Научная статья на тему 'MAHATMA GANDI DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIGA ISLOM DININING TASIRI'

MAHATMA GANDI DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIGA ISLOM DININING TASIRI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hindiston / Mahatma Gandi / islom / payg‘ambar / Gujarot / tinchlik / kuch ishlatmaslik. / India / Mahatma Gandhi / Islam / prophet / Gujarat / peace / non-violence.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Pulatov, Sherdor Nematjonovich

Hindistonda ko‘plab dinlar bilan birlaglikda, islom din ham rivojlanib bormoqda. Islom dini nafaqat shimoliy Hindiston balik, mamlakatning barcha qismida o‘z o‘rniga ega. Shuningdek, mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy-tarixiy bo‘lagi bo‘lib kelgan. Mahatma Gandi islom diniga alohida etibor berib, dunyoqrashi shakllanishida islomiy ahkomlarni ham o‘rgangan. Mustaqillik uchun harakatlarida qo‘llagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INFLUENCE OF ISLAM ON THE FORMATION OF MAHATMA GANDHI'S WORLDVIEW

Along with many other religions, Islam is developing in India. Islam has its place not only in northern India but in all parts of the country. It was also an economic, social, political and cultural-historical part of the country. Mahatma Gandhi paid special attention to the Islamic religion and studied Islamic precepts when forming his worldview. He used this in his efforts to gain independence.

Текст научной работы на тему «MAHATMA GANDI DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIGA ISLOM DININING TASIRI»

MAHATMA GANDI DUNYOQARASHI SHAKLLANISHIGA ISLOM

DININING TASIRI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.14543778

Pulatov Sherdor Nematjonovich

Alfraganus university Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD., dotsenti

Annotatsiya: Hindistonda ko'plab dinlar bilan birlaglikda, islom din ham rivojlanib bormoqda. Islom dini nafaqat shimoliy Hindiston balik, mamlakatning barcha qismida o'z o'rniga ega. Shuningdek, mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy-tarixiy bo'lagi bo'lib kelgan. Mahatma Gandi islom diniga alohida etibor berib, dunyoqrashi shakllanishida islomiy ahkomlarni ham o 'rgangan. Mustaqillik uchun harakatlarida qo 'llagan.

Kalit so'zlar: Hindiston, Mahatma Gandi, islom, payg'ambar, Gujarot, tinchlik, kuch ishlatmaslik.

Abstract: Along with many other religions, Islam is developing in India. Islam has its place not only in northern India but in all parts of the country. It was also an economic, social, political and cultural-historical part of the country. Mahatma Gandhi paid special attention to the Islamic religion and studied Islamic precepts when forming his worldview. He used this in his efforts to gain independence.

Key words: India, Mahatma Gandhi, Islam, prophet, Gujarat, peace, nonviolence.

Hindistonda tarixiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy qadimdan rivojlanib kelgan, hind mahsulotlariga butun dunyoda talab katta bo'lgan bo'lib, arab qabilalari orasida ham hind ziravorlari, matolari, tilla buyumlari va boshqa maxsulotlariga arablarning ehtiyoji bore di. "Arablarning Hindistonga yurishi tarixi ilmiy izlanishlarda davriy va jug'rofiy jihatdan turli sana va hududlar asosida qayd qilingan. Va bu o'lkada islomning o'zlashuvi, agar bir tomondan, arab savdogarlarining muttasil safarlari davrida yerlik aholi orasida qozongan obro'-e'tiboridan ko'rilsa, ikkinchi tomondan, savdogarlar safida bu yerga kelgan so'fiylarning bag'rikenglik ruhiyati sharofatidan deb baholangan.

Hind yarim orolining janubiy va janubi-g'arbiy qismi islom dinidan muqaddam arab savdogarlari uchun tijorat markazlaridan biri bo'lgan.

