Научная статья на тему 'LIDERLIKNING BOSHQARUV TIZIMIDAGI AHAMIYATI, UNGA QO’YILADIGAN TALABLAR'

LIDERLIKNING BOSHQARUV TIZIMIDAGI AHAMIYATI, UNGA QO’YILADIGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
19
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
divergent tafakkur / innovatsiya / konfliktogen vaziyat / optimistic ruh / intelektual lider / emotsional lider / kognitiv bilim / psixogen baryer / super lider

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Yuldasheva Ziyodaxon Bekmurat Qizi, Gadayeva Mashhura Shuhrat Qizi

Ushbumaqolada haqiqiy liderning o’ziga xos xususiyatlari bilan jamoa a’zolaridan ajralib turishi va liderlikning rahbarlikdan farqli jihatlari tahlil qilinadi. Liderlarning turlari va muvaffaqiyatga erishish uchun liderlarga qo’yiladigan talablar haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LIDERLIKNING BOSHQARUV TIZIMIDAGI AHAMIYATI, UNGA QO’YILADIGAN TALABLAR»

LIDERLIKNING BOSHQARUV TIZIMIDAGI AHAMIYATI, UNGA QO'YILADIGAN TALABLAR

Yuldasheva Ziyodaxon Bekmurat qizi

Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash fakulteti 3-bosqich talabasi Gadayeva Mashhura Shuhrat qizi

Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash fakulteti 3-bosqich talabasi

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 02-April 2024 yil Ma'qullandi: 04- April 2024 yil Nashr qilindi: 09- April 2024 yil

KEY WORDS

divergent tafakkur, innovatsiya, konfliktogen vaziyat, optimistic ruh, intelektual lider, emotsional lider, kognitiv bilim, psixogen baryer, super lider

ABSTRACT

Ushbu maqolada haqiqiy liderning o'ziga xos xususiyatlari bilan jamoa a'zolaridan ajralib turishi va liderlikning rahbarlikdan farqli jihatlari tahlil qilinadi. Liderlarning turlari va muvaffaqiyatga erishish uchun liderlarga qo'yiladigan talablar haqida so'zyuritiladi.

Bugungi kunda jamiyatimizda tobora ommalashib borayotgan lider tushunchasi hayot faoliyatimizda katta ahamiyatga ega. Ho'sh, liderlik o'zi nima? Haqiqiy lider qanday bo'lishi kerak?

Lider so'zi inglizcha leader so'zidan olingan bo'lib, boshlab beruvchi, yetakchi degan ma'noni bildiradi. Liderlik bu - insonlarni ma'lum maqsad yo'lida birlashtirib, shu maqsadga erishgungacha bo'lgan vaqtda boshqarish, nazorat qilish kabi tushunchalarni o'z ichiga olgan insoniyatning ijtimoiy ehtiyojlaridan biri. Liderlik nafaqat insonlar o'rtasida balki, hayvonot olamida ham keng tarqalgan. Har bir guruh, to'da yoki galaning boshi qolganlarni orqasidan ergashtirib, jamoa uchun manfaatli bo'lgan maqsadlar tomon yetaklaydi.

Xususan, jamiyatimizda ham har qanday sharoitda guruh qatnashchilari orasida liderlik faoliyati talab qilinadi. Liderlik faoliyatisiz ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi. Liderlik faoliyati asosida bajarilgan ishlar yakkalikda qilingan ishlarga nisbatan tez, samarali, oson va unumli bo'ladi. Bundan tashqari liderlik faoliyati asosida amalga oshirilayotgan ishlar guruh a'zolari tomonidan har taraflama ko'rib chiqilib, xato va kamchiliklardan xoli bo'ladi va har bir guruh a'zosining dunyoqarashi, fikri inobatga olinib, shu maqsadga yo'naltirilgan ishlar asnosida jamiyatda yangilanish, rivojlanish, oldinga o'sish amalga oshadi.

Ho'sh, mana shu ishlarni boshida bosh-qosh bo'lib turgan inson - haqiqiy leader qanday xususiyatlarga ega bo'lishi kerak?

