Научная статья на тему 'MA’NAVIY DUNYOQARASH VA YOSHLAR MA’NAVIYATI'

MA’NAVIY DUNYOQARASH VA YOSHLAR MA’NAVIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
25
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ma’naviy meros / kasbhunar / mehnat / yaxshilik / ezgulik / bunyodkorlik / tarbiya / madaniyat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Umarova Feruza Roziboevna, Mirzayeva Umida Burxon Qizi

Ajdodlarimiz boy tarixiy-ma’naviy merosida yosh avlodni jismoniy baquvvat, ma’naviy sog‘lom qilib voyaga etkazishga va ularga kasbhunar o‘rgatishga katta e’tibor berganlar. Bolalarni yoshligidan mehnatga, kerakli kasbhunar egallashga o‘rgatishda otabobolarimiz o‘rnak bo‘lib, ishyoqmaslik, dangasalikning zarari to‘g‘risida muntazam pand nasihatlar qilib, ularni yaxshilikka, ezgulik va bunyodkorlikka, mehnasevarlikka da’vat etib, amaliy faoliyatlari bilan o‘zidan yaxshi nom qoldirish borasida ibrat ko‘rsatganlar. O‘tmishdoshlarimizning bunday ibratli amallari bugungi kunda yosh avlodning kasbhunar sirlarini egallashlarida muhim o‘rin tutmoqda. Ushbu maqolada ajdodlarimizning tarixiy merosida kasbhunar egallashning hozirgi davrda jamiyatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY DUNYOQARASH VA YOSHLAR MA’NAVIYATI»

MA'NAVIY DUNYOQARASH VA YOSHLAR MA'NAVIYATI 1Umarova Feruza Roziboevna, 2Mirzayeva Umida Burxon qizi

1ToshDAU Gumanitar fanlar va huquq kafedrasi assistenti 2ToshDAU 2- bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10885742

Annotatsiya. Ajdodlarimiz boy tarixiy-ma'naviy merosidayosh avlodni jismoniy baquvvat, ma'naviy sog 'lom qilib voyaga etkazishga va ularga kasb- hunar o 'rgatishga katta e 'tibor berganlar. Bolalarni yoshligidan mehnatga, kerakli kasb- hunar egallashga o'rgatishda ota-bobolarimiz o'rnak bo'lib, ishyoqmaslik, dangasalikning zarari to'g'risida muntazam pand nasihatlar qilib, ularni yaxshilikka, ezgulik va bunyodkorlikka, mehnasevarlikka da 'vat etib, amaliy faoliyatlari bilan o'zidan yaxshi nom qoldirish borasida ibrat ko'rsatganlar. O'tmishdoshlarimizning bunday ibratli amallari bugungi kunda yosh avlodning kasb- hunar sirlarini egallashlarida muhim o'rin tutmoqda. Ushbu maqolada ajdodlarimizning tarixiy merosida kasb- hunar egallashning hozirgi davrda jamiyatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Ma'naviy meros, kasb- hunar, mehnat, yaxshilik, ezgulik, bunyodkorlik, tarbiya, madaniyat

K I R I SH

Farzand tarbiyasi barcha davrlarda juda murakkab jarayon bo'lib, bu masalaga ajdodlarimiz alohida e'tibor berganlar. Bolalarni mehnatga, kasb- hunar egallashga o'rgatadigan eng avvalo ota- onalardir. SHu sababli ularning o'zlari barcha sohada farzandlariga o'rnak bo'lishga harakat qilib, ishyoqmaslikdan, tanballikdan qochish xususida to'xtavsiz pand nasihatlar qilishganlar va farzandlarini hamisha ezgulikka, yaxshilikka, foydali yumushlarni bajarish va mehnatsevarlikka boshlaganlar. Ajdodlarimizning bu ibratli amallari bugungi kunda ham davom ettirilishi hayot talabi ekanligini har bir ota- ona e'tiborga olishi, bolalarini hunar o'rganishga qiziqtirishi, bilimli va ma'rifatli bo'lishga undash ularning zimmalaridagi burch ekanligini unutmasliklari ham bugungi kun talabidir.