Binobarin, islom Hindistonga "Uch darvoza" orqali kirib kelgan: yerdan, suvdan va Safedkoh tog' tizmasi - Xaybar yo'lidan. Holbuki, bu ma'lumotlarga

qo'shimcha tarzda yana boshqa xabarlar ham mavjud bo'lib, ular haqida quyida zikr qilinadi. Arablarning mahalliy aholi va hokimlar bilan juda yaxshi munosabatda bo'lib, o'z savdo-tijorat faoliyatlari bilan yarimorolning janubiy viloyatlari rivojiga tegishli hissa qo'shganliklari hind muarrixlari asarlarida alohida ta'kidlangan. Kerala va boshqa viloyatlarga o'z mahsulotlarini keltirgan arablar qaytishda Hindiston, Malayziya va Indoneziya mollarini olib Yevropa mamlakatlariga yetkazganlar. Arablarning xulq-atvori va o'zga e'tiqod vakillari huzurida yerlik urf-odatlar, diniy an'analar va boshqa ma'naviy-ijtimoiy hayot xususlariga bo'lgan e'tiborlaridan ta'sirlangan hindlar ularni hatto o'z tillarida erkalab "Mapilla - yaxshi yigitlar" deb ataganlar"1.

Islom tinchlik va birodarlik dinidir. Shu bilan birga "Islom" so'zining manosida ham bo'ysunish va itoat etish so'zlari bilan birga tinchlik va najot so'zlari ham doimo yondosh yuradi. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ning o'zi muloyim, insonparvar va kamtarin inson bo'laganlar. Sahobalar va ummatiga har doim yoqimli so'zlar bilan gapirib: hech kimga tanbeh bermaganlar. Qur'oni Karimda yavzulikka, adaolatsizlikka qarshi urushni ma'qullanadi. Payg'ambarimizning o'zlari mudofaa urushlarida mag'lub bo'lgan dushmanlariga siylai rahim qilganlar. Shunga qaramay, Payg'ambarimiz zo'ravonlikdan ko'ra zo'ravonliksizlikni afzal ko'rganlar.

Shu nuqtai nazradan Islom umumiy manoda doimo kuch ishlatmaslikni, zo'ravonlikni oldini olishni, boshqa insonlarga nisbatan nafratda bo'lmaslikni targ'ib qilgan. Shuning uchun ham Mahatma Gandi islomni tom ma'noda tinchlik dini deb atagan.

Gandining fikriga ko'ra, Islomning asosiy mohiyati insonning o'zaro birodarligidir. Payg'ambar o'z sahobalariga asosan mehr-oqibat to'g'risida gapiradilar, tinchlik va muhabbatni, zo'ravonsizlikni, zo'ravonlik va yovuzlikni engish vositasi deb aytganlarini o'z yozishmalalarida qayid etadi.

Shuningdek, Assalomu alaykum, degan musulmonlar salomi "tinchlik va farovonlikda yashash" degan ma'noni anglatadi. Islom diniy bag'rikenglik va umumbashariy birodarlikni ham targ'ib qiladi. Gandi, siyosiy faoliyati davomida hindu-musulmonlar birligini ta'minlashga intilgan va jamoat totuvligini saqlash uchun barcha dinlarga nisbatan bag'rikenglikni ilgari surgan.

Mahatma Gandining dinlarga nisbatan qarashlarini shakllantirishda islom muhim rol o'ynaydi. Buning bir qancha sabablari bor. Birinchidan, Mohandas Karamchand Gandilar oilasi Hozirgi Gujarotda yashaganlar,. Po'rbandar shahriga

1 HrooMHggHHOB H.F. KagHMrn Xuhahctoh Tapnxn, gHHHH эгтнкодн Ba MagaHHHTH. TomKeHT. Fan va texnologiya. 2014. 195-196. E.

musulmon savdogalari ko'p kelgan, va bu yerda musulmon jamosi katta ahamiyatga ega bo'lgan. Ikkinchidan, Gandining otasi Po'rbandar shahri bosh vaziri bo'lib, musulmon zodagonlari bilan ham yaxshi aloqada bo'lgan. Shuningdek, Islom va musulmonlar Gandiydagi taassurotlari bolaligidan boshlangan. Dinshunos olima Sheila Makdonough shunday yozadi, "Hindistonning geografik joylashishi dengiz va okeanlar bilan o'ralgani savdo-sotiqning rivojida katta ahamiyatga ega edi. Musulmonlar Gujarotda asrlar davomida savdogar sifatida faoliyat olib borganlar. Gandi bolalaigidan dengizdan ularni kelib ketganini ko'rgan, turli tuman sarguzashtlarni eshitgan. Musulmonlarni Gandi uyida mehmon sifatida juda ko'p qabul qilgan, ulardagi diplomatik xushmomlalik siyosiy analari ham bolada katta taassurot qoldirgan. Muslumonlar uzoq vaqtdan beri jamiyatning bir qismi bo'li kelgan".

