Научная статья на тему 'MADANIYATSHUNOSLIK FANI TARAQQIYOTI, MUAMMO VA YECHIMLAR'

MADANIYATSHUNOSLIK FANI TARAQQIYOTI, MUAMMO VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
14
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
madaniyatshunoslik / fan taraqqiyoti / sohani rivojlantirish / muammolar / yechimlar / nazariy tahlil. / культурология / развитие науки / развитие отрасли / проблемы / решения / теоретический анализ.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shukurov Alisher

kirish qismida, madaniyatshunoslik fanining tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyati ta’kidlanadi. shuningdek, sohaning dolzarb muammolari va tadqiqotning nazariy asoslari taqdim etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF CULTURAL STUDIES, PROBLEMS AND SOLUTIONS

во введении подчеркивается история науки культурологии и ее значение в наши дни. а также представлены актуальные проблемы отрасли и теоретические основы исследования.

Текст научной работы на тему «MADANIYATSHUNOSLIK FANI TARAQQIYOTI, MUAMMO VA YECHIMLAR»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© Shukurov Alisher1H_

1Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: kirish qismida, madaniyatshunoslik fanining tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyati ta'kidlanadi. shuningdek, sohaning dolzarb muammolari va tadqiqotning nazariy asoslari taqdim etiladi.

MAQSAD: maqolaning asosiy maqsadi madaniyatshunoslik fani taraqqiyotini tahlil qilish, sohadagi asosiy muammolarni aniqlash va ularning yechimlarini taklif etishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda ishlatilgan usullar, nazariy yondashuvlar, o'rganilgan adabiyotlar va boshqa manbalar haqida ma'lumot beriladi. Tahlil qilingan ma'lumotlarning metodologiyasi va ishlatilgan tahliliy usullar tavsifi kiritiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: madaniyatshunoslikdagi asosiy muammolar va ularning kelajakdagi taraqqiyotga ta'siri muhokama qilinadi. Shuningdek, muammolarni hal qilish bo'yicha taklif etilgan yechimlar tahlil qilinadi.

XULOSA: maqola yakunida, madaniyatshunoslik fani taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari va sohadagi dolzarb muammolarning yechimlari haqida xulosalar keltiriladi.

Kalit so'zlar: madaniyatshunoslik, fan taraqqiyoti, sohani rivojlantirish, muammolar, yechimlar, nazariy tahlil.

РАЗВИТИЕ КУЛЬТУРОЛОГИИ, ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ_

© A.Шукуров1И

1 Культурология и нематериальная культура научно-исследовательский институт наследия, Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: во введении подчеркивается история науки культурологии и ее значение в наши дни. а также представлены актуальные проблемы отрасли и теоретические основы исследования.

ЦЕЛЬ: основная цель статьи - проанализировать развитие науки культурологии, выявить основные проблемы в области и предложить пути их решения.

Iqtibos uchun: Shukurov A. Madaniyatshunoslik fani taraqqiyoti, muammo va yechimlar // Inter education & global study. 2024. №7. B. 476-483.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: представлена информация о методах, теоретических подходах, обзорной литературе и других источниках, использованных в исследовании. Включена методология анализируемых данных и описание использованных аналитических методов.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: обсуждаются основные проблемы культурологии и их значение для будущего развития. Также анализируются предлагаемые варианты решения проблем.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в конце статьи сделаны выводы об основных направлениях развития науки культурологии и решениях актуальных проблем в этой области.

Ключевые слова: культурология, развитие науки, развитие отрасли, проблемы, решения, теоретический анализ.

Для цитирования: Шукуров А. Развитие культурологии, проблемы и решения.

// Inter education & global study. 2024. №7. С. 476-483.

DEVELOPMENT OF CULTURAL STUDIES, PROBLEMS AND SOLUTIONS

© Alisher Shukurov 1И

Cultural studies and intangible cultural heritage scientific research institute, Tashkent,

Uzbekistan_

Annotation

Abstract

INTRODUCTION: in the introduction, the history of the science of cultural studies and its importance today are emphasized. as well as current problems of the field and theoretical foundations of the research are presented.

