Научная статья на тему 'LARVAL SESTODOZLARNI OLDINI OLISH CHORALARI'

LARVAL SESTODOZLARNI OLDINI OLISH CHORALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tursunqulov A.R, Usmanov I. G‘

В данной статье изложен материал по эпидемиологии, эпизоотологии, клинике, диагностике, лечению и профилактике эхинококкоза, являющегося общим паразитарным заболеванием, как для животного, так и для человека. Статья обогащена собственными материалом и автора по наблюдению причин возникновения и распространения эхинококкоза среди людей.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LARVAL SESTODOZLARNI OLDINI OLISH CHORALARI»

UDK:576.89:616.084

LARVAL SESTODOZLARNI OLDINI OLISH CHORALARI

Tursunqulov A.R., Usmanov I.G'.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti

Аннотация: В данной статье изложен материал по эпидемиологии, эпизоотологии, клинике, диаг- ностике, лечению и профилактике эхинокок- коза, являющегося общим паразитарным за- болеванием, как для животного, так и для человека. Статья обогащена собственными мате- риалом и автора по наблюдению причин воз- никновения и распространения эхинококкоза среди людей.

Annotation: This article sets out the material about epidemiology, epizootology, clinical picture, diagnostics, treatment and prevention of echinococcosis, which is a common parasitic disease affecting both animals and humans. The article is enriched with the author's own material based on own observation of origin and spread of echinococcosis among humans.

Kirish. Exinokokkoz - ba'zi bir sut emizuvchi hayvonlar va odamda uchraydigan, og'iz orqali yuqadigan, odamni asosan parenximatoz organlarini (jigar, o'pka, taloq va h.k) shikastlab, surunkali kechadigan, exinokokk gijjasi qo'zgatadigan parazitar kasallikdir.

Exinokokkoz kasalligi insoniyatga qadim zamonlardan ma'lum bo'lgan. Taxminan, eramizdan 1200 yil muqaddam Bukrot jigar exinakokkozini o'z asarlarida «suvga to'lgan jigar» deb atagan. Tibbiyotning asoschilaridan hisoblangan Gippokrat, Abu Ali ibn Sinolar ham o'z ishlarida odamda uchraydigan exinokokkozga o'xshagan kasallik to'g'risida yozib qoldirgan. Arastu o'z asarlarida o'pka va jigarning exinokokk pufaklari bilan zararlanganligi haqida ma'lumotlarni eslatib o'tgan.

XVII asr oxiriga kelib, Italiyalik tabobatchi olim Fransisko Redi birinchi bo'lib, exinokokkoz kasalligini ba'zi bir hayvonlar o'rtasida uchrashi haqida, XVIII asr boshida esa Batch qishloq xo'jalik xayvonlari va odamda topilgan "pufakchalar", it ichagidagi tasmasimon gijjaning turli bosqichlari ekanligini taxmin qilgan.

Mavzuning dolzarbligi. Aholini yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash hozirgi vaqtning eng dolzarb muammolaridan biridir. Shu munosabat bilan inson salomatligiga zararli ta'sirlarni bartaraf etish uchun zamonaviy ilmiy yutuqlarni doimiy ravishda takomillashtirish va sinovdan o'tkazib, tekshirish hamda gelmintozlar bilan zararlangan hayvonlarning sifatsiz mahsulotlari sotuvga chiqarilishining oldini olishga qaratilgan tizimli nazoratni amaliga oshirish zarur.

Exinokokkozni oq rangli, mayda, uzunligi 2-6 mm, eni 0,6 mm gacha keladigan, tanasi yassi, tasmasimon gelmintning (gijjaning) lichinkasi qo'zg'atadi. Gijja bosh (skoleks), bo'yin va har xil uzunlik va enlikdagi a'zochalardan (bo'g'inlardan) iborat. (1-rasm.)

Gijjaning boshida 4 ta so'rg'ichi va xartumchalari, 35-40 tagacha ilgaklari mavjud. Boshini eni 0,25 - 0,36 mm gacha, birinchi qatordagi ilgaklarini uzunligi 32 - 43 mkm, ikkinchi qatordagi ilgaklariniki esa 20 - 43 mkm keladi.

Gijja boshidagi ilgaklari va so'rg'ichlari bilan ichaklar shilliq qavati va shillik qavati ostiga qattiq yopishib oladi. Exinokokkni 2 va 3 a'zochalari germofradit jinsiy sistemaga ega, 4 a'zocha yetilib o'sgan bo'lib, unda tuxumlarga to'la bachadon joylashgan.

