Научная статья на тему 'MAʼLUMOTLAR OMBORINI YARATISH BO‘YICHA KASBIY KOMPETENTLIGINI BAHOLASH MEZONLARI'

MAʼLUMOTLAR OMBORINI YARATISH BO‘YICHA KASBIY KOMPETENTLIGINI BAHOLASH MEZONLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
180
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Maʼlumotlar bazasi / kasbiy kompetentlik / baholash mezonlari / nazorat turlari / bilimlarni mustahkamlash / innovatsion yondashuv / sinov shakllari / nazoratning tarbiyaviylik xususiyati. / Database / professional competence / evaluation criteria / types of control / knowledge consolidation / innovative approach / test forms / educational feature of control.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jasur Doniyor O‘g‘li Saidov, Saydullo Payzievich Allayorov, Said Xalilovich Islikov

Ushbu maqolada uzluksiz taʼlim tizimida bo‘lajak informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining maʼlumotlar omborini yaratish bo‘yicha kasbiy kompetentligini baholash, ularga qo‘yiladigan talablar, nazorat turlari va ularni tashkil etish masalalari yoritilgan. Bilimlarni mustahkamlashning innovatsion usullari va vositalari, kasbiy kompetentlikni baholash mezonlari tahlil qilingan va ularning samarasi o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CRITERIA FOR ASSESSING THE PROFESSIONAL COMPETENCE IN THE CREATION OF A DATABASE

In this article, the subject of continuing education is the assessment of the professional completeness of the data of disruption and information technology science cadet production data warehouse, their requirements, types of control and coverage of large organizational issues. Innovative methods and tools for strengthening knowledge, criteria for assessing professional competence are analyzed and the effectiveness of the link is studied.

Текст научной работы на тему «MAʼLUMOTLAR OMBORINI YARATISH BO‘YICHA KASBIY KOMPETENTLIGINI BAHOLASH MEZONLARI»

MA'LUMOTLAR OMBORINI YARATISH BO'YICHA KASBIY KOMPETENTLIGINI BAHOLASH MEZONLARI

Jasur Doniyor o'g'li Saidov

Saydullo Payzievich Said Xalilovich Islikov Allayorov

Guliston davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada uzluksiz ta'lim tizimida bo'lajak informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilarining ma'lumotlar omborini yaratish bo'yicha kasbiy kompetentligini baholash, ularga qo'yiladigan talablar, nazorat turlari va ularni tash kil etish masalalari yoritilgan. Bilimlarni mustahkamlashning innovatsion usullari va vositalari, kasbiy kompetentlikni baholash mezonlari tahlil qilingan va ularning samarasi o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Ma'lumotlar bazasi, kasbiy kompetentlik, baholash mezonlari, nazorat turlari, bilimlarni mustahkamlash, innovatsion yondashuv, sinov shakllari, nazoratning tarbiyaviylik xususiyati.

CRITERIA FOR ASSESSING THE PROFESSIONAL COMPETENCE IN THE

CREATION OF A DATABASE

Jasur Doniyor ugli Saidov Saydullo Payzievich Said Khalilovich Islikov

In this article, the subject of continuing education is the assessment of the professional completeness of the data of disruption and information technology science cadet production data warehouse, their requirements, types of control and coverage of large organizational issues. Innovative methods and tools for strengthening knowledge, criteria for assessing professional competence are analyzed and the effectiveness of the link is studied.

Keywords: Database, professional competence, evaluation criteria, types of control, knowledge consolidation, innovative approach, test forms, educational feature of control.

Mavzuning dolbzarbligi. Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimida fan va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan foydalanish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirish mamlakatning munosib kelajagini barpo

Allayorov

Gulistan State University

ABSTRACT

etishning muhim omili bo'lib bormoqda. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari Janubiy Koreya, Angliya, Rossiya va Yaponiya kabi davlatlar yuqori kasbiy kompetentlikka ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash rivojlanishning asosiy yo'nalishi sifatida qaralmoqda. [5]

O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasida "uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish"[3] ustuvor vazifalari belgilanib, bu borada kasbiy kompetentlikni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini shakllantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Muammoning qo'yilishi. Uzluksiz ta'lim tizimida bo'lajak informatika va axborot texnologiyalari o'qituvchilarining ma'lumotlar omborini yaratish bo'yicha kasbiy kompetentligini shakllantirishda mutaxassislik fanlarini o'qitish va talabalarning bu fanlardan olgan bilim va ko'nikmalarini baholash muhim rol o'ynaydi. Bu jarayonni to'g'ri tashkil qilish va talabalarning fanga qiziqishlarini yanada oshirishda ba'zida to'g'ri vosita va metodlarni tanlash muammosini vujudga keltiradi.

Ta'lim oluvchilarng bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlari xammavaqt bahstalab mavzu bo'lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, guruhdagi ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. [4]

O'qituvchi nazorat va hisobga olishni to'g'ri tashkil etsa, ta'lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun O'qituvchi talabaning o'quv materiallarini o'zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim. Nazorat - ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, o'lchash va baholash jarayonini anglatadi. aniqlash va o'lchash tekshirish deb ham ataladi. Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy didaktik vazifasi O'qituvchi va talabalar o'rtasida teskari aloqani ta'minlash, pedagog tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish xaqida obyektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o'z vaqtida aniqlashni ta'minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat talabaning bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o'quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat [2].

