Научная статья на тему 'MAʼNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA MILLIY OZODLIK KURASHCHILARI OBRAZINING O`RNI'

MAʼNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA MILLIY OZODLIK KURASHCHILARI OBRAZINING O`RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
genezis / badiiy obraz / xalq og‘zaki ijodi / milliy ozodlik / bosmachi / tarixiy manba / adabiy manba / rahnamo / ma`naviyat / barkamol avlod / millat mafkurasi / milliy qadriyat / ozod ruh.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Akramov Sherzod Xalmirzayevich

Mazkur maqolada milliy ozodlik kurashchilari obrazini yaratish, qiyofasini yangilash va ularning asl yuzini ko‘rsatish haqida to‘xtalingan. Maqolada milliy ozodlik kurashchilari obrazi badiiy tasvirining genezisi va manbalari o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAʼNAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA MILLIY OZODLIK KURASHCHILARI OBRAZINING O`RNI»

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQAROILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

MA'NAVIY BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA MILLIY OZODLIK KURASHCHILARI OBRAZINING ORNI

Akramov Sherzod Xalmirzayevich

PhD, dotsent, Qarshi DU https://doi.org/10.5281/zenodo.11221948

Annotatsiya. Mazkur maqolada milliy ozodlik kurashchilari obrazini yaratish, qiyofasini yangilash va ularning asl yuzini ko'rsatish haqida to'xtalingan. Maqolada milliy ozodlik kurashchilari obrazi badiiy tasvirining genezisi va manbalari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: genezis, badiiy obraz, xalq og'zaki ijodi, milliy ozodlik, bosmachi, tarixiy manba, adabiy manba, rahnamo, ma 'naviyat, barkamol avlod, millat mafkurasi, milliy qadriyat, ozod ruh.

Аннотация. В статье говорится о создании образов-борцов за национальное освобождение и об обновлении их облика. Также изучены генезис и источники художественного описания образов-борцов за национальную свободу.

Ключевые слова: генезис, художественный образ, устное народное творчество, национальная свобода, басмачи, исторический источник, художественный источник, предводитель, духовность, гармонично развитое поколение, национальная идеология, национальная ценность, свободный дух.

Abstract. In this article, it was stated about creating the image of national liberation fighters, renew image and showing their original face. Sources and genesis of the national liberation fighters' fiction image were studied in this article.

Keywords: genesis, fiction image, folklore, national liberation, wrestler, historical source, literary source, sponsor.n the article, it was stated about creating the image of national liberation fighters, renew image and showing their original face, spirituality, perfect generation, national ideology, national value, free spirit.

Millat mafkurasida o'sha xalqning axloqi, ma'naviyati, tutumini belgilovchi qonuniyatlar aks etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son, 2017-yil 13-senyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi PQ-3271-son, 2020-yil 19-oktabrdagi "Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi PQ-4865-son qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalashda darajada xizmat qiladi1.

Shunga muvofiq xalqning ruhiyat bilan bog'liq hayotga qarash tarzi ham o'zgaradi. Masalan, "Yetmish yil davomida ma'naviyat, milliy axloq asosi bo'lgan dinidan, o'tmishida o'zining kim bo'lganini namoyish qilish qudratiga ega bo'lgan tarixi, milliy qadriyatlaridan mahrum bo'lgan xalq istiqloldan so'ng bunga muyassar bo'lgach, unda o'zidan, o'z millatidan g'ururlanish tuyg'usi yuzaga keldi. Chunki u ruhsizlikdan qutuldi, ruhi ozod, hur bo'ldi.

Har bir obraz o'zining yaralish tarixiga, kelib chiqish ildizlariga ega. Adabiyotshunoslikda

Узбекистан Республикаси Президенты Шавкат Мирзиёевнинг 2020 йил 19 октябрдаги "Буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий таваллудининг 580 йиллигини кенг нишонлаш тугрисида"ги П^-4865-сон карори //LexUz/ 20.10.2020.

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

obraz badiiy tasviri genezisi alohida masala sanaladi. Aslida Sharq adabiyotida genezis masalasi eng muhim masalalardan biri bo'lib kelgan.

