Научная статья на тему 'GEOGRAFIYA VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI FANI DARS JARAYONLARIDA BUYUK AJDODLARIMIZNING MEROSIDAN FOYDALANISH'

GEOGRAFIYA VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI FANI DARS JARAYONLARIDA BUYUK AJDODLARIMIZNING MEROSIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
47
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqtisodiy bilimlar / "Avesto" / "Qur'oni Karim" / "Alpomish" / "Tib qonunlari" / "Qutadg'u bilig" / Temur tuzuklari / "Mahbubul-qulub" / "Qobusnoma" / Economic knowledge / "Avesta / "Holy Qur'an / "Alpomish / "Laws of medicine" / "Qutadgu bilig" / Timur's rules / "Mahbubul-qulub" / Qabusnoma

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muqimova X.I.

Ushbu maqola geografiya va iqtisodiy bilim asoslari darslarini o'qitish jarayonida buyuk ajdodlarimiz merosidan foydalanish xususida bo'lib, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Amir Temur qarashlari o'z ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING THE HERITAGE OF OUR GREAT ANCESTORS IN THE LESSON PROCESSES OF THE FUNDAMENTALS OF GEOGRAPHY AND ECONOMIC KNOWLEDGE

This article is about the use of the heritage of our great ancestors in the process of teaching the basics of geography and economics, and the views of Abu Nasr Farabi, Abu Ali Ibn Sina, Yusuf Khos Hajib, Alisher Navoi, Amir Temur have been expressed.

Текст научной работы на тему «GEOGRAFIYA VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI FANI DARS JARAYONLARIDA BUYUK AJDODLARIMIZNING MEROSIDAN FOYDALANISH»

Muqimova X.I.

Qarshi davlat universiteti Geografiya kafedrasi oqituvchisi

GEOGRAFIYA VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI FANI DARS JARAYONLARIDA BUYUK AJDODLARIMIZNING MEROSIDAN

FOYDALANISH

Annotatsiya. Ushbu maqola geografiya va iqtisodiy bilim asoslari darslarini o'qitish jarayonida buyuk ajdodlarimiz merosidan foydalanish xususida bo'lib, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Amir Temur qarashlari o'z ifodasini topgan.

Kalit so^zlar: Iqtisodiy bilimlar, "Avesto", "Qur'oni Karim", "Alpomish", "Tib qonunlari", "Qutadg'u bilig", Temur tuzuklari, "Mahbubul-qulub", "Qobusnoma".

Muqimova H.I. teacher

Department of Geography Karshi State University

USING THE HERITAGE OF OUR GREAT ANCESTORS IN THE LESSON PROCESSES OF THE FUNDAMENTALS OF GEOGRAPHY

AND ECONOMIC KNOWLEDGE

Annotation. This article is about the use of the heritage of our great ancestors in the process of teaching the basics of geography and economics, and the views of Abu Nasr Farabi, Abu Ali Ibn Sina, Yusuf Khos Hajib, Alisher Navoi, Amir Temur have been expressed.

Key words: Economic knowledge, "Avesta, "Holy Qur'an, "Alpomish, "Laws of medicine", "Qutadgu bilig", Timur's rules, "Mahbubul-qulub", Qabusnoma.

O'zbek xalqi juda qadimiy ma'naviy va iqtisodiy merosga ega. Xalqimiz o'lmas tarixiy merosi bilan har qancha faxrlanishga haqlidir. Bu iqtisodiy meros xalqimizning iqtisodiy mustaqillikni qo'lga kiritishida, iqtisodiy baquvvat millatga aylanishida xizmat qildi va xizmat qilmoqda.

Markaziy Osiyo xalqlari iqtisodiy bilimlarni egallashlarida islom dinining tarqalishi, uning iqtisodiy g'oyalari ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Islom dinining iqtisodiy g'oyalari musulmonlar uchun muqaddas kitob "Qur'oni karim"da, payg'ambarimiz hadislarida, mashhur "Muxtasar" kitobida o'z ifodasini topgan. "Qur'oni karim"da savdoni halol va adolatli yuritishga, savdo va tijoratdan foyda olishda insofni unutmaslikka katta e'tibor qaratilgan. Ayni holda sudxo'rlik, boshqalar rizqiga ko'z olaytirish (xiyonat qilish), mulkning daxlsizligi kabilar

e'tirof etilgan. Qarz berish, qarz olish munosabatlari, yetim-yesirlarning haqini yemaslik, balki ularga muruvvat ko'rsatish kabi g'oyalar ilgari surilgan.

O'tmish avlod-ajdodlarimizdan qolgan milliy an'analarimiz, qadriyatlarimiz, afsona, rivoyat, hikoya, ertak, xalq dostonlari hamda topishmoqlarda iqtisod va tejamkorlik g'oyalari ilgari surilgan. Masalan, o'zbek xalq maqollaridan biri "Yetti o'lchab bir kes" zamirida iqtisodiy tejamkorlik g'oyasi mujassamlashgan.

