NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI ISHLAB CHIQISH VA AMALGA
KIRITISH TARTIB
Xusniya To'liboy qizi Yusupboyeva O'zbekiston jurnalistika va ommaviy ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada ta'lim sohasidagi normativ hujjatlarning o'rganilish tahlil metodikasi yoritilgan. Unda ta'lim sohasida davlat hokimiyatining oliy organlari tomonidan qabul qilingan qonunlar, qonunosti hujjatlari o'rganilgan. Shuningdek, ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy jihatlari tadqiq qilingan. Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, ilmiy tadqiqot muammosini hal etish bo'yicha xulosalar yoritilgan.
Kalit so'zlar: normativ hujjat, metodika, qonun
PROCEDURE FOR DEVELOPMENT AND IMPLEMENTATION OF NORMATIVE-LEGAL DOCUMENTS
Husniya Toliboy kizi Yusupboyeva University of Journalism and Mass Communications of Uzbekistan
Abstract: This master's thesis explains the methodology for studying and analyzing regulatory documents in the field of education. It studies the laws and legal documents adopted by the highest state authorities in the field of education. The main aspects of legal documents in the field of education were also studied. The final part of the master's thesis highlights the scientific and practical significance of the results noted in all chapters, conclusions on solving the problem of scientific research.
Keywords: regulatory document, methodology, law
Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga kiritish tartibi bir qator qonunlar, jumladan O'zbekiston Respublikasining "Qonun loyihalarini tayyorlash va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to'g'risida"gi, "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan.
Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga kiritish tartibi davlatning huquqiy normalarni yaratishga qaratilgan maxsus faoliyati sanaladi. Mazkur faoliyat huquqni ijod qilishga asoslanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar huquq ijodkorligining mahsuli bo'lib, huquq ijodkorligi o'z navbatida huquq yaratishning tarkibiy qismiga kiradi.
Huquqni yaratish nisbatan uzoq vaqt davom etadi. U ijtimoiy vaziyatni tahlil etish, uni huquqiy tartibga solish zaruriyatini anglab yetish, bo'lajak yuridik qoida haqida umumiy tasavvur hosil qilish, yuridik normani ishlab chiqish va qabul qilish kabi harakatlarni qamrab oladi. Huquq ijodkorligi mazkur jarayonning tarkibiy qismi sifatida huquq normalarni o'rnatish, o'zgartirish hamda bekor qilishdan iborat faoliyatni o'z ichiga oladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risidagi qonunchilik ushbu hujjatlar bo'yicha huquq ijodkorligi jarayonida quyidagi mezonlarni ajratadi:
4-rasm. Normativ-huquqiy hujjatlarning yaratilishi jarayoni
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlash huquq yaratishdagi dastlabki jarayon bo'lib, u hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirishdan boshlanadi.
Qonunchilikka ko'ra, hujjatni qabul qilish vakolatiga ega bo'lgan organ ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish yoki huquqiy normalarni takomillashtirish maqsadida loyiha tayyorlashning joriy (1 yilgacha bo'lgan muddatga) yoki istiqbolga (bir yildan ortiq muddatga) mo'ljallangan muddatini belgilab olishi mumkin. Muddatning belgilanishi hujjatning zaruriyati va ahamiyati bilan bog'liq bo'ladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash zarur harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Ushbu harakatlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
✓ loyihani tayyorlash haqidagi taklifni ko'rib chiqish va uni tayyorlash bo'yicha qaror qabul qilish;
✓ loyiha tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan ta'minlash;
✓ zaruriy materiallar va axborotlar to'plash;
✓ loyiha kontseptsiyasi bayon qilingan tushuntirish xatini ishlab chiqish;
✓ loyihani tuzish;
✓ huquqiy va boshqa zaruriy ekspertizadan o'tkazish.
Normativ-huquqiy hujjatlar qonunlar va qonun osti hujjatlarga bo'linganligi ularni ishlab chiqish va amalga kiritishda o'ziga xos ayrim jihatlarga egaligini namoyon etadi. Qonunlar va qonun osti hujjatlar qabul qilinishida farqli tomonlar mavjud.
Qonunlar tarkibiga kiruvchi Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar, oddiy qonunlar, kodekslar, Oliy Majlis palatalarining qarorlarining loyihalari "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to'g'risida"gi qonunlarda belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun uni ishlab chiqayotgan tashkilot ishchi guruh yoki maxsus komissiya tuzishi mumkin. Ishchi guruh tarkibiga manfaatdor tashkilotlar vakillari, sohaning yetuk mutaxassislari kiritilishi hujjatlarning sifatliligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishida qonun hujjatlarining holati, loyihani tartibga solish predmeti bo'yicha qo'llanilish amaliyoti o'rganiladi. Jarayonda muayyan sohani huquqiy tartibga solishga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi kamchiliklar va ziddiyatlar hamda samadorlikni ta'minlashga olib keluvchi omillar aniqlanadi.