Badiiy asarning mohiyatini to'liq anglab yetish jarayonida uning genezisi chuqur ahamiyatga ega. Ayni shu jihatdan milliy ozodlik kurashchilari obrazida genezis masalasini o'rganish g'oyatda dolzarb masala hisoblanadi. Zero, badiiy asar genezisida butun boshli tarix, millat qiyofasi va hayoti, xalqning orzu-umidlari kabi eng ulug'vor tushunchalar yotadi. Adabiyot bularning barchasini o'zida mujassam etuvchi kuchdir. Darhaqiqat, adabiyot o'tmishni garchand badiiy aks ettirsa-da, uning mohiyatida haqiqat, orzu-umid, ishonch kabi tushunchalar yotadi. Shu jihatdan milliy ozodlik kurashchilari obrazi genezisini yoritib berishda biz eng avvalo, ikki xil manbaga tayanishimiz joiz:

1. Tarixiy manbalar.

2. Adabiy manbalar.

Demakki, badiiy obrazlar uchun asos bo'lgan manbalarni o'rganish, aniqlash biz uchun obraz va badiiy asar genezisini aniqlashda muhim manba bo'la oladi. Milliy ozodlik kurashchilari obrazi genezisini aniqlash jarayonida yozuvchi eng avval tarixga murojaat etadi. Milliy ozodlik kurashchilari obrazi genezisi nihoyatda qadim ildizlarga ega. Boisi bu obraz kecha va yoki bugun paydo bo'lib qolgan obraz emas. Vatan degan tushuncha yaralibdiki, milliy ozodlik kurashchilari degan tushuncha mavjud. Har bir davrda har bir xalq ozodlik, hurlik istagida bo'lgan va bu yo'lda o'zi uchun mard va adolatparvar bir rahnamoni tanlagan. Aynan shu rahnamo nafaqat tarixning, balki adabiyotning ham qahramoniga, bosh obraziga aylangan. Agar milliy ozodlik kurashchilari obrazi tadrijiga e'tibor qaratsak, ularni quyidagicha ketma-ketlikka ajratishimiz mumkin:

1. Eng qadimgi davr adabiyotida qahramonlar harakatining aks etishi va ularning rahnamolari

obrazi.

2. O'zbek mumtoz adabiyotida ozodlik harakati yo'lboshchilari obrazining poetik talqini.

3. Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotida istiqlol qahramonlari obrazining badiiy takomili.

4. Mustaqillik davri o'zbek adabiyotida milliy ozodlik kurashchilari obrazi tasviri.

Ko'rinib turibdiki, ozodlik kurashchilari obrazi genezisi masalasi nihoyatda chuqur va bu

masalani batafsil bayon etish anchayin mushkul jarayondir. Shu jihatdan ozodlik harakati kurashchilari obrazi genezisi masalasini yuqoridagi birinchi guruh asnosida, ya'ni eng qadimgi davr adabiyotida qahramonlar harakatining aks etishi va ularning rahnamolari obrazini qisqa va aniqlikda yoritib berishga qaror qildik.

Turkiy xalqlar qadimdan ozodlikka intilishi, tobe'likka ko'nmasligi bilan boshqa xalqlardan tamomila ajralib turadi. Bu holat ifodasi necha ming yilliklarga borib taqaluvchi toshbitiklarda ham o'z aksini topadi. Bu davrlar adabiyoti uchun millat qahramonlari bo'lmish To'nyuquq, Kultegin, Bilga qoon kabi obrazlar qiyofasi muhim o'rin tutadi. Bu qahramonlar madh etilgan asarlarda bosh maqsad xalqni o'z yurtini sevishga, o'z hukmdorlarini qadrlashga undash bo'lgani bois bunday asarlarda undov, chaqiriq ohanglari yetakchilik qiladi, Vatan eng ulug' tushuncha ekanligi, uni asrash muqaddas burchligi badiiy aks ettiriladi. To'nyuquqning o'z xalqi, Vatani taqdiridan mudom xavotir olishi, yovning ona tuproqqa hujum qilishga tayyorlanayotganini eshitgandagi bezovtalanishi quyidagicha tasvirlanadi: "O'sha xabarni eshitib tunlari uyqum kelmadi, kunduzlari o'tirgim kelmadi. (O'l sabig' eshidip tun udisiqim kelmadi, kuntuz o'lursiqim kelmadi)" [1]. Ayni shu ifodaning o'ziga xosligi, chuqur mazmun va dardni ifoda etishi turkiy adabiyotning milliy ozodlik kurashchilari obrazini yaratish genezisidagi mukammallik, o'ziga xoslik, badiiylik nihoyatda betakror va qadimiyligini ko'rsatadi. O'zbek adabiyotida milliy ozodlik kurashchilari obrazini yaratish an'ana darajasida turgan deyish mumkin. To'g'ri, bu obrazlar qiyofasini qayta tiklash, butunlay o'zgartirilib

