Научная статья на тему 'LEV TOLSTOYNING MASHHUR “URUSH VA TINCHLIK” ROMANINING MIFOLOGIK TADQIQI'

LEV TOLSTOYNING MASHHUR “URUSH VA TINCHLIK” ROMANINING MIFOLOGIK TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
9
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
folklor eposl / porox / Urush va tinchlik / inson fenomeni.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Amanova Yu.X.

Ushbu maqolada Lev Tolstoyning mashhur “Urush va tinchlik” romanining mifologik tadqiqi, asarda berilgan epizodlarning “urush” mifologiyasiga mos kelishi haqida bayon qilingan. Urush va tinchlik mavzuining epik talqini, “yo‘qotilgan avlod” konsepsiyasi, urushning inson ma’naviyatiga yetkazadigan mudhish jarohat va qoldiradigan asoratlari nemis adibi hamda o‘zbek yozuvchilari asarlari misolida ilk marta fundamental tarzda qiyosiy-tipologik tadqiq etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LEV TOLSTOYNING MASHHUR “URUSH VA TINCHLIK” ROMANINING MIFOLOGIK TADQIQI»

Amanova Yu.X. o'qituvchi Termiz davlat universiteti

LEV TOLSTOYNING MASHHUR "URUSH VA TINCHLIK" ROMANINING MIFOLOGIK TADQIQI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Lev Tolstoyning mashhur "Urush va tinchlik" romanining mifologik tadqiqi, asarda berilgan epizodlarning "urush" mifologiyasiga mos kelishi haqida bayon qilingan. Urush va tinchlik mavzuining epik talqini, "yo'qotilgan avlod" konsepsiyasi, urushning inson ma'naviyatiga yetkazadigan mudhish jarohat va qoldiradigan asoratlari nemis adibi hamda o'zbek yozuvchilari asarlari misolida ilk marta fundamental tarzda qiyosiy-tipologik tadqiq etiladi.

Kalit so^zlar: folklor eposl, porox, Urush va tinchlik, inson fenomeni.

Amanova Yu.X. lecturer

Termez State University

A MYTHOLOGICAL STUDY OF THE FAMOUS NOVEL "WAR AND

PEACE" BY LEV TOLSTOY

Abstract. In this article, a mythological study of Leo Tolstoy's famous novel "War and Peace " is presented. The epic interpretation of the theme of war and peace, the concept of the "lost generation ", the terrible trauma and complications that war inflicts on human spirituality will be fundamentally comparative-typologically researchedfor the first time on the example of the works of German writers and Uzbek writers.

Key words: folklore epic, gunpowder, war and peace, human phenomenon.

Kirish.

Jahon adabiyotining asosiy mavzularidan biri - urush va tinchlik mavzuidir. Urush tarix ibtidosidan odamzodning istalmagan yo'ldoshi bo'lib kelayotgani sababli folklor eposlaridan tashqari inson badiiy tafakkurining ilk yozma namunasi bo'lmish mahobatli "Iliada" va "Odissey"dayoq poetik idrok markaziga shu mavzu qo'yilgan; so'z san'atining "Urush va tinchlik", "Alvido, qurol!", "Shendler ro'yxati", "G'arbiy front bo'ylab, "Urush ayollarning ishi emas" kabi durdonalari ham shu mavzuda yozilgan. Badiiy adabiyot hamisha yuksak insoniy qadriyatlar, yuksak axloqiy tamoyillarning himoyachisi va targ'ibotchisi o'laroq urushning g'ayriinsoniy mohiyati va oqibatlaridan ogohlikka chorlab bong urmasligi mumkin emas. Urush mavzuidagi asarlarni ilmiy tadqiq etish ham

