Научная статья на тему 'LUG‘AT USTIDA ISHLASH YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSI'

LUG‘AT USTIDA ISHLASH YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich ta’lim / matn / lug‘at / yozma / nutq / interaktiv / metod. / начальное образование / текст / словарный запас / письмо / речь / интерактив / метод.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O.O. Parpiyev

yozma nutqni rivojlantirish lingvistik ta'limning muhim tarkibiy qismi bo'lib, samarali muloqot va akademik muvaffaqiyat uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VOCABULARY WORK IS THE BASIS FOR THE DEVELOPMENT OF WRITTEN SPEECH

развитие письменной коммуникatsiи является важным компонентом изучения языка и служит основой для эффективного общения и академических успехов.

Текст научной работы на тему «LUG‘AT USTIDA ISHLASH YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

,JH}IOb

LUG'AT USTIDA ISHLASH YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSI

© O.O. Parpiyev1^_

1Qo'qon universiteti, Qo'qon, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: yozma nutqni rivojlantirish lingvistik ta'limning muhim tarkibiy qismi bo'lib, samarali muloqot va akademik muvaffaqiyat uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi tizimli lug'at ishining talabalar o'rtasida yozma nutqni rivojlantirishga ta'sirini o'rganishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot miqdoriy va sifatli ma'lumotlarni yig'ishni birlashtirgan aralash usullardan foydalanadi. Ishtirokchilar orasida turli xil ta'lim darajasidagi talabalar mavjud va materiallar standartlashtirilgan lug'atni baholash, yozish namunalari va o'quv tadbirlarini o'z ichiga oladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: topilmalar maqsadli lug'at yo'riqnomasi va rivojlangan yozma nutq o'rtasidagi kuchli bog'liqlikni ko'rsatadi. Muntazam va tuzilgan lug'at faoliyati bilan shug'ullanadigan talabalar, xususan, leksik xilma-xillik, jumlalar tuzilishi va umumiy uyg'unlik nuqtai nazaridan yozishda sezilarli yaxshilanishlarni ko'rsatdilar.

XULOSA: tadqiqot shuni ko'rsatadiki, lug'at bilan ishlash yozma nutqni rivojlantirish uchun zarurdir. So'z boyligini samarali o'rgatish o'quvchilarning leksik repertuarini kengaytiribgina qolmay, balki yozma ravishda murakkab fikrlarni ifodalash qobiliyatini ham oshiradi.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, matn, lug'at, yozma, nutq, interaktiv, metod.

Iqtibos uchun: Parpiyev O.O. Lug'at ustida ishlash yozma nutqni rivojlantirishning asosi. // Inter education & global study. 2024. №4(2). B. 206-212

СЛОВАРНАЯ РАБОТА - ОСНОВА РАЗВИТИЯ ПИСЬМЕННОЙ РЕЧИ

© О.О. Парпиев1И_

Жркандский университет, Крканд, Узбекистан_

AHHOTa^

ВВЕДЕНИЕ: развитие письменной коммунизм является важным компонентом изучения языка и служит основой для эффективного общения и академических успехов.

ЦЕЛЬ: целью данного исследования является изучение влияния систематической словарной работы на развитие письменной речи среди учащихся.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (2)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании используются смешанные методы, сочетающие сбор количественных и качественных данных. В число участников входят учащиеся с разным уровнем образования, а материалы включают стандартизированные тесты на словарный запас, образцы письма и учебные мероприятия.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты указывают на тесную связь между целенаправленным обучением словарному запасу и улучшением письменного общения. Студенты, которые занимались регулярными и структурированными словарными упражнениями, показали значительные улучшения в своем письме, особенно с точки зрения лексического разнообразия, структуры предложений и общей связности.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследования показывают, что работа со словарным запасом необходима для развития письменной речи. Эффективное обучение лексике не только расширяет лексический репертуар учащихся, но и повышает их способность выражать сложные идеи в письменной форме.

Ключевые слова: начальное образование, текст, словарный запас, письмо, речь, интерактив, метод.