O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo'lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi". Yoshlarga bo'lgan e'tibor davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar markazida ekanligi alohida e'tirofga molikdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda" 1deya ta'kidlaydi. Zero, bugungi tezkor rivojlanayotgan globallashuv sharoiti yoshlar siyosati masalasida alohida e'tibor qaratish vazifasini kun tartibiga qo'ymoqda. Hozirgi globallashuv davri va zamon talabi intellektual salohiyatli, kreativ fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash borasida teran fikrlashni taqozo etmoqda. Shu sababdan yoshlarning ijtimoiy faolligini muvofiqlashtirish,

1 Sh.Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi", T.: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022 yil. B. 275-276

ularning ma'naviy-ma'rifiy, mafkuraviy - g'oyaviy immunitetini shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu haqda Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch" kitobida ajdodlarimizning bebaho yodgorligi "Avesto"da bayon etilgan ibratli pandlarning bugungi kundagi ahamiyati to'g'risidagi quyidagi fikrlari e'tiborga molik: "Avesto"da borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson hayotining tabiat bilan uyg'unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchas bog'liq holda ko'rsatilgani ko'p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma'naviy dunyosini shakllantirishda atrof- muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli ta'sir o'tkazib kelganiga yana bir bor e'tiborimizni jalb qiladi"2.

Darhaqiqat,farzand tarbiyasi haqida so'z ketganda ajdodlarimiz bu borada asosiy e'tiborni tartib intizom va mehnatga qaratganlari diqqatga sazovardir. Mehnat barcha zamonlarda va barcha jamiyatlarda buyuk huquq, buyuk zarurat hisoblangan. Madaniyat yuksakligi esa mehnatga bo'lgan muhabbatga bog'lanadi. Madaniyat qanchalik yuksak bo'lsa, jamiyatda mehnat shunchalar qadrlanadi. Chunki mehnat hamisha inson hayoti va madaniyatining asosini tashkil etadi. Allomalar aytganidek, agar hayot kemasi mehnat langariga suyanmasa, hamma shamollaru dovullarga dosh berolmaydi.

Hindlarning mashhur adibi Rabindranat Tagor mehnatni madaniyatning bir ko'rinishi deb hisoblaydi. U 1935 yili yozgan edi: "Bir kuni talabalar bilan sayr- havo qilib yurganimizda, yo'lda bir juft ho'kiz qo'shilgan aravaga duch keldik; arava loyga tiqilib qolgan ekan. Men bilan birga kelayotgan talabalar yordamlashib, aravani quruq joyga chiqarib qo'yishdi. Shantiniketonga kelgan qandaydir bir kishi yuk ko'tarishga xizmatkor topa olmagan ekan. Talabalirimizdan biri o'ylab o'tirmasdan, uning yukini elkasiga olib, aytgan joyiga eltib berdi. Talabalar shunday tarbiya olgan edilarki, biror joydan kelgan odamga yordam ko'rsatish va ularning xizmatida bo'lishni o'z vazifalari deb bilardilar. Yaqinda ular Shantiniketon yo'lini qurishda ishladilar, hamma o'nqir-cho'nqirlarni to'ldirib tekisladilar. Bu ishlarning hammasini ular o'zlaridagi ichki rag'bat ta'siri ostida bajardilar. Ular kitobga ham, adabiyotga ham qaramasdan, haqiqiy madaniyat nimani talab qilsa, shuni idrok qilib oldilar. Umid qilamanki, ular hali ham boshqa kishilarga shunday mehr- muhabbat bilan qarayotgandir". Ushbu ibratli misol bugungi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab, yoshlarda halol mehnatga muhabbat va rag'batni shakllantirishga xizmat qiladi deb o'ylaymiz.

