Научная статья на тему 'MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR BILAN LOYIHA TA’LIM TEXNOLOGIYASI USTIDA ISHLASH IMKONIYATLARI'

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR BILAN LOYIHA TA’LIM TEXNOLOGIYASI USTIDA ISHLASH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
texnologiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nasiba Mullajanova

Loyiha ustida mustaqil ishlash loyiha ta’lim texnologiyalari sirasiga kiradi. Ushbu texnologiyaning markazida ta’lim oluvchi shaxsi turadi. Mazkur texnologiyaning asosini esa talabaning mustaqil bilim olish faoliyati tashkil etadi. Loyiha ta’lim texnologiyalari yordamida tashabbuskorlik, kreativlik va mustaqillik sifatlari rivojlanadi. Talabada ushbu sifatlar uning harakatlari yordamida rivojlanadi. Buning uchun talabalarga qiziqarli ularning taraqqiyoti uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan mavzular taqdim etiladi. Loyiha ta’lim texnologiyalarning mohiyati va farqli jihatari nimalada ko‘rinadi degan savolga javob izlashga harakat qilamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR BILAN LOYIHA TA’LIM TEXNOLOGIYASI USTIDA ISHLASH IMKONIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILAR BILAN LOYIHA TA'LIM TEXNOLOGIYASI USTIDA ISHLASH IMKONIYATLARI

Nasiba Mullajanova

O'zPFITI mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10014986

Loyiha ustida mustaqil ishlash loyiha ta'lim texnologiyalari sirasiga kiradi. Ushbu texnologiyaning markazida ta'lim oluvchi shaxsi turadi. Mazkur texnologiyaning asosini esa talabaning mustaqil bilim olish faoliyati tashkil etadi. Loyiha ta'lim texnologiyalari yordamida tashabbuskorlik, kreativlik va mustaqillik sifatlari rivojlanadi. Talabada ushbu sifatlar uning harakatlari yordamida rivojlanadi. Buning uchun talabalarga qiziqarli ularning taraqqiyoti uchun alohida ahamiyatga ega bo'lgan mavzular taqdim etiladi. Loyiha ta'lim texnologiyalarning mohiyati va farqli jihatari nimalada ko'rinadi degan savolga javob izlashga harakat qilamiz.

Loyiha ta'lim texnologiyalarining mohiyati shundaki, ular o'tgan XX asrning 20-yillarida pedagogika faniga kirib keldi. Mazkur texnologiyalar ta'lim jarayoniga insonparvarlik prinsipini tadbiq etish imkonini berdi. Loyiha ta'lim texnologiyalari shaxsning o'ziga xos imkoniyatlarini namoyon qilishi uchun qulay vaziyatlar yaratishga xizmat qiladi. Ta'lim jarayonida talabalarga taqdim etiladigan mavzular, bilimlar ularning qiziqishlariga muvofiq kelishi, ushbu texnologiyaning asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi. Talabalar o'zlari uchun yaqin va tanish bo'lgan vaziyatlarda maqsadga muvofiq tarzda harakatlanish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bunday vaziyatlarda o'ragangan ilmiy ma'lumotlari, bilish faoliyati natijlarini o'zlarining ijtimoiy tajribalariga singdiradilar. Talabalar mustaqil tarzda topshiriqlarni bajarish metodlarini izlab topadilar. Shu tariqa ijtimoiy madaniy muhitda mustaqil tarza faoliyat ko'rsatish usullari, yo'llarini o'zlashtiradilar, zarur kasbiy ko'nikmalarga ega bo'ladilar.

Loyiha texnologiyalari yordamida ishlash natijasida talabalar nazariy bilimlarni o'zlashtirishdan amaliy bilish harakatlarini qo'llashga o'tadilar. Shu tariqa nazariy bilimlar empirik harakatlarga aylanadi. Talabalar ularga taqdim etilgan bilimlarni kasbiy taraqqiyotlari uchun muhimligini anglab yetadilar.

Bugungi kunda loyiha ta'lim texnologiyalari "men bilishni istayman bilib olaman" degan prinsipga tayanadi. Loyiha ta'lim texnologiyalarining asosiy prinsiplari sirasiga:

1. Dialogga kirishuvchanlik.

2. Muammolilik.

3. Integrativlik.

4. Kontekstga asoslanganlik kiradi.

Dialogga krishuvchanlik talabalarning dialogga kirishishlari, unda o'zliklarini, shuningdek loyiha jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan muloqotga kirishish asosida shaxsiy sifatlarini namoyon etishlariga qulay sharoit yaratadi.