Lider bo'lish har bir inson uchun katta ma'suliyatni talab qiladi. Haqiqiy lider -boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega, har qanday inson bilan til topishib ketadigan, insonlarni orqasidan ergashtira oladigan, guruh manfaatini o'zinikidan ustun qo'yadigan darajada oliyjanob, divergent tafakkur egasi hisoblanadi. Ya'ni muammolarga keng qamrovda

mulohaza bilan qarash va yechimlarni bir vaqtda jamoaga taqdim eta olish qobiliyati-liderlikning asosini tashkil qiladi. Lider guruhdagi barcha a'zolarga birday e'tiborli bo'lishi, har birini tinglay olishi, turli xil vaziyatda zudlik bilan to'g'ri qaror qabul qilishi kerak. Jamoa a'zolari bilan ishlashda turli taktikalardan foydalanib, jamoa orasida sog'lom muhit, sog'lom raqobatni yarata olishi kerak. Zero, raqobat bor joyda o'sish, rivojlanish bo'ladi!

Haqiqiy lider jamoa orasida hurmat qozona olishi kerak ya'ni, guruh a'zolari uni hurmat qilgan holda bergan topshiriqlarini bajarishi kerak. Hurmat qozonishi uchun esa o'zi guruh a'zolarini hurmat qilishi, o'zini har jabhada ko'rsata olishi va boshqalar uchun o'rnak bo'la olishi lozim. Hurmat qilsang, hurmat topasan degan gap bejiz aytilmagan, albatta. Lider doimo qattiqqo'l va talabchan bo'lmasligi kerak. Kerakli vaziyatda guruh a'zolariga g'amxo'lik qilishi, ularni qo'llab- quvvatlab berilgan ishonchga munosib bo'lishi kerak. Shu o'rinda Jon Kuinsi Adams liderlik haqida shunday degan " agar sizning harakatlaringiz boshqalarni ko'proq orzu qilishga, ko'proq o'rganishga va o'z ustida ishlashga ilhomlantirsa, u holda siz lidersiz''. Liderlikning o'zi shaxsning guruhni yetaklashga bo'lgan ishtiyoqi, guruh a'zolarining shu shaxs orqasidan ergashishi, jamoaning o'z ixtiyoriga ko'ra o'zi ishongan inson borayotgan yo'lni tanlashi orqali kelib chiqadi.

Bir maqsadga yo'naltirilgan guruhda har bir a'zo o'zining mavqeiga ega. Guruh a'zolarining orasida shunday insonlar borki, o'zining ajralib turadigan xislatlari orqali guruh a'zolari orasida yuqori mavqeini egallaydilar. Jamoaning rasmiy tizimida yuqori mavqei egasi rahbar bo'lsa, norasmiy yuqori mavqei egasi lider hisoblanadi. Liderlar tan olinsa, rahbarlar tayinlanadi. Rahbarlardan farqli ravishda liderlar muddatsiz faoliyat yuritadi, jazolanmaydi. Ular jamoaning ko'zlagan maqsadiga erishishda o'zlarining ortirrgan tajribalaridan foydalanishadi, to'g'ri deb hisoblagan yo'ldan borishadi va o'zining qobiliyatlarini amalda ko'rsatib berishadi. Shuning uchun ham ko'plab insonlar liderlar ortidan ergashishadi, ularning qarorlarini to'g'ri deb hisoblaydi. Lider guruh manfaatlarini himoya qilishda rahbarlik bilan ziddiyatlarga duch keladi. Bunday vaziyatlarda lider va rasmiy rahbar alohida shaxslardan iborat bo'lsa, ular orasida ziddiyatlar kelib chiqadi. Jamoa a'zolari lider tarafida bo'lsa, ko'pchilik rahbarlar liderlarni siqib chiqarishga yoki uni mavqeini tushurishga harakat qiladilar. Ba'zi rahbarlar esa liderlardan foydalanishga va liderlar orqali ko'zlangan maqsadga samarali erishishga intiladilar. Shu o'rinda rahbar va liderning bir shaxs sifatida gavdalanishi eng maqbulidir.

