Научная статья на тему 'KUZGI BUG’DOYDAN YUQORI HOSIL OLISH OMILLARI'

KUZGI BUG’DOYDAN YUQORI HOSIL OLISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Oziqlantirish / naychalash fazasi / boshoqlash davri / Yerga asosiy ishlov berish / Sug’orish / chillada sug’orish / Azotli o’g’itlar / Begona o’t / zararkunanda / kasaliklar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yusupov Ibragim Mirsaydalievich, Ortikov Sadritdin Sayfutdinovich

Kuzgi bug’doy yetishtirish va uning hosildorligini oshirishdagi asosiy omillar. Hosildorlikni oshirishdagi asosiy omillarni keltirishda, olimlarimiz tomonidan berilgan tavsiyalarga, tajribali dehqonlarning hamda ilg’or g’alla yetishtiruvchi fermer xo’jaliklarning natijalariga asoslanib, asosiy agrotexnik tadbirlarni bajarish tavsiya etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KUZGI BUG’DOYDAN YUQORI HOSIL OLISH OMILLARI»

KUZGI BUG'DOYDAN YUQORI HOSIL OLISH OMILLARI 1Yusupov Ibragim Mirsaydalievich, 2Artikov Sadritdin Sayfutdinovich

1Qo'qon davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti, Qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori (Ph.D.) Biologiya kafedrasi dotsenti 2"Furqat don Klaster" MChJ rahbari, Qishloq xo'jalik fanlari nomzodi https://doi.org/10.5281/zenodo.11210750

Annatatsiya. Kuzgi bug'doy yetishtirish va uning hosildorligini oshirishdagi asosiy omillar. Hosildorlikni oshirishdagi asosiy omillarni keltirishda, olimlarimiz tomonidan berilgan tavsiyalarga, tajribali dehqonlarning hamda ilg'or g'alla yetishtiruvchi fermer xo jaliklarning natijalariga asoslanib, asosiy agrotexnik tadbirlarni bajarish tavsiya etiladi.

Kalit so'zlar: Oziqlantirish, naychalash fazasi, boshoqlash davri, Yerga asosiy ishlov berish, Sug'orish, chillada sug'orish, Azotli o'g'itlar, Begona o't, zararkunanda, kasaliklar.

Dunyoda o'zgarishlar yangiliklar shiddat bilan davom etayotganligini xammamiz ko'rib bilib turibmiz. Dunyo yangiliklari olimlarimiz, tadbirkorlar va fermer xo'jaligi raxbarlari orqali qishloq xo'jaligiga jumladan, g'allachilik sohasiga ham kirib bordi desak adashmaymiz. Misol uchun O'zbekistonda mustaqillik davriga qadar yoki mustaqilligimizning dastlabki yillarida g'allachilikda bor yo'g'i o'rtacha hosildorlik bir gektar hisobiga 23-25 tsentnerni tashkil qilgan holos. Nima uchun bunchalik past hosildorlik bo'lganini izohlash zarur bo'lsa, aytish lozimki hosildorlik darajasini belgilovchi asosiy omil hisoblangan yer, suv, xavo, oldingi davrda ham hozirgi kundagidek bo'lgan. G'alla maydonlari uchun mineral o'g'itlar zahirasi ortig'i bilan berilgan. Mahalliy o'g'it jamg'arish ishlari ham yahshi yo'lga qo'yilgan shunda ham hosildorlik bir gektar hisobiga 23-25 tsentnerligicha saqlanib qolgan. Bu bilan bizgacha bo'lgan agranom mutaxassislarning malakasi yetishmagan demoqchi emasmiz, o'tgan davrda dunyo yangiliklari qishloq xo'jaligiga bugungidek kirib bormagan. Bugun esa g'allachilikda yangi g'oyalarni kirib kelishi uni fermer xo'jaliklari orqali amalga oshirilishi natijasida bir gektar maydondan o'rtacha 70 tsentnerdan boshlab 100-105 tsentnergacha hosil olishga erishilmoqda. Bunga erishishda quydagi ilmiy izlanish natijalari va agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida o'tkazish asosiy o'rin tutmoqda[1].

1. Nav tanlash. Serhosil kuzgi bug'doy navlari hisoblangan ASR, Davr, O'zbekiston-25, Aleksevich, Antonina, Vassa, Bezostaya-100, Ultra kabi navlarni ekish.