Gandilar oilasi yana, jaynlar va parsilar bilan do'stlik aloqalari azaldan shakllangan edi. Bir marta Gandining otasi tomonidan bobosi mahalliy hukmdor bilan to'qnash kelganida, musulmon askarlari hujum paytida uning uyini qo'riqlagan va ulardan biri halok bo'lgan. O'sha musulmon askarining yodgorligi hali ham oila uyiga tutash Vaishnava ibodatxonasida qabri borligini eslaydi.

Shuning uchun oila mahalliy siyosiy va ijtimoiy hayotning bir qismi sifatida musulmonlar bilan muomala qilishda katta tajribaga ega edi. Hatto maktabda ham u boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchi o'quvchilar bilan do'stlashishni o'rgandi va ularning e'tiqodlariga sog'lom hurmatni rivojlantirdi.

Gandining hindu-musulmon o'zaro hurmati va hamkorligiga bo'lgan asosiy qadriyatlari uning bolalik tajribasidan kelib chiqqanligini yaxshi bilardi. 1942 yilda Kongress Ishchi qo'mitasi yig'ilishida nutq so'zlab, u ushbu asosiy qadriyatlarning erkin, qayta tiklangan, mustaqil Hindistonni yaratish uchun asosi sifatida ahamiyatini yana bir bor ta'kidlaydi:

"Hindu-musulmon birligi biz uchun yangi narsa emas. Millionlab hindular va musulmonlar bunga azaldan intilib kelishgan. Men bolaligimdan ongli ravishda buni anglab yetganman. Hatto yoshligimda ham hindular Hindistonda shunday yashasinlarki, boshqa jamoalar bilan tinchlik va do'stlik, qo'shnichilik fazilatini astoydil rivojlantirisinlar malakat yagona g'oya asosida birlashsinlar deb oruz qilar edim"

Gandi Angliyada advokatlik malakasini olgach, o'z vataniga qaytib kelganida, Janubiy Afrikada joylashgan musulmon firmasiga advokat sifatida yollanadi. Ushbu muhim bosqich orqali Gandining musulmonlar bilan umumiy birodarlik hissi yana bir bor mustahkamlanadi.

Gandi namozga yig'ilishlarda Qur'ondan oyatlarni o'qigan. Janubiy Afrikada u "ba'zi musulmon do'stlarining ta'siri ostida Islomni o'rgangan. Uning do'sti Shet

Abdulla islomiy adabiyotni yaxshi bilgan. U shunday yozgan edi: "U bilan aloqada bo'lishim menga islom haqida juda ko'p amaliy bilimlar berdi. Bir-birimizga yaqinlashganimizda, diniy mavzularda uzoq munozaralar bo'lib o'tar edi".

O'z so'zlari bilan aytganda: "Janubiy Afrikada bo'lganimda u yerdagi musulmon birodarlar bilan yaqin aloqada bo'ldim... Ularning odatlari, fikrlari va intilishlarini o'rganishga muvaffaq bo'ldim. 20 yil musulmon do'stlar orasida yashadim. Ular menga o'z oila a'zosidek munosabatda bo'lishdi va xotinlari va opa-singillari ham men bilan doim yaxshi muosabatda bo'ldilar".

Janubiy Afrikadagi siyosiy faoliyatida hindular ham, u yerda yashovchi musulmonlar ham unga ergashdilar. Janubiy Afrika tajribasi uning dinidan qat'i nazar, hindlar o'rtasida o'zaro tushunish va hamkorlik bo'lishi kerakligiga ishonchini kuchaytirdi.

"Janubiy Afrika tajribasi, - deb yozadi Sheila Makdonough, "Gandining diniy tafakkurini mustahkamladi va rivojlantirdi, go'yoki janubiy afrikadagi inglizlar hindlarga past nazar bilan qarashlariga ularga quldek munosabatda bo'lishlariga yo'q deyishga o'rgatdilar. Hindular va musulmonlar birlashishi shu jaryonda yanada kuchaydi.

Gandi Muhammad (s.a.v.) payg'ambar o'z hayotida ham zulimga qarashi mushriklarga qarshi yo'q deya olganini eshitgan edi. Payg'ambar ummatidan jasorat bilan nohaqlikka qarshi turishiga undaganini eshitganida ham Gandida o'z qalbida nohaklikka nafrat uyg'onganni eslaydi.

