Научная статья на тему 'KUNJUT (SESAMUM INDICUM L) KOLLEKSIYA KO‘CHATZORIDA NAV VA NAMUNALARNI RIVOJLANISH FAZALARINI BAHOLASH'

KUNJUT (SESAMUM INDICUM L) KOLLEKSIYA KO‘CHATZORIDA NAV VA NAMUNALARNI RIVOJLANISH FAZALARINI BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kunjut / kolleksiya / o‘suv davri / faza / ertapishar / namuna / fenologik kuzatuv / nav / serhosil.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Norov Ilxom Chori O‘G‘Li, Amanova Maxfurat Eshmurodovna

Maqolada kunjut (Sesamum indicum L) ning 25 ta nav va namunalarining o‘suv davri andoza navlar bilan taqqoslangan holda o‘rganildi. Ilmiy tadqiqotda tanlab olingan namunalar ertapishar xususiyatlari o‘rganilgan. Ushbu maqolada seleksiyasa va urug‘chilikda ertapishar, serhosil, tashqi muhitning noqulay omillarga bardoshli namunalarni tanlash ishlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KUNJUT (SESAMUM INDICUM L) KOLLEKSIYA KO‘CHATZORIDA NAV VA NAMUNALARNI RIVOJLANISH FAZALARINI BAHOLASH»

УДК 633.853.74

KUNJUT (SESAMUM INDICUM L) KOLLEKSIYA KO'CHATZORIDA NAV VA NAMUNALARNI RIVOJLANISH

FAZALARINI BAHOLASH

1Norov Ilxom Chori o'g'li, 2Amanova Maxfurat Eshmurodovna

1Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti, tayanch doktorant 2Toshkent davlat agrar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11477034

Annatatsiya. Maqolada kunjut (Sesamum indicum L) ning 25 ta nav va namunalarining o 'suv davri andoza navlar bilan taqqoslangan holda o'rganildi. Ilmiy tadqiqotda tanlab olingan namunalar ertapishar xususiyatlari o'rganilgan. Ushbu maqolada seleksiyasa va urug'chilikda ertapishar, serhosil, tashqi muhitning noqulay omillarga bardoshli namunalarni tanlash ishlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: kunjut, kolleksiya, o'suv davri, faza, ertapishar, namuna, fenologik kuzatuv, nav, serhosil.

Hozirgi vaqtda kunjutning ertapishar navlarini yaratish seleksiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki, o'simlik urug'dan unib chiqqandan uning hosili to'la pishgungacha bo'lgan davr yoki o'suv davri qancha qisqa bo'lsa, hosil shuncha oz muddat ichida sifatli, nobudgarchiliksiz yig'ishtirib olinadi. Sug'oriladigan yerlar dehqonchilik sharoitida ertapishar navlar yetishtirilishi bir yilda ikki-uch marta hosil olishni ta'minlaydi.

Janubiy hududlarda tuproq va havo haroratining ko'tarilishini hisobga olib tezpishar, qurg'oqchilikka chidamli hamda hosildorlik miqdori yuqori bo'lgan kunjut navlarini yaratish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'tkazish yurtimiz seleksioner olimlar oldida turgan juda muhim vazifadir.

Amanova. M va boshqa olimlarning ma'lumotlariga ko'ra kunjut o'simlikning o'suv davrining yigirma -yigirma besh kunida juda sekin o'sadi.Maysalar unib chiqqanidan o'simlikda birinchi gullar paydo bo'lguncha 35-40 kun o'tadi. Kunjut issiqsevar o'simlik bo'lib, tuproq harorati 18-20o С bo'lganda maysalar tez va bir tekis unib chiqadi.O'simlik o'sishi va rivojlanishi uchun eng qulay haroroat 22-25 o С hisoblanadi. Kuz oylaridagi qisqa muddatli salqin (2-3 o С) harorat ham o'simlik va to'la pishib yetilmagan ko'sakchalar uchun hafli ekani takidlangan[1].

Fenologik kuzatish bo'yicha rivojlanish fazalarining boshlanishi (10-20% ) va to'liq (75% ) o'tishi oyning qaysi kuniga to'g'ri kelish sanasi maxsus jurnalga yozib borildi. Buning uchun ekinlarni har kuni kuzatildi. Shular asosida va o'rganilgan nav va nam unalar ayrim rivojlanish fazalari orasidagi davrlarning (fazalararo davr) davomiyligi asosida o'suv davri hamda tezpisharligi aniqlandi.

