmagan va hech kimga ma 'lum bo 'lmagan alohida bir tartibda" tuzilgan. Unda ko 'p shevashunoslikka oid qiyosiy qoidalar, grammatik, morfologik, leksik, semantik alomatlar ko 'rsatilgan. Asar foydalanuvchilarga osonlik tug 'dirish uchun sodda yozilgan. Unda qadim turk alifbosi, fonetik qonuniyatlar va orfografik qoidalar puxta tushuntirib berilgan. Lug 'atda turkiy so 'z tuzilishi an 'analari, jumladan so 'z tartibi, fe 'l shakllari, so 'z etimologiyasiga oid fikrlar bayon etilgan. Muallif ko 'rsatishicha, kitob bo 'limdan, muqaddima va xulosadan iborat. Har bir bo 'limda ot-ism so 'zlar, fe 'llar qulaylik uchun alohida ajratib berilgan. Asarda 7500 dan oshiq turkiy so 'z va iboralar izohlangan. "Devonu lug 'atit turk" ham adabiy til, ham asosiy turkiy shevalarni qamrab olgan bo 'lib,

undagi adabiy til, sheva unsurlari nisbati o 'rtacha adabiy tildagi 10-12 so 'zga, shevaga oid bir so 'zga to 'g 'ri keladi, ya 'ni umumturkiy adabiy tilga ayricha ahamiyat ajratilgan. Bu holat o 'sha davr islom mintaqasida turkiy adabiy til qancha keng tarqalgani va mustaxkam mavqega ega bo 'lganini tasdiqlovchi qat 'iy dalildir. Lug 'atda yuzlab kishi ismlari, shahar va qishloq, o 'lka nomlari, daryo, tog ', yaylov, vodiy, dara, yo 'l, dovon, ko 'l, soy kabi geografik atamalar, turli qabila, urug ', elat, sayyora, yulduzlar, fasllar tilga olinadi. Asarga Mahmud Qoshg 'ariy tuzgan dunyo xaritasi, dunyoning doira shaklidagi tasviri ham ilova qilingan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O 'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O 'RNI VA AHAMIYATI.

Scientific progress, 1(6), 616-619.

2. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO 'JALIGI VA MADANIYATI.

Scientific progress, 1(6), 620-622.

3. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI.

Scientific progress, 1(6).

4. Do 'stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O 'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O 'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

5. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O 'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O 'RNI. Scientific progress, 1(6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.