Afsona, rivoyat va donolarning ibratli fikrlari, tabiatni asrab-avaylash va uning qadriga yetish, chiroyiga- chiroy qo'shishga bo'lgan ehtiyojlarni uqtirish, ekologik tarbiyani yo'lga qo'yish va kamol toptirishda muhim o'rin tutadi.

Dostonlar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etib, u aqliy va jismoniy kamolot, ilm va hunarga muhabbat, mehnatsevarlik, ma'naviy sifat hamda nafis didning tarbiya topishiga oid ko'pdan - ko'p ta'lim-tarbiyaviy masalalarni o'z ichiga oladi. "Alpomish" bundan 1000 yillar avval to'la shakllangan bo'lib, unda o'sha davr ijtimoiy- iqtisodiy voqea-hodisalari "Alpomish" obrazi orqali yoritiladi.

Dostonda "Qadim o'tgan zamonda o'n olti urug' Qo'ng'irot elida Dobonbiy degan o'tgan Dobonbiydan Alpinbiy degan o'g'il farzand bo'lgan, Alpinbiyning ikki o'g'li bo'lib, kattasining ismi Boybo'ri, kichigi esa Boysari bo'lgan". Dostonda xalq Alpomishni "o'tga solsa yonmas pahlavon qilib yaratgan". Yuqorida aytib o'tganimizdek, dostonda iqtisodiy munosabatlar ham o'z ifodasini topadi. Boybo'ri ukasi Boysarini soliqlarni vaqtida to'lashga undaydi.

O'rta Osiyo mutafakkirlari ijodida iqtisodiy mafkura ancha rivoj topgan. Mutafakkirlarimiz iqtisodiy merosi markazida inson va uning ehtiyojlarini qondirish masalasi turadi. Insoniyatning ehtiyojlarini qondirish har qanday jamiyatning yashash va rivojlanish shartidir. Insoniyatning bu ehtiyojlarini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy yo'nalishlarga ajratish mumkin. Bular ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish ustuvor hisoblanadi.

Sharqning ulug' olimi Abu Nasr Farobiy, Arastu falsafasi tahliliga bag'ishlangan asarida iqtisod fani asosiy masalalaridan biri bo'lgan iqtisodiy ehtiyojlarga katta e'tibor bergan. Abu Ali Ibn Sino. "Tib qonunlari" asarida "Agar hayvonlar tabiat ne'matlariga qanoat qilib yashasalar, odamlarga bu ne'matlar ozlik qiladi. Ular oziq-ovqat kiyim-kechak, uy-joy yaratadilar. Shu maqsadda ular dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik bilan shug'ullanadi". Ibn Sino odamlarni ijtimoiy foydali mehnatga chorlaydi.

Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" nomli asari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bu asarda mehnatga to'g'ri haq to'lash, mehnatni taqdirlash, uni qadriga yetish, moddiy manfaat, kasb-hunar egallash, kuchli ijtimoiy himoya kabi masalalarga katta o'rin berilgan. Asarda hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar va chorvadorlarga alohida boblar bag'ishlangan. "Xizmat ahli o'z mehnati natijasidan umidvor turadi. Umidini topmagan xodimning ko'ngli sinadi. Xizmatiga loyiq taqdir ko'rgan

xodimning boshi ko'kka yetadi". Olimning shaxsiy manfaatlar masalasiga oid g'oyalari ahamiyatlidir. "Butun qimirlagan jon nafini o'ylab harakatlanadi",- deb yozadi. Bu fikr keyinchalik siyosiy iqtisod darsliklarida har qaysi harakat zamirida manfaatdorlik yotadi-degan fikrda o'z ifodasini topdi. Iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida ulug' bobokalonimiz, Sohibqiron Amir Temurning iqtisodiy g'oyalari, uning ishlab chiqarish va amalda qo'llangan iqtisodiy siyosati muhim ahamiyatga ega. Amir Temur iqtisodiy g'oyalari "Temur tuzuklari" asarida bayon etilgan. Bu asarda iqtisodiyotni tashkil etish, barqarorlashtirish, tartibga solish, barqaror sur'atlarda yuksaltirib borishning iqtisodiy tasavvurlari jamlangan. "Kasb-hunar va ma'rifat ahillariga saltanat korxonalaridan ulush berilsin, bilagida kuchi bor faqir miskinlar esa o'z ahvoli va kasb -koriga qarab yo'l tutsinlar. Sarmoyasi qo'lidan ketib qolgan savdogarlarga o'z sarmoyasini qaytadan tiklash uchun xazinadan yetarli oltin berilsin" kabi iqtisodiy amaliy ishlar Amir Temur tuzuklarida bayon etilgan.

Amir Temur iqtisodiy qarashlari zamirida, davlat boshqarishning muhim omili soliq siyosati ham chetda qolmagan. U o'zining soliq siyosatida ham xalq manfaatlaridan kelib chiqadi. Aholidan olinadigan soliqlar ularning ishlab topgan daromadlariga qarab belgilanishi, ularning qaysi birlari el-yurt obodonligi yo'lida o'z mol-mulki va sarmoyasini ayamay sarflasa, ularga davlat tomonidan soliq to'lashda imtiyozlar berilgan.