Exinokokkda ovqat hazm qilish sistemasi yo'q, bu vazifani gijjani tashqi qoplami bajaradi. Jinsiy yetuk gelmintlar o'zlarining asosiy xo'jayinlari bo'lgan it, bo'ri, chiyabo'ri, tulki, giena, sher, leopardlarni ingichka ichaklarida parazitlik qilib yashaydi. Kichik va yirik shoxli mollar, cho'chqalar, otlar, tuyalar, kiyiklar va shularga o'xshash 70 ga yaqin yovvoyi va uy hayvonlari exinokokkni oraliq xujayinlari hisoblanadi. Odam ham exinokokkni oraliq xujayinlaridan biridir. Exinokokkni lichinkali bosqichi odam organizmida rivojlanib, bir necha yil davomida ichida suyuklik saqlagan oval shakldagi pufak (kista) ko'rinishida yashaydi.

Exinokokkoz - zoonoz, ya'ni hayvonlardan odamga yuqadigan parazitar kasallikdir. Bu kasallikda odam uchun kasallik qo'zg'atuvchisi manbai bo'lib, it, mushuk va Canidae oilasiga mansub bo'lgan bo'ri, chiyabo'ri, tulki, gienalar, kamdan kam hollarda Felidae oilasiga kirgan sher, leopardlar hisoblanadi. Exinokokkoz faqat og'iz orqali yuqadigan gelmintdir. Exinokokkozni yuqish mexanizmi - fekal-oral, yuqish omillari sabzavotlar, mevalar, exinokokk tuxumlari bilan ifloslangan ko'llardir.

Bu kasallik odamga asosan itlar orqali yuqadiItning ichidagi gelmint hali balog'atga yetmagan bosqichda parazitlik qilib, o'zidan axlati bilan tashqi muhitga exinokokk tuxumlari va bo'g'inlarini ajratib, tuproqni, suv havzalarini, o't-o'lanlarni, sabzavotlarni, mevalar va mahsulotlarini, ifloslantiradi. Natijada exinokokk tuxumlari bilan ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlarini, ko'katlarni, meva va sabzavotlarni, suvni iste'mol qilish natijasida, bu parazit tuxumlari odam me'da-ichak sistemasiga tushadi va exinokokkoz kasalligini keltirib chiqaradi.

Odam organizmiga tushgan exinokokk bo'g'inlari yoki tuxumlari me'da hazm shirasi yordamida o'z qobig'idan ajralib chiqib, o'zining ilgaklari bilan oshqozon-ichaklar shilliq qavatiga kiradi, keyin limfa va qon orqali jigar, o'pka, buyrak, mushak va boshqa organlar to'qimalariga joylashadi, bu to'qimalarda esa lichinkalarga aylanadi va 2 - haftasida pufakli shaklga kiradi. 5 oydan so'ng, hosil bo'lgan bu pufakni kattaligi (diametri) 5 mm ga etadi. Shundan so'ng, pufak juda sekinlik bilan, yillar davomida o'sadi, 20 - 25 yillardan keyin bu pufakni o'lchami kattalashib, o'zida 10 litr va undan ko'proq suyuqlik saqlagan biriktiruvchi to'qimali pufakka (kistaga) aylanadi. Bu suyuqlik sarg'imtir rangga ega bo'lib, o'zida natriy xlorid, uzum shakari, tirozin, yantar kislotasi, albumin va boshqalar saqlaydi.

Pufakni xitinli qobig'i ikki qavatdan iborat bo'lib, tashqi pardasini qalinligi 0,5 sm gacha bo'ladi, suyuqlikda 3000 ga yaqin exinokokk tuxumi bo'lishi mumkin. Exinokokkni o'lchami 1 - 1,5 sm dan 40 sm gacha, ba'zida esa undan ham katta bo'ladi. Exinokokk pufagi joylashgan organda pufak to'qimani qisa boshlaydi, surunkali yallig'lanish boshlanadi, so'ngra to'qimada atrofiya va nekroz jarayonlari kuzatiladi.

Kasallikni inkubatsion, ya'ni yashirin davri organizmda exinokokk pufagini joylashishiga, soniga va o'sish suratiga hamda organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatiga bog'liq bo'lib, bir necha oydan bir necha yilgacha davom etishi mumkin.

Kasallikni alomatlari ham exinokokk pufagi qaysi organda joylashishiga, uning katta kichikligiga va makroorganizmning holatiga bog'liq bo'ladi. Exinokokk pufagi asosan odamni jigari va o'pkalarida rivojlanib, shakllanadi, jigar exinokokk pufagi 50 - 70 foiz, o'pka exinokokkozi 20- 30 foiz, kamdan-kam holatlarda boshqa organ va to'qimalarda (taloq, buyrak, miya, mushak va suyaklarda) uchraydi

Exinokokk pufagi odam organizmida bittadan bir necha o'ntagacha, bundan tashqari bir paytning o'zida ikki va undan ortiq organ va to'qimalarda uchrashi mumkin. Exinokokk pufagi ko'pincha bir kamerali (uyali), ayrim holatlarda ko'p kamerali bo'ladi. Exinokokkoz kasalligini kechishi shartli ravishda 4 bosqichga

bo'linadi: birinchisi - latent, ya'ni qo'zg'atuvchini organizmga kirishidan boshlab kasallikning ilk alomatlari ruyobga chiqqanicha, ikkinchisi — kasallik alomatlarining sekin rivojlanishi, uchinchisi - kasallik alomatlarini yaqqol namoyon bo'lishi va to'rtinchisi - asoratli davr. Exinokokkoz kasalligini boshlang'ich davrlarida diagnoz qo'yish juda mushkul. Kasallikka diagnoz asosan kasallikni oxirgi bosqichlarida, asoratli davrida qo'yiladi.