Jamiyatimizda liderlarga bo'lgan ehtiyojning oshib borishi natijasida liderlik maktablarining tashkil etilishi, har bir yosh avlodni liderlik ruhida tarbiyalash orqali liderlik kompitensiyasini shakllantirish - kelajak uchun yangi innovatsiyalar povdevori bo'lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda boshqaruv faoliyatida liderlikning bir qancha turlari mavjud:

Intelektual liderlar yuqori saviyali, chuqur va kognitiv bilimga ega bo'lgan, keng mulohazali insonlardan tarkib topadi. Ular har doim yangiliklardan xabardor bo'lishadi va o'zgalarga tushunarli tarzda yetkazib berishadi, o'zlarnini ustida doimo ishlashadi va olgan bilim va ko'nikmalarini uyg'unlashtirish qobiliyatiga ega bo'lishadi.

Emotsional liderlar o'zlarining his tuyg'ularini to'la qonli ifoda eta olishi va shu orqali odamlarga ta'sir ko'rsatishi bilan ajralib turadi. Ular jamoada positiv energiyani, motivatsion ruh va jamoa a'zolarining o'zlariga bo'lgan ishonchini va ishtiyoqini shakllantiradi va psixologik baryerlardan, konfliktogen vaziyatlardan xalos etadi.

Irodali liderlar- sabrli, toqatli , boshlagan ishini oxiriga yetkazadigan, o'zining to'xtamlarini, qarashlarini tajribalar bilan solishtirib , keyin yakuniy xulosaga keladigan ilderlar. Ular jamoa a'zolarini jur'atli bo'lishga da'vat qiladi, ular jamoaning ustuni, tayanchi hisoblanadi.

Super liderlar quyidagi uchta liderlik xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan liderlardir. Super liderlar bo'lgan jamoa stress omilidan xoli va muvaffaqiyat darajasi ta'minlangan jamoalar sirasiga kiradi.

Hamjihatlik, o'zaro hurmat va ishonch - shu jihatlarni jamoada birlashtira olgan lider muvaffaqiyat sari qadam qo'yayotgan hisoblanadi. Ho'sh buni qanday amalga oshiradi? Buning uchun qo'yilgan talablar qanday? Bu asosan liderga bog'liq. Lider guruh a'zolarini rag'batlantirish orqali ularni ilhomlantira oladi va olg'a intilishga undaydi. Yana eng muhim jihatlaridan biri, lider kutilgan natijaga erisha olmagan taqdirda ham darhol tushkunlikka tushmasligi, kimnidir jazolamasligi va eng muhimi guruh a'zolarini ishonchini yo'qotmasligi kerak. Bunday vaziyatda shu holatga sababchi bo'lgan omilni topishi, uni bartaraf etishi va bundan xulosa chiqarishi darkor. Shu o'rinda ishonch eng ahamiyatlisidir. Liderning o'ziga bo'lgan ishonchi guruh a'zolarining ham o'zaro ishonchini ifodalaydi. Bu uzviy bog'langan ishonch ulardagi optimistik ruhni keltirib chiqaradi va eng to'gri qarorlar qabul qilinadi. Javobgarlik va ma'suliyat hissi liderni yuqori marralar sari yetaklaydi!

Adabiyotlar:

1. Chemers M. (1997) Etakchilikning integrativ nazariyasi. Lawrence Erlbaum Associates, nashriyotchilar. ISBN 978-0-8058-2679-1

2. Ikromov R.A., Xojiyev R.B. (2020). Barkamol avlodni voyaga yetkazish yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo'nalishidir.

3. Shalaginova, L. V. Etakchilik psixologiyasi / L. V. Shalaginova. - Sankt-Peterburg. : Nutq, 2007. - B.5

4. www.Ziyonet.uz

5. Икрамов Р.А., Хожиев Р.Б. (2020). Воспитание гармонично развитого поколения является приоритетом государственной молодежной политики. Вестник науки и образования. № 14 (92). Часть 1. С. 88-90.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.