bilvosita tinchlik va bunyodkorlik, azaliy ulug'vor qadriyatlar targ'ibotiga xizmat qiladi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Badiiy adabiyot, san'at va madaniyat yaratmalarida talqin etib kelinayotgan mavzular, g'oyalar tizimida urush va tinchlik masalasi yetakchi o'rinlardan birini tashkil etadi. Qadim-qadim neondertal davrlardan odam zoti endigina yaratilib, oyoqqa turayotgan, hatto, libos, yopinchiq kabi himoya va bezak ashyolaridan xoli bo'lgan, ikki oyoqli maymunlar kabi yuradigan odamlar til-zabonsiz holida kichik bir xo'rak uchun o'zaro talashib-tortishgan, hatto, manfaat ustida bir-birining qonini to'kadigan hodisotlardan boshlangan "urush" degan ofat asrlar davomida ulkan janglarga - mamlakatlar, odamlar o'rtasidagi jang-jadallarga, odam qoni daryo-daryo bo'lib oqadigan dahshatli jarayonlarga aylandi. Va urush degan eng noinsoniy jinoyatkorona hodisalar hamon turli-tuman ko'rinishlarda va shakllarda davom etib kelmoqda. "Urush" so'zi va "urush" harakati yonida hamisha albatta uning ziddi "tinchlik" g'oyasi va masalasi albatta yondosh holda namoyon bo'ladi. Asrlar, ming yillar davomida insoniyat oromini, osoyishta turmushini buzib, zaharlab kelayotgan urushlarga qarshi barcha iymonli kishilar, adabiyot va ilm-fan namoyandalari uzluksiz qarshi kurashib kelayotganligiga qaramasdan bu negativ hodisa barham topgan emas.

Taniqli adabiyotshunos Izzat Sulton yozganidek, "Ulug' Vatan urushi davri salmoqdor badiiy asarlar yaratish uchun xilma-xil mavzularga boy. Urush tugab, tinch hayotimizga kirganimizdan keyin ham adabiyotimiz oldiga katta vazifalar kelib chiqadi: adabiyotimiz dahshatli va mislsiz jangdan chiqqan ulug' bahodir xalqimizning sanoqsiz ma'naviy jarohatlariga malham topishi, unga maslahatgo'y va yo'lboshchi bo'lishi kerak"5.

Ma'lum bo'ladiki, inson fenomeni, quvonch va qayg'usi uchun doimo kamarbasta bo'lib kelayotgan badiiy adabiyot namunalari odamizotga qirg'in va ayovsiz jabru jafolar keltirgan urush ofatining barcha zamonlardagi voqeligini umumlashtirish va tasvirlash borasida ham kamarbastalik qilib kelmoqda. Bunda urushlarni qoralash, fosh etish, urush jabrdiydalari obrazini yaratish, Vatan himoyasi borasidagi qahramonliklarini tasvirlash vazifasi birinchi o'rinda bo'lib kelmoqda.

Tahlil va natijalar.

Urush balosiga qarshi mardona kurashib kelgan zabardast yozuvchilardan biri Lev Tolstoyning mumtoz yaratmalarida urushlar mohiyati, uning inson zoti uchun tengsiz ko'rgulik ofati ekanligi chuqur tahlil qilingan. Masalan, L.Tolstoyning mashhur "Urush va tinchlik" roman-epopeyasidagi "Urushning taqdirini porox emas, poroxni o'ylab chiqargan odam hal qilar edi" 6, - degan falsafiy fikri bu masalaning o'zak muammosi sifatida xarakterli. Darhaqiqat, urushlarning asosiy yadrosi, ajal-urug'i bo'lmish porox moddasi barcha o'qotar

5 CyrnoH H. Karra hmth^oh. Typr ^u^g^HK. Hkkhhhh F.Fy^OM HOMugaru ACH, 1972, 27-6eT.

6 .HeB To^CTOHHHHr ra^aKKyp mB^ap^apu. Tyn^OBHH Ba cy36omu Mya^u^u: h^^om FaHueB. TomKeHr, "IJOD-PRESS", 2019, 21-6er.

