XALQ QO'SHIQLARI ASOSIDA BOSHLANGICH SINF O'QUVCHILARINING NUTQIY MALAKASINI O'STIRISH USULLARI
Ibragim Fayzullayevich Kayumov
Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi katta
o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Xalq qo'shiqlari yuqorida ta'kidlanganidek, faqatgina umuminsoniy g'oyalarni ta'rgib etish namunasi emas, balki nutq ustirish manbai hamdir. Biz qo'shiklardagi ana shunday xususiyatlarni bolalar qo'shiqlari misolida ko'rib chiqsak. Xalq badiiy ijodiyotida bolalar qo'shiqlari alohida o'rin egallaydi. Olamni estetik idrok qilish, kayfiyatni ko'tarish, beg'ubor qalbda ezgulikni uyg'otish, ma'nan va ruhan tetik bo'lish bolalik duhyosidagi ta'lim-tarbiyadan boshlanadi. Bejizga buyuklar bolani ona qornidaligidanoq tarbiyalab borish kerak, - deb ta'kidlamaganlar. Ona eshitgan qo'shiq, tinglagan kuyi og'ushida qanchalik kayfiyati ko'tarilib, madaniy dam olsa, tug'ilajak farzand ruhan tetik, ma'nan sog'lom, qobiliyatli, zukko, mehr-oqibatli bo'lishi tabiiy.
Kalit so'zlar: "Boychechak", " Oftob chiqdi olamga", "Chittigul", "Qaldirg'och", "Boychechak" -bahor darakchisidir, Bahor, to'da -to'da, bo'lib, turli, o'yinlar, varrak uchiradilar, qizlar.
METHODS OF DEVELOPING SPEECH SKILLS OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS ON THE BASIS OF FOLK SONGS
Ibragim Fayzullaevich Kayumov
Senior Lecturer, Department of Music Education, Faculty of Art History, Bukhara State
University [email protected]
ABSTRACT
Folk songs, as mentioned above, are not only an example of the promotion of universal ideas, but also a source of speech. Let's look at some of these features in children's songs. Children's songs have a special place in folk art. Aesthetic perception of the world, to lift the spirits, to awaken goodness in a pure heart, spiritually and Spiritual vigor begins with childhood education. It is no coincidence that adults say that a child should be brought up in the womb. The more the mother hears the song, the more the
mood rises, the more the child is born, the more the child is born spiritually healthy, gifted, intelligent and kind.
Keywords: "Boychechak", "Oftob chydy olamga", "Chittigul", "Qaldirgoch", "Boychechak" - spring tree, Spring, in groups, in different ways, games, flying leaves, girls
KIRISH
Bu jarayon go'daklik va bolalik davrida yanada mukammallashadi, ulg'aygan sari mustahkamlanadi.Bolalar ahglaydigan milliy urf-odatlar, tabiat mo'jizalari, turmush jarayonidagi harakat-holat, ota-ona va boshqalarga bo'lgan munosabatlarni junbushga keltiradigan ichki kechinmalar, histuyg'ularning kattalar tomonidan bolalar idroki darajasida aytilgan, kuylangan, xirgoyi qilingan qo'shiqlar bolalar qo'shiqlaridir. Ular o'zining obrazliligi, ritmi, kuyi bilan boshqa lirik qo'shiqlardan ajralib turadi. Bolalar qo'shiqlari dastlab 1932- yilda nashr qilingan "Ashulalar to'plami"da 2 ta "Bozor boraymi qizim?", "Boshginam og'riydi" kabi hazil -mutoyiba qo'shig'i chop qilingan. 1934- yilgi to'plamda esa "Qaychi-qaychi" termasi va "Laylak keldi" qo'shiqlari bosilgan. 1935-yilgi "Ashulalar to'plami"da ham bolalar repertuariga maxsus bo'lim ajratilib, 9 ta bolalar qo'shiqlari nashr etildi. 1937-yilda esa o'zbek bolalar qo'shiqlari alohida kitob holida "Bolalar qo'shiqlari" nomi bilan chop etildi. Unda 18 ta bolalar qo'shiqlari e'lon qilingan. Bolalar qo'shiqlarini mavzu qamroviga ko'ra quyidagicha guruhlashimiz mumkin:
