Научная статья на тему 'LIRIK VA KICHIK JANRLARDAGI FOLKLOR ASARLARINI O’QITISHDA YANGICHA YONDASHUV'

LIRIK VA KICHIK JANRLARDAGI FOLKLOR ASARLARINI O’QITISHDA YANGICHA YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
138
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
LIRIK / JANR / FOLKLOR / TEXNALOGIYA / PEDAGOG / TADQIQOT / ILMIY ASOSLANGAN / SINFDAN TASHQARI ISHLAR

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ummatkulova S.S.

Mazkur maqola zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablar, xalq og‘zaki ijodi materiallarini pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish, maqsadga erishish uchun sinfda, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A NEW APPROACH TO TEACHING FOLK WORKS IN LYRICAL AND SMALL GENRES

This article is about the important requirements for the organization of modern education, teaching of materials of oral creativity on the basis of pedagogical technologies, a system of activities carried out in the classroom, classroom and out outside the school in order to achieve the goal.

Текст научной работы на тему «LIRIK VA KICHIK JANRLARDAGI FOLKLOR ASARLARINI O’QITISHDA YANGICHA YONDASHUV»

Ummatkulova S.S. metodikasiyo'nalishi 2-kurs magistranti Ta'lim va tarbiya nazaryasi va Guliston Davlat Universiteti

LIRIK VA KICHIK JANRLARDAGI FOLKLOR ASARLARINI O'QITISHDA YANGICHA YONDASHUV

Annotatsiya: Mazkur maqola zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablar, xalq og'zaki ijodi materiallarini pedagogik texnologiyalar asosida o'qitish, maqsadga erishish uchun sinfda, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi haqida.

Kalit so'zlar: lirik, janr, folklor, texnalogiya, pedagog, tadqiqot, ilmiy asoslangan, sinfdan tashqari ishlar.

Ummatkulova S.S.

2-course master's degree in the direction of methodology

Education and training theory and Gulistan state university

A NEW APPROACH TO TEACHING FOLK WORKS IN LYRICAL AND

SMALL GENRES

Annotation: this article is about the important requirements for the organization of modern education, teaching of materials of oral creativity on the basis of pedagogical technologies, a system of activities carried out in the classroom, classroom and out outside the school in order to achieve the goal. Keywords: lyrical, genre, folklore, technology, pedagogy, research, scientifically based, extracurricular work.

Xalq og'zaki ijodi materiallarini pedagogik texnologiyalar asosida o'qitish orqali o'quvchilarning chuqur va ongli bilim olishlariga va har tomonlama tarbiyasiga ta'sir etishining ilmiy-pedagogik asoslari olimlari va mutaxassislar tomonidan o'rganilib chiqilmoqda.

Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ilmiy asoslangan dars hozirgi davrga kelib juda takomillashib ketdi. Ko'p davrlar darsning samaradorligi o'qituvchining qobiliyati, bilimdonligi, dars texnikasi va texnologiyasini mukammal bilishiga bog'liq deb sanalib kelingan. Keyingi paytlarda o'qituvchi bilan bir qatorda o'quvchilarning ham dars jarayonida faol va ongli ishtiroki muvaffaqiyatining asosiy kaliti deb hisoblanmoqda.

Aslida o'tgan asrning ikkinchi yarmida AQSHda ta'limning samaradorligini oshirish maqsadida dastlabki ta'lim texnologiyalaridan foydalanib boshlaganlar. Ular o'quvchilarning bilimlarini ob'ektiv baholash maqsadida texnologik usullardan foydalanganlar. Ijobiy natija olingandan keyin faqat baholashdagina

emas, balki o'quvchilarga bilim berish, ko'nikma va malakalar hosil qilish o'quvchilarning bilim egallashiga ongli va faol ishtirok etishlarini ta'minlash hamda boshqa didaktik jarayonlarni amalga oshirishda ta'lim texnologiyalarini qo'llaganlar.

"Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga etkazib berish ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek o'quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.

Bugungi kunda qator rivojlangan mamlakatlarda o'quvchilarni o'quv va ijodiy faoliyatlarini oshiruvchi hamda ta'lim-tarbiya jarayonlarini samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo'llash borasida katta tajriba to'plangan bo'lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nima bilan yuritilmoqda.38

X asrda yashab, ijod etgan Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkiri va tibbiyotning asoschilaridan biri Abu Ali Ibn Sino dastlabki qo'shiq namunasi sifatida "Ona allasi" bola tarbiyasining boshlanishi ekanligini ta'kidlagan edi: "Bolaning talabini qondirmoq uchun unga ikki narsani qo'llamoq kerak. Biri -bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi - uni uxlatish uchun odat bo'lib qolgan musiqa allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolalarning tanasi bilan tarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo'lgan iste'dodi hosil qilinadi"39.

O'tmish davr qo'shiqlarining bolalarga mos bo'lganlarini tanlash, darsliklarga kiritish, ularning mazmunini chin dildan his qilgan holda kuylash va tinglashga o'rgatish hozirgi davr talabi hisoblanadi. Tarixiy qo'shiqlardagi mungli ohang, bugungi hayotning qadriga etish, undan zavqlanish va yanada fayzliroq qilish uchun intilishni hosil etishi zarur.

Bu maqsadga erishish uchun sinfda, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi yaxshi natija beradi. Pedagog bolalarning qofiya bilan o'yinlari, so'z ijodkorligi, she'rni davom ettirish va she'r to'qish, tashbehlar va taqqoslashlar o'ylab topishlariga asoslangan o'yinli hamda kulgili vaziyatlarini rag'batlantiradi.