Ma'lumotlar omborini o'qitishda bilimlarni sinashning elektron vositalaridan foydalanish talabalarning ijodiy fikrlashi va bilimlarni egallash darajasini oshirishga xizmat qiladi. Bunday elektron vositalarni yaratuvchi zamonaviy dasturlar mavjud bo'lib, ularga Ispring, MyTest dasturlarini misol sifatida keltirishimiz mumkin.[1] Aralash topshiriqlarning bir turdagi topshiriqlardan afzalligi shundaki, bir turdagi topshiriqlar ko'p sonli bajarilsa zerikish yoki charchash hollari yuzaga kelishi mumkin.

Aralash turdagi topshiriqlar har safar turli topshiriqlarga tayyor turish, ijodiy fikrlash va turli vaziyatlarga tayyor bo'lish kabi qobiliyatlarni shakllantiradi.[1] Og'zaki nazorat qilish va baholashning yaxshi jihatlari:

- professor-o'qituvchi talaba bilan bevosita, jonli aloqada, muloqotda bo'ladi;

- talaba bilimini chuqurroq aniqlash uchun qo'shimcha savollar berish imkoniyati tug'iladi;

- og'zaki javob talabani og'zaki nutqni mashq qilish va faol fikrlashga undaydi;

- og'zaki fikrlashda yaxshi tayyorlangan talaba o'z bilimdonligini, qo'shimcha o'rganganlarini namoyon eta oladi;

- bevosita so'rash paytida talabaning bilim o'zlashtirishi masalasida o'qituvchida ilgari tug'ilgan ayrim shubhalar bartaraf yetiladi.

Yozma baholashning yaxshi tomonlari:

- yozma tarzda berilgan javob-talaba o'quv materialini o'zlashtirib olganiga hujjatli dalil bo'ladi;

- talaba o'z fikrlarini qog'ozda ifodalashi uchun amaliyotdir. Og'zaki va yozma baholash tizimining yeng katta kamchiliklaridan biri bu talabaning bilimiga qo'yiladigan baholash subyektiv alomatlari ko'proqdir. Baho ko'pincha boshqa talabalarga nisbatan qo'yiladi, bunda baho kamaytirib yoki oshirib qo'yilishi mumkin. Test vositalarining yaxshi tomonlari:

-yaxshi ishlab chiqilgan va tuzilgan test talabaning bilim o'zlashtirish sifati va darajasini aniq o'lchash, obektiv baholashga xizmat qilishi mumkin;

- test mavzu yuzasidan asosiy mazmunni to'liq qoplab olishi mumkin.

Test vositalarining ham o'ziga xos kamchiliklari mavjud bo'lib, ular quyidagicha: test yordamida bilimlarni sinash va baholash avvalo talabaning og'zaki nutq va yozma fikrini bayon qilishini keskin cheklab rivojlanishiga yo'l qo'ymaydi. Javoblarni tasodifiy belgilash orqali ular savollarga aniq javob bermasliklari mumkin. Bunday kamchiliklarni oldini olish va bartaraf yetish ta'limni sifatli tashkil qilishning asosiy talablaridan biridir. Talabani qiziqtira biladigan savol va topshiriqlar asosida tayyorlangan nazorat topshiriqlari ularning nafaqat mavzuga, balki fanga bo'lgan qiziqishlarini ham oshirib egallayotgan bilimlari asosida kelgusi kasbiy kompetentligini shakllantirishga xizmat qiladi. [2]

Tavsiya va xulosalar. Yuqorida tahlil qilingan fikrlar asosida kompetentlikni baholashda tabaqalashtirilgan va nostandart topshiriqlar to'plamidan foydalanish yuqori samara ko'rsatadi. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki har bir fan va mavzu yoritilish jarayoni avvalo talaba yuqori darajali bilim olishi va yuqori kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratish ularning kelgusida yuqori salohiyatli va raqobat bardosh kadrlar bo'lib yetishishlariga yordam beradi. Bu avvalo, jamiyatni rivojlantirishga asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Zero, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, avvolo, kelgusida salohiyatliy yoshlar yetishib chiqishini ta'minlaydi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

REFERENCES

1. Fundamentals of compilation of electronic tasks for students to test and strengthen their knowledge of database (Article). Toshtemirov, D. , Muminov, B. , Saidov, J. International Journal of Scientific and Technology Research

Volume 9, Issue 4, April 2020, Pages 3226-3228 https://www.ijstr.org/paper-references.php?ref=IJSTR-0120-29952

2. Tools and Methods of Formation of Professional Competence of Future Teachers of Computer Science and Information Technologies.

SaidovJasur Doniyor o'g'li, Baxodirov Muzrob Doniyor o'gli, Normatova Malika

Norkulovna, Mavlonov Sherzod Hazratqulovich.

Psychology and Education Journal

Vol. 58 No. 2 (2021): Volume 58 No. 2 (2021)

https://doi.org/10.17762/pae.v58i2.2282

3. Baxtiyor Baxriddinovich Ergashev, Jasur Doniyor Ogli Saidov, & Sait Xalilovich Islikov (2021). BO'LAJAK INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI O"QITUVCHILARI KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI VA METODLARI. Academic research in educational sciences, 2 (2), 1139-1146. doi: 10.24411/2181-1385-2021-00312

4. N.A.Muslimov, K.M. Abdullayeva, O.A.Kuysinov, N.S.Gaipova, N.N.Karimova, M.Kodirov. - Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. —T.: «Fan va texnologiya», 2013, 128 bet.

5. Y.Y.Chicherina, D.A.Nurkeldiyeva, D.B.Yakubjanova-Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma Toshkent, 2013

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.