Sh.Oripovning tadqiqotlariga ko'ra kunjut hosilni yig'ib olishda o'simlikning yuqori qismidagi ko'saklarning to'liq pishishi oxiriga yetmasdan boshlash lozim bo'ladi, chunki yuqordagi ko'saklarning yetilishi kutib turilsa pastdagi ko'saklar yorilib urug'i to'kilib ketadi,shuning uchun o'simlikning pastki ko'saklarning sarg'ayishi bilan qiqsa muddatda 2 -3 kunda yig'ishtirib olish zarurligini takidlagan[2].

Hozirgi vaqtda kunjutning qurg'oqchillika chidamli navlarini yaratish seleksiyaning asosiy vazifalaridan biridir. O'simlik o'suv davrining davomiyligi navning irsiy o'zgaruvchanligi bilan aniqlanib, o'stirish sharoitiga ham bog'liq.

O'simlik o'suv davrining davomiyligi navning alohida muhim ko'rsatkichlaridan bo'lib hisoblanadi. Bu xususiyat kunjut o'simlikning genetik jihatidan irsiy tuzilishiga bog'liq bo'lishi bilan birga, uning qanday sharoitda o'stirilayotganligiga, yani tuproq-iqlim va meteorologik sharoitlarga, o'stirish agrotexnikasiga, ekish muddatiga ham bog'liqdir.

2023 yilda Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida joylashgan "Markaziy" tajriba maydonida kunjut nav va na munlarni ekish ishlari olib borildi.

Olib borilgan tadqiqotimizda andoza navlar "Toshkent -122" va "Qora shaxzoda" navlari xamda 23 ta namunalar, 1-qaytariqda 4m2 maydonga ekib o'rganildi. Nav va namunalarning ekish ishlari aprel oyining beshinchi sanasida qol kuchi yordamida ekildi.

Kunjut nav va namunlarda o'suv davri ( Qarshi-2023-yil).

№ O'z O'ITI katalog nomeri Kelib chiqishi Urug' ekilgan kun Maysalarning paydo bolishi ,% O'simlikning gullashi ,% Ho'sil yigib olingan kun O'su v davr kun

