Научная статья на тему 'LINGVOMADAMIYATSHUNOSLIKDA “KONSEPT” ATAMASINING SHAKLLANISHI'

LINGVOMADAMIYATSHUNOSLIKDA “KONSEPT” ATAMASINING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konsept / konseptsiya / konseptualizatsiya / til / lingvomadaniyat / tushuncha.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hamdamova Kamola Luqmonjon Qizi

Lingvomadaniyatshunoslikning asosini lingvistik shaxs tushunchasi va konsept tashkil etadi. Shu jihatdan, ta’kidlash joizki, konseptning mazmuni insonga ma’lum bo’lgan, o’ylaydigan, tasavvur qiladigan axborotlarni o’z ichiga oladi. Konseptlar jamiyatning ma’lum toifalar va sinflari tomonidan ishlab chiqilgan hodisalarning har xilligini namoyon etadi. V.N. Teliya “konsept” ni “obyekt doirasida ma’lum bo’lgan barcha narsalarni bilishimizdir” deb ta’riflaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LINGVOMADAMIYATSHUNOSLIKDA “KONSEPT” ATAMASINING SHAKLLANISHI»

LINGVOMADAMIYATSHUNOSLIKDA "KONSEPT" ATAMASINING

SHAKLLANISHI Hamdamova Kamola Luqmonjon qizi

O'zDJTU ikkinchi chet tili kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11084940

Annotatsiya. Lingvomadaniyatshunoslikning asosini lingvistik shaxs tushunchasi va konsept tashkil etadi. Shu jihatdan, ta'kidlash joizki, konseptning mazmuni insonga ma'lum bo'lgan, o'ylaydigan, tasavvur qiladigan axborotlarni o'z ichiga oladi. Konseptlar jamiyatning ma'lum toifalar vasinflari tomonidan ishlab chiqilganhodisalarningharxilligininamoyonetadi. V.N. Teliya "konsept" ni "obyekt doirasida ma'lum bo'lgan barcha narsalarni bilishimizdir" deb ta'riflaydi.

Kalit so'zlar: konsept, konseptsiya, konseptualizatsiya, til, lingvomadaniyat, tushuncha.

Kirish. Dunyo madaniyati rivojlanishining natijalaridan ko'rinib turibdiki, hech qaysi madaniyat alohida o'zi shakllanmaydi. O'z rivojlanish jarayonida u o'z tarixi va boshqa xalqlar madaniyatiga murojat qilishga majbur bo'ladi. Madaniyatlararo munosabat xalqlarni o'zaro bog'lab turadi. Har qanday madaniyat o'zining til tizimiga ega. U til bilan konseptlar orqali munosabatga kirishadi.

Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb mavzularidan biri bu - konseptdir. Bu atamani ilk bor 1928-yilda rus tilshunosi S.A. Askoldov o'z maqolasida qo'llagan. U konseptga "bu bir tur yoki boshqa turdagi tushunchalar haqida fikrlash jarayonini o'zida aks ettiradigan birlikdir", deb izoh bergan. Ammo shunga qaramay ushbu atamaga XX asrning 70-yillarida ham chuqur izoh talab qiladigan muammo sifatida qaralardi. Konsept tushunchasining tilshunoshlar iste'moliga kirishi 80-yillarda ingliz olimlari Ray Jakendoff, George Lakofflarnining asarlari bilan bog'liqdir. Aynan o'sha matnlarda konseptualizatsiya, konseptual mohiyat atamalari uchrab turadi.

Konsept tushunchasining lug'aviy ma'nosi ustida ham ko'pgina olimlar har xil fikrlarni bildirishadi. Unga ko'ra mantiqiy kategoriya, amaliy falsafa tushunchasi, milliy mentalitetning asosiy birligi sifatida qaraydiganlar ham bor. "Konsept" - lotincha "conceptus" so'zidan olingan bo'lib, "tushuncha" ma'nosini bildiradi. Kognitiv atamalar lug'atida esa konsept atamasiga quyidagicha ta'rif beriladi: konsept bizning tafakkurimizdagi aqliy va psixik resurslarning inson bilim va malakalarida aks etishiga xizmat qiladigan tushunchadir. "Konsept" atamasi zamonaviy tilshunoslikda biror bir leksik birlikning tafakkurdagi obrazini ifodalash uchun qo'llaniladi. Kundalik ilmiy ijodda esa konsept atamasi "tushuncha" bilan sinonim sifatida qo'llaniladi.