2. Ekish oldidan bir gektar maydonga 250-300 kg.dan Ammafos va 70-100 kg.dan Kaliy yoki 700-800 kg.dan Superfosfat va kaliy bilan ekish.

3. G'o'za qator orasiga ekiladigan maydonlarda g'o'za bargini defoliatsiyalab to'ktirilib so'ngra don urug'ini ekish[2].

4. Saralangan, tozalangan va sifatli dorilangan urug'lik bug'doy urug'larni ekish.

5. Ekish chuqurligini to'g'ri belgilash, ekish moslamalarini sifatli tayyorlash va zamonaviy texnikalar yordamida ekish.

6. Urug'lik bug'doyni ekish davri va sanasidan kelib chiqqan holda bir gektariga 250-300 kg.dan me'yorda ekish.

7. Sug'orishlar sonini tuproq sharoitidan kelib chiqib (og'ir tuproqli, yengil tuproqli, adirli maydonlar) sug'orishlar sonini 5-9 marta 70-100 metr uzunlikda olingan o'qariqlar yordamida sug'orish.

8. Maxalliy o'g'itlarni g'alla maydoniga solish yoki sharbat usulida sug'orishlarni bug'doylarni naychalash davriga qadar (18-20 martgacha) bajarish. Aslida oldinlari dehqonlar tomonidan kompost qilingan, har bir kompost hajmi bo'yicha 100-150 tonnalik bo'lib, uning tarkibida 1 tonna azotli, fosforli va kaliyli minerai o'g'itlar aralashmasi bo'lgan, kamida bir yil saqlanib keyin ishlatilgan. Bunday tadbirni bajarilishi bugungi kun uchun juda kerak deb hisoblaymiz chunki minerai o'g'itlar narxi keskin oshib borayotgan bir davrda fermer xo'jaligiga sezilarli darajada iqtisodiy samaradorlik olib kiradi[3].

9. O'simlikning o'sish va rivojlanishidagi oxirgi sug'orish sanasini 10-15 may oyida bug'doy boshog'ida don shakillanish va sut, mum pishish davrida yakunlash (ba'zi fermer xo'jaliklari may oyining 3 dekadasida ham sug'orishni to'xtatmaydi bu esa kutilmaganda esgan shamol tufayli bug'doylarni yotib qolishiga olib keladi natijada yotib qolish hisobiga hosildorlik maydonda 15-20 foizga kamayadi) maqsadga muvofiq hisoblandi.

10. Azotli mineral o'g'itlar bilan oziqlantirishda bir gektar hisobiga kuzda (noyabr va dekabr oylarida) 100-150 kg/ga dan korbamid bilan oziqlantirish. Bug'doylarni rivojlanishi (yaxshi, tuplangan, o'rta va kechki) xolatidan kelib chiqib, fevral oyidan boshlab bohorgi birinchi oziqlantirishni bir gektar hisobiga 200-250 kg/ga dan karbomid bilan oziqlantirish va bohorgi ikkinchi oziqlantirishni 5-10 mart kunidan boshlab ya'ni kuzgi bug'doylar uchun oziqlanishni eng ko'p talab qiladigan davri naychalash fazasi uchun 350-400 kg/ga dan Amiakli Selitra bilan oziqlantirish talab etiladi.

11. Kuzda bir marta va bohorda ikki marta suspenziya ishchi eritmasi bilan bargidan oziqlantirish. Bunda o'simlikning rivojlanish xolatidan kelib chiqib 5-10 kg/ga dan karbomid eritmasini sepish va o'simlikni o'sish darajasini oshiruvchi hamda, hosil elementini ko'paytiruvchi Fulvogumat (IRK 20-20-20 va Bor 2% (normasi 0.3-0.5 l/ga) bioo'g'it), Mers (normasi 0,3 - 1 l/ga), Biodoks (normasi 0,01-0,03 g/ga), NPK (tarkibida Azot 25 %, Fosfor 65 %, Kaliy 25 % ishlatilish normasi 0,5-0,6 kg/ga) vositalarini sepish yahshi samara beradi.

12. Gerbitsitlardan to'g'ri foydalanish ularni ishlatilish oyi va sanasini to'g'ri belgilash, don yetishtirish tannarxini oshirmaslik uchun arzon va sifatli gerbitsidlarni qo'llash.