1. Mavsum-marosim qo'shiqlar.
2. Mehnat qo'shiqlari.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Mavsum-marosim qo'shiqlar yil fasllari va milliy an'analarimiz bilan bog'liq bo'lgan, faqat bolalar tomonidan ijro etiladigan qo'shiqlardir. Kattalar bolalarninig tabiatga bo'lgan qiziqishini uyg'otish, muhabbatini oshirish, har bir faslning o'z ziynati bailan tanishtirishda ham faol bo'lganlar. Ular tabiat mo'jizalarini va milliy urflarimizni qo'shiqlar tarzida bolalarga o'rgatganlar. Yil fasllari bilan bo'g'liq bahorda kuylanadigan qo'shiqlar "Boychechak", " Oftob chiqdi olamga", "Chittigul", "Qaldirg'och" kabilar shular jumlasidandir. "Boychechak" -bahor darakchisidir. Bahor kelishi bilan bolalar ko'chalarda to'da-to'da bo'lib, turli o'yinlar o'ynaydilar,varrak uchiradilar, qizlar tolbargakdan qasaba yasab boshlariga taqadilar, qo'shiqlar aytadilar. Ularning birinchi bahor qo'shig'i "Boychechak"dir.
Bolalar tushunchasida boychechak yoshlik, navqironlik, jo'shqinlik ramzi. U nozik bo'lsa-da, ildizi baquvvat. Aqli raso,
zukko, navqiron yoshlar bir maqsad sari yo'lga tushdimi, uni hech qanday kuch fikridan qaytarolmaydi. Bu davrda ular o'ta g'ayratli, jo'shqin, serharakat bo'ladilar. Boychechak ham qahraton sovuqning zarralari uzoqlashmay, yer isimay turib, toshloq, qattiq yermi yoki yumshoq joymi tatalanib bo'yin cho'zib chiqadi. U bosilsa-da, yanchilsa-da yana qaddini rostlab o'sib kelaveradi. U ramziy ma'noda isyonkor ham. U hurlik, erkinlik tarafdori. "Boychechak" qo'shig'i bolalarning sevimli qo'shiqlaridan biri bo'lib, u turli joylarda har xil variantlarda uchraydi. Ulardagi ayrim so'zlar, jumlalar va shakli ham ir-biridan farq qiladi. Bu turlichalik davrning o'zgarishi bilan ramziylik kasb etsa, mahalliy kolorit nuqtai nazarida dialektik xoslikni ifodalaydi. Turli regionlarda aytilgan variantlar 4 yoki 6 misradan iborat. Ularning mazmuni ham birbiridan farq qiladi.
MUHOKAMA
Bu variantda boychechak erka, nozik, tanti bolaga o'xshatiladi. Bolasining o'jarligini sezdirmaslik uchun onasi unga qalqon. U zarar ko'rmay o'sib-ulg'ayishi kerak. Yana bir variantda boychechakning nozik tanasi arqonga o'xshatiladi. Ya'ni boychechak tanalari arqondek tegirmonni aylantirishga qurbi yetadi. O'simliklar, gullar dunyosi bilan bog'liq bolalarning yana bir sevimli qo'shiqlaridan biri "Chittigul"dir. Bu gul ham bahorni eslatgani uchun mavsum qo'shiqlar turkumiga kiradi.Qizlar ijrosida aytiladigan bu qo'shiq mayin harakatlar orqali chiroyli ohangdorlik kasb etadi.To'rt, olti, sakkiz juftlikdan iborat qizlar kaftlarini birbiriga urib, qarsak chalib qo'shiqni maqom bilan turgan joylarida ijro etishadi. Ohangni o'zgarishi, ovoz tempini oshishi ijrochini serharakat bo'lishga undaydi. Qo'shiqni bir qiz ijro etadi boshqalari naqarotiga jo'r bo'lishadi: quvnoq va yoqimli sasi bolalar diqqatini o'ziga rom qiladi. Ayniqsa, qaldirg'ochning xuddi odamlar kabi loydan "qurg'on" yasashi, chug'urchuqlarini tumshug'i bilan oziqlantirishi, ularni uchishga harakatlantirishi, insonlar kabi mehnatkashligi bolalar diqqatini tortadi, shu jajjigina qushchaning serharakati murg'ak qalblarni hayotga bo'lgan intilishini, Vataniga muhabbat tuyg'ularini uyg'otadi. Bolalarning bahor mavsumida aytiladigan qo'shiqlaridan yana biri "Oftob chiqdi olamga" turkum she'ridir. Qo'shiq oftobning chiqishi, kunlarning isishi, pishiqchilik, to'kin-sochinlikdan darak beradi. Qo'shiq orqali bolalar o'z ichki kechinmalarini, araz-ginalarini ham ifodalaydilar. Qo'shiqning mazmuni matnidan ma'lum. By o'rinda bola qornidan ham ko'ra qadriga xafa. U mehnat qilib, kuyuk kulchaga ega bo'ldi. Bu nohaqlikdan juda ranjiganliini hazil she'r orqali badiiy ifodalaydi.