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQAROILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

tahlil qilingan tarixni anglash va anglatish oson hodisa emas edi. Ammo ayni shu ulkan xatolikni tuzatish, millatni o'z o'tmishining chinakam mohiyati bilan tanishtirish mas'uliyati adabiyotning yelkasida turishi ham tabiiy hol edi. Shu jihatdan bu vazifani ado etish istiqlolning dastlabki yillaridanoq boshlandi. "Ko'kto'nliklar", "Qo'rboshi Madaminbek", "Saidnabi qorovulbegi", "Madaminbek", "Shermuhammadbek qo'rboshi" singari asarlar ayni shu vazifa yo'lidagi dastlabki urinishlar sirasidan bo'ldi. Tohir Malikning "Ov" kabi asarlarda ham milliy ozodlik kurashlari haqidagi o'ziga xos qarashlar davom ettirildi. Ta'kidlash joizki, bu asarlarning barchasini birdek badiiy jihatdan pishiq, mukammal kompozitsion qurilishga ega asarlar deb baholab bo'lmaydi. Biroq ulardagi tarixning buzilgan qirralarini charxlashga urinish, ilmiy asoslar va tarixiylikka egalik kabi xususiyatlar bu asarlarning tarix va adabiyot oldidagi mavqeini anchayin mustahkamlab beradi. Zero, uzoq yillik buzilgan o'tmish g'ishtlari orasidan butun g'ishtlarni topib haqiqiy tarix binosini yana qayta qurish oson ish emas edi. Qolaversa, bu ishni qilishga ham barcha yozuvchida birdek jasorat topilavermasligini alohida qayd etish joiz.

Madaminbek, Shermuhammadbek, Saidnabi qorovulbegi kabi obrazlarning asl qiyofasini aniqlashda tarixga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lmoq joiz. Boisi, milliy ozodlik kurashchilari obrazi, qiyofasi tarixda uzoq yillar mobaynida tamoman buzilib, boshqa shaklda talqin etilgan edi. Bu obrazlarga tarixiy va badiiy jihatdan to'g'ri yondashish 90-yillarning boshlariga to'g'ri keladi. Mualliflar bu obrazlarga ham tarixiy, ham badiiy jihatdan yondashmog'i zaruriy ehtiyoj. Zero, tarixni chinakam mohiyatini anglashda va "Adabiy manba va uning matnini tadqiq etishda D.S.Lixachev ta'kidlaganidek, tanlangan manba bilan birga ilmiy jamoaga ma'lum unga tegishli boshqa manbalarda berilgan dalillarga ham atroflicha e'tibor qaratish lozim" [2]. Shu jihatdan mualliflar milliy ozodlik kurashchilari obrazini yaratishda eng avvalo, tarix bilan hamkorlikda ish olib borishlari zaruriy ehtiyoj edi.

Zotan, milliy ozodlik kurashchilari obrazining yaratilish genezisi eng avvalo, xalq va uning ijodi bilan borib tutashadi. Adabiyot har bir davrda xalqning orzu-umidlarini, o'y-xayollarini o'zida aks ettiradi. Tarixdagi har bir voqelik xalq og'zaki ijodida o'z aksini topadi. Milliy ozodlik kurashchilari, mardikorlik voqealari xalq orasida chuqur bahs-munozaralarga sabab bo'libgina qolmay, ularning adabiyotida, qo'shiqlari-yu rivoyatlarida, latifayu hangomalarida o'z aksini ko'rsatib bordi. Bunday ma'lumotlar nafaqat badiiy asarlarda, qolaversa, tarixiy asarlarda ham aks etadi: "Madaminbek fojeali ravishda halok bo'lsa ham, uning porloq nomi Turkiston istiqlolchilari o'rtasida tillarda doston bo'lishda davom etdi. Madaminbek haqida turli qo'shiqlar to'qilib, istiqlolchilar tomonidan kuylandi" [3]. Demakki, Madaminbek obrazi eng avvalo, xalq tomonidan yaratila boshlandi va keyinchalik badiiy adabiyotga ko'chdi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, "kimki bu dunyoda qurmoqchi, yaratmoqchi, noraso tartib-qoidalarni o'zgartirmoqchi, hur va erkin, ozod yashamoqchi, haqtalab bo'lsa zamonlar unga dor tutgan, choh qazigan, otgan, xo'rlagan, ezgan, yanchgan" [4]. Biroq xalq o'z qahramonlarini hech bir davrda unutmaydi, ularning xotirasidan voz kechmaydi. Shu ma'noda milliy ozodlik kurashchilari obrazi genezisini dastavval xalq og'zaki ijodi namunalaridan izlash maqsadga muvofiq. Masalan, "Farg'onajon" nomli qo'shiqda Madaminbek va uning shonli hayot yo'li haqida so'z borishi barobarida, shunday mardlar tug'ilgan diyordan nega yana shunday pahlavonlar topilmayotgani haqida kuyinib so'z yuritiladi:

Farg 'onajon, Farg 'onajon -

Botirlar tuqqan onajon,

Madaminbekning diyorida

Yuragi yongan zotlar qani?

