Научная статья на тему 'MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARI LOYIHASIGA QO‘YILGAN TALABLAR'

MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARI LOYIHASIGA QO‘YILGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
26
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mahalliy davlat hokimiyati / normativ huquqiy hujjat / ekspertiza / vakillik organi / hokim.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Aliqulov Komiljon Urol O’g’li

Jamiyatning barcha sohalarida bo‘lganidek, davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyatida ham keng qamrovli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Natijada xalqchil, jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi milliy huquqiy tizimi shakllanmoqda. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishida normativ-huquqiy hujjatlarining mukammalligi va samaradorligini ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlarining ta’sirchanligi va samaradorligini oshirish mamlakatimizdagi islohotlar samaradorligiga erishishning muhim vositasi hisoblanadi. Mazkur maqolada mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlariga qo’yilgan talablar va bosqichlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARI LOYIHASIGA QO‘YILGAN TALABLAR»

é

Ws,

MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARI LOYIHASIGA QO'YILGAN TALABLAR Aliqulov Komiljon Urol o'g'li

https://www.doi.org/10.5281/zenodo.10556182

ABSTRACT

Jamiyatning barcha sohalarida bo'lganidek, davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyatida ham keng qamrovli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Natijada xalqchil, jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi milliy huquqiy tizimi shakllanmoqda.

Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishida normativ-huquqiy

hujjatlarining mukammalligi va samaradorligini ta'minlash muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlarining ta'sirchanligi va samaradorligini oshirish mamlakatimizdagi islohotlar samaradorligiga erishishning muhim vositasi hisoblanadi. Mazkur maqolada mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlariga qo'yilgan talablar va bosqichlari yoritib berilgan.

Mamlakatda qabul qilinayotgan har qanday normativ-huquqiy hujjatlar ma'lum belgilangan talablar va shartlarga mos holda qabul qilinadi. Ushbu talablar normativ-huquqiy hujjatning yuridik xususiyati va kuchiga ko'ra turli darajada bo'lishini ko'rishimiz mumkin.

Shu o'rinda, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarga qo'yiladigan umumiy va maxsus talablar mavjud ekanligini ta'kidlashimiz lozim. Ushbu hujjatlarga qo'yilgan umumiy talablar Konstitutsiya va qonunlarda aks etgan. Xususan, "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi qonunning 23-moddasida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda amal qilishi kerak bo'lgan talablar berilgan. Ushbu talablar quyidagilar:

qonunchilikning holatini, normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy jihatdan tartibga solish predmeti bo'yicha qo'llanilish amaliyotini o'rganadi;

ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan bo'shliqlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga

ARTICLE INFO

Received: 16th January 2024 Accepted: 22th January 2024 Online: 23th January 2024

KEY WORDS Mahalliy davlat hokimiyati, normativ huquqiy hujjat, ekspertiza,vakillik organi, hokim.

é

Ws,

bo'lgan ijtimoiy ehtiyojni, qonunchilikning samaradorligiga ta'sir etuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlaydi;

ijtimoiy munosabatlarning tegishli sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni aniqlash nuqtai nazaridan qonunchilikni xatlovdan o'tkazadi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar hamda mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari ma'lumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi;

xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga oladi, shuningdek boshqa davlatlardagi huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi tajribani o'rganadi;

normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy jihatdan tartibga solish predmetiga taalluqli ilmiy tadqiqotlar natijalarini, ommaviy axborot vositalaridagi, Internet jahon axborot tarmog'idagi maqolalarni, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o'rganadi;

normativ-huquqiy hujjatni amalga oshirish uchun zarur bo'ladigan moliyaviy-iqtisodiy xarajatlarga bo'lgan ehtiyojni, ularning o'rnini qoplash miqdorlari va manbalarini belgilaydi1.

Shu bilan birga, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlariga qo'yilgan maxsus talablar O'zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonuniga va boshqa qonunlarda belgilangan.

Shunga muvofiq, "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risidagi qonun"ning 22-moddasida Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo'yicha ishini muvofiqlashtirish O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va vazirlikning joylardagi boshqarmalari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan2.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021-yil 15-noyabrdagi 19-mh-son buyrug'iga 1-Ilova sifatida tasdiqlangan "Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan o'tkazish Qoidalari"ga ko'ra, loyihani tayyorlashda ishlab chiquvchi:

qonunchilikning holatini, qaror loyihasining huquqiy jihatdan tartibga solish predmeti bo'yicha qo'llanilish amaliyotini o'rganadi;

ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojni, qonun hujjatlarining samaradorligiga ta'sir etuvchi sabablar hamda sharoitlarni aniqlaydi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari ma'lumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi;

^'zbekiston Respublikasi "Normativ huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi qonun // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son

2 O'zbekiston Respublikasi "Normativ huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi qonun // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son

é

Ws,

UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga oladi, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini o'rganadi3.