Asosiy qism. "Tushuncha" insonning fikrlash jarayonida faoliyat ko'rsatadigan his-tuyg'ulariga, tajriba va bilim mazmunini, insonning barcha faoliyati natijalari mazmunini va dunyoni o'rganish jarayonlarini shaklda aks ettiruvchi hislarga mos keladi. Konseptsiya - bu odam yozma nutqida amalga oshiradigan ma'noning algebrik ifodasidir.

V.Nezorniak ta'kidlaganidek, "Tushuncha bir so'z bilan mavhumlashgan va dunyoning milliy manzarasining bir parchasini aks ettiruvchi ajoyib obrazdir.

Lingvistik-kognitiv tushunchaga ko'ra, tushunchaning munosabati og'zaki ifoda vositalari bilan bog'liq. Til tushunchalarni shakllantirmaydi, balki ularni almashish va muloqot jarayonida muhokama qilish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Tushunchalar shaxsning real mentalitetida mavjud, shuning uchun ular muloqot qilish uchun og'zaki, ya'ni til vositalari bilan ifodalanishi kerak. Tilda konseptsiyani alohida so'zlar va iboralar orqali ham, jumlalar va butun matnlar orqali og'zaki

ifodalash mumkin, bu esa tushunchaning o'zini belgilaydi. Og'zaki shaklni tanlash so'zlovchining shaxsiy ma'nosi, aqliy ifodasi va o'zaro bog'liq bo'lgan ichki leksikaga bog'liq.

Tushuncha fikrning harakat birligi sifatida miqdor va toifalarga ajratish usuli va natijasidir. Chunki, konseptsiyaning obyekti psixik borliq bo'lib, uning shakllanishi abstraktsiya shakli bilan belgilanadi va uning modeli tushuncha bilan aniqlanadi, u nafaqat obyektni tavsiflaydi, balki uni yaratadi.

Shu boisdan ko'rinib turibdiki, tushunchalarni har tomonlama o'rganish so'nggi yillarda tilshunoslikning muhim tadqiqot yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Konseptsiyaning tuzilishini tahlil qilish alohida qiziqish uyg'otadi.

Stepanovning fikriga ko'ra, konseptsiya "qatlamli" tuzilishga ega, uning qatlamlari turli davrlarning madaniy hayoti natijasidir. Konseptsiyaning maxsus tuzilishi asosiy xususiyatni, qo'shimcha (passiv, tarixiy) xususiyatlarni va ichki shaklni o'z ichiga oladi. Ichki shakl, etimologik mezon boshqa barcha ma'no qatlamlari qurilgan poydevor sifatida qaraladi.

Konseptsiyaning tuzilishi bo'yicha boshqa qarashlar ham mavjud. G.Slyshkin va V.Karasik madaniy konseptsiyani ko'p o'lchovli mazmunli konstruktsiya sifatida ko'rib chiqishni taklif qiladilar, bu yerda tushuncha, obrazli va qadriyat tomonlari ajralib turadi. Tushunchaning shartli jihati - bu tushunchaning lingvistik fiksatsiyasi, uning nomi, tavsifi, xususiyati, tuzilishi, ta'rifi, ushbu tushunchaning boshqa tushunchalar guruhlariga nisbatan qiyosiy tavsifi hisoblanadi. Tushunchaning tasviriy tomoni - uning ongimizda u yoki bu shaklda aks etadigan predmetlar, hodisalar, va ularni ko'rish, eshitish, tahlil qilish xususiyatlaridir. Konseptsiyaning qadriyat tomoni ta'lim jarayonining shaxs uchun ham, jamoa uchun ham ahamiyatini belgilaydi.

Konsept tushunchasi deyarli barcha atoqli tilshunoslar tomonidan keng tadbiq qilinib, ularning barchasi ushbu tushunchani turlicha individual tarzda talqin qilishadi. Y.A. Stepanov va S.A. Askoldovning fikri bir biriga juda yaqindir, ular konseptni "mantiqiy kategoriya" sifatida talqin etishadi. Ya'ni Askoldovning fikricha "konsept bu madaniyat elementlaridan birining kishi tafakkurida shakllangan shaklidir, xuddi shu shaklda madaniyat kishining mental dunyosiga kirib boradi". Yana bir rus tilshunosi V.A. Maslova konsept ma'nosiga ko'p qirrali tuzilma sifatida qarab, nafaqat til egalari tomonidan o'ylanadigan, balki ular o'zlari his qiladigan hayajon, baho, milliy obraz va konnotatsiyani o'z ichiga olishini ko'rsatadi va konsept tuzilishida o'zgacha nuqtai nazar borligini ta'kidlaydi. Konsept markazida qadrlilik turishi, u madaniyat tadqiqiga xizmat qilishi, madaniyat asosida aynan qadrlilik prinsipi yotishini ham o'z fikrlarida bayon etgan. Qolaversa, har bir konsept murakkab mental uyg'unligi, ma'noviy tuzilishidan tashqari insonni ifodalayotgan obyektga munosabati va umuminsoniy yoki umumiy, milliy-madaniy, ijtimoiy, til egalariga tegishli, shaxsiy individual komponentlarni o'z ichiga olishini ta'kidlaydi. Demak, konsept lingvomadaniyatda eng faol qo'llanuvchi birlik sanaladi.

Konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining o'ziga xos jihatlarini ifodalaydi. Masalan, choy konsepti o'zbek kishilarining tafakkurida quyidagicha assotsiatsiyalanadi:

1) Chanqoq bosdi ichimlik: chanqaganda ichiladigan, hattoki yozning chillasida ham ichiladigan issiq ko'k choy;

2) Mehmondo'stlikning ifodasi: uyga mehmon kelganda nondan keyin dasturxonga tortiladigan eng asosiy ichimlik. Kishilar tanishini uyga taklif etish uchun "bir piyola choy ichib keting" iborasini ishlatishadi.

3) Bosh og'rig'ini qoldiruvchi malham: bosh og'riganda ko'pchilik, ayniqsa yoshi kattalar achchiq choy damlatib ichishadi;

4) Kelinlar odobining ifodasi. O'zbek madaniyatida choy uzatishning ham o'z odobi bor, ya'ni o'zbek oilalarida asosan kelinlar avval yoshi kattalarga, turgan holatda, chap qo'llari ko'ksida, o'ng qo'llari bilan choy uzatishadi.

5) Shunchaki suhbat chog'idagi ermak.

Xulosa. Konsept - tafakkur birligi va uning asosida tushuncha, obraz va lisoniy ma'no umumlashmasi yotadi. Konseptning shakllanishi individual obraz tug'ilishidan boshlanib, lisoniy birlikning paydo bo'lishi bilan tugaydi. Taniqli faylasuf va psixolog Jerri Fodor voqelikning ongda in'ikos etishi va bu in'ikosning tafakkurda "qayta ishlanish" jarayonini o'rganayotib, bu jarayonni "tafakkur lisoni"ga o'xshatadi. Chunki "har qanday mantiqiy tasavvur ma'lum ko'rinishdagi strukturaga ega bo'ladi hamda bu struktura tabiiy til birligining sintaktik shakliga ishoradir".

Konseptlar inson ongida shakllanadigan turli kategoriyalarning asosini tashkil qiladi, ular uchun tayanch nuqta bo'lib xizmat qiladi. Odatda, konseptning umumiy xususiyatlari sifatida uning ichki tuzilish jihatidan aniq ko'rinishga ega emasligi qayd qilinadi, biroq bu qayd unchalik haqiqatga yaqin emas. Zero, konseptning asosini tashkil qiluvchi predmet obrazi yetarlicha aniq va ikkilamchi o'rinni egallagan bo'laklari mavhumlikka ega bo'lishi bilan birgalikda, ular yagona negiz atrofida o'zaro munosabatga kirishib birikadilar. Shu sababli kontsept tarkibining tizimiy xarakterga ega ekanligini e'tirof etish ma'quldir. Uning tizimiy xususiyatlari tuzilish jihatidan murakkab tartibli bo'lishida va bir butun mental tuzilma sifatida idrok qilinishida namoyon bo'ladi.

Kontseptlar yordamida inson va uning atrofida o'zaro bog'liqlik amalga oshiriladi. Kontseptlar inson ongida nafaqat so'zlarning lug'aviy ma'nolari asosida, balki shaxsiy, madaniy va tarixiy tajriba asosida ham paydo bo'ladi va bu tajriba qanchalik boy bo'lsa, kontseptning chegaralari kengayib boraveradi.

Yuqoridagi fikrlarni o'rganish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, konsept tushunchasi har bir shaxs uchun individual va jamiyat uchun umummilliy bo'lgan, ong, til va ruhiyatning bog'liqligida kechuvchi jarayondir.

REFERENCES

1. Аскольдов С.А. Концепт и слово // Русская словесность. От теории словесности к структуре текста. Антология. / Под ред. проф. В.П. Нерознака. - М.: Academia, 1997.

2. Маслова В.А. Лингвокультурология. - М. Изд-во. Академия 2001.

3. Степанов Ю.А. Словарь русской культуры. Опыт исследования.- М.: Языки русской культуры. 1997.

4. Телия В.Н. "Русская фразеология. Семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты". - М: "Языки русской культуры", 1996.

5. J. Fodor, Cognitive science, 1950 - p 210

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.