Buyuk shoir so'z mulkining sultoni Alisher Navoiyning ilmiy merosi shu qadar boy va keng qirraliki, unda iqtisodiyot masalalariga doir ko'p qiymatli g'oyalar o'z ifodasini topgan. Uning iqtisodiy qarashlari "Mahbub-ul-qulub" asarida bayon qilingan. Asarda ikkita iqtisodiy g'oya ilgari surilgan. Birinchisi mehnatning miqdori va sifatiga muvofiq taqdirlanishi bo'lsa ikkinchisi mehnatga yarasha haq olish "ona sutidek halol ekanligi haqidagi fikrlar uqtiriladi. Bu g'oya "Qanday qilib bo'lmasin tirikchilik o'tkazsam bo'ldi-da" qabilidagi fikrga tamoman ziddir. Yoshlar yoki barcha fuqarolarga iqtisodiy tarbiya masalasi ilgari surilayotgan bir vaqtda ulug' shoirimizning g'oyalari qimmatli ahamiyatga egadir.

Navoiy o'zining "Mahbub ul-qulub" asarida "Savdogar yolg'iz foydani niyat qilmasligi, savdo qilib foyda topaman deb ortiqcha mol va pul orttiraman deb jonsarak bo'lmasligi kerak". Savdogar boj-xiroj berish o'rniga, o'z molini yashirib, o'z obro'sini to'kmasligi kerak. Shuningdek topgan tutganini merosxo'rlari sotib sovurishi uchun to'plab qo'ymasa yoki yomon bir hodisani bolishini kutib yoki qo'zg'ash uchun sarflasa jamg'armasi behuda sovrilishini ta'kidlagan. Shoir Alisher Navoiyning savdogarlar to'g'risidagi ushbu fikrlari guyo bugungi savdogar va tijoratchilar uchun aytilgandek. Asardagi fikrlarni jamlab quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:

- Savdo tijorat, bozor muomalasi jarayoni oldi-sotdi, iqtisodiyotni rivojlantirishda yetakchi ahamiyat kasb etadi va tovarlar taqchilligini tugatishga xizmat qiladi.

- Savdo, davlat budjeti daromadining manbai, mamlakat iqtisodiy kuch-qudrati tayanchi hisoblanadi. Savdogarlar soliqlar to'lash orqali davlat budjetini boyitib boradi.

- Allomamiz savdogarlarni insof-diyonatga chaqiradi. Ular faqat o'z foydasini ko'zlab ish ko'rmasliklarini talab qiladi.

Sharq pedagogikasining qomusiy allomasi Kaykovusning "Qobusnoma" asarida mo'jaz latifalar, ixcham rivoyatlar kitobning nihoyatda jozibali, o'qimishli bo'lishini ta'minlagan. Asarning ba'zi bir boblari, unda keltirilgan rivoyatlar yoshlarning iqtisodiy bilimlarini shakllantirishga ko'maklashadi. 32 -bobda "Tijorat va bozorgirlik rasm-rusmlari zikrida" fikrlar bayon etilgan. "Bozorgirlik ikki nav bo'lur va ikkovi ham xatarlidir: biri muomala va biri muvofiqlikdir. Muomala muhimlari (doimiy turuvchilar) hosdirkim, kasod mollarini foyda ta'ma bilan sotib olurlar. Bunday mol xatarlidur. Bozorga o'zining moliga beparvo bo'lmasligi, o'zining nafi uchun o'zgalarning ziyonini tilamasligi kerakdir" (Kaykovus "Qobusnoma" T. G'ofur G'ulom. 1998 yil).

Iqtisodiy ta'lim metodikasi manbalari asosan allomalarimizning iqtisodiy merosi hisoblanadi. Jumladan, "Avesto", Qur'oni Karim va hadislardagi iqtisodiy g'oyalar, Forobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa allomalarimiz yaratgan goyalar va fikrlar shu bilan birga bozor iqtisodiyoti davrida vujudga kelayotgan zamonaviy bilimlar ham iqtisodiy ta'lim metodikasining manbalarini o'rganish obyektlari bo'la oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Soliyev A.S.Komilova N.K. Yanchuk S.L.Jumaxanov Sh.Z. Rajabov F.T. "Iqtisodiy va Ijtimoiy geografiya"- Toshkent-2019. 360 b.

2. Hayitov A.T. G'Z. Ubaydullayev "Iqtisodiy ta'lim metodikasi"- Qarshi, "Nasaf-2007

3. Abduvoxidov S.N. Ganiyev Z.A" Geografiya ta'limi metodikasi-.Samarqand, 2021

4. Muqumova H.I "Geografiya darslarida foydalaniladigan interfaol metodlar xususida""Экономика и социум " № 3(106) -2 2023

5. Safarov I.B. "Geographical features of pilgrimage tourism (in the case of Kashkadarya region)" "Экономика и социум" №2(105) 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.