AIM: the main purpose of the article is to analyze the development of the science of cultural studies, identify the main problems in the field and propose their solutions.

MATERIALS AND METHODS: information is provided about the methods, theoretical approaches, literature reviewed and other sources used in the research. The methodology of the analyzed data and the description of the used analytical methods are included.

DISCUSSION AND RESULTS: the main problems in cultural studies and their implications for future development are discussed. Also, proposed solutions for solving problems are analyzed.

CONCLUSION: at the end of the article, conclusions are made about the main directions of the development of the science of cultural studies and solutions to current problems in the field.

Key words: cultural studies, development of science, development of the field, problems, solutions, theoretical analysis.

For citation Shukurov Alisher Development of cultural studies, problems and

solutions., Inter education & global study, (7), pp. 476-483. (In Uzbek).

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

iccl (A

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Insoniyat taraqqiyotida muhim omillardan biri bu uning dunyo qarashi, ma'naviy

salohiyati, odob-ahloqi bilan belgilansa, shularni mujassamlashtirib shakllantiradigan vosita bu madaniyatdir. Milliy madaniyatimizni rivojlantirish, turli yod g'oyalardan asrash, sof holda uning mazmun mohiyatini yoshlarga yetkazish orqali ularning tarbiyasiga ta'sir ko'rsatish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir.

Bu ulkan vazifalarni amalga oshirishda madaniyatshunoslik fanining o'rni beqiyos bo'lib ushbu fanning maqsadi va vazifalarini yoshlarga o'rgatish, ularning qalbida vatanparvarlik hissini uyg'otish ahamiyatga molikdir. Biroq bugungi kunda yoshlarga ushbu fanni o'qitish borasida yechimini kutayotgan bir qancha masalalar mavjud.

Ushbu muammolarni hal qilish borasida asosliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib maqolaga kiritilgan. Taklif va tavsiyalar amalga oshirilsa erishiladigan yutuqlar to'g'risida ilmiy tahlil va farazlar asoslab berilgan.

Maqolada kiritilgan muammolar bir necha yillar davomida o'z yechimini topmay, madaniyatshunoslik mutahasisligi bo'yicha tayyorlanayotgan kadrlarning yuragidagi og'riqliy nuqtalar hisoblanib, o'z sohasida faoliyat olib borishda qiynalayotgan yoxud undan voz kechishga majbur bo'lgan mutahasislar dardi hisoblanadi.

Shu narsani alohida qayd etish lozimki, bugun madaniyat va san'atning ijtimoiy funksiyalari jamiyatda yuz berayotgan barcha jarayonlar bilan uyg'unlikda o'zgarib, takomillashib bormoqda. Avvallari mazkur sohadan ko'proq aholi bo'sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida foydalanilgan bo'lsa, endi asosiy e'tibor madaniyat sohasining odamlarni tarbiyalash, mamlakat va jamiyat oldida kundalang bo'lib turgan muammolarni hal etishdagi faoliyatiga qaratilmoqda.

Shu ma'noda, bugun madaniyatning alohida ilm-fan sohasi sifatidagi o'rnini belgilash masalasi ham olimlar oldida muhim muammolardan biri bo'lib turibdi. Boshqacha aytganda, bugungi o'zgarayotgan zamonda madaniyat va san'atning inson va jamiyat oldidagi muhim vazifalarini hamda ularning yechimlarini aniqlash muammolardan biriga aylanmoqda. Ushbu fikrlar professor Abduhalil Mavrulov hamda san'atshunos Munisa Mavrulovalarning madaniyat nazariyasi o'quv qo'llanmasining 4-5-betlarida qayt etilgan. Madaniyatning axborot funksiyasi insoniyat tarixida juda katta vazifani bajaradi. U insoniyat tomonidan ming yillar davomida to'plangan ijtimoiy tajribani, tarixiy merosni ajdodlardan avlodlarga yetkazilishini ta'minlab beradigan muhim omil va vosita hisoblanadi. Faqat madaniyatgina odamlar tomonidan yaratilgan ma'naviy boyliklarni saqlashi, o'zlashtirishi, kelajak avlodga yetkazishi, tarqatishi mumkin degan mulohazalar "O'ZBEKISTONDA NOMODDIY MADANIY MEROS MUHOFAZASI VA TARG'IBOTI" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 6-betida A.Abduxalil Mavrulovning "Madaniyat va jamiyat taraqqiyotidagi ayrim fikrlar" maqolasidan olingan.

