Научная статья на тему 'MAHALLALARNI IDENTIFIKATSIYALASH ZAMON TALABI'

MAHALLALARNI IDENTIFIKATSIYALASH ZAMON TALABI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mahalla / ijtimoiy davlat / identifikatsiya / axborot-kutubxona xizmati / sport maydonchalari. / mahalla / social state / identity / information and library services / sports grounds.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Kudratova, Umida Raxmatovna

Maqolada zamonaviy mahalla va uninng o‘ziga xos qiyofasi tahlil etilgan. Mahallalarni identiftkatsiyalash, ulardagi mavjud infrastruktura tizimini yagona eletron tizimga birlashtirish zamon talabidir. Mahalla fuqarolarining madaniy-ma’rifiy darajasini oshirish, sog‘lomlashtirish, yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish maыsadida kutubxonalar, kitob do‘konlari, sportmaydonchalari barpo etilmoqda. Maqolada bu borada olib borilayotgan amaliy faoliyat tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IDENTIFICATION OF NEIGHBORHOODS IS THE NEED OF THE TIME

The article analyzes the modern mahalla and its unique appearance. Identification of mahallas, integration of the existing infrastructure system in them into a single electronic system is the need of the time. In order to improve the cultural and educational level of mahalla residents, strengthen their health, and train young people in professions, libraries, bookstores, and sports grounds are being built. The article analyzes practical activities carried out in this direction.

Текст научной работы на тему «MAHALLALARNI IDENTIFIKATSIYALASH ZAMON TALABI»

MAHALLALARNI IDENTIFIKATSIYALASH - ZAMON TALABI

d https://doi.org/10.5281/zenodo. 11628558

Kudratova Umida Raxmatovna

falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti

ANNOTATSIYA

Maqolada zamonaviy mahalla va uninng o'ziga xos qiyofasi tahlil etilgan. Mahallalarni identiftkatsiyalash, ulardagi mavjud infrastruktura tizimini yagona eletron tizimga birlashtirish zamon talabidir. Mahalla fuqarolarining madaniy-ma'rifiy darajasini oshirish, sog'lomlashtirish, yoshlarni kasb-hunarga o'rgatish mabisadida kutubxonalar, kitob do'konlari, sportmaydonchalari barpo etilmoqda. Maqolada bu borada olib borilayotgan amaliy faoliyat tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: mahalla, ijtimoiy davlat, identifikatsiya, axborot-kutubxona xizmati, sport maydonchalari.

АННОТАЦИЯ

В статье анализируется современный махалля и его уникальный облик. Идентифишция махалли, интегрaция существующей в них инфраструктурной системы в единую электронную систему - потребность времени. В целях повышения культурного и образовательного уровня жителей махалли, укрепления их здоровья, обучения молодежи профессиям строятся библиотеки, книжные магазины, спортивные площадки. В статье анализируются практические мероприятия, проводимые в этом направлении.

Ключевые слова: махалля, социальное государство, идентичность, информatsiонно-библиотечное обслуживание, спортивные площадки.

ABSTRACT

The article analyzes the modern mahalla and its unique appearance. Identification of mahallas, integration of the existing infrastructure system in them into a single electronic system is the need of the time. In order to improve the cultural and educational level of mahalla residents, strengthen their health, and train young people in professions, libraries, bookstores, and sports grounds are being built. The article analyzes practical activities carried out in this direction.

Key words: mahalla, social state, identity, information and library services, sports grounds.

KIRISH.

Yangi O'zbekistonni "ijtimoiy davlat" tamoyili asosida qurishni maqsad qilib, buni Konstitutsiyada mustahkamladik. "Ijtimoiy davlat - bu, eng avvalo, inson salohiyatini ruyobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag'allikni qisqartirish, demakdir" Albatta, Bu jarayonda mahalla institutining ijtimoiy taraqqiyotdagi o'rnini nazariy-amaliy jihatdan tahlil etishimiz zarur.

ADABIYOTLAR TAHLIL VA METODLAR:

Mavzuni tadqiq etishda Prezidentimiz nutq va ma'ruzalarida ilgari surilgan fikrlardan, mahalla instituti va uni faoliyatini rivojlatirishga doir qaror va farmonlardan, bu borada tadqiqot olib borayotgan olimlarimiz tadqiqotlaridan samarali foydalandik.