Bolalarning ajoyib mavsumiy qo'shiqlaridan biri "Laylak keldi, yoz bo'ldi" turkumidir. Laylak haqidagi qo'shiqlar yigirmanchi yillarda yozib olib, e'lon qilingan bo'lsa-da, eng mukammal varianti professor Hodi Zaripov tomonidan nashrga tayyorlangan "O'zbek folklorida" keltiriladi.
Bu turkum qo'shiq yoz faslida aytiladi. Bolalarga laylak yoz elchisi sifatida tanishtirilgan. Laylak muqaddas qush bo'lib, u ertak, dostonlarda kishilarning, asar qahramonlarining eng yaqin do'sti, haloskori, homiysi, vositachi obrazida namoyon bo'ladi. Qo'shiqning bolalarga xos yana bir tomoni shundaki laylak insonning dushmani ilondan qo'rqmaydi. U ilon yeydi. Laylak kelish vaqtida ilon tullab, po'st tashlaydi va iniga kirib ketadi. Katta-yu kichik ilondan qo'rqadi. Qir-adirda, yaylovda bolalar erkin o'ynashni hohlaydilar. Yoz yaqinlashgan sari Laylakni kelishini orziqib kutadilar.
NATIJA
Bu qo'shiq shoirlar ijod laboratoriyasida qayta ishlanib, yangicha variantda ommalashib ketdi. Bolalar shoiri Qudrat Hikmat yomg'irning foydali tomonlarini tasvirlaydi. Xalq ijodiga moslashtirib oladi. Fasllar ichida o'z tarovati bilan kumush epitetini olgan qish ham bolalar diqqatini jalb qilgan. Izg'irin shamoli-yu qahraton sovug'iga qaramay oppoq qor ustida zavq-shavqqa to'lib, shana uchgan bolalar qishni ham orziqib kutadilar. Qish faslida yilning almashishi, Qorboboning sovg'a-salomlarini tortishib olishlari, Qorqizni yaxshi ko'rib qolishlari bolalr qo'shiqlarini yaratilishiga sabab bo'lgan, desak adashmaymiz. O'zbek bolalari orasida 30-yillarda archa bayramini nishonlash, qorboboni kutib olish odat bo'la boshlaydi. Bu taraddud asta-sekinlik bilan kengayib, an'anaga aylanib qoldi. Har yangi yilda sovg'aga to'lib keladigan qorboboni kutmagan, archani tanimagan bola bo'lmasa kerak. Ko'ngillarini xushnud qilish, qorbobodan yaxshiroq sovg'a olish uchun ularning sha'niga she'r, qo'shiqlar to'qiganlar.
Ayniqsa, bolalar bog'chalarida archa bayramini o'tkazish, Qorboboni orziqib qarshi olish, qanday sovg'alar ulashishini sir saqlash juda qiziqarli nishonlangan. Bolalar Qorboboning uzoq o'lkalardan sovg'alar bilan kelishiga rostdan ishonib, intizorlik bilan kutganlar. Qorboboning gupillab yog'ib turgan qorda izg'irin shamol bilan vahimali kelishi bolalarning qish haqidagi tasavvurini oshirgan. Har bir faslning o'ziga xos xislati, ziynati bolalarga qo'shiqlar orqali tushuntirilgan. Bolalar har bir faslning boshlanishida o'ziga mos qo'shiqlarni ijro etganlar.Bolar tomonidan ijro etiladigan marosim qo'shig'i "Yo Ramazon"dir. Bu qo'shiq faqat ramazon oyining uchinchi kuni o'g'il bolalar tomonidan uch kun aytiladi. Muqaddas ramazon oyida uch kun ro'za
www.scientificprogress.uz
tutilgach, bolalar to'da-to'da bo'lib, ro'zaning boshlanganidan xabar beradilar. Odamlarni bir oy ro'zada himmatli, saxovatli bo'lishga, xayr-ehson qilishga chaqiradilar. Bu qo'shiq milliy an'analarimizni o'zida saqlaganligi bilan ahamiyatlidir. Unda xalqona aks etgan.