Buyuk mutafakkir va alloma bobolarimizning ma'rifatli jamiyat to'g'risidagi g'oyalari, orzu-umid va armonlari, o'ylaymanki, ko'pchiligimizga yaxshi tanish. Shu o'rinda birgina Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asarini eslash kifoya deya takidlanadi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi" 275-betida.

Dunyoning globallashuvi sharoitida insoniyat hayotining muhim, ajralmas qismi bo'lgan madaniyat sohasining ijtimoiy o'rni tobora kuchayib boraveradi. Shu nuqtai nazardan ham bugun Yangi O'zbekistonda madaniyat va san'at sohasida amalga oshirilayotgan jiddiy islohatlardan ko'zlangan maqsad ushbu sohada tayyorlanayotgan kadrlarning milliy madaniyatimiz tushunchasi, umuman madaniyat tushunchasining mohiyatini chuqur anglashlari, uning nazariy hamda amaliy jihatlarini, funksiyalarini, tarmoqlarini o'zlashtirib yurtimiz ravnaqiga hamda o'sib kelayotgan barkamol avlodga ibrat bo'lish va tadbiq etishlari nazarda tutilgan. Har bir davlat o'z milliy madaniyatini saqlab qolish va targ'ib etishga doimiy tarzda intilishi boisi shundaki: madaniyat inson faoliyatini tartibga soluvchi, uni ezgu maqsadlar sari yo'naltiruvchi, uning hayot yo'lidagi maqsad va vazifalariga ma'no va mazmun beruvchi fenomen xodisadir. Ushbu betakror ijtimoiy-ma'naviy xodisa inson hayoti va faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladi va har birimizning hayot yo'limizda o'zligimizni namoyon etishimizga yordam beradi. Uning vazifalari haqida tushuncha berib ilmiy tahlil qilamiz.

1. Tevarak-atrofga moslashuvchanlik funksiyasi. Ushbu funksiya madaniyatning barcha funksiyalari orasida eng qadimiysi hisoblanadi. U bir paytning o'zida ham insonga, ham hayvonat olamiga tegishli, deyish mumkin. Ayni paytda ta'kidlash lozimki, inson hayvonat dunyosiga qaraganda ancha avval tabiatning turli qiyinchiliklari, tabiiy ofatlardan saqlanish yo'liga o'tgan.

2. Madaniyatning bilish yoki gnoseologik funksiyasi. Bilish ma'naviy-ruhiy hodisa, insonning olamni anglash qobiliyati, saralangan, tartibga solingan, muayyan usul yordamida olingan, ma'lum mezonlarga muvofiq tartibga solingan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan, odamlar va butun jamiyat tomonidan aynan bilim sifatida tan olingan axborot.

3. Madaniyatning axborot funksiyasi. Ushbu funksiya axborotlarni o'zlashtirish, yig'ish va tarqatishdan iborat vazifalarni bajaradi. Axborotni yig'ish va saqlash vositasi tabiiy xotira yoki xabarlarni narsalarga yozish (qo'lyozmalar, kartinalar, plastinkalar, kitoblar, kinotasmalar, ohanrabo yoki raqamli yozuvlar va boshqa shakllarda) sifatida ro'y beradi. Har qanday holatda ham axborotlarni tashkil qilish, uning qadri va mazmuni bo'yicha tartibga solishning ma'lum usuli va belgilar tizimi zarur.

4. Madaniyatning kommunikativ funksiyasi. Kommunikativ so'zi lotinchada muloqatga kirishish, aloqa bog'lash kabi mazmunga ega. Mazkur funksiya vaqt va makon doirasida insonlar o'rtasidagi aloqalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Madaniyat aslida insonlar o'rtasidagi muloqotning muhim shakli hamdir.