Mavzuni yoritishda analiz va sintez, taqqoslash, umumlashtirish . qiyosiy tahlil kabi umumilmiy metodlardan, mantiqiy izchillik, tarixiylik, ilmiylik tamoyillaridan hamda dialektik va sinergitik yondashuv metodologiyalaridan samarali foydalanildi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA:

2021 yil 5 mart kuni Vazirlar Mahkamasining «Aholini ijtimoiy hi moya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, O'zbekistonda har bir mahallaning ID identifikatsiya raqami va hududiy chegarasi ko'rsatilgan yagona elektron ma'lumotlar bazasi joriy etildi. 2021 yil 1 aprelgacha quyidagilar ishlab chiqilib, joriy etildi:

• har bir mahallaning ID identifikatsiya raqami va hududiy chegarasi ko'rsatilgan yagona elektron ma'lumotlar bazasi;

• ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar hamda vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar bo'yicha elektron ma'lumotlar bazasi;

• davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar bo'yicha tegishli ma'lumotlarni o'z ichiga oladigan yagona elektron axborot tizimi;

• fuqarolarning avtotransport vositalari sozligi yoki nosozligi bo'yicha elektron ma'lumotlar bazasi.

Mahallabay ishlar samaradorligini oshirish uchun Prezidentimiz tashabbusi bilan "Onlayn mahalla" portali yo'lga qo'yildi.

Mamlakatimizda sog'lom turmush tarzini ommalashtirish, salomatligini oshirish, dunyoqarashini, ijtimoiy-madaniy saviyasini yuksaltirish "ijtimoiy davlat" tamoyilning muhim jihatlari sifatida namoyon bo'ladi. Mahallalar hududida kutubxona va sport maydonchalarining barpo etilishi ushbu ezgu maqsadning amaliy ifodasi bo'lmoqda.

Qadimgi manbalardan bizga ma'lumki, O'rta Osiyo tarixi, madaniyati, fani va san'ati jahon sivilizatsiyasida salmoqli o'rinni egallagan. Bizning mamlakatimizda madaniy merosga katta etibor bilan qaraladi. Kutubxona ma'naviy boyliklarni avloddan avlodga yetkazib beruvchi aloqa vositasi hisoblanadi. O'zbekiston hududida qo'lyozma kitoblardan tashkil topgan kutubxonalar arablar kelishidan ancha oldin mavjud bo'lgan. O'rta Osiyo hududidagi xalqlar qadimdan kutubxonalardan ilm oluvchi ziyo maskani sifatida foydalanib kelganlar, hamda ularning orasidan jahonga mashhur olimu fuzalolar yetishib chiqqanlar.

Mamalakatimizda fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo'yicha konstitutsiyaviy huquqlarini, shu jumladan milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo'lishini ta'minlaydigan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko'rsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylanmoqda. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-4354-son qarori qabul qilindi. Bu esa, axborot-kutubxona faoliyatiga, kitobxonlarga xizmat ko'rsatish, fondlarni to'ldirish va saqlash, kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyat, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va rag'batlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga jiddiy ta'sir ko'rsatish imkonini beradi. Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida:

hududlarda aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko'rsatishni barqaror rivojlantirishga ko'maklashish;

axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan yangi bino va inshootlarni qurish, mavjud binolarni rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan ta'minlash;

kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklikni, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmog'ini rivojlantirish;

kutubxonalar faoliyatining samaradorligini va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish (shu jumladan, pulli xizmat ko'rsatish) tezkorligini oshirish uchun elektron kitoblar tarqatishga ixtisoslashgan internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish;

jamiyatning axborot madaniyatini, tariximizga va milliy madaniyatga qiziqishini shakllantirish va kuchaytirish, mutolaa madaniyatini oshirish va targ'ib qilish;

axborot-kutubxona muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta'minlash [2.].

Shuning uchun ham davlatimiz rahbari qayd etdilarki, "Har bir mahalla o'zining kutubxonasi, sport maydonchasiga ega bo'lishi zarur" .

Mamlakatimizda so'nggi yillarda aholini , ayniqsa yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning sog'lom hayot kechirishlarini ta'minlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Yangi taraqqiyot bosqichida davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni [3.]., 2021 yil 5 noyabrda "Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbo va «Workout» sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori buning yorqin namunasidir.

