Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA KONSEPT TUSHUNCHASI TALQINI'

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA KONSEPT TUSHUNCHASI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
43
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konsept / konseptuallashtirish / lingvokulturologiya / kognitiv tilshunoslik / badiiy konsept / paradigm.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — M.B.Ergashev

Ushbu maqolada, konsept tushunchasining zamonaviy tilshunoslikdagi tadqiqi, xorij va o‘zbek tilshunos olimlari tomonidan bildirilgan fikr va qarashlari, konsept tushunchasi talqini haqidagi olimlarning turli nazariy qarashlari va fikr mulohazalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA KONSEPT TUSHUNCHASI TALQINI»

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA KONSEPT TUSHUNCHASI TALQINI

M.B.Ergashev

SamDCHTI o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10806551

Annotatsiya. Ushbu maqolada, konsept tushunchasining zamonaviy tilshunoslikdagi tadqiqi, xorij va o'zbek tilshunos olimlari tomonidan bildirilgan fikr va qarashlari, konsept tushunchasi talqini haqidagi olimlarning turli nazariy qarashlari va fikr mulohazalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: konsept, konseptuallashtirish, lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik, badiiy konsept, paradigm.

Kirish.

Bugungi kunda tilga antroposentrik yondashuv tilshunoslik sohasining eng so'ngi yutuqlarini o'zida mujassam etib, mustaqil paradigma sifatidagi maqomini tobora mustahkamlab bormoqda. Ko'plab tadqiqotchilarning e'tirof etishicha, kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiya antroposentrik paradigmaning yetakchi yo'nalishlari hisoblanadi. Zamonaviy kognitiv tilshunoslikning vujudga kelishi amerikalik olimlar J.Miller, J.Bruner, J.Lakoff, R.Langaker, R.Jakendoff va boshqalarning ilmiy ishlari bilan bog'lanadi.

Til, madaniyat, etnosning o'zaro munosabati masalasi yangi hodisa emas. XIX asrning boshlaridanoq bu muammoni nemis olimlari - aka-uka Grimmlar o'rganishga harakat qilganlari ma'lum. "Til - madaniyat" tushunchalarining uzviy aloqadorligi dastlab. V. fon Gumboldtning ishlarida ko'rinadi [2]. Uning fikricha, til "xalqning ruhiyati", xalqning "asl ko'rinishi"dir. Madaniyat, avvalo, tilda aks etadi. Shunday ekan, madaniyat faqat til orqaligina namoyon bo'ladi. Til madaniyatning asl ko'rinishi, realligidir, til orqaligina inson madaniyatga kirib boradi, degan fikrlari muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Biroq lingvokulturologiyaning fan sifatida ilmiy asoslanishi M.M.Pokrovskiy, G.V.Stepanov, D.S.Lixachev va Y.M.Lotman, F.I.Busayev, A.N.Afanasyeva, A.A.Potebnya ishlaridan boshlandi [3].

Shunisi e'tiborga loyiqki, o'tgan asrning 50-70-yillarida konsept atamasi lingvistik lug'atlarda mavjud emas edi. Shu vaqtgacha bu tushuncha fanda faqat falsafiy-matematik kategoriya sifatida faoliyat ko'rsatgan. Ammo XX asrning oxiridan hozirgi kunga qadar kontsept o'ziga xos qayta ko'rib chiqish davridan omon qoldi va falsafadagi kabi lingvokulturologik kategoriya apparatida ham faol qo'llanildi.

Y.Stepanov kontseptuallashtirilgan sohani so'zlar, narsalar, mifologemalar va marosimlar umumiy tasvirga (madaniy tushuncha) birlashtirilgan madaniyat sohasi deb ataydi. Alohida "konseptuallashtirilgan makon" doirasida so'z va marosim ob'yekti, so'z va mifologema va hokazolar semantik jihatdan o'ziga xos tarzda birikishi, bir-birining o'rnini bosuvchi yoki timsol vazifasini o'taydi. Madaniyat sohasidagi bu kontseptualizatsiya jarayonini biz narsalar va so'zlarning sinonimizatsiyasi deb ataymiz [5].

Konsept termini o'zbek tilshunoslari N.Mahmudov, Sh.Safarov hamda A.E.Mamatov tomonidan batafsil izohlangan [4]. Fikrimizcha, konsept ko'p qirrali va ko'p qatlamli mental tuzilmadir. Shuningdek, u bir vaqtning o'zida psixologik, kognitiv-semantik va lingvokulturologik jihatlarni namoyon etadi. Zero, konseptning kognitiv va lingvokulturologik tadqiqotlar obyekti sifatida tavsiflanayotganligi ham shundan dalolat beradi. Shu sababli konseptning tadqiqotchilar tomonidan subyektiv, ijtimoiy, lingvomadaniy, badiiy konseptlar sifatida tiplarga ajratilganligini yagona mohiyatga turli jihatlardan yondashuv sifatida baholash mumkin. Zotan, til tizimi

yuqoridagi sifatlarni o'zida jamuljam etgan nihoyatda serqirra hodisalardan biri hisoblanadi [6].

Y.N. Shvedova konsept tushunchasi ortida ijtimoiy yoki subyektiv tarzda anglanuvchi, inson hayotining muhim moddiy, aqliy, ruhiy tomonini aks ettiruvchi, o'z tarixiy ildizlariga ega bo'lgan, xalqning umumiy tajribasini aks ettiradigan mazmun turishini qayd etadi [7].