Muammolilik esa talabalarni faol ishlashga, o'z imkoniyatlarini namoyon etishga undaydi. Bu jarayonda vujudga kelgan muammoli vaziyatlarga yechim izlanadi.

Integrativlik esa allaqachon tarkib topga bilimlarni o'zlashtirish tizimi bilan zamonaviy o'qitish tizimlaarining uyg'unlashuvini egallaydi.

Kontekstga asoslanganlik loyihalarni talabalarning hayotiy faoliyatiga yaqinlashtirish, uning hayoti uchun zarurligini anglab yetishlariga ko'maklashishdan iborat.

Loyiha ta'lim texnologiyalarining maqsadi talabalarga professor- o'qituvchilarning aralashuvisiz muammolarga yechim topish yo'llarini izlash imkonini beradi. Professor

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

o'qituvchilar talabalarda mustaqil ishlash motivlarini hosil qilib ularni yo'naltiradilar. Zarur vaziyatlarda ularga axborotlarni izlab topish yo'llarini ko'rsatadilar. Loyiha ta'lim texnologiyalarining asosiy metodlari bilan bir qatorda boshqa maqsadlarga erishish ham nazarda tutiladi:

- o'quv faoliyatga nisbatan motivlarni hosil qilish; talabalar guruhining har bir a'zosini mustaqiz ishlashga jalb etish;

- talabalarning bilish, tashkilotchilik va kasbiy layoqatlarini namoyon etishlari uchun qulay sharoit yaratish;

- talabalarni o'z o'zini baholash layoqatini rivojlantirish; talabalarning analitik, tanqidiy tafakurni tizimli tarzda rivojlantirish;

- o'zlashtirgan bilimlarini muammolarga yechim topishda qo'llash usullarini o'rganishlariga sharoit yaratish;

- amaliy, hayotiy vazifalarning aniqligini ta'minlash kabilar.

Loyiha ta'lim texnologiyalarining samaradorligi talabalarda mustaqil ishlash motivlarini hosil qilish turli manbalardan axborot izlashlari uchun qulaylik yaratish, kutubxonalar, ijtimoiy tarmoqlardan zarur materiallarni izlab topishlarini ta'minlashda o'z ifodasini topadi. Shuning uchun ham oliy pedagogik ta'lim jarayonida loyiha ta'lim texnologiyalarini kengaytirish talab qilinmoqda.

REFERENCES

1. Еремеева, С. П. Проектирование учебного процесса на основе использования дистанционных технологий / Сибирский педагогический журнал. - 2013. - № 4. - С. 212216.

2. Карпова, О. Л. Развитие самообразовательной деятельности студентов: теоретические аспекты: монография / О. Л. Карпова. - Челябинск: Уральская Академия, 2014. - 204 с.

3. Колесникова, И. А. Педагогическое проектирование: учеб. пособие для высш. учеб. заведений / И. А. Колесникова, М. П. Горчакова-Сибирская. - М.: Издательский центр «Академия», 2005. - 288 с.

4. Крутова, И. Ю. Использование проектной технологии в процессе обучения иностранному языку в вузе / И. Ю. Крутова // Педагогика. - 2018. - № 5. - С. 75-81.

5. Safarova R.G. Possibilities of Approaching the Educational Process From the Point of View of Cultural Sciences. Miasto Przyszlosci Kielce 2023. ISSN-L: 2544-980X. Impact Factor: 9.2 View of Possibilities of Approaching the Educational Process From the Point of View of Cultural Sciences (miastoprzyszlosci.com.pl)

6. Safarova R.G. Development of International Scientific Pedagogical Cooperation in Improving the Quality of Continuous Education: A Need of the Time Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences (IJNRAS)Volume: 02 Issue: 051 2023ISSN:2751-Development of International Scientific Pedagogical Cooperation in Improving the Quality of Continuous Education: A Need of the Time | Vital Annex : International Journal of Novel Research in Advanced Sciences (innosci.org)

7. Urazova M.B. Bo'lajak kasbiy ta'lim pedagogini loyihalash faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish. Dokt.diss. avtoref. - T.: 2015. - 79 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.