2021-2025 yillar davomida butun mamlakatda badminton, stritbol va «Workout» sport turlari bo'yicha 1164 ta sport maydonchasi quriladi. Har yili ushbu sport turlari hamda yurish, yugurish va mini-futbol bo'yicha 18 ta musobaqa o'tkazish rejalashtirilmoqda. Qarordagi dastur va parametrlar to'liq bajarilgunga qadar byudjetdan har yili 104 mlrd so'mdan ajratiladi.

O'zbekiston hududlaridagi mahallalarda 1164 ta sport maydonchasi quriladi

O'zbekiston viloyatlaridagi mahallalarda badminton, stritbol va «Workout» sport turlari bilan shug'ullanishga mo'ljallangan 1164 ta sport maydonchasi quriladi. Prezident 5 noyabr kuni tegishli qarorni imzoladi.

Ikki oy muddatda sport maydonchalariga qo'yiladigan talablar asosida hamda hududlarning o'ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklari, aholi soni va infratuzilmani inobatga olgan holda, sport maydonchalarining namunaviy loyihalari ishlab chiqiladi.

Sport maydonchalari aholi yashash joylariga qulay va xalqaro talablarga mos ravishda tashkil etiladi, sport maydonchalari qoplamasi tartan-sintetik qoplamadan bo'lishi, aholi barcha qatlamlarining yoshi va qiziqishlariga mos bo'lishiga e'tibor qaratish belgilangan.

Sport maydonchalari foydalanish xususiyatini yo'qotmagan holda va tegishli joylashuviga ko'ra viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisobidan mahalla fuqarolar yig'ini yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tekin foydalanish huquqi asosida beriladi. O'rnatilgan uskunalarni saqlash va ta'mirlash bilan bog'liq xarajatlar esa hokimliklar byudjetidan ajratiladi.

O'zbekistonda har yili sportning ustuvor turlari bo'yicha musobaqalari o'tkaziladi:

yurish va yugurish bo'yicha — «Tashkent Marathon», «Samarkand Half Marathon» va «Zaamin Ultra» xalqaro marafonlari, «Sky Camp Bostanliq» triatlon va yoga marafonlari, «Barcha rekordlar bizniki!» (5 va 10 ming qadamga), turli masofalarga yugurish bo'yicha «Yangi rekordlar sari!»;

mini-futbol bo'yicha — «Yangi O'zbekiston yoshlarimiz», «Sog'lom oila — Yangi O'zbekiston tayanchi» (oilaviy jamoalar o'rtasida) «Rahbar kubogi» (davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o'rtasida);

badminton bo'yicha — «Bahor malikalari», «Badminton ligasi» (umumiy o'rta va professional ta'lim muassasalari o'quvchilari o'rtasida), «Rahbar kubogi» (davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari o'rtasida) va «Imkoniyatingizdan ko'prog'ini bajaring!» (aholining keng qatlamlari o'rtasida);

stritbol va «Workout» bo'yicha — «Rekorddan — yangi rekordga!» va «Giyohvand moddalarga qarshi!» (ta'lim muassasalari o'quvchi va talabalari o'rtasida), «Muhimi g'alaba qozonish emas, balki qatnashish!» (mahalla jamoalari o'rtasida), «Qishlog'ing uchun g'alaba qozon!» (qishloq jamoalari o'rtasida), «Sog'lom tanda — sog'lom fikr!» (davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari o'rtasida).

2022 yil 1 yanvardan boshlab sportning ustuvor turlari bo'yicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralashning (seleksiya) 3 bosqichli tizimi joriy etiladi:

• birinchi bosqichda — sportchilar o'rtasida tuman (shahar) musobaqalari (tuman/shahar hokimi kubogi);

• ikkinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari g'oliblari o'rtasida viloyat musobaqalari (Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari kubogi);

• uchinchi bosqichda — viloyat musobaqalari g'oliblari o'rtasida respublika musobaqalari.

2021 yildan boshlab dastur va parametrlar to'liq bajarilgunga qadar har yili 104 milliard so'mdan mablag'lar ajratiladi.

Qarorda belgilangan sport musobaqalarini o'tkazish, g'olib va sovrindorlarni rag'batlantirish bilan bog'liq har yilgi xarajatlar Davlat byudjeti parametrlarida Turizm va sport vazirligi uchun ko'zda tutib boriladigan mablag'lar hisobidan qoplanadi.