№ Gerbitsitlar nomi Ming so'm/ga

1 Atlantus 750-800

2 Aksiyal 500-600

3 Pinoks 350-400

4 Kladistor yoki ximpuk 95-100

Faqat arzon hisoblangan kladistor, ximpuk gerbitsidini ishlatish davri 10 martdan 20 martgacha 0,2-0,25 l/ga me'yorida ishlatilib unga oddiy gerbitsid hisoblangan granstar yoki zarastar gerbitsidini qo'shib sepilganda dala maydonidagi barcha tur yovvoyi begona o'tlar to'liq bartaraf bo'ladi faqat raygressni quritmaydi, ammo uni ham 25-30 kun davomida o'sishdan to'xtatadi, bu esa bug'doy o'simligini erkin o'sib rivojlanishini, tuproqdagi mineral va organik oziq moddalardan yagona bug'doy o'simligi oziqlanishi uchun muhit yaratiladi. Hosildorlik salmog'ini ortishiga olib keladi. Asosan urug'lik maydon uchun ekilmagan barcha g'alla maydonlari uchun kladistor va oddiy granstar gerbitsidini ishlatilishi fermer xo'jaligi uchun kam chiqim va samarador hisoblanadi. Misol uchun 30 gektar maydonda bug'doy yetishtirgan fermer xo'jaligi Kladistor va oddiy Gerbitsidni qo'shilgan holda begona o'tlarga qarshi sepilganda hammasi bo'lib 3 mln. 300 ming so'm harajat qiladi. Agarda Atlantus yoki Aksiyal ishlatsa o'rtacha 19 mln.so'm xarajat qiladi, bu esa oddiy don yetishtiruvchi fermer xo'jaligiga don

yetishtirish tannarxini ortib ketishiga olib keladi. Atlantus va Aksiyal gerbitsidlarini urug'lik olish uchun ekilgan maydonlarga qo'llanilishi yuqori samara beradi.

13. Fevral oyining 3 dekadasida va mart oyining dastlabki kunlarida maydonlar atrofi xas-cho'plardan tozalanib, ariq-zovurlar yangitdan kovlanib, kasallik va zararkunandalarni oldini olish maqsadida arzon va sifatli fungitsid (Dikonazol 40%, Titul-duo yoki Duazol 0,200 l/ga), insektitsid (Karat-star, Insekto Super 28%, Imidostar 100 g/ga) kimyoviy preparatlarini g'alla maydonlari atrofiga izolyatsiya sifatida sepish yahshi samara beradi.

14. Mart oyining 20-25 kunlari g'alla maydonlarini fungitsid, insektitsid va bargdan oziqlantiruvchi preparatlarni qo'shib yoppasiga to'liq maydonga sepish.

Ma'lumki 10-20 aprel kunlarida ekish davri (erta, o'rta, kechki) dan kat'iy nazap barcha g'alla ekilgan maydonlarda kuzgi bugdoy navlarining bo'qoqlash, boshoqlash va gullash fazasi davom etmoqda. Boshoqlagan g'alla maydonlarida boshoq shirasi, shiliqurt, yosh xasvalar hamda zang sporalari yangitdan paydo bo'la boshlagan. Ko'pincha fermer xujaliklari hashoratlarni kupayib borishiga e'tibor qilishmaydi. Ushbu hashorat hamda kasalliklar yaratiladigan hosilning kamida 10-12 ts/ga nobud qiladi. Agarda ushbu hashorat va zangga qarshi kimyoviy ishlov berilganda sarflangan xarajat bor yo'g'i 1-1,5 ts/ga bug'doyning narxiga to'g'ri keladi xolos.