Loyihalar tayyorlanishida xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan printsiplari va milliy o'ziga xosligimizdan kelib chiquvchi asoslarga tayaniladi. Bu ishlab chiqilayotgan loyihaning xalqaro standartlar va ma'naviy qadriyatlarimizga mos kelishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga qo'yilishi hujjatlardagi kamchilik va ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadlarida amalga oshiriladi. Bunda ishtirokchilar muhokamadan oldin hujjat matni bilan tanishtirilishi lozim.
Hujjatning muhokamasi loyihani tugallanganligini anglatmaydi. Zero, u ekspertizadan o'tkazilishi lozim. Hujjat loyihasi uni ishlab chiquvchi yoki qabul qiluvchi qaroriga muvofiq iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologik, korruptsiyaga qarshi yoxud boshqa turdagi ekspertizadan o'tkaziladi. Ekspertlar normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishtirok etmagan tashkilot vakillaridan tanlanadi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi o'tkazilishida hujjatning O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan hujjatlarga, yuridik texnikaga rioya qilinganligi va boshqa holatlar inobatga olinadi. Huquqiy ekspertiza boshqa turdagi ekspertiza o'tkazilganidan keyin tegishli adliya organi tomonidan amalga oshiriladi.
Huquqiy ekspertizadan o'tkazilish loyihani normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga kiritishga asos bo'ladi. Bunda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza yakunlari bo'yicha xulosasi va tushuntirish xati bilan kiritilib, unga hujjatning zarurligi, mazmuni, ishlab chiqaruvchi, zarur hollarda moliyaviy, statistik va boshqa ma'lumotlar ilova qilinadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar oddiy, lo'nda va ravon tilda bayon etilishi talab qilinadi. Me'yorlarni badiiylashtirilgan holda, ya'ni ko'p ma'noli so'zlar, iboralar, kinoya, majoziy taqqoslashlar orqali bayon qilinishiga yo'l qo'yilmaydi.
Normativ-huquqiy hujjatlarda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shuningdek moliyalashtirish, rag'batlantirish, mukofotlash yoki nazorat qilish holatlari ko'rsatilishi mumkin. Hujjatlar muqaddima va javobgarlik choralari qismlariga ega bo'lishlari ham mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlarda huquqiy normalar raqamli bandlar bilan tartiblanadi. Ulardan farqli ravishda, qonunlar tartib raqamli moddalarda bayon etiladi. Moddalar qismlari bandlardan, xatboshilardan iborat bo'lishi mumkin.
Hajmi yirik hujjatlarning mazmun jihatdan yaqin bo'lgan moddalari paragraflarga, boblarga birlashtiriladi. Zarur hollarda atamalar izohi hujjatdan o'rin olishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlarda uning kuchga kirishi muddati qonunda nazarda tutilgan hollarda ko'rsatilishi kerak bo'ladi. Hujjatlar o'z rekvizitlariga ega bo'lib, unda hujjat turi va nomi, qabul qilingan joyi va sanasi, tasdiqlagan shaxsning lavozimi, imzosi, ismining bosh xarfi va familiyasi aks etadi. Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matni unga imzo qo'yish vakolatiga ega bo'lgan mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning tasdiqlangan hujjatlari qabul qilingandan boshlab 10 kun ichida O'zbekiston Respublikasining Adliya vazirligiga taqdim etilishi zarur. Davlat ro'yxatidan o'tkazilmaganligi uning kuchga kirishini to'xtatib qo'yadi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi uning e'lon qilinishi bilan bog'liq holda boshlanadi. E'lon qilinmagan qonun hujjati javobgarlik yoki jazo kelib chiqishiga asos bo'lib xizmat qilmaydi. Normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy e'lon qilinishida barcha rekvizitlar ko'rsatiladi.
Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari e'lon qilingandan so'ng bir kun ichida tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi shart.
Har bir davlat organi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy manbalar orqali e'lon qilinadi. "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi", "O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to'plami", "Xalq so'zi" va "Narodnoe slovo" gazetalari hamda O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi Oliy Majlis va Prezident tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar uchun rasmiy manba sanaladi.
Vazirlar Mahkamasi hujjatlari "O'zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to'plami", "O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to'plami",
"Xalq so'zi" va "Narodnoe slovo" gazetalari hamda O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilinadi.
Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning rasmiy hujjatlari ularning o'z rasmiy nashrlari bilan birga, "O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to'plami", "Xalq so'zi" va "Narodnoe slovo" gazetalari hamda O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasidan ham o'rin oladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi va ularning rasmiy nashrlarida e'lon qilinadi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning e'lon qilinishi uning kuchga kirishini ta'minlaydi. Ayrim hollarda hujjatning kuchga kirishi e'lon qilingandan keyinroqq a belgilanishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi hudud bo'yicha, vaqt bo'yicha hamda sub'ektlar bo'yicha farqlanishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi bo'yicha har bir vakolatli organ o'z vazifasini bajaradi. Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmon va qarorlarining ijrosi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi va ta'minlanadi.
Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar hamda mansabdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda vakolatlariga kiritilgan masalalar bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etadilar va uni ta'minlaydilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Dilnoza, Djamoliddinova. "Comments on Studying Linguopoetic Properties of Terms in a Textual Aspect." ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies 7.5 (2018): 37-44.
2. Mikhojiddinovna, Jamolitdinova Dilnoza. "The history of the study of terminology in Uzbek linguistics." ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies 8.8 (2019): 50-56.
3. Mikhojiddinovna, J. D. "THE HISTORY OF THE STUDY OF TERMINOLOGY IN UZBEK LINGUISTICS. ANGLISTICUM." Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies 8.8 (2019): 50-56.
4. Jamoliddinova, D. M. "Semantic-grammatical and lingvopoetic features of parentheses units in artistic speech." Tashkent: Fan (2011): 93.
5. Jamoliddinova, Dilnoza Mirxojiddinovna. "TERMINOLOGY AND PROFESSIONAL VOCABULARY." Scientific Bulletin of Namangan State University 2.10 (2020): 294-298.
6. Джамолиддинова, Дильноза Мирходжиддиновна. "ТЕРМИН ВА СУЗНИНГ ФАРКЛИ ХУСУСИЯТЛАРИ." МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА 3.5 (2020).
7. Jamoliddinova, D. M. "Semantic-grammatical and lingvopoetic features of parentheses units in artistic speech." Tashkent: Fan (2011): 93.
8. Джамолиддинова, Дильноза Мирходжиддиновна. "ТЕРМИН ВА СУЗНИНГ ФАРКЛИ ХУСУСИЯТЛАРИ." МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА 3.5 (2020).
9. Jamoliddinova, Dilnoza. "The poetical actualization of terms in the literary works (As the sample of the works of askad mukhtar, abdullah kahhor and ulmas umarbekov)." International Journal of Psychosocial Rehabilitation 24.6 (2020): 25972602.
10. Жамолиддинова, Д. М., and Ш. Р. Тожибоева. "THE SEMANTIC AND GRAMMATICAL PROPERTIES OF PARANTEZ." Учёный XXI века 4-1 (17) (2016): 67-68.
11. Zhamaliddinova, D. M., and Sh R. Tozhiboyeva. "THE SEMANTIC AND GRAMMATICAL PROPERTIES OF PARANTEZ." Ученый XXI века 4-1 (2016): 67-68.
12. Жамолиддинова, Дилноза Мирхожиддиновна, and Шарифахон Рустамовна Тожибоева. "СЕМАНТИКО-ГРАММАТИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ПАРАНТЕЗ." Ученый XXI века (2016): 68.
13. Mirhojiddinovna, J. D., Shavkatovna, A. M., & Alijonovna, M. D. (2022). Lingupoetic Features Of Unconventional Combinations And Agricultural Terms In Literary Texts. Journal of Positive School Psychology, 6(11), 1599-1604.
14. Жамолиддинова, Д. (2009). Бадиий нуткда парантез бирликларнинг семантик-грамматик ва лингвопоэтик хусусиятлари: Филол. фан. номз... дисс. автореф. Диссер автореферат. Тошкент.
15. Dilnoza, J. (2022). Pedagogical Foundations of Formation of the Concept of National Pride in Elementary School Students. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 79-81.
16. Jamaliddinova, D. M. (2022). THE IMPORTANCE OF USING INTERACTIVE TECHNIQUES AND INDEPENDENT WORK IN TEACHING THE TOPIC "ORGANIZED FRAGMENTS" IN PRIMARY SCHOOL NATIVE LANGUAGE LESSONS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 1270-1279.
17. Mirhojiddinovna, D., & Jamoliddinova, D. (2022). THE IMPORTANCE OF CRITICAL THINKING IN PRIMARY CLASS EDUCATION SYSTEM. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 1117-1119.
18. Zhmoliddinova, D. M. (2022). Some Comments on the Vertical and Horizontal Relations of Terms in the Work of Art. Web of Scholars: Multidimensional Research Journal, 1(5), 145-148.
19. Jamaliddinova, D. M. (2022). CULTIVATION OF ORAL SPEECH AND THE FORMATION OF THE SKILL OF CREATIVE THINKING IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 1081-1087.
20. Jamaliddinova, D. M. (2022). THE SYSTEM OF CASE AND THE STUDY OF NOUNS IN PRIMARY SCHOOL. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(12), 1088-1095.
21. Mirhojiddinovna, J. D., Bakhodirovna, S. D., Otakozievna, A. S., Makhmudovna, A. K., & Jumanovna, U. G. (2022). Peculiarities Of Studying The Linguopoetic Features Of Historical Terms In A Text Environment. Journal of Positive School Psychology, 6(11), 1595-1598.