Har yili mart oyi yakuniga qadar hududlar kesimida sportning ustuvor turlari bo'yicha musobaqalarni o'tkazish vaqti, joyi va manzillari, trenerlar, hakamlar va boshqa batafsil ma'lumotlar www.jtdss.uz platformasida joylashtiriladi va OAV orqali keng targ'ib etiladi.

Binobarin, farzandlarimizga sportning, jismoniy va ma'naviy sog'lomlikning asosiy omili ekanligini teran anglatish, targ'ib qilish esa har birimizning burchimizdir[4.]..

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalarining dunyoqarashini, ijtimoiy fikrini, hayot tarzi va turmush sharoitlarini amaliy tahlil etish ko'nikmalarini

rivojlantirish maqsadida universitetning "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi professori I.Saifnazarov muallifligida "Mening hayot falsafam!", "Mening mahallam - mening faxrim!" [6.]., "Mahallamning olim va ziyoli insonlari!", "Ustozim-hayotim chirog'i!" mavzularida o'quv loyihalari ishlab chiqildi. Bu ijtimoiy fanlarning amaliy ahamiyatini talabalar o'quv faoliyatida oshirish bilan birga ularning o'zlari voyaga yetayotgan makonni yaqindan o'rganishga, daxldorlik hissini oshirishga, o'z maqsad va vazifalarini aniq rejalashtirishga yordam beradi. Kafedrada o'tiladigan fanlardan o'quv reja asosida ushbu mavzularda mustaqil ishlar, oraliq nazoratlarini qabul qilish professor-o'qituvchilar tomonidan amalga oshirilmoqda. Natijada, talabalar o'zining oilasi, yashab turgan mahallasi, undagi olimlar, ziyolilar, ijtimoiy tuzilmalar to'g'risida to'liq ma'lumotlar bazasini shakllantirmoqdalar. Yoshlarning falsafiy, iqtisodiy dunyoqarashini kengaytirish, bilimlari va huquqiy-falsafiy muloqot madaniyatini yanada yuksaltirishga, ilmiy mushohada qilish va mustaqil tadqiqot olib borish ko'nikmalarini rivojlantirishga erishilmoqda.

Mahallalar o'z zimmasidagi vazifalarni samarali bajarishi uchun huquqiy asoslar bilan birga, yetarli shart-sharoitlarga ham ega bo'lmog'i lozim, dedi Sh.Mirziyoev.

Shavkat Mirziyoev ehtiyojmand aholi bilan ishlashda yangi, shaffof va adolatli tizim yo'lga qo'yilishini ma'lum qildi. Prezidentning bugun imzolangan "Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizda Ijtimoiy himoya yagona reestri joriy etildi.

Davlatimiz tomonidan ijtimoiy yordamlar ko'lami kengaytirib borilishi jarayonida

Kam ta'minlangan oila maqomini olish uchun fuqarolardan hozirgidek 12 ta idoradan 30 dan ziyod ma'lumotlar talab qilinmaydi. Ehtiyojmand oilalarga 30 turdagi ijtimoiy yordam va xizmatlar oson va qulay tarzda taqdim etilmoqda.

Yordam pullariga muhtoj oilalar ro'yxati mahallalar kesimida adolatli tuzilib, xalq deputatlari mahalliy kengashlarida tasdiqlanmoqda. Mablag'larni adolatli taqsimlashda mahalla va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ijtimoiy yordamni maqsadli yetkazib berishga nuroniylar va faollarni jalb etish muhimdir.

Shu bilan birga, 50 ming nafar tez tibbiy yordam xodimi uchun ajratilgan 200 milliard so'm mukofot pullarini ham ortiqcha qog'ozbozliksiz, o'z vaqtida tarqatish bo'yicha ko'rsatmalar berildi[7].

Shu sababdan, mahalla o'zining muammosini mustaqil hal etishi uchun "Mahalla byudjeti" tizimi joriy etiladi. Buning uchun yangi yil 1 yanvardan boshlab mol-mulk va yer solig'qlarining bir qismi mahallaning o'zida qoladi. Ko'rinib

turganidek, Prezident asosiy e'tiborni mahallaning jamiyat ko'zgusi sifatidagi roliga alohida e'tibor qaratgan.