Donishmandlar dunyoning tamali mehnat asosiga qurilganligini, kasb- hunar egallash esa insonlarga farovonlik olib kelishini ta'kidlaganlar. Ularning fikricha insonni hayotdagi qiyinchiliklar va mushkulliklardan faqat kasb- hunar, tadbir va mehnat qutqaradi.

Bir dehqon o'limi oldidan bolalarini yig'ib dedi:

-Bolalarim! Bu dunyo foniydir, har bir tirik jon o'ladi. Men ham o'lyapman. Sizga vasiyatim shuki, dalamizga bir xazina ko'mib qo'yganman, vafotimdan so'ng uni qidirib topinglar. Dalani hech qachon sotmanglar.

Farzandlar otalari janozasini o'tkazishgach, dalaga otlandilar. Xazinani qidirib, dalani kovlab chiqdilar. Lekin hech narsa topmadilar. Juda ma'yuslandilar. Keyin dalani tekislab, bug'doy urug'i sepdilar. Er mo'l hosil berdi. Bolalar bug'doyni sotishib, oltinlarni o'zaro bo'lishdalar. Shundagina otalarining vasiyatlaridagi xazina haqidagi gapning ma'nosini angladilar."Xazina ko'mib qo'ydim" degan gapi zamiriga- dalaga yaxshilab ishlov bersangiz,

2 Каримов И.А. Юксак маънавият- енгилмас куч. Т., Маънавият, 2008,-Б.-32.

baraka topasiz, xazinaga mehnat orqali erishiladi, degan hikmat yashiringan ekan. Xuddi donishmand shoir Firdavsiy aytganlariday:

Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj,

Ganj topmas hech kimsa tortmas ersa ranj.

Bu hikoyat har bir kishi uchun bir saboqdir. Dunyoda peshona teri bilan ishlab topilgan nonday qadrli xazina yo'q. Shunday ekan, har odamning o'zi bir xazina. Uning mehnat qilib topgan noni esa eng shirin, eng totli luqmasidir.

Darhaqiqat, mehnat hayot chirog'iga moy quyadi, tafakkur esa uni yoritadi. Bu hikmatni yoshlar unutmasalar, unga amal qilsalar ishlari hamisha o'ngidan kelaveradi: "Ishla bolam, qarilik sendan "yoshliging qaerda edi?" deb so'raydi.

O'zingni mehnat kuni ovuting,

Ne g'am kelsa davrondin, oson tuting.

Hazrat Navoiyning bu baytlariga osetin xalqining "Ko'p ishlovchi ko'p yashaydi", degan maqolini ilova qilsa bo'ladi. Maqolda ko'p ishlovchi baquvvat bo'lishi, o'zidan ko'p yaxshiliklar va meros qoldirishi haqida fikr bildirilgan. Masalan, "Bu bo'z erlarni falonchi dehqon obod qilgan", "Bu etuk mutaxassislarni falonchi ustoz tarbiyalab voyaga etkazgan", "Bu ijodkor falonchi olimning shogirdi"...

Darhaqiqat, hayotdan hamma ham lazzat topishni, o'zidan yaxshi nom qoldirishni istaydi. Bunga esa, shoshma- shosharliksiz, sabr- toqat, chidam va halol mehnat bilan erishiladi. Shu sababli dono xalqimizning "Etti o'lchab, bir kes", degan maqoli ibratlidir.