O'zbek xalq og'zaki ijodi durdonalaridan bolalarga meros qoladigan qo'shiqlardan biri - bu mehnat bilan bog'liq mavzulardir. Bolalar taqlidchi bo'ladi. Xususan, bobo-buvilari, ota-onalari, akaopalari bajaradigan ishlarni kuzatib, ularning xatti-harakatlarini o'z o'yinlari, qo'shiqlarida takrorlaydilar. Ularning qo'shiqlarini o'zlariga moslashtirib, o'zlashtiradilar. Bolalar, xususan, 7 yoshdan boshlab mehnat jarayoniga kirishadilar. Bajariladigan ishlarni anglay boshlaydilar. Bolalar kattalar bilan birgalikda podaga chiqqanda, ekin yerlarni chumchuq, olaqarg'a va shunga o'xshash qushlardan qo'riqlaydigan paytda o'z qo'shiqlarini aytadi. Mehnat bolani hayotrni ichiga olib kiradi, turmush, oila, ro'zg'or degan tushunchalarni mehnat orqali anglay boshlaydilar. Kattalar o'zlari bajaradigan ishga bolalarni jalb qilish yo'li bilan bu jarayonni amalga oshiradilar. Bolalar kundalik turmushdagi turli mehnat qurollari, vositalari, shakllari bilan tanishib boradilar. Bolalar ko'pincha to'da bo'lib, poda boqqani chiqib ketishadi. Podadan qaytayotganda qo'shiqlar aytib, o'z ishlaridan mamnun bo'lib qaytadilar.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Xalq qo'shiqlarini boshlangich sinf uquvchilariga pedagogik texnalogiyalar asosida o'rgatish bolaning aqliy qizikishini o'stirish bilan bir qatorda fikrlash doirasini o'stiradi.
REFERENCES
1. Yarashev, J. Т. (2013). "Bukhorcha" and "Mavrigi" song classes-as a national and noetic spiritual values of the Uzbek nation. ТРАДИЦИОННАЯ И СОВРЕМЕННАЯ КУЛЬТУРА: ИСТОРИЯ, АКТУАЛЬНОЕ ПОЛОЖЕНИЕ, ПЕРСПЕКТИВЫ, 114.
2. Yarashev, J. T. (2019). Research on Bukhara music heritage through axiologic features. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
3. Fayzullaevich, Q. I. (2021). CULTURE AND ART VALUES AND AESTHETICS IN FORMATION FACTORS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 7(01), 48-53.
4. Kayumov, I. F. (2020). VALUES AND AESTHETIC FACTORS IN THE FORMATION OF CULTURE AND ART. International Engineering Journal For Research & Development, 5(8), 8-8.
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5
5. Каюмов, И. Ф., & Жураева, М. (2020). Место музыки в воспитании духовно-нравственных качеств учащихся 5-7 классов общеобразовательных школ. Проблемы педагогики, (3 (48)).
6. Кушаев, И. А., & Ахтамов, И. И. (2020). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ТРАДИЦИОННОЙ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ МУЗЫКИ (НА ПРИМЕРЕ ИСКУССТВА ДАСТАНА). Academy, (11 (62)).
7. Рахимов, Р. Н. (2021). РОЛЬ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ. Проблемы науки, 46.
8. Kushaev, I. A. (2020). Musical pedagogical fundamentals of doston art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(10), 10611067.
9. Kushaev, I. A. (2020). MUSIC PEDAGOGICAL DOLLARS OF DOSTON ART. International Engineering Journal For Research & Development, 5(9), 6-6.
10. Kushaev, I. A. (2020). BAKHSHI ART SCHOOLS AND THEIR PERFORMING FEATURES. Scientific reports of Bukhara State University, 3(3), 295-299.
11. Каримов, О. И. (2020). Значение специфических особенностей и воспитательных возможностей узбекских народных инструментов. Academy, (3 (54)).
12. Каримов, О. И. (2020). ПРОФЕССИОНАЛЬНЫЕ МУЗЫКАЛЬНЫЕ ВЗГЛЯДЫ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ МУЗЫКИ. Вестник науки и образования, (22-2 (100)).
13. Rakhmatov, N. E. (2020). Problems of Creative Approach in The Pedagogical Activity of Future Music Teachers. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(09), 659-664.