Для цитирования: Парпиева О.О. Товарная работа - основа развития письменной речи. // Inter education & global study. 2024. №4(2). С. 206-212.

VOCABULARY WORK IS THE BASIS FOR THE DEVELOPMENT OF WRITTEN

SPEECH_

© Odil O. Parpiyev1H

1Kokand University,Kokand, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the development of written communication is an important component of language learning and serves as a foundation for effective communication and academic success.

AIM: the purpose of this study is to investigate the effect of systematic vocabulary work on the development of written discourse among students.

MATERIALS AND METHODS: the study uses mixed methods combining quantitative and qualitative data collection. Participants include students from a variety of educational backgrounds, and materials include standardized vocabulary assessments, writing samples, and learning activities.

DISCUSSION AND RESULTS: findings indicate a strong relationship between targeted vocabulary instruction and improved written communication. Students who engaged in regular and structured vocabulary activities showed significant improvements in their writing, particularly in terms of lexical variety, sentence structure, and overall coherence.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (2)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

CONCLUSION: research shows that working with vocabulary is necessary for the development of written speech. Effective vocabulary teaching not only expands students' lexical repertoire, but also increases their ability to express complex ideas in writing.

Key words: elementary education, text, vocabulary, writing, speech, interactive, method.

Til milliy ma'naviyat, ma'rifat va madaniyatning eng xolis va xira tortmas ko'zgusidir. "Kishining zebu ziynati, go'zalligi uning tilidadir", deyiladi. Qadim-qadim zamonlardan beri har bir millat, har bir qavm o'z tiliga buyuk hurmat bilan qaraydi. Chunki til millat degan birlikning tamal toshi, u boy berilsa, millat ham boy beriladi. O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning quyidagi so'zlarida ulkan ma'no bor: "Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili-bu millatning ruhidir. O'z tilini yo'qotgan har qanday millat o'zligidan judo bo'lishi muqarrar"[1]. Demak, millatning borligi va birligining bosh belgisi tildir.

"O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi"[2] da belgilab berilgan "mustaqil fikrlaydigan, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish" vazifasi kichik maktab yoshidagi o'quvchilarining mustaqil fikrlash salohiyatini kengaytirish tub islohotlar zamirida rivojlanayotgan davlatimizda faol, izlanuvchan va zamon bilan hamnafas bo'lishni taqozo etadi.

Ona tilini amaliy o'zlashtirish, birinchi navbatda, ma'lum miqdordagi so'zlarni bilishni talab qiladi. Shuning uchun o'quvchilarga ona tilidagi nutqni dastlabki o'rgatish jarayonida asosiy o'rinlardan birini lug'at va imlo ishlari egallaydi. Lug'at va imlo ishining vazifasi nutq faoliyati uchun zarur bo'lgan lug'at boyligini to'plash, ularning uyg'unlik qonuniyatlarini, turli leksik ma'nolarni o'zlashtirishdan iborat. O'quvchilarning lug'at boyligining bosqichma-bosqich boyib borishi ularga lug'at ishining turlari va shakllarini xilma-xil qilish, ilgari o'rganilgan so'zlarning leksik ma'nosini konkretlashtirish va aniqlashtirish imkonini beradi.

O'quvchilarning so'z boyligini boyitish o'qituvchiga ona tiliga murojaat qilmasdan so'zlarning ma'nolarini tushuntirish imkonini beradi.

Boshlang'ich sinflar uchun o'quvchiga ona tilida oddiy fikrlarni ifodalash va suhbatdoshni dasturda nazarda tutilgan talablar doirasida tushunish imkonini beradigan so'zlar tanlanishi kerak. Birinchi sinfdan boshlab, har bir darsda nutqiy vaziyatlar (dialog, suhbat, ekskursiya, hikoya) natijasida o'quvchilar yangi so'zlarni o'zlashtiradilar va ilgari o'rganilganlarini mustahkamlaydilar.

Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: "Nutqni o'stirish va rivojlantirish jarayoni bola lug'atining va so'zlarning assotsiatsiya asosida bog'lanishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy o'zgarishlar, balki sifat jihatdan o'zgarish jarayonidir,

For citation: Odil O. Parpiyev. (2024) 'Vocabulary work is the basis for the development of written speech, Inter education & global study', (4(2)), pp. 206-212. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

zero u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog'langan holda so'zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir"[4].

Quyi sinflarda o'quvchilarga o'qish, yozish, og'zaki va yozma nutqdan foydalanish kabi ko'nikmalar o'rgatiladi, bu esa aniq nutqiy ko'nikma va malakalarni, ya'ni nutqiy faoliyat turlarini shakllantirishdan iborat. M.R. Lvov[4] tomonidan taqdim etilgan nutq faoliyatining to'rtta asosiy turi mavjud:

1.Tinglash - tovushli nutqni tinglash va tushunish jarayoni. Bu tur quyidagi omillarga bog'liq: til tizimi bilan tanishish darajasi, mavzuning qiziqishi va ahamiyati, muhitda o'yin mavjudligi, auditorning individual psixologik va shaxsiy imkoniyatlari, aqliy jarayonlarning rivojlanishi (xotira va e'tibor).

2.So'zlash-o'quvchilarning og'zaki nutqda o'z fikrlarini to'g'ri, ravon va mantiqiy ifodalay olishi, shuningdek, suhbatdoshga tushunarli bo'lgan so'z va iboralarni tanlay olish, fikr yuritish uchun ma'lum joylarda to'xtab turish, ular o'z fikrini to'g'ri, to'g'ri va mantiqiy ifoda eta olishi.

3.O'qish - tezlik, o'qilgan narsalarni to'liq o'zlashtirish.

4.Harf-fikrning grafik koddagi ifodasidir.

K.D.Ushinskiy bolalarni ona tilida o'qitishning zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini dastlabki o'qitish metodikasini ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o'zlashtirishlarining til bilan tafakkurning o'zaro munosabatlarini falsafiy, o'z-o'zini rivojlantirish va o'qitishga asoslangan xususiyatlari va qonuniyatlari borasida o'z fikrlarini bildiradi.

Rossiya fanida nutq ontogenezi borasidagi tadqiqotlar L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy nazariyasiga va A.N.Leontevning faoliyat nazariyasiga tayangan holda amalga oshirilgan. Natijada bolalar nutqining paydo bo'lishi va rivojlanishi ularning atrofdagi odamlar bilan muloqot jarayonlarida ro'y beradi, degan qarashlar tizimi shakllandi.

K.D.Ushinskiyning ta'kidlashicha, "...bola ikki-uch yilda shuncha narsani oson va tez o'rganib oladiki, keyin yigirma yil qunt bilan astoydil o'qigan taqdirda ham uning yarmini o'zlashtira olmaydi".

V.I.Loginova, YU.S.Lyaxovskaya, V.V.Gerbova, E.M.Strunina va boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o'zlashtirib olishlarining o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

Ona tili o'qitish metodikasida nutqiy malakalarni rivojlantirish va baholash masalalalariga bag'ishlangan tadqiqotlar o'zbek milliy metodikasida ham talaygina. Bunday tadqiqotlar sirasiga H.Ne'matov, A.Nurmonov, B.Mengliyev, N.Mahmudov, B.To'xliyev, O.Roziqov, O.Madayev, Q.Nazarov, K. Qosimova, N.X.Sattarova, A. Hamrayev, Matchonov S, M.Z.Hamdamova, M.R.Hazratqulov, K.M. Mavlonova, N.Z.Umarova, H. Hayitov va G'.H.Hamrayevlarning tadqiqotlarini kiritishimiz mumkin.