Hajmiga ko'ra qaror loyihasi pasayib boruvchi quyidagi tarkibiy birliklarga: bo'limlar, kichik bo'limlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilarga bo'linishi keltirilgan.

Qaror loyihasining bo'limlari rim raqamlari, kichik bo'limlari va boblari esa arab raqamlari bilan raqamlanishi va sarlavhalarga ega bo'lishi,shuningdek, paragraflar "§" belgisi bilan belgilanishi, arab raqamlari bilan raqamlanishi ko'rsatilgan4.

Qaror loyihasining muqaddimasida ushbu qaror qabul qilinishi uchun asos bo'lgan normativ huquqiy hujjat yoki ijrosi ta'minlanayotgan qonunchilik hujjatlari ko'rsatilishi mumkin.

Qaror loyihasida uning qachon kuchga kirishi to'g'risida norma kiritilishi shart.

Har bir band bitta huquqiy normani o'z ichiga olishi hamda to'liq va tugallangan mazmunga ega bo'lishi kerak5.

Qaror loyihasining qaror qismiga eng muhim bo'lgan huquqiy normalar kiritiladi.

"Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq hokim qarorlari normativ-huquqiy hujjatlar ierarxiyasida eng quyi o'rinda turadi. Ushbu Qonunning 16- moddasiga ko'ra normativ-huquqiy hujjat o'ziga qaraganda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo'lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo'lishi, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinishi belgilangan6. "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risidagi qonun"ning 6-moddasida esa hokim o'ziga berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy7 deyilgan. Normativ-huquqiy hujjatlarni elektron e'lon qilish bo'yicha xorijiy davlatlar amaliyotini ko'rib chiqamiz. Jumladan, 2002-yil oktabrdan Buyuk Britaniyada normativ-huquqiy hujjatlarini elektron e'lon qilishga rasmiy status berildi, 2003-yil 1-apreldan Kanadada

3 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining "Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o'tkazish qoidalarini tasdiqlash to'g'risida" buyrug'i // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 18.11.2021 -y., 10/21/3333/1077-son

4 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining "Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o'tkazish qoidalarini tasdiqlash to'g'risida" buyrug'i // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/3333/1077-son

5 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining "Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o'tkazish qoidalarini tasdiqlash to'g'risida" buyrug'i // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 18.11.2021 -y., 10/21/3333/1077-son

6 O'zbekiston Respublikasi "Normativ huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi qonun // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son;

7 O'zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi qonun Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son

// O'zbekiston Respublikasi Oliy

é

Ws,

normativ-huquqiy hujjatlar "Kanada gazetasi" va PDF formatda e'lon qilish rasman belgilandi, 2004-yil 1-iyunda Fransiyada, 2006-yil martdan Belarussiyada normativ-huquqiy hujjatlarni elektron nashr etish rasmiy belgilangan8.

Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga "E-qaror" elektron tizimini joriy etish chora tadbirlari to'g'risida"gi 390-sonli qaroriga muvofiq 2021-yil 1-iyuldan boshlab barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va farmoyishlari, shu jumladan, xizmat doirasida foydalanish uchun mo'ljallangan qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish , ro'yxatga olish va e'lon qilish "E-qaror" elektron tizimi orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu nizomda shuningdek, "E-qaror" elektron tizimini chetlab o'tgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli qarorlari va farmoyishlarini qabul qilishga yo'l qo'yilmasligi va bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda u qabul qilingan paytdan e'tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi qayd etilgan. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish "E-qaror" elektron tizimi orqali amalga oshirilmoqda9.

Manfaatdor tashkilotlar "E-qaror" elektron tizimi orqali ko'rib chiqish uchun kelib tushgan qaror loyihasini 3 kun ichida ish yurituviga qabul qilib ko'rib chiqadi. Ushbu qaror loyihasiga elektron raqamli imzo qo'yish yo'li bilan kelishadi yoki loyiha bo'yicha e'tirozi bo'lsa ishlab chiquvchiga elektron tizim orqali o'z taklif va e'tirozlarini ko'rsatgan holda qaytaradi. Agar manfaatdor tashkilot loyiha yuzasidan belgilangan muddatda munosabat bildirmasa ushbu qaror loyihasi kelishilgan hisoblanadi.