Kasallikka diagnoz qo'yishda gemotologik, allergik serologik, rentgenologik, ultratovush yordamida tekshirish va kompyuter tomografiya usullaridan foydalaniladi. Exinokokkoz kasalligiga uchragan bemorlar qonida taxminan 50 foiz holatlarda eozinofil tayoqchalarini kamayishi (10-25 %) kuzatiladi. Kasoni reaksiyasi exinokokkoz kasalligida maxsus reaksiya hisoblanadi. Bu reaksiya exinokokkoz kasalligida 89 - 90 foiz holatlarda musbat natija beradi. Kazoni reaksiyasini qo'yish uchun 0,2 ml exinokokk pufagidan olingan steril suyuqlikni qo'l terisi ichiga yuboriladi, bu suyuqlik yuborilgan joyda terini qizarishi kuzatilsa, Kazoni reaksiyasi musbat sanaladi. Exinokokkoz kasalligi diagnostikasida skoleksopretsipitatsiya, bentonit bilan flokulyasiyalash, IFA, RSK, RNTA va boshqa serologik usullardan ham foydalaniladi.

Xulosa. Mollarni faqat maxsus qushxonalarda so'yishni tashkil etish, uylarda va ruxsat etilmagan boshqa joylarda mollarni so'yilishlarini qat'iyan taqiqlash va yo'l qo'ymaslik, qushxonalarda so'yilgan mollardan olingan ichak-chavoq va ichki organlarini, ya'ni konfiskat mahsulotlarni to'g'ri kelgan joylarga tashlamasdan, sanitariya -veterinariya talablari asosida yo'qotish, qushxona hovlisida itlarni saqlamaslik, so'yilgan mollarni organlarini itlar-ga yedirmaslik, exinokokkoz kasalligini muhofazasida muhim rol o'ynaydi. Exinokokkoz kasalligini oldini olishda tibbiy, veterinariya hamda obodonlashtirish xizmatlari, shuningdek keng jamoatchilik, qolaversa har bir fuqaro tomonidan chora-tadbirlar to'g'ri tashkil etilib, majmuaviy ravishda olib borilgan taqdirdagina bu og'ir va xavfli kasallikni muhofazasiga erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Aminjonov M. Научные аспекты изученияи профилактики ехинококкоза в Узбекистане.//В сб.: материалов второй междун. науч. конф. «Мониторинг распространения и предотвращения особо опасных болезней животных» Самарканд, 2004. - s. 18-23.

2. Elgandieva N.K., Abdiev T.A. Ситуацияпо паразитарным болезням в Узбекистане. //Ж-л Медицинская паразитология и паразитарные болезни. 2000. -s. 51-52.

3. I.Usmonov, (2022). QORAMOLLARNING ANOPOLOTSEFALYATOZLAR. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTIILMIY JURNALI, 403-406.

4. T.I.Taylakov, (2023). MAYDA SHOXLI HAYVONLARNING MONIEZIOZIDA ANTGELMINTIKLARNI SAMARADORLIGI ANIQLASH. Educational Research in Universal Sciences, 2(3), 955-958.

5. Usmanov, I. G., & Taylakov, T. I. (2023). DISTRIBUTION OF MONIEZIOSIS AMONG SMALL HORNED ANIMALS IN THE MOUNTAIN RANGES AND MOUNTAIN REGIONS OF SAMARKAND REGION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(4), 701-704.

6. A.P.TypcyHKynoB, & XymHa3apoB, A. X. (2020). XAHBOHTAPHHHT .APBA.TB UECT0^03.HAPH BA Y.APHHHr O^^KHH O^Hffi

qoPATAAEHP^APH. KoOPAKymnrnK ba HYX SKommxcH MXMMH-

TAff^M^OT MHCTMTYTM, 332.

7. Rasulovich, T. A., & Isakulovich, T. T. (2022). Analyzing the Epizootology of Sheep Dictyokaulosis and Studying the Effectiveness of Some Anthelmintic Drugs. INTERNATIONAL JOURNAL OF BIOLOGICAL ENGINEERING AND AGRICULTURE, 1(6), 22-24.

8. Tursunqulov, A. (2022). QO'YLARNING LARVAL SESTODOZLARINI MORFOLOGIYASINI O 'RGANISH. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 295-297.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.