5. Madaniyatning aksiologik (qadriyatlar) funksiyasi. Qadriyatlar insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy qimmatlarning yig'indisidan iborat, deb talqin qilinadi. Baholash qadriyat nuqtai nazaridan voqelikni tahlil qilish faoliyatining tabiiy va zarur shartidir. Madaniyat nimada namoyon bo'lishidan qat'iy nazar muayyan qadriyat o'lchoviga ega bo'ladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

6. Madaniyatning ijtimoiylashuv funksiyasi. Ushbu funksiya jamiyat hayoti uchun uning haqiqiy a'zosi sifatida zarur hisoblangan ma'lum miqdordagi shartlarni o'zlashtirishga yordam beradi. Bu funksiya idrok, tafakkur, nutq, so'zlarning qo'llanilishi, ohangi, imo-ishora, tipik hodisalarga munosabat tarzi, shuningdek, talab va qadriyat yo'nalishlari tizimini shakllantirish kabi andozaviy usullarning mustahkamlanishi bilan bog'liq.

7. Madaniyatning tarbiyalovchilik funksiyasi. Madaniyat funksiyalari tizimida uning tarbiyalovchilik funksiyasi alohida o'rin egallaydi. Darhaqiqat, bugungi O'zbekiston jamiyatida sog'lom fikr, sog'lom kuch ustuvor bo'lishi uchun ma'naviyatni yanada yuksaltirish, yoshlarni turli zararli ta'sirlardan asrash, ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash eng dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda.

Bu borada Respublikamizning birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2008-yil 28-aprel PQ-845-son buyrug'i asosida O'zbekiston davlat san'at institutining Nukus filiali hamda 2012-yil 4-iyun PQ-1771-sonli qarori asosida O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutlari tashkil etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 16-avgust PQ-3218-sonli qarori asosida O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali tashkil etilishi va 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-sonli O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlanganligi fikrimizga dalil bo'la oladi. Bugungi kunda yuqorida chiqarilgan qarorlarga binoan tashkil etilgan madaniyat va san'at oliy o'quv yurtlarida madaniyat muassasalarini boshqarish, teatr va kino aktyorlarini tayyorlash, kutubxonalar uchun mutahasislar tayyorlash bilan birgalikda san'atshunos va madaniyatshunoslik mutahasisligi bo'yicha kadrlarni ham tayyorlanmoqda. Jumladan O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining magistratura va doktarantura bo'limlarida madaniyatshunoslik mutahasisligi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarga madaniyat nazariyasi va tarixi kafedrasi professor o'qituvchilari tomonidan saboq berib kelinmoda.

Yuqorida e'tirof etib o'tilgan madaniyat va san'atni rivojlantirish borasidagi olib borilgan samaraliy ishlarga qaramasdan bu borada ba'zi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bugungi kunning dolzarb masalalari bo'lib kelmoqda. San'at va madaniyat oliy o'quv yurtlarini madaniyatshunoslik bo'yicha tamomlayotgan kadrlar jamiyatda o'z o'rnini topib yurtimiz ravnaqi hamda o'z oila azolari uchun mutahasisligiga oid faoliyat bilan shug'ullanib manfaatdorlikka ega bo'la olmayotganligi, sodda qilib aytganda o'z sohasi bo'yicha ishga joylasha olmayotganligi ko'z yumib bo'lmaydigan haqiqatdir. Ular o'z sohalari bo'yicha ishlash maqsadida madaniyat yo'nalishidagi barcha muassalarga murajaat qilgan holda o'zlariga mos ish topa olmaganliklari uchun ba'zi kadrlar o'z faoliyatini boshqa sohalarda davom ettirishga, imkoniyatlari borlari esa ikkinchi mutahasislik bo'yicha boshqa oliy o'quv yurtlarida o'qishga majbur bo'lmoqdalar.