O'quvchi o'zi xohlagan kichik she'r (ovunmoq) yoki ritmik tashkil etilgan matnni (bo'g'irsoq qo'shig'i, ertakning ayrim leytmotivlari) emotsional tarzda aytib berishi mumkin. Bolaning adabiy ertakni yoki o'zi to'qigan ertakini ijro etishi (guruhda qayta hikoya qilish, yakka tartibda ifodali o'qish va kattalar bilan dialogda o'qish) uchun emotsional boyitilgan ijro muhitini yaratadi.

4-sinf "O'qish kitobi" darsligidagi "Xalq og'zaki ijodi" bolimini o'rganish uchun esa 28 soat ajratilgan. Bunda o'quvchilar xalqimizning ming yillar mobaynida yaratgan sehrli-fantastik ertaklari, xalq dardi, istak-xohishi, orzu-

38 Tolipov O'., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqi y asoslari. (O'quv qo'llanma). -Toshkent: "Fan", 2006. - 66 b.

39 Abu Ali Ibn Sino. "Tib qonunlari", 3 jildlik, 1 jild, T., 1994.

umidlari ifodalangan qo'shiqlar, bolalarning quvnoq oyin-qoshiqlari, hozirjavoblik, topqirlikni taqozo etadigan topishmoqlar, xalqning hayotiy xulosasi tarzida yuzaga kelgan purhikmat maqollar, sehr-jozibaga yogrilgan rivoyatlarni oqib-organadilar. Bolimning ozi 5 qismdan iborat. Darslikda folklor asarlarini o'rganish uchun "Qoshiqlar qanotida" bo'limi berilgan. Bunda "Boychechak", "Oftob chiqdi olamga", "Xop hayda" qoshiqlari o'rganish uchun tavsiya etilgan.

Bola tarbiyasida qo'shiqning roli juda katta. Qo'shiq xalq og'zaki ijodining eng ko'p tarqalgan va ommalashib ketgan janrlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, alla qo'shig'i etakchi o'rinda turadi. Beshik qo'shig'i-allada kichkintoyning dastlabki tabassumi, ilk bor qo'l-oyoqlarini qimirlatishi, imo-ishorani tushunishi kuylanadi. Ona o'z allasida atrofni qurshab turgan olamni qo'shib aytadi.

Ovuntirish-allani hamma onalar, buvilar, bobolar aytishadi. Alloh beshikdagi chaqaloqqa xotirjamlikni ato etganligini, shu sababli hech qanday sharpa - dushman uning uyqusini buza olmaganligini quyidagi to'rtlikdan bilib olish qiyin emas. Taka- tuqi gavora bo'lsin, Dushmani ovora bo'lsin. Uyqusi beshikda qolsin, Dushmani eshikda qolsin.

Beshik qo'shig'ida avvalo beshikka ta'rif-tavsif beriladi. Aslida beshik yog'och -taxta. Paxta, par va matolar bilan burkanganda u yumshoq, har qanday murg'akka huzur baxsh joy bo'lishi har bir beshik qo'shig'ida chiroyli ifodaga ega.

Ona uchun bolaning ovunishi, tinchligi tabassumi kerak. Alla asta-sekin ommaviy qo'shiqqa aylanadi. Qo'shiqlar uzoq yillar mobaynida davom etadi. Beshik qo'shiqlari kenja avlod kamolotida o'ziga xos tarbiya rolini o'taydi.

Xalq qo'shiqlarida rasm-rusmlar rang-barang. Hammasi o'rinli. Hammasi

zarur.

«Chittigul»da mavzu nihoyatda rang-barang va juda jozibali. Chunonchi,

Oq sholiga ko'k sholi, Oq sholini oqlaylik, Ko'k sholini ko'klaylik Yaxshi kunga saqlaylik, Hayu, chittigul.

Hayu, chittigul singari misralariga nazar soladigan bo'lsak, bu qo' shiqda asosan g'alla-sholi to'g'risida gap ketadi. Sholining turi, rangini eslatish orqali juda mo'l bo'lganligini; bu mo'l-ko'l sholini pala partish qilib yeb-tamomlamasdan, balki uni ehtiyotlab, tejamkorlik bilan ishlatish darkorligi bolalar tilidan chiroyli tasvirlangan. Qarang, bugungi kunda tejamkorlik, iqtisod haqida bolalarga ko'p gapiramiz.

Aytishuv qo'shiqlari bolalarni mehnatkash, odob-axloqli, o'qimishli bo'lib kamol topishiga da'vat etaveradi. Bunday qo'shiqlar qanotida o'sgan har bir bola sog'lom fikrli, el sevar bo'lishiga hech shubha yo'q. Ayniqsa, mana bunday hazil-mutoyibali qo'shiqlar kichkintoylarga olam-olam quvonch bag'ishlaydi:

Ramazon qo'shiqlari ham dillarga huzur bag'ishlaydi. Yuqorida ko'rib o'tganimizdek, qo'shiqlar bolalarning nafosatini o'stirishga, ularni hayot va

mehnatga muhabbat, vatanparvarlik, do'stlik, qahramonlik, insonparvarlik kabi olijanob fazilatlar ruhida tarbiyalashga yordam beradi.

Lirik qo'shiqlarga xos xususiyatlar, ularning ijro o'rni, ohang yo'llari, an'anaviy takrorlari, qo'shiqlarda parallelizm, vazn, qofiya, badiiy til masalalari, mavzu turlari o'rganiladi. Lirik qo'shiqlarda ramz va timsollarning vazifalari ko'rsatiladi. Qo'shiqlarning janr xususiyatlari, asosiy xossalari o'rganiladi, ularning inson qalb kechinmalari tarjimoni ekanligi ta'kidlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abu Ali Ibn Sino. "Tib qonunlari", 3 jildlik, 1 jild, T., 1994.

2, Tolipov O'., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. (O'quv qo'llanma).-Toshkent: "Fan", 2006. - 66 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.