Allohga yakkaligiga guvohlik berish orqali har bir muslon ongli ravishda o'z nafsini tiyish va qaror chiqarishga haqli deb bilgan. Shunindek, Gandi Muhammad (s.a.v.)ning hayoti davomidagi asosiy kurashi, zulmga qarshi kurash, deb hisoblagan. U buni "Ramayana" dostonida tasvirlangan Ramning Ravanaga qarshi afsonaviy kurashi bilan tenglashtirish mumkin deb hisoblagan.

Gandining Buyuk Britaniyada o'tkazgan yillari ham uni islom dinini o'rganishida muhim rol o'ynadi. XX asrning boshlarida u Angliyada bo'lganida sharq dinlariga, ayniqsa Islomga bo'lagn munosabat bir mumcha o'zgargan edi.

1840-yil 8-mayda Tomas Karlayl Edinburgda Muhammad (s.a.v.) va Islom haqida ochiq ma'ruza qilgan edi. Bu "Qahramonlar va tarixdagi qahramonlik to'g'risida" turkumining ikkinchisi bo'lib, "Qahramon payg'ambar" deb nomlangan.

Karlayl bu mavzuda ma'ruza o'qish uchun arabshunos sifatida alohida malakaga ega emas edi, ammo ma'ruza Yevropada islomshunoslik fanining rivojlanishida muhim o'rin tutadi, chunki bu erda birinchi Muhammad (s.a.v.) faoliyati haiqda holis fiklar va islom dining mohiyati haqida ham obyektiv g'oyalar ilgari surilgan edi. Payg'ambar Muhammad (s.a.v.) haqidagi bu nutq nasroniy va

yahudiylarning islomga nisbatan qolipga solingan munosabatiga qandaydir javob ham edi.

Karlayl Muhammad (s.a.v.)ga tegishli bo'lgan fazilatlarni diqqat bilan sanab o'tdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni shunday deb baholadilar: "Haqiqatgo'ylik va sodiqlik, chinakam birodarlik, adolatlilik, buyuklik, sokin ruhiyat, jiddiylik,.sokin ichki ovozga egalik unda jamdur".

Karlayl o'zining tarixiy va jasoratli sa'y-harakatlarida buyuk nemis faylasufi-shoiri Gyotening islom ta'limotining diniy soddaligi, ya'ni insonlar Xudoga va yagona Allohga etiqod qilish kerakligi haqidagi ijobiy bahosi izidan bordi.

"Agar bu Islom bo'lsa, - dedi Gyote, - biz hammamiz islomda yashamayapmizmi? Ha, axloqiy hayotga ega bo'lgan hammamiz ham shunday yashaymiz".

Aynan Karlaylning shov-shuvli maqolasi orqali Gandi islomda inson o'zini o'zi inkor (nafsini va mayillarini) etishni angladi. Karlayl shunday dedi: "Islom insonni o'z yo'lida o'zini inkor etish, o'zini (nafsini) tanqid qilishdir. Bu esa osmon yerga ochib bergan eng oliy hikmatdir"

Gandi Karlayl maqolasini o'z g'ayalari shakllanishi davrida o'qiganligi, Karlaylning nuqtai nazari yosh hindularning Muhammad (s.a.v.) zulmat kuchlariga qarshi kurashda o'ziga xos diniy liderlik namunasi ekanligiga ishonchini mustahkamlaganligini anglash mumkin, yana hamma joyda halol, pok insonlar uchun namunasi bo'lishi kerakligini anglab yetdilar.

Gandining o'zi shunday ma'lumot beradi: "Bir do'stim Karlaylning Qahramon payg'ambar" ni o'qishni tavsiya qildi. Men Qahramon haqidagi bobni o'qib chiqdim, Payg'ambarning ulug'vorligi, jasorati va cheksiz muhabbatiga guvoh bo'ldim. Bu kitoblar Muhammadni mening tasavvurimda yanada yuksaklikka ko'tardi"

Keyinroq Gandi Shibli Numoniyning musulmon qahramonlari haqidagi tarjimai hollari, hadis kitoblari, Sayid Amir Alining islom tarixiga oid kitoblarini o'qib, uning Muhammad payg'ambarga (s.a.v.) hurmatini yanada kuchaytirdi.