Mahallalar o'z zimmasidagi vazifalarni samarali bajarishi uchun huquqiy asoslar bilan birga, yetarli shart-sharoitlarga ham ega bo'lmog'i lozim, dedi Sh.Mirziyoev [1]. Mamlakatimizni rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasini izchil amalga oshirish va muhim ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo'nalishlarini samarali harakatga keltirishda shaharlar salmoqli hissa qo'shmoqda. Yurtimizning qadim tarixga ega bo'lgan yoki yaqin o'tmishda tashkil etilgan 30 dan ortiq yirik shaharlarida yashayotgan mehnatsevar aholining samarali faoliyati tufayli har yili o'rta hisobda jami sanoat mahsulotlarining 53,4 foizi ishlab chiqarilmoqda.

Mazkur salohiyatdan oqilona foydalanish, xususan tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va pirovard natijada aholi turmush sifatini yaxshilash kabi yo'nalishlar mahalliy hokimliklarning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

Biroq, barcha darajadagi mahalliy hokimliklar va kommunal tarmoq korxonalari tomonidan bevosita zimmasidagi muvofiqlashtirish vazifasining to'liq bajarilmasligi oqibatida mahalladagi ijtimoiy va muhandislik infratuzilmalari nochor ahvolga tushib qolgan. Shuningdek, mahalla aholisining o'zi yashaydigan hududini asrab-avaylash va saqlashga mas'uliyat bilan yondashish hissi susaygan. Tabiiyki, bunday holatda jonajon Vatanimizning har bir go'shasida, uylarimizda farovonlik, fayz-baraka bo'lmaydi, qolaversa mahallalarimizning obodligi ta'minlanmaydi.

O'z navbatida, mahallalar hududlarida aholiga xizmat ko'rsatadigan tuzilmalarning faoliyati doimiy ravishda yo'lga qo'yilmaganligi oqibatida aholi kundalik ijtimoiy-maishiy masalalar bilan ham mahalliy hokimlik va davlat organlariga murojaat qilishga majbur bo'lmoqda.

Hududlarga tashriflar jarayonida joylardagi haqiqiy ahvol bilan tanishish, bevosita mahallalar va xonadongacha kirib borish hamda aholi bilan muloqot natijalari shuni ko'rsatdiki, shahar mahallalarida quyidagi tizimli muammolar mavjud: birinchidan, mahallalarning bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalarining mavjud emasligi hamda mahalliy hokimliklar, hududiy arxitektura idoralari va mahalla fuqarolar yig'inlari shaharsozlik norma va qoidalariga amal qilmaganligi oqibatida joylarda o'zboshimchalik bilan betartib qurilishga barham berilmayapti;

ikkinchidan, shahar infratuzilmasini rivojlantirish ishlari ishonchli moliyaviy manbalar bilan ta'minlanmaganligi oqibatida, ularni o'z vaqtida va to'liq modernizatsiya qilish imkoniyati cheklanib, kommunal xizmatlar ta'minotidagi yetishmovchilik va uzilishlar yuzaga kelmoqda;

uchinchidan, ichki yo'llar holati talab darajasida emas va ularning o'tkazish quvvatlari foydalanish uchun moslashmagan, drenaj-irrigatsiya tizimining

eskirganligi hamda yaroqsiz holga kelib qolganligi sizot suvlar sathini pasaytirish imkonini bermaydi.

Mahalla o'zining muammosini mustaqil hal etishi uchun «Mahalla byudjeti» tizimi joriy etildi. Buning uchun yangi yilda 1 yanvardan boshlab mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning o'zida qoladi. Shu bilan birga, Konstitutsiyamizga aholining munosib hayot kechirishi va uy-joyga ega bo'lishi to'g'risidagi yangi moddalarni kiritildi. Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmini 1,5 barobar oshirib, 90 mingga yetkazamiz. Bu borada ikki yil oldin boshlangan imtiyozli shartlar asosida ipoteka kreditlari berish davom ettirilmoqda.

2023 yildan Toshkent viloyatida «Mening birinchi uyim» yangi ipoteka dasturi boshlanadi. Dastur doirasida, birinchi navbatda turar-joyga ehtiyoji bor hamda yosh oilalar uchun eng qulay shartlar asosida uy-joylar barpo etilmoqda. Bundan tashqari, jamoat transportidagi vaziyat mutlaqo o'zgaradi. Toshkent shahri uchun qo'shimcha ravishda 1 mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi, yer usti metro bekatlari ishga tushirildi. Bularning hisobidan har kuni 500 mingdan ziyod poytaxt aholisi va mehmonlariga qo'shimcha qulayliklar yaratildi. Hududlarda ham yo'lovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida yana 1 mingta avtobus harakati yo'lga qo'yildi. Bu orqali jamoat transporti bo'yicha ahvol og'ir bo'lgan 300 ta mahalladagi 1 million aholining uzog'i yaqin qilindi"[1].