Buning boisi Respublikamizdagi sanoqliy davlat oliy o'quv yurtlaridagina madaniyatshunoslik fani qo'shimcha fan sifatida o'quv dasturiga kiritilib hamda juda juda kam soat ajratilgan. Aytish joizki san'at va madaniyatning tayanch nuqtasi bo'lmish

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun madaniyatshunoslik fani deyarliy o'qitilmaydi. Uning o'rniga madaniyat tarixi fani o'qitilsada bu fanga ham yetarliy soat ajratilmagan. Holbukiy madaniyatshunoslik fani madaniyat vazirligi tizimidagi barcha oliy va o'rta mahsus ta'lim muassalarida o'qitilishi zarur. Biz bu holatni tahlil qilish jarayonida aytib o'tishimiz lozimki madaniyat tarixi fani madaniyatshunoslik tizimidagi fan hisoblansada biroq aynan madaniyatshunoslik fanining mazmun mohiyatini aniqlab bera olmaydi. Shu o'rinda madaniyatshunoslik fani hamda uning vazifalari haqida to'xtalib o'tsak.

Madaniyatshunos so'zi "madaniyat" va "shunos" (bilimdon, olim) so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, madaniyatshunos — bu madaniyatni o'rganuvchi, tahlil qiluvchi va uning turli jihatlarini tadqiq qiluvchi mutaxassisni anglatadi. Madaniyatshunoslar jamiyatning madaniy hayoti, qadriyatlari, an'analari, san'ati, falsafasi, dini va boshqa madaniy elementlarini ilmiy jihatdan o'rganadilar va tahlil qiladilar.

Madaniyatshunoslik fani doirasida madaniyatshunoslar turli xalqlar va davrlar madaniyatini solishtirib, ularning umumiy va o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladilar. Bu soha ijtimoiy fanlar, san'atshunoslik, falsafa, antropologiya va tarix bilan yaqin bog'liq.

Madaniyatshunoslik quyidagi vazifalarni bajaradi:

- Madaniy jarayonlarni tahlil qilish: Madaniyatning rivojlanish qonuniyatlarini, uning jamiyatdagi rolini va ta'sirini tahlil qiladi.

- Madaniyatlararo muloqotni o'rganish: Turli madaniyatlar o'rtasidagi munosabatlar va ularning bir-biriga ta'sirini o'rganadi.

- Madaniy merosni saqlash va o'rganish: O'tgan davrlardagi madaniy yodgorliklar, san'at asarlari va boshqa madaniy merosni saqlash, tadqiq qilish va ularni keyingi avlodlarga yetkazish yo'llarini qidiradi.

Madaniyatshunoslik fanining maqsadi madaniyatni keng qamrovli va tizimli o'rganish orqali jamiyat va insoniyatning madaniy rivojlanishiga hissa qo'shishdir.

Shu o'rinda biz yuqoridagi muammolarni bartaraf etish bo'yicha o'z fikr mulohazalarimizni bildirishni maqsadga muofiq deb topdik. Fanning maqsad va vazifalari hamda jamiyatdagi rolini tahlil qiladigan bo'lsak har bir madaniyat va san'at muassasida madaniyatshunoslik fanining asosiy fan sifatida o'qitilishini taqazo etadi. Madaniyatshunos o'z vazifasini bajarishi uchun jamiyatning madaniy qatlamini ya'ni milliy madaniyatni saqlab qolishga o'z hissasini qo'shishi uchun yetuk kadr sifatida shakllanishi uning ta'limning eng quyi nuqtasidan yuqorisigacha madaniyatshunoslik fanini o'qib o'rganishni talab etiladi. Vaholanki Respublikamizdagi barch iqtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablarida madaniyatshunoslik fani o'qitilmaydi. San'at va madaniyat institutlari tomonidan tayyorlab chiqarilayotgan madaniyatshunos mutaxasis kadrlarga talabni ko'paytirish orqali ish o'rinlarini shakllantirish borasida quyidagi tavsiya va takliflarimizni beramiz:

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

• respublikamizda faoliyat olib borayotgan barcha madaniyat va san'at muassasalarining eng quyi pog'onasi hisoblanmish musiqa va san'at maktablarida san'at tarixi fani soatlarini ko'paytirish hamda ushbu fandan o'quvchilarga saboq berish uchun madaniyatshunoslarni taklif qilish