qurollaming bosh ashyosi sanaladi. Xo'sh, nega urush-to'polonlar taqdiri shu badbin "porox" bilan emas, balki, shu "porox"ni kashf etganlar tomonidan hal qilingan? Chunki, urushlarni qo'zg'ashdan va boshlashdan asosiy muddao, uning asoschilarining qora niyatlari, manfaatdorligi, o'ch olish yoki qasd qilish kabi noodamiy yovuz qilg'iliqlar bilan bog'liq. "Porox" esa bunday yovuz kimsalar qo'lidagi ajal, qo'rqitish, vahm solish qurol-vositasi sanaladi. Ma'lumotlarga ko'ra, Lev Tolstoyga 2004 yil xalqaro miqyosdagi nufuzli Nobel mukofoti berishga qaror qilinadi. Ammo, Tolstoy bu siylovni rad etadi. "Menga urushlarning, odamlarni qo'rqitishning asosi bo'lgan poroxning puliga keladigan mukofotning keragi yo'q" degan mardona javobni beradi ulkan so'z san'atkori. Bilamizki, dunyoda poroxning asoschisi Alfred Nobel shu porox kashfiyoti uchun davlatlardan keladigan to'lov pullari hisobidan 33 foizini olti yo'nalish bo'yicha yaratiladigan eng sara badiiy va ilmiy asarlarning mualliflariga berilishini vasiyat qilib qoldirgan.

L.Tolstoy yana yozadiki, "Fransiya bir kishining, ya'ni Napoleonning irodasi bilan respublikadan imperiyaga aylandi, fransuz qo'shinlari bir k ishining - Bonapartning irodasi bilan Rossiyaga bostirib kirdi" 7

Bu fikr ham yirik urushlarning bir dovruqtalab shaxsning munofiqligi bilan boshlanishi va ancha yillab begunoh xalqlar tinchligini buzishi, vayronagarchiliklar, yo'qotishlar, son-sanoqsiz begunohlar o'limiga sababchi bo'lishi bilan bog'liq haqiqat tasdig'idir.

Xulosa. Odamizot paydo bo'lib, nafs, manfaat tushunchalari muomalaga kirganidan e'tiboran davlatlararo, xalqlararo tortishuvlar, urushlar, qirg'inbarotlar uzluksiz davom etib kelmoqda. Ma'lum haqiqat shundaki, barcha urushlar yer, mol-mulk, manfaat, nafs talashi asosida kelib chiqqan. Dunyoda ongli va madaniyatli, odamzotning shakllanishi bilan bog'liq qadimgi Gresiya o'n yillar davom etgan urushlar o'chog'i hisoblanadi. Bu kabi uzluksiz urushlar eng avvalo bu xalqlarning yuzlab miflari, rivoyat va afsonalarida o'z ifodasini topgan. Afsona va rivoyatlar asli real hayot voqeligi, tarix haqiqati bilan bog'liqdir.

Odamning o'z hayotini, baxtini, shodligini qurbon qilishga majbur ekani uning o'zini ham, atrofidagilarni ham ruhan mayib-majruhga aylantiradi. O'limlar, jismoniy jarohatlar, mayib-majruhlik, ochlik, vayronlikdan tashqari ma'naviy shikastlanishlar odamning ruhiyatini, tabiatini, azaliy-ibtidoiy gen tuzilmasini ham o'zgartirib yuboradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. Фитрат А. Адабиёт коидалари. Адабиёт муаллимлари хам адабиёт хаваслилари учун. Нашрга тайёрловчи, суз боши ва изохлар муаллифи: Хдмидулла Болтабоев. Т., "Укитувчи", 1995, 21-22 бетлар.

2. Лев Толстойнинг тафаккур жавхарлари. Тупловчи ва сузбоши муаллифи: Илхом Ганиев. Тошкент, "IJOD-PRESS", 2019, 23-бет.

7 Лев Толстойнинг тафаккур жавхарлари. Тупловчи ва сузбоши муаллифи: Илхом Ганиев. Тошкент, "IJOD-PRESS", 2019, 23-бет.

3. Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение. Восток и Запад. Ленинград, "Наука", 1979, стр.334-335.

4. Султон И. Катта имтих,он. Турт жилдлик. Иккинчи жилд. Г.Гулом номидаги АСН, 1972, 27-бет.

5. Аманова, Юлдуз. "ЖАХРН АДАБИЁТИДА УРУШ МАВЗУИНИНГ ЭПИК ТАЛКДНЛАРИ." Бюллетень педагогов нового Узбекистана 1.6 Part 2 (2023): 53-57.

6. Khurramovna, Amanova Yulduz. "Epic Interpretation of the Psychology of Warriors in Fiction (on the Example of the Work of Erich Maria Remarque and Uzbek Literature)." European Journal ofPedagogical Initiatives and Educational Practices 1.2 (2023): 106-109.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.