Xalqimizning bebaho yodgorligi "Avesto"da ham mehnat va kasb-hunar ulug'langan, ta'lim jarayonida esa, kundalik hayot uchun zarur bo'lgan bilimlar o'qitilgan, hunarlar o'rgatilgan. Masalan chorvachilik bilan shug'ullanadigan qavmlarda ko'proq shu sohaga doir hunar va malakalar o'rgatilgan: qiz bolalarga yungdan ip yigirish, urchuq va charxda ishlay bilish, har xil liboslar to'qish, tikish, yung olishni bilish shart bo'lsa, o'g'il bolalar esa mollarni boqish, urchitish va tug'dirish, tuya, otlarni parvarishlab, ularni boshqara olish, uzoq yaylovlarga suruv haydash, chorvani darranda hayvonlar, qaroqchilardan muhofaza qilish, o'ttiz ikki harbiy hunarni bilishlari majburiy bo'lgan. Ana shu malakalar hosil bo'lgach, qizlar 15, o'g'il bolalar 17 yoshida "lagomzadan" va "zin zadan" imtihonidan o'tgan. Natijada ular balog'at yoshiga etgan, ro'zg'or yuritishni o'rganib, "kad bonu" (uy bekasi), "kad xudo" (uy xojasi, oila boshlig'i) bo'lish, cho'pon cho'lig'ini olib, ot surib, tuya minib yurish huquqini qo'lga kiritishgan. Alohida iqtidorli yigitlar esa, chovandozlikka maxsus tayyorlangan, harbiy mashqlarda ishtirok etgan.

Tabarruk manbada qiz bolalar tarbiyasiga alohida e'tibor berish lozimligi bir necha o'rinda maxsus ta'kidlangan:"O'g'il bolalarga nisbatan qiz bolalar ilmu donish o'rganishga va kasb- hunar egallashga jiddiyroq kirishsinlar. Zeroki, ular ota- ona xonadonida bo'lgan vaqtlarida ota ro'zg'orini tartibga solib, ziynat berib borsalar, jufti haloli manziliga borgach, bolalar tarbiyasi, ta'lim, kasb-hunar bilan, kelajak nasl tarbiyasi bilan mashg'ul bo'lmoqlari lozim bo'ladi".

(«Avesto». Vandidod, Asha qasidasi, 208-214 betlar)

Ushbu fikrlardan ko'rinib turibdiki, ajdodlarimiz ta'limning amaliyot bilan bog'lanib olib borilishiga jiddiy e'tibor berishganini alohida ta'kidlashimiz zarur deb hisoblaymiz.

"Avesto"da qayd etilganidek, yaxshi ustozlar "sog'lom va aql-hushli farzandlarni, jasur, dono va turli tillarni biladigan o'g'il- qizlarni, elni balo- qazolardan himoya eta oladigan o'g'lonlarni, yaxshi kelajak, porloq hayotni ko'ra oladigan, bilimli, ma'rifatli, kasb- hunar egallagan avlodni" tarbiyalaydi. Shuningdek, ular yoshlar qalbida o'z dini, xalqi, yurtiga mehr

uyg'otadi, ularni kasb- hunar egallab halol mehnati evaziga rizqu ro'z topib yashashga o'rgatadi, odamlarga faqat yaxshilik qilish fazilatlari ham donishmand ustozlardan yuqadi. Muqaddas manbada aytilganidek, yaxshi ustoz yoshlarni rost yo'lga boshlamog'i, faqat yaxshilik yo'lida rahnomalik qilmog'i, ularga to'g'ri ta'lim- tarbiya berib, kasb- hunar egallashlariga yordam qilmog'i, shuningdek, ularning qalbida hayotga muhabbatni singdirmog'i lozim.

Tabarruk manbada bolalarning yoshlik paytidanoq mehnatga mehr- muhabbatli bo'lishiga e'tibor berilishi zarurligi qayd etilgan. "Bolalar,- deyilgan majmuada,-yosh paytidanoq daraxt o'tqazish, uy- ruzg'or qurollari yasash, erga ishlov berish, kasb- hunar o'rganish va chorva bilan shug'ullanishi shart".

(«Avesto». Yasna, 19,43,68 Hotlar,-18,22,57,63,76,86,96 betlar).

Muqaddas manbada, yuqorida nomlari keltirilgan yumushlarni bajarish shart qilib qo'yilgan. Shuningdek, ajdodlarimiz tomonidan mehnat doimo ulug'lanib kelingan, chunki mehnat barcha boyliklarning asosi, hamma to'kinchilikning sababchisi, butun noz- ne'matlarning yaratuvchisidir.