Shuningdek, u Vashington Irvingning "Muhammad va uning merosxo'rlari hayoti" asarini o'rganib chiqadi va ushbu kitoblar uning fikriga ko'ra Muhammad haqida fikrlarini yanada oydinlashtirdi.

Bularning barchasi Gandining islomga bo'lgan qiziqishini oshirdi va u Qur'oni Karimda bayon etilgan aqidalarni yaxshiroq tushunish uchun chuqurroq o'rgandi. U umrining keyingi yillarida Mavlana Muhammad Ali Jauhar, keyinroq Mavlana Abul Kalom Azad, Hakim Ajmal Xon, Zokir Husayn, M. Mujib va S. Obid Husayn kabi taniqli islom olimlari bilan "din haqida munozara" olib borishni o'rgandi.

Gandi o'zga dinini tushunish, oxir-oqibat, insonlarni shaxs sifatida anglash, umid bilan qadrlash ekanligiga qat'iy ishongan. U musulmon do'stlariga o'zini shu

ma'noda ochib berishga, ular o'z an'analarining ichki ma'nosini idrok etishlariga harakat qilgan. U dinlararo muloqotga sodiq edi; u imonning shaxsiy o'lchovini tushunishga harakat qilish kerak, deb hisoblagan. "Yuraklar-birligi" uning uchun do'stlar bir-birining an'analarining eng chuqur qadriyatlariga ochiq bo'lishlarini anglatardi.

ADABIYOTLAR RO'YHATI

1. Низомиддинов H.F. ^адимги Хиндистон тарихи, диний эътикрди ва маданияти. Тошкент. Fan va texnologiya. 2014. 195-196. Б.

2. Syed_Ashraf_Ali Gandhi and Islam.

https://www.islamicity.org/3910/gandhi-and-islam/

3. Ганди М.К. Менинг хдётим. - Тошкент: Узбекистан, 2009. - Б. 24.

4. Po'Latov, S. N. M. (2020). Hindistonda pedagogic ta'limining rivojlanish bosqichlari. Scienceand Education, 1(Special Issue 1), 21-26.

5. Polatov, S. N. (2020). XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA HINDISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY VAZIYAT. Academic Research In Educational Sciences, (4), 468-474.

6. Po'Latov, S. N. M. (2021). MAHATMA GANDI FALSAFIY QARASHLARIDA "MUTLOQ G 'OYA" TUSHUNCHASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1134-1143.

7. Po'Latov, S. N. M. (2020). Rabindranat tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan hissasi. Scienceand Education, 1(Special Issue 1), 136-143.

8. Пулатов, Ш. Н. (2022). МАХАТМА ГАНДИ ФАЛСАФИЙ КОНЦЕПЦИЯСИДА "САТЯГРАХА" ТУШУНЧАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 890-896.

9. Pulatov, S. N. M. (2022). AHIMSA TUSHUNCHASINING FALSAFIY MOHIYATI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 162-166.

10. Po'Latov, S. N. M. (2022). MAHATMA GANDINING INSON TABIATI HAQIDAGI QARASHLARI. Academic research in educational sciences, 3(3), 10-19.

11. Pulatov Sh.N. The Concept of "Truth" in the Philosophical Views of Mahatma Gandhi// Akshara Multidisciplinary Research Journal Peer-Reviewed & Refereed International Research Journal, India // E-ISSN: 2582-5429 Vol.02 Issue V, 2021. -P. 12-18.

12. Пулатов, Ш. (2019). Философская концепция Махатмы Ганди. Востоковедения, 3(3), 214-224. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/oriental-studies/article/view/15683

13. Pulatov Sh.N. Jaynizm diniy-falsafiy ta'limoti. 16-son Sharqshunsolar anjumani. Toshkent davlat sharqshunsolik universiteti, 2020, 307-312.

14. Po'latovSh.N. Mahatma Gandi diniy qarashlarining tahlili. НамДУ илмий ахборотномаси. 2021 y. 8-son. 205-212 b.

15. Пулатов, Ш. Н. (2023). ХИНД ФАЛСАФАСИДАГИ ИНСОН МАСАЛАСИНИНГ МАХАТМА ГАНДИ ^АРАШЛАРИГА ТАСИРИ. International scientific journal ofBiruni, 2(3), 96-103.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.