15. May oyining 10-15 sanasida ya'ni kuzgi bug'doylarda don shakillanib, sut va mum pishish boshlanganda, boshoq shirasi, shilliq qurt, yosh xasvalar xamda un shudring, zang sporalari rivojlana boshlaydi. Afsuski, bu vaqtda kamdan-kam fermer xo'jaliklari kimyoviy ishlov o'tkazadi. Fermer xo'jaliklari har yili uzluksiz may oyida ham zanga va xashoratlarga qarshi kimyoviy ishlov o'tkazgani uchun ushbu fermerlar har gektar maydondan o'rtacha 80 tsentnerdan, yuqorisi 93-100 tsentnerdan don hosili olishga erishmoqda. Eng asosiysi, ushbu fermer xo'jaliklari tomonidan olib kelingan bug'doy donidan un ishlab chiqarish zavodidi qayta ishlanganda unlik sifati bo'yicha ko'rsatkichlar yaxshi hisoblanib, Natura-810 g/l (ya'ni 1 tonna bug'doydan 810830 kg un olinadi), kleykovina-25, IDK-1 asbobining ko'rsatkich shkalasi bo'yicha 75-80 (ushbu ko'rsatkich nonni tandirda sifatli bo'lishini ta'minlaydi), ifloslantiruvchi aralashmalar 1,3 % ga to'g'ri keldi. Bu esa un zavodida ishlab chiqarilayotgan GRAND MILL, O'ZGACHA, FBU nomdagi unlar sifatini oshirishga, aholi istimoli uchun sifatli un mahsuloltlarini ta'minlashga va xorijiy davlatlarga bo'lgan eksport salohiyatini oshrishga sabab bo'lmoqda[4].

16. Farg'ona viloyatida ekilayotgan kuzgi bug'doy navlarining asosiy qismi o'rta pishar hisoblanib to'liq pishish davri 10 iyundan boshlanadi. Shuni e'tiborga olib kambayin dalaga kirishidan 3 kun avval maydonni yengil sug'orish, maydonga kirish va chiqish yo'laklarini rostlash, o'qariqlarni tekislash kerak.

17. Amalyotdagi taxlillar shuni ko'rsatmoqdaki, hosilni yig'ishtirish tadbiri ko'p harajat talab qiladigan jarayonga aylanib bormoqda. Misol uchun bir gektar bug'doy maydonini o'rish uchun kombayin xizmati 700 ming so'mdan 1 million so'mgachani tashkil etmoqda. Bugungi kunga kelib o'rilgan maydon uchun xisob-kitob qilish to'g'ri kelmaydi chunki oldingidek gektaridan kam hosil oladigan (25-30 ts/ga) fermer xo'jaliklari deyarli qolmadi fermerlarimiz yuqori hosil olishga erishdi. Faqat kombayinni tez yurishi natijasida 7-8 tsentner don yerga to'kilib isrof bo'lib qolib ketmoqda. Chunki kombayinchi o'rilgan don miqdoridan emas o'rilgan maydondan manfaat ko'radi. Agarda kombayin xizmati maydondan chiqqan don miqdori bilan fermerning talabi asosida (somon prislanadigan yoki prislanmaydigan) bir tonna o'rilgan don uchun hisob-kitob qilinib 120-130 ming sum belgilansa, shunda 80 tsentnerlik maydon o'rilganda kombayin xizmati 1 million 40 ming so'm bo'ladi. Shuningdek, 80 tsentnerlik maydondan kombayinni sekin yurib sifatli o'rishi hisobiga 80 tsentner kafolatli hosil olish imkoni yaratiladi.

Bu esa kombayinchi uchun ham fermer xo'jaligi uchun ham manfaatli bo'ladi. Buning zaminida don o'rimi maydon bo'yicha emas, don miqdorining kundan-kunga oshib borishiga erishiladi[5].

Umuman olganda, fermer xo'jaligi bir gektar maydon uchun o'rtacha 8,5-9 million so'm miqdorida pul mablag'i sarflab, 80 tsentner hosil olishi bilan har bir gektar maydondan 10,5-11 million so'm miqdorida foyda ko'radi. Somon miqdorini foydaga qo'shadigan bo'lsak fermer xo'jaligining daromadi yanada oshadi.

REFERENCES

1. https://lex.uz/ru/docs/-4291908

2. S.S.Artikov Kuzgi bug'doydan yuqori hosil olish omillari. "Farg'onadon Klaster" MCHJ QKning Qishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha ilmiy maslaxatchi. Qishloq xo'jalik fanlari nomzodi. "TAVSIYANOMA" Farg'ona-2022. 5-8-betlar.

3. B.Q.Muxammadiev O'simliklarni oziqlantirish va zararkunandalardan himoya qilish. Boshoqli don ekinlarini oziqlantirish. ToshDAU Nashriyot tahririyat bo'limi - 2016. 46-47-betlar.

4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Kimyoviy_himoya_usuli

5. S.S.Artikov. Farg'ona viloyati Furqat tumani Don klastri raxbari,qishloq xo'jaligi fanlari nomzodi. Kuzgi bug'doy yetishtirish. "TAVSIYANOMA" Farg'ona-2024. 5-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.