"E-qaror" elektron tizimi orqali yuboriladigan xatda manfaatdor tashkilot tomonidan asoslanmagan fikr-mulohazalar va takliflar keltirilgan bo'lsa u ishlab chiquvchi tomonidan qabul qilinmasligi mumkin.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy tusdagi qarorlarni qabul qilishdan oldin yuridik xizmati xodimi loyihani tegishliligi bo'yicha hududiy adliya boshqarmalariga huquqiy ekspertizadan o'tkazish uchun taqdim qilinishini ta'minlaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining quyidagi hujjatlari huquqiy ekspertizadan o'tkazilmaydi:

a) yakka tartibdagi quyidagi hujjatlar:

shaxsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga o'tkazish yoki lavozimidan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial organlar tarkibini tasdiqlash, biror shaxsga yer ajratish va boshqa shu kabilar);

tezkor-farmoyishli tusdagi (bir martalik topshiriqlar);

b) muqaddam belgilangan tartibni ijro yetishni tashkil yetishga yo'naltirilgan hamda yangi huquqiy normalarni o'z ichiga olmagan, shu jumladan, butun mazmuni boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari to'g'risida xabardor qilishdan iborat bo'lgan hujjatlar;

v) sessiya, yig'ilish, konferensiyalarni chaqirish to'g'risidagi hujjatlar;

8 Э.В.Талапина Электронное опубликование нормативных актов: зарубежной опыт // Государство иправо 2009 - С. 56

9 Qonunchilik та'1итойап тШу bazasi, 23.06.2021-у., 09/21/390/0588^оп

ä#

Ws,

UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

g) loyihalarni ko'rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritish to'g'risidagi hujjatlar; d) tavsiya xususiyatiga ega bo'lgan hujjatlar10;

Qarorning ko'rsatma berish qismida "qaror qilaman" so'zlari yoziladi. Ko'rsatma beruvchi qism arabcha raqamlar bilan belgilanadigan band va kichik bandlarga bo'linishi mumkin. Agar bandda topshiriq bo'lsa, u quyidagi sxema bo'yicha tuziladi: kimga, nima qilish kerak, bajarish muddati. Tashkilotlar va mansabdor shaxslar bajaruvchi sifatida ko'rsatilishi mumkin. Agar bandda aniq topshiriq bo'lmasa, u holda "tasdiqlansin", "ma'qullansin", "ma'lumot uchun qabul qilinsin" va shu kabi so'zlarni qo'llagan holda bayon qilish mumkin. Qarorning ko'rsatma qismida, zarur bo'lgan hollarda, qarorni qabul qilish asoslanilgan yuqori turuvchi organlarning huquqiy hujjatlari keltirib o'tiladi11.

Hokim qarorlarini sharhlash unda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda noto'g'ri yoki mantiqqa zid tarzda qo'llanilgan hollarda amalga oshiriladi. Hokim qarorlariga o'zi rasmiy sharh beradi. Sharhlash jarayonida qarorlarga tuzatishlar, qo'shimchalar va aniqlashtiruvchi normalar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Xulosa qilib aytganda, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining tuzilishi, mazmuni, matni belgilangan talab va qoidalarga mos tarzda ishlab chiqilsa va qabul qilinsa ushbu hujjatlarning sifati va samaradorligi yuqori bo'ladi.

References:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - .: O'zbekiston, 2023.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - T.: O'zbekiston, 2020.

3. O'zbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi Qonuni (yangi tahriri) // Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son; Qonunchilik malumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son

4. "O'zbekiston Respublikasi mahalliy organlarini qayta tashkil etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 4-yanvaridagi Konstitutsiyaviy qonuni. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, 3-son, 146- modda.

5. "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining 1993- yil 2-sentabr qonuni. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son

6. Asadov Sh. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: O'quv qo'llanma. T: TDYI . - 2012. -163 b.

10 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining "Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o'tkazish qoidalarini tasdiqlash to'g'risida" buyrug'i // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/3333/1077-son

11 Asadov Sh. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: O'quv qo'llanma.- Toshkent: TDYI nashriyoti. 2012.- B. 77

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.