Boshlang'ich sinflarning ona tili ta'limi jarayonida o'quvchilarning yozma nutqini ma'lum darajada bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishlariga, nutq va tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan mashq va topshiriqlarning didaktik maqsadi, mazmuni va murakkablik darajasi hamda ijodiy yondashilishiga ko'ra quyidagicha tasniflash mumkin:

1. Imlo savodxonligini oshirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

2. Lug'at boyligini oshirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar.

3. Grammatik birliklarni to'g'ri qo'llashga qaratilgan mashq va topshiriqlar.

4. Sintaktik qurilmalarni to'g'ri qo'llashni o'rgatishga moslashtirilgan mashq va topshiriqlar.

5. Fikrni mantiqiy, ijodiy, ketma-ketlikda ifodashni takomillashtirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar.

[5]

Mazkur mashqni bajarish orqali o'quvchilar so'zlarni birlashtirib maqol tuzadilar. Yangi so'zlar va ularning ma'nolarini ochib berish orqali o'quvchilar so'z boyligini shakllantirishga yordam beradi. Bola qanchalik ko'p so'z bilsa, o'z fikrini yozma ravishda aniq va ijodiy ifodalashi osonroq bo'ladi. Bunday mashq turlarining ona tili darsliklarida ko'plab berilishi o'quvchilarning yozma nutqini rivojlantirsh uchun pragmatic yondashuvni ifodalaydi.

^ 3-mashq. Bo'g'inlami to'g'ri birlashtirib, V-fc- so'zlar hosil qiling.

Э^-Ч г®

(sha) (shan) (V) Qoj (shaf)

э Hosil bo'lgan so'zlardagi unli harflar tagiga chizing.

[5]

Yangi so'zlarni kiritish orqali o'quvchi lug'at boyligi oshiriladi. Bu ularga jumlalar va hikoyalar yozishga o'tganlarida so'zlardan unumli foydalanish imkoniyatini beradi.

¿fr 3-mashq. Berilgan bo'g'inlardan so'z hosil qiling. Istalgan uchtasini yozing.

bo'g'inlardan foydalansa,

lish bob,

[5]

Bu mashqni bajarishda o'quvchilar, birinchidan, ikkinchidan, bir bo'g'indan yangi ma'noli so'zlar hosil qiladi.

Tajriba-sinov ishlari jarayonida Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 26-maktabning 2-sinfida o'quvchilarning lug'atini boyitish, nutqini o'stirish, jamoa oldida bilimlarini namoyish qila olishga o'rgatish maqsadida "Zakovat" o'yini o'tkazildi.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4 (2)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №4 (2)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

O'quvchilarning tovushlar va harflar, shaxs va narsa, belgi, harakatni bildirgan so'zlar haqidagi bilimlari eslatildi. Har bir guruhdan bolalar tanlanib, 3ta guruh tashkil etildi. Ular quyidagi topshiriqlar asosida faoliyat ko'rsatdilar:

1. Mevalar bilan bog'liq jadvalni topshiriqlariga ko'ra to'ldiring.

2. O'zingiz bilgan meva nomlarini tarmoqlash usulida yozib chiqing.

3. Berilgan meva nomlarini tovush-harf tarkibiga ko'ra tahlil qiling.

4.Jadvaldagi meva nomlari bilan belgi bildirgan so'zlarni biriktirib birikmalar tuzib yozing.

Boshlang'ich sinflarda o'tkazilgan tajriba-sinov ishlari shundan dalolat berdiki, o'quvchilar lug'atini boyitish ustida olib boriladigan har qanday mashq turi tuzilajak fikr, matn uchun o'quvchilarda qulaylik yaratdi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutq va tafakkurini rivojlantirishga doir yozma ishlar natijasi 1-rasmda o'z aksini topgan.

Nazorat bosqichi tajriba sinflarida boshlang'ich sinf o'quvchilarining Yozish va leksik ko'nikmasining shakllanishi yuqori darajada - 40% (aniqlov bosqichiga qaraganda 24% yuqori), o'rta darajada - 48% (aniqlov bosqichiga qaraganda 13% yuqori), past darajada -12% o'quvchi (aniqlov bosqichiga qaraganda 40% kam) qayd etilgan.