10 75 10 75

1 Tosh-122(a) O'zbekiston 5 apr 14 apr 18 apr 30 may 13 iyun 17 avg 121

2 Qora shaxzoda (a) O'zbekiston 5 apr 17 apr 19 apr 30 may 13 iyun 16 avg 119

3 K-7 O'zbekiston 5 apr 14 apr 18 apr 30 may 12 iyun 17 avg 121

4 K-17 O'zbekiston 5 apr 14 apr 18 apr 30 may 12 iyun 10 avg 114

5 K-37 Germaniya 5 apr 13 apr 17 apr 30 may 10 iyun 10 avg 115

6 K-53 O'zbekiston 5 apr 14 apr 18 apr 30 may 10 iyun 17 avg 121

7 K-60 O'zbekiston 5 apr 14 apr 18 apr 30 may 10 iyun 16 avg 120

8 K-82 O'zbekiston 5 apr 13 apr 17 apr 30 may 10 iyun 15 avg 120

9 K-156 Turkiya 5 apr 14 apr 17 apr 30 may 13 iyun 10 avg 115

10 K-160 Turkiya 5 apr 14 apr 17 apr 29 may 10 iyun 15 avg 120

11 K-187 Turkiya 5 apr 14 apr 17 apr 30 may 12 iyun 16 avg 121

12 K-195 O.Rados 5 apr 14 apr 18 apr 30 may 13 iyun 16 avg 120

13 K-202 O.Rados 5 apr 14 apr 18 apr 30 may 12 iyun 16 avg 120

14 K-214 Suriya 5 apr 13 apr 17 apr 29 may 12 iyun 16 avg 121

15 K-241 Azarbayjon 5 apr 14 apr 17 apr 29 may 12 iyun 10 avg 115

16 K-275 O'zbekiston 5 apr 14 apr 18 apr 24 may 10 iyun 10 avg 114

17 K-280 Turkiya 5 apr 14 apr 18 apr 30 may 12 iyun 10 avg 114

18 K-281 Turkiya 5 apr 14 apr 18 apr 30 may 10 iyun 10 avg 114

19 K-289 Iron 5 apr 14 apr 17 apr 30 may 10 iyun 15 avg 120

20 K-462 O'zbekiston 5 apr 13 apr 17 apr 29 may 12 iyun 17 avg 122

21 K-596 Kitay 5 apr 14 apr 17 apr 29 may 13 iyun 17 avg 122

22 K-662 Sudan 5 apr 14 apr 18 apr 30 may 13 iyun 15 avg 119

23 Mahalliy-1 O'zbekiston 5 apr 14 apr 18 apr 29 may 13 iyun 17 avg 121

24 Mahalliy-4 O'zbekiston 5 apr 13 apr 17 apr 30 may 10 iyun 17 avg 122

25 Mahalliy-5 O'zbekiston 5 apr 12 apr 17 apr 29 may 10 iyun 15 avg 120

Eng past ko'rsatkich 5 apr 12 apr 17 apr 24 may 10 iyun 10 avg 114

O'rtacha ko'rsatkich 5 apr 13 apr 17 apr 29 may 11 iyun 14 avg 119

Eng yuqori ko'rsatkich 5 apr 17 apr 19 apr 30 may 13 iyun 17 avg 122

457

Tadqiqot natijalariga ko'ra kunjut nav va namunlarda o'simlikning unib-chiqish fazasida deyarli farq kuzatilmadi, o'simlikning gullash fazasida andoza navdan ertachi gullash fazasiga o'tgan namunalar borligi aniqlandi. Gullash fazasida o'rtacha ko'rsatkich ko'ra iyun oyining 10 -13 kunlariga to'g'ri kelganligi tajriba natijalarida aniqlandi. Andoza navlarda "Toshkent-122" va "Qora shaxzoda" navlarida gullash fazasi iyun oyining 13 -sanasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, andoza navdan ertachi gullash fazsiga o'tgan namunalar 10 tani yani bu namumalar iyun oyining 10 -sanasida gullash fazsiga o'tganligi tahlil natijalarida kuzatildi. Qolgan nav va nam unlarda gullash fazsida ham deyarli farq kuzatilmadi.

Tadqiqotlarimizda kunjut nav va namunalarda hosil yig'ib olingan kun, o'rtacha ko'rsatkichga ko'ra avgust oyining 10-17 sanasiga to'g'ri kelganligi kuzatildi. Andoza nav "Toshkent-122" navida hosil yig'ib olingan kun 17-avgust sanasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, andoza "Qora shaxzoda" navida bu ko'rsatkich 16- avgust kuniga to'g'ri kelganligi aniqlandi. Tanlab olingan kunjut namunalarda andoza navdan erta muddatda hosil yig'ib olingan kun bo'yicha 11 ta namuna ertachi muddata hosil yig'ish ishlari bajarilgan bo'lib,tahlil natijalariga ko'ra qolgan nav va namunalarda andoza navlar bilan deyarli farq kuzatilmadi.

Olimlarning tadqiqot natijalariga ko'ra kunjut nav va namunalarda o'suv davri davomiyligi bo'yicha tezpishar-vegetatsiya davri 90-100 kun, o'rtapishar-vegetatsiya davri 100-110 kun, o'rta kechpishar-vegetatsiya davri 110-120 kun, kechpishar vegetatsiya davri 120-140 kun davom etishi kuzatilgan[3].

O'suv davri, kun

124

122 121 121

120 118

121 121 121 120120 120 120120

122122 122 121

116

114

112

110

115

120

115

114114114

119

120

a

N ©

■a

s

<

a

N ©

■a

s

<

t-t-OOrt^OOt-inr*

K> K> K> K> K> HH HH HH HH HH

^HiriO^HONfSVOfS

say Süy

.= .= .=

S S S

Kunjut nav va namunalarda o'suv davri kun( Qarshi-2023-yil).

Tajriba natijalariga ko'ra kunjut nav va namunalarda o'suv davri o'rtacha ko'rsatkichi 114122 kun bo'lganligi tajriba natijalarida aniqlandi. Andoza nav "Toshkent-122" navida o'suv davri 121 kuni va "Qora shaxzoda" navida esa 119 tashkil etgan bo'lsa, tadqiqot natijalariga ko'ra erta muddatda o'suv davrini o'tagan namunalar soni 7 tani tashkil etganligi aniqlandi. Qolgan nav va namunalarda tahlil natijalariga ko'ra o'suv davri bo'yicha andoza navlardan deyarli farq kuzatilmadi.

Xulosa. Tadqiqot natijalariga ko'ra kolleksiya ko'chatzorida o'rganilgan 100 ta kunjut nav va namunalarda fenologik kuzatuvlar natijasida ko'ra andoza navlardan yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan namunalar borligi aniqlandi va birlamchi manba sifatida foydalanish uchun selek siya ko'chatzorigi tavsiya etildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI

1. Amanova.M.E, Rustamov.A.S, Allanazarova.L.R Kunjut urug'chiligi va yetishtirish agrotexnikasi bo'yicha tavsiyanoma T-2018.b-8-9.

2. Oripov.Sh Lalmikor yerlarda moyli ekinlar yetishtirish agrotexnologiyasi.J-2017-y.b-44.

3. Amanova.M.E, Rustamov.A.S, Allanazarova.L.R Kunjut urug'chiligi va yetishtirish agrotexnikasi bo'yicha tavsiyanoma T-2018.b-8-9.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.