Ajdodlarimiz kasb- hunar egallashda mehnatni sevish, g'ayrat va matonat bilan ishlashning uchta shirin mevasi borligini ta'kidlaydilar: tan salomatligi, ko'ngil rohati, aql va zehnning ortishi. Ularning fikricha, mehnat insonni uch balodan asraydi: yurak siqilishidan, axloqiy buzuqlikdan, muhtojlikdan.Ularning fikricha, mehnat mehmon bo'lmagan er hech qachon baxt- saodat o'rni bo'la olmaydi.Inson mehnatdan to'xtasa kamolotdan to'xtaydi. Ayni vaqtda dangasalardan barakaning qochishi uqtirilgan.

"Mehnat qilmaydigan odam,- deyiladi "Avesto"da,-sen haqiqatan ham tilanchilar qatorida yot eshiklarga ta'zim qilib, abadul- abad bosh egib turajaksan. Haqiqatdan ham sening yoningdan turli xil ziroatlarni olib o'tadilar, bu noz- ne'matlarning barchasi mehnat qilayotgan, to'q farovon yashayotgan xonadonga nasib etadi. Abadul- abad shunday bo'lajak!".

(«Avesto». Vandidod, 3- fargard, 3- bo'lim, 114-115 betlar)

Shu sababli mehnatdan qochish, dangasalik barcha davrlarda xoru zorlik keltirishini ota-bobolarimiz teran anglab, farzandlarini hayotdagi mushkulotlardan faqat egallagan kerakli kasbu hunari va halol mehnati qutqarishini ular ongiga singdirib borishga harakat qilganlar.

Ajdodlarimiz hunari yo'q odamni guyoki meva va soyasi yo'q quruq daraxtga o'xshatganlar. Shu sababli kasbu hunarsiz kishilarni jamiyatning eng past kishilari deb hisoblaganlar va ularga odamlar yordam qo'lini cho'zmaganlar. Keltirilganlardan ko'rinib turibdiki, kasb-hunar mashaqqatli va halol mehnat tufayli egallanadi, uning mevasidan hunar egasi va boshqalar manfaat ko'rib, kasb- hunar egasiga shuhrat, obru e'tibor va boylik olib keladi.Bu ibratli amallar mamlakatimizda Ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tatbiq etishga, mustaqil fikrlaydigan, chet tillarini yaxshi biladigan, zamonaviy axborot texnologiyalarini o'zlashtirgan barkamol avlodni tarbiyalashda yordam bermog'i uchun ajdodlarimizning kasb-hunar egallash va ta'lim- tarbiya uzviyligiga rioya qilgan bebaho merosini chuqurroq o'rganishimiz davr taqozosidir desak to'g'ri bo'ladi deb o'ylaymiz.

X u l o s a

Umumlashtirib aytganda, ajdodlarimizning boy tarixiy- ma'naviy merosida farzandlar tarbiyasiga alohida e'tibor berilgan bo'lib, ota- bobolarimiz eng avvalo farzandlarini bolaligidan bilimli, odobli bo'lishga va kasb- hunar o'rganishga da'vat etganlar. Bunday ibratli o'gitlar, pand-nasihatlar va amallardan bugungi kunda yoshlar tarbiyasida foydalanish zarur deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi", T.: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022 yil. B. 275-276 .

2. Karimov I. A. Yuksak ma'naviyat- engilmas kuch. T., Ma'naviyat, 2008. B.-32.

3. Avesto. Tarixiy- adabiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. T., Sharq, 2001.-B.-18,19,22, 43,57,61,63,68,76,86,96, 112-117, 208-214.

4. Xo'jamurodov I.R. Ma'naviy merosimiz "Avesto"da mo'l- ko'lchilik masalasi // O'zbekiston Agrar fani xabarnomasi. № 2 (56), 2014, - B.-89-92.

5. Tohir Malik. Odamiylik mulki.T., Sharq, 2014.-B.-853-854.

6. Maxmudova G.T. Filosofskaya suщnost' Avestbi. T., San'at, 2010.-S.87.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.