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQAROILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

Bu kabi misralar asta-sekin Madaminbekni badiiy adabiyotimizning eng yetakchi obrazlaridan biriga aylanishiga ham yordam berdi. Zero, bunday obrazlar nafaqat xalq uchun, balki adabiyot uchun ham zaruriy obrazlardan biri edi deyish mumkin. Milliy ozodlik kurashchilari o'z davrlarida istiqlol uchun jon fido qilgan bo'lsalar, millatning ziyolilari ham qaysidir ma'noda ularni qo'llab-quvvatladilar. Zero, kurashchilarning ham, ziyolilarning ham tanlagan yo'llari bitta edi. Shu ma'noda, ularning barchasi xalqqa qilinayotgan nohaqliklar va adolatsizliklarga shunchaki ko'z yumib ketishlari imkonsiz bir holat edi. Abdulla Avloniyning kuyunib: "Biz osiyoliklar, xususan, turkistonliklar dumba sotub, chandir chaynaymiz. Qaymoq berub, sut oshaymiz, non o'rniga kesak tishlaymiz!" kabi fikrlari so'zlarimizning isbotidir [5]. Xalqning ongu shuuri uyg'oq har bir farzandi bunday hodisalarni chuqur anglar, yaxshi tushunar edi. Ayni shu sababga ko'ra milliy ozodlik kurashchilari qiyofasi tarix qatida qolib ketishi, badiiy adabiyotga ko'chmasligi aslo imkonsiz bir holatdir. Mohiyatan o'ylab ko'rilganda, muallif biror voqelikni o'rganar, aniqlar ekan unga nafaqat tarixiy fakt asosida, balki ichki tuyg'ular asnosida ham yondashadi. Milliy ozodlik kurashchilari qiyofasini yaratish jarayonida ijodkorlar tarix va adabiyot uyg'unligida ish ko'rishar ekan, tarixga badiiylik, jonlilik, ta'sirchanlik baxsh etadilar. Milliy ozodlik kurashchilari obrazi genezisi tarixning eng olis kunlariga, qiyin vaziyatlariga borib taqaladi. Bu obrazlar genezisini chuqur tushunish, anglash va anglatish ijodkordan ulkan mahorat, badiiy shijoat va bilimni talab etadi. Zero, chinakam adabiyot va yozuvchi maqsadlari mavjud yerda badiiy jihatdan barkamol asarlar yaratilishi barobarida tarixiy haqiqat tiklanadi, yuzaga chiqadi.

Xullas, Milliy ozodlik kurashchilari obrazini yaratish albatta, birdaniga takomilga yetib qolmadi. Bu obrazlarning asl qiyofasini, kelib chiqish genezisini aniqlash uchun yillar kerak bo'ldi. Asta-sekinlik bilan Madaminbek, Shermuhammadbek kabi tarixiy shaxslar qiyofasi o'zining asl mohiyatini ochib bordi. Natijada, o'zbek adabiyotida milliy ozodlik kurashchilari obrazi va qiyofasi paydo bo'ldi. Ishonchimiz komilki, bu an'ana keyinchalik ham o'zbek adabiyotida davom etadi va millat himoyachilari obrazi genezisi ham yanada chuqurlashib, boyib, konkretlashib boraveradi. Har bir davrda ijtimoiy muhit sababli undagi mavzular ko'lami globallashdi, ijtimoiy teranlik kasb etdi. Bu davr ma'naviyat, yoshlar masalalari, insoniy fazilatlar bir qator komponentlardan iborat olam hodisalari va odam ruhiyatini ko'rish, bilish, his qilish va tasvirlash ko'nikmasi ijodkorning dunyoni poetik anglash malakasi bilan uyg'unlashgani ko'rindi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 592 b.

2. Mallayev N. O'zbek adabiyoti tarixi. - T.: Kafolat print sompanu, 2021. - B.9.

3. Lixachev D.S. Priuchastiye A.A.Alekseyeva i A.G.Bobrova. Tekstologiya na materiale russkoy literaturi X - XVII vekov. - S-Peterburg: «Aleteyya», 2001. - S.34.

4. Rajabov Q. Madaminbek. - T.: Abu-matbuot konsalt, 2011. - B.30.

5. G'aniyev I., Afoqova N. Ozod ruh falsafasi. - Toshkent.: "FAN", 2006. - B.48.

6. Avloniy A. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. - Toshkent.: Ma'naviyat, 1998. J. 1. - B. 48.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.