Nazorat sinflarida ko'rsatkich o'zgarmagan. Nazorat bosqichida nazorat sinflarida Yozish va leksik ko'nikmasining shakllanish yuqori darajada - 13% (aniqlov bosqichiga qaraganda 1% yuqori), o'rta darajada - 42% ), past darajada - 45% o'quvchi (aniqlov bosqichiga qaraganda 1% kam) qayd etilgan.

Aniqlovchi bosqichdagi yakuniy natijalar yuzasidan shunday xulosaga kelish mumkin: tajriba sinflarida yuqori va o'rta darajadagi o'quvchilarning Yozish va leksik ko'nikmasining shakllanish darajasi sezilarli darajada ko'tarildi. Yozish va leksik ko'nikmasi past darajada bo'lgan o'quvchilar soni kamaydi.

Yozish ko'nikmasining shakllanganlik darajasi

m s О

s

X

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

0

и s S л

36 ">

1 ю

III.

X

Юкрри даража Урта даража Паст даража

■ Тажриба синфлари ■ Назорат синфлари

1-rasm. Tajriba-sinov ishlarining nazorat bosqichida boshlang'ich sinf o'quvchilarining yozish ko'nikmasining shakllanish darajasining qiyosiy natijasi

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4 (2)

CC

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Olib borilgan tajriba-sinov ishlari boshlang'ich sinflarda tajriba sinflari o'quvchilari yozma topshiriqlarni bajarish faoliyatining shakllanishi nazorat sinfi o'quvchilarinikiga qaraganda ijobiy natijalar berganligi ijodiy topshiriqlarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish usullarining effektivligidan dalolat beradi.

Metodist olima K.Qosimova[6] lug'at ustida ishlashning to'rt yo'nalishini ko'rsatadi: 1) o'quvchilar lug'atini boyitish, o'quvchilar lug'atidagi ayrim so'zlarning yangi ma'nolari bilan tanishtirish; 2) o'quvchilar lug'atiga aniqlik kiritish; 3) o'quvchilar lug'atini faollashtirish; 4) adabiy tilda ishlatilmaydigan so'zlarni o'quvchilarning nofaol lug'atiga o'tkazish.

Shuni ham aytib o'tish kerakki, K.Qosimovaning lug'at ustida ishlashning birinchi yo'nalishi "o'quvchilar lug'atini boyitish" deb ko'rsatishiga qo'shilib bo'lmaydi. Chunki lug'at ustidagi har qanday ish o'quvchilar lug'atini boyitishga qaratiladi.

lug'at ustida ishlash natijasida so'zning ma'nosi, talaffuzi va imlosiga alohida e'tibor qaratiladi. Bu esa yozma nutq tuzishda o'quvchilarning ulardan foydalanishlariga erishishda, o'zgalar nutqini anglashlarini ta'minlashda qulay zamin yaratadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИС ОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Mutafakkirlarning nutq madaniyati haqidagi qarashlari. Nutq madaniyatini shakllantirishning usullari va vositalari. Nutqning turlari (fayllar.org).

2. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.02.2017-yildagi PF-4947-son.

3. D.R. Babayeva. Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik). - T.: «Barkamol fayz media», 2018, - 432 b.

4. Lvov, M. R., Ramzayeva, T. G. Boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitish metodikasi. Pedagogika institutlari talabalari uchun maxsus darslik. "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi va metodikasi". - Nukus: Ta'lim, 2020.

5. Yuldasheva D.Sh. Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik. I qism. - Toshkent "Novda Edutainment" nashriyoti, 2023. - 96 b.

6. Qosimova K., Matchonov S. va b. Ona tili o'qitish metodikasi. Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari uchun darslik. -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2012. -335 b.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМATSIЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HParpiyev Odil Olimovich, katta o'qituvchi [Парпиев Одил Олимович старший преподаватель], [Odil O. Parpiyev, Senior Lecturer]; manzil: O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Qo'qon shahri, Turkiston ko'chasi, 28-A uy [адреа Ферганская область, город Коканд, ул^ Туркистон, 28а], [address: 28 a, Street Turkiston, Kokand City, Fergana Region]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.