E.S.Kubryakova ta'kidlaganidek, "Konsept termini tafakkurni anglash, ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash kabi muammolar bilan shug'ullanuvchi kognitiv psixologiya hamda kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya fanlari uchun soyabon vazifasini bajaradi". Konsept tafakkur birligi hisoblanib, uning asosida tushuncha, ma'no va obraz yotadi hamda u yuksak darajadagi mazmunga egadir. Suqrotning "O'zingni angla" degan serma'no fikri har bir tarixiy davrda yangicha ma'no kasb etadi. Tafakkur qilish va anglashda insonning, eng avvalo, etnik kelib chiqishi, atrof-muhit, o'zi yashab turgan turmush tarzi sharoiti ta'sirida amalga oshadi.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab til, ong va madaniyatni har tomonlama o'rganish g'oyasi lingvistik tadqiqotlarning o'ziga xos xususiyatlaridan biriga aylandi. Bu rivojlanish va fan davri bo'lib, ushbu tushunchalar, lingvokulturologiyaning o'zaro bog'liqligini aks ettiradi. Uning vazifalari tilshunoslik va madaniyat kesishmasidagi hodisalarni o'rganishni o'z ichiga oladi.

Konsept semantik jihatdan so'zning leksik ma'nosiga nisbatan boyroqdir. Buning asosiy sababi, konseptning mental birlik sifatida talqin qilinishidir.

Konsept doimo shaxs bilan bog'liq. Konsept o'z ichiga so'zning leksik ma'nosiga xos ravishda intellektual, hissiy, estetik axborotni olishi, terminga xos ensiklopedik axborotni qamrab olishi miimkin. Ammo konsept na leksik ma'no va na tushuncha emas. Uning farqini quyidagi talqinda ko'rish mumkin. Konsept - bu alohida bir xalq, ijtimoiy sinf, alohida maktab yoki aynan bir individning borliqdagi predmet yoki hodisaga bo'lgan qarashlari asosida yuzaga kelgan mental hodisadir [1].

Demak, so'zning leksik ma'nosi va konsept tafakkur va kognitiv xususiyat bilan bog'liq hodisa bo'lib, ongda borliqning aks etishi natijasidir. Biroq konsept kognitiv ong mahsuli bo'lsa, so'zning leksik ma'nosi lisoniy ong mahsulidir. Konsept bilan so'zning leksik ma'nosi o'rtasidagi farq shundaki, konsept konseptosfera birligi hisoblansa, so'zning leksik ma'nosi tilning semantik maydoni birligidir. Konseptning mohiyati kengroq bo'lib, u o'zida faqatgina ma'no komponentlarini emas, inson hayotiy tajribasida orttirilgan bilimlari, ongdagi axborot yig'indisi, u yoki bu predmet yoki hodisa haqidagi ensiklopedik bilimlari majmuidan iborat.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tish joizki, oxirgi o'n yillik ichida tilshunoslikda konsept eng faol qo'llanuvchi terminlardan biriga aylandi. Konsept nafaqat tilshunoslik, balki u adabiyotshunoslik, mantiq, falsafa va madaniyatshunoslik fanlarida ham qo'llanadi, biroq konsept termini hozirgacha aniq bir ta'rifga ega emas va turli sohalarda turlicha ta'riflanadi. Turli olimlar tomonidan konsept tushunchasini talqin qilishda ayrim tafavvutlar mavjud. Lingvistik adabiyotlarda mantiqiy kategoriya sifatida unga nisbatan nuqtai nazarlar mavjud bo'lib, ular milliy mintallitetning asosiy birligi sifatida amaliy kundalik ko'p o'lchovli ta'lim mazmunidagi falsafiy termin sifatida o'rganilgan.

REFERENCES

1. Болотов В.И. Из истории науки. А.А.Потебня и когнитивная лингвистика // Вопросы языкознания. - Москва, 2008. - №2. - С. 82.

2. Гумбольдт В.Фон. Язык и философия культуры. - М., 1985. - С.451.

3. Сайидрах,имова Н., ^обулова У. Лингвокультурология - тилшуносликнинг алох,ида сохдси // Узбек тили ва адабиёти, 2015. - №4. - Б. 87-91.

4. Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик - Жиззах: Сангзор, 2006; Маматов А.Э. Тилга когнитив ёндашувнинг мохияти нимада? / Узбек тилшунослигининг долзарб муаммолари (проф. А.Нурмонов таваллудининг 70 йиллигига багишлаб утказилаётган илмий-амалий анжуман материаллари. - Андижон, 2012. - Б. 212; Махмудов Н. Тилнинг мукаммал таджики йулларини излаб... // Узбек тили ва адабиёти, 2012. № 5. -Б. 3-16.

5. Степанов Ю.С. Константы. Словарь русской культуры: Опыт исследования. - М.: Яз. рус. культуры, 1997. - 824 с.

6. Худайберганова Д. Узбек тилидаги бадиий матнларнинг антропоцентрик талкини: Филол. фан. док. ... диссер. автореф. - Тошкент, 2015. - Б. 11-12.

7. Шведова Н.Ю. Русский язык. Избранные работы. - М.: Языки славянской культуры, 2005. - С.603.

8. http: // rtsu slavist./ t index php? option=com conten tack wiew & id=149 & itimed=80

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.