XULOSA.

Darhaqiqat, mahalla Vatan ichidagi kichik vatan sifatida ulkan imkoniyatlarimizni amalga oshirishga yordam beradi . Mahalla aholini, ayniqsa yoshlarni fozil, komil insonlar qilib tarbiyalashga doir nazariy va amaliy tadbirlarni o'tkazish, ularning dunyoviy va diniy bilimlarini chuqur egallashlari va kasb-hunar o'rganishlari uchun yangi tizimlarni ishlab chiqish, shu asosida maxsus ilmi y-amaliy dasturlar tuzishda qatnashish va ularni bajarilishiga erishish, mahallada o'qimaydigan, ishlamaydigan yoshlar bilan alohida shug'ullanishda nuroniylar va keksa faxriylarimiz yordamida farzandlarimiz tarbiyasi, ma'naviy-ma'rifiy sohadagi ishlarimizni bir zum ham susaytirmasdan yangi bosqichga ko'tarishimiz kerak. "Mahalla moziy, bugun va kelajakni tutashtiruvchi bug'undir" [8]. Zotan XXI asr hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tizimlari hamda jamoat tashkilotlari qatorida, xususan fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, mahalla fuqarolar yig'inlari keng miqyosli faoliyatini yanada takomillashtirish, kuchaytirish, samaradorlik va ta'sirchanligini oshirish, ish sifatini yaxshilashda yangicha yondashuv asri bo'ldi.

Demak, mamlakatimizda mahallalarni identifikatsiyalash zamon talabi ekanligini bugungi hayotimizni o'zi talab qilmoqda. Buning natijasida, mahallalar va ularda yashovchi, faoliyat yurituvchi sub'ektlar faoliyatini yagona elektron tizimga

umumlashtirilishi ko'plab byurokratik to'siqlarni bartaraf etishga ko'mak bo'lmoqda. Mahallalar faoliyatini shaffof o'rganish, ular bilan tanishish imkoniyati ta'minlamoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi // "Xalq so'zi", 2022 yil 21 dekabr, №272 (8334).

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-4354-son qarori https://lex.uz/docs/4372449#4373501

3. 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni https://lex.uz/docs/-5077667

4. Durdieva G. Qorako'l tumanida 50 ta yangi sport maydonchalari tashkil etildi. https://yuz.uz/news/qorakol-tumanidagi-50-ta-mahallada-yangi-sport-maydonchalari-tashkil-etildi/

5. Kudratova U. Mahalla tinchlik va osoyishtalik qo'rg'oni. - Youth, science, education: topical issues, achievements and innovations, 2022 Prague, Czech. 187195 b.

6. Saifnazarov, I. (2019). Mening mahallam -mening faxrim. - Toshkent. - 23 b.

7. https://review.uz/oz/post/ehtiyoimand-oilalarga-30-turdagi-iitimoiy-yordam-va-xizmatlar-oson-va-qulay-tarzda-taqdim-etiladi

8. Qilichev X. Mahalla - moziy, bugun, kelajakni tutashtiruvchi maskan. https://uza.uz/oz/posts/mahalla-moziy-bugun-va-kelaiakni-tutashtiruvchi-maskan-21-03-2020

9. Saifnazarov, I., Kuchkarov, V., Sultonov, T. (2023). Islohotlar tadrijiyligini ta'minlashda mahalla instituti faoliyatini takomillashtirish. O'zMU xabarlari, 1(4), 145-148.

10. Saifnazarov, I. (2023). Yangi O'zbekiston: inson qadri ulug'langan yurt. -Tashkent: "Ilm-Ziyo-Zakovat" MChJ. - 209.

11. Saifnazarov, I. (2019). Scientists and intellectuals of my mahalla. Methodical manual-Tashkent: TGEU.

12. Сафиназаров, И. (2020). IS Ученые и интеллигентные люди моей махалли. Архив научных исследований, (18).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.