• barcha madaniyat va san'atga iqtisoslashtirilgan maktablarga madaniyatshunoslik fanini birinchi fan sifatida kamida bir yil o'qitish va shu sohodagi barcha oliy o'quv yurtlarida jumladan O'zbekiston davlat konservatoriyasi, O'zbekiston davlat Xoriagrafiya akademiyasi, Kamolliddin Behzod nomidagi rassomchilik va dizayn institutlarida ham madaniyatshunoslik fanini asosiy fan sifatida o'qitilishi maqsadga muofiqdir

Xulosa qilib aytganda bugungi globallashuv jarayonida madaniyatning funksialari ham o'zgarib bormoqda. Madaniyat etikasi ya'ni madaniy ahloqshunoslik insonlarning o'z milliy madaniyatiga sodiqligini asrab qolish uchun ularning xulqini tarbiyasini vatanparvarlik milliy g'urur ezgu g'oyalarni qalbiga sindirgan holda tarbiyalash madaniyatning bugungi kundagi muhim vazifalaridandir. Yurtimiz madaniyat va san'atini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarning davomiyligini ta'minlashga erishish uchun madaniyat va san'at sohasidagi barcha hodimlarni jamiyatda ibrat sifatida ko'rsatishning asosiy omili bu madaniyatshunoslik fanini chuqur o'zlashtirilish va o'qitilishi bilan belgilanadi. Zero o'z milliy madaniyatini saqlab qolgan va uning bardavomligini ta'minlagan davlat hech qachon inqirozga yuz tutmaydi.

Yuqoridagi tavsiyalarni amalga oshirish natijasida Respublikamiz miqyosida milliy madaniyatimizni rivojlantirish borasida quyidagi yutuqlarga erishiladi:

1. Madaniyat va san'at borasida tayyorlanayotgan kadrlarning madaniyat nazariyasi va amaliyoti bo'yicha chuqur bilimga ega bo'lishiga erishiladi

2. Pedagogik faoliyat bilan shug'ullanuvchi kadrlar kelajakda o'z shogirtlarini o'z sohasining chuqur bilimdoni bo'lishlariga erishiladi

3. Bugungi kunda ba'zi oliy o'quv yurtlaridan tashqari umuman madaniyat va san'at sohasidagi iqtisoslashtirilgan maktablarda madaniyatshunoslik fani bo'lmagani bois tayyorlanayotgan kadrlar madaniyatning asl mohiyatini anglamagan holda ta'lim olmoqdalar, agar bu fanning asosiy fan sifatida o'qitilishi yo'lga qo'yilsa o'quvchilarning qiziqishi ortadi

4. Ular o'z sohalari bo'yicha faoliyat olib borishlari uchun eng muhim jihatlardan biri ish o'rinlari yaratiladi

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. "O'ZBEKISTONDA NOMODDIY MADANIY MEROS MUHOFAZASI VA TARG'IBOTI"

2. mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami TOSHKENT -2024

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

3. A.Mavrulov, M.Mavrulova. Madaniyat nazariyasi. O'quv qo'llanma. - Toshkent, "Donishmand ziyosi", 54b, 2023.

4. Shavkat Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - Toshkent. "O'zbekiston", 2022.

5. Beruniy. Tanlangan asarlar. 1-jild. - Toshkent. "Fan", 1963.

6. В.Межуев. Культура: теории и проблемы. - M.: "Университетская книга", 1965.

7. Г.Драч, О.Штомпель, Л.Штомпель. и др. Культурология - M.: "Питер", 2010.

8. E.Gulmetov, T.Qobiljonova, Sh.Ernazarov, A.Mavrulov. Madaniyatshunoslik. -Toshkent. 2000.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Shukurov Alisher, ilmiy hodimi, [Шукуров Алишер исследователь], [Shukurov Alisher, researcher ]; manzil: O'zbekiston, Toshkent,Shayxontohur t, Xadra MFY, Navoiy kuchasi, 30-uy [адрес: Узбекистан, Ташкент, Шайхонтохур, МФМ Хадра, улица Навои, 30], [address: Uzbekistan, Tashkent, Shaikhontohur